Fan: Fizika Sinf: 6-sinf Mavzu


Download 134.5 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2020
Hajmi134.5 Kb.
  1   2

Texnologik xarita

Fan: Fizika

Sinf: 6-sinf

Mavzu: . BOSIM VA UNING BIRLIKLARI. PASKAL QONUNI

  1. Dars ishlanmasini ishglab chiquvchi: Ahmedova Zarifaxon

Dars ishlanmasini ishlangan sanasi: 04.05.2011 yil

Ish joyi: Furqat tumani fizika o`qituvchisi.




Mavzuning qisqacha ta`rifi (Davlat talablariga muvofiq)

O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish. Ularga Bosim va uning birliklari. Paskal qonuni va uning qo’llanilishi haqida tushuncha berish va axamiyatini ochib berish.




O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.

Mеtоd: Оg`zaki bayon qilish, suhbat, tanishuv, muammoli vaziyat hosil qilishrefleksiyaxamkorlikda ishlash, aqliy hujm mеtоdlari, munоzara.

Fоrma: Ma`ruza. Individual va jamоada ishlash.

Vоsita: Darslik, pichoq, qaychi, igna, mix mavzuga oid plakatlar, kоdоskоp yoki kоmpyutеr, slaydlar.

Usul: tayyor chizmalar, tarqatma matеriallar.

Nazоrat: Оg`zaki nazоrat. O`z-o`zini nazоrat qilish.

Bahоlash. Rag`batlantirish balli sistеma asоsida.








Darsning maqsad va vazifalari.

Maqsadlar:

O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish. Ularga Bosim va uning birliklari. Paskal qonuni va uning qo’llanilishi haqida tushuncha berish. Ularning bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish

Vazifalar:

O`quvchilarga suyuqlik va gazlarning o’ziga berilgan bosimning har tomonga uzatishi haqida tushuncha berish. Misоllar kеltirish haqida ma`lumоtlar bеrish.




Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarning mavzu bo’yoicha bilim ko’nikma va malakalarini oshirish.

Talimiy maqsadi: O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish va muomala madaniyatini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsadi: Kundalik turmushda va texnikada bosimning ahamiyati haqida tushuncha berish. O’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish va ijodkorlikka undash.



Kuzatilayotgan natijalar.

Dars yakunida o`quvchi biladi:

(Bilim): O`quvchilar bosim va uning birliklari. Paskal qonuni va uning qo’llanilishi haqida tushuncha berish. Ularning olgan bilimlarini turmushda va texnikada foydalanishning axamiyati haqida tasavvurga ega bo`ladilar


Qaysi savollar beriladi?

  1. Atrofga qarab o’zaro tasirlashayotgan jismlarga misollar keltiring?

  2. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkin?

  3. Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli hisoblanadi?



Dars yakunida o`quvchilar tushunadi. (Ko`nikma): O`quvchilar bosim va uning birliklari. Paskal qonuni va uning qo’llanilishi haqida ularning bilim, ko’nikmalari hosil bo’ladi.

Qanday sinab ko`riladi?

Atrofga qarab o’zaro tasirlashayotgan jism larni kuzatadilar.Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkinligini va Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli ekanligini sinab ko’radilar.




Dars yakunida o`quvchi bajara oladi: (Malaka): O`quvchilar Bosim va uning birliklari. Paskal qonuni va uning qo’llanilishi haqida tushunchaga ega bo’ladilar va ular bilim, ko’nikma va malaka hosil qiladilar.

Qanday topshiriqlar beriladi?

Atrofga qarab o’zaro tasirlashayotgan jism larni kuzatish. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkinligini aniqlab keladilar.




Dars jarayoni va uning bosqichlari.


Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich:

Tashkiliy qism.


Tanishuv va davomatni aniqlash. Dars jixozlarini darsga tayyorlash.

Tanishuv

2

2-bosqich:

Refleksiya extiyojlarini aniqlash.

Mavzu bo`yicha o`quvchilar bilan ularning tayyorgarligi va extiyojlarini aniqlash uchun interfaol metodlar asosida muammoli savollar beriladi.

Savol-javob, “Aqliy hujum” metod asosida baxs munozara

7


3-bosqich:

Yangi mavzuning bayoni.

Mavzuni reja asosida yoritish:

O`quvchilarga bosim va uning birliklari.Paskal qonuni va uning qo’llanilishi slaydlar asosida o`rgatiladi.

Matn, slayd va adabiyotlar bilan ishlash.

20

4-bosqich:

Yangi mavzuni mustax kamlash.


O`tilgan yangi mavzuni o`quv chilar bilan mustahkamlash.

Faol va interfaol.

7



5-bosqich:

Baxolash

Dars yakuni:

O`quvchilarni savol-javob orqali sinash va baxolash.

Hulosa, fikr-mulohaza va takliflar.



Yozma va og`zaki bahs-munozara.
Rag`batlantirish.

5

2


6-bosqich:

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.

Mashg`ulot so`ngida o`quvchi larga mustaqil ishlarni bajarish uchun tegishli materiallar tavsiya qilinadi.

Og`zaki.

2

Mavzu: Bosim va uning birliklari. Paskal qonuni va uning qo’llanilishi

Darsning maqsadi:

Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarning mavzu bo’yoicha bilim ko’nikma va malakalarini oshirish

Talimiy maqsadi: O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish va muomala madaniyatini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsadi: Kundalik turmushda va texnikada bosimning ahamiyati haqida tushuncha berish. O’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish va ijodkorlikka undash
Dars jihozlari: Darslik, plakat, slaydlar, kodoskop, test kartochkalar, didaktik materiallar.
Darsda foydalanadigan metodlar. “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB” metodlkari.




Dars rejasi

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

Uy vazifalarini so`rash

10 minut

3

Yangi mavzu bayoni

20 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 minut

5

Uyga vazifa berish

3 minut


Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:

O`qituvch dars jihozlarini darsga tayyorlaydi, o`quvchilardan davomat olinadi.



2. O`tilgan mavzu bo`yicha “Aqliy hujum” metodidan foydalanib darsni mustahkamlash.

  1. O’qituvchi dars jihozlarini tayyorlaydi. Songra uy vazifalarini tekshirish ucnun o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lib olamiz.

  2. Uy vazifalarini tekshirish uchun “aqliy hujm”, kichik guruhlarda ishlash metodidan foydalanamiz.

  3. Atrofga qarab o’zaro tasirlashayotgan jismlarga misollar keltiring?

  4. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkin?

  5. Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli hisoblanadi?

3. Yangi mavzu bayoni:

Bitta mixni olib, yupqa taxtaga uchini qaratib, orqasida bolg’a bilan urilsa, mix taxtaga oson kiradi. Agar taxtaga mixni qalpog’i tomoni bilan qo’yib uchiga bo’lga bilan urilsa, mix taxtaga kirmaydi.. Har ikkala holda ham bolg’aning zarb kuchi bir xil bo’lsa-da, natija har xil bo’lishiga sabab nima? Buning sababi shundaki, mixning taxtaga kirishi kuch kattaligidan tashqari, qo’yilgan yuzaga ham bog’liq bo’lar ekan.



Yuza birligiga tik ravishda qo’yilgan kuchga to’g’ri keladigan fizik kattalikka b o s i m deb aytiladi.
P= F/S yani Bosim= Bosim kuchi/kuch qo’yilgan yuza
P-bosim, F-kuch, S- kuch qo’yilgan yuza.

Bosim [p]=1N/1m2=1Paskal bilan o’lchanadi.

Qisqacha 1 Pa deb yoziladi. Bu birlik fransuz olimi B. Paskal (1623-1662)sharafiga qo’yilgan

Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Pishoqlar va qaychilar yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini qayrab kichiklashtiriladi.Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza kichiklashtiriladi.

. Iste’molda bo’lgan bir marta ishlatiladigan shpris va balalar puflaydigan sharni oling. Sharni puflab shishiring. Shpris ignasini sharchaga sanchib oling. Teshikchani barmog’imgiz bilan berkitib, yana sharchani puflab shishiring va ignani sanchib oling. Bu ishni bir necha marotaba takrorlang. Sharcha ichiga suv quyib, og’zini ignasi olingan shprisga kiydiring. Shpris porshenini asta-sekin bosing. Bunda shar ichidagi bosim ortadi.sharcha teshikchalarining barchasidan suv otilib chiqa boshlaydi.Tajribani sharcha ichiga tutun kiritib takrorlansa, shunga o’xshash hodisani kuzatish mumkin.

Demak, porshen orqali berilga bosim suyuqlik yoki gazda faqat porshen yo’nalishida emas , balki hamma tomonga uzatilar ekan. Bu qonuniyatni 1653-yilda fransuz olimi Blez Paskal o’rgangan. Qonun quyidagicha ta’riflanadi

Yangi mavzuni mustahkamlash:

  • Kundalik turmushda bosimga doir kuzatgan tajribalaringizni aytib bering.

  • Nima sababdan yengil avtomobil shudgorda tiqilib qoladiyu, og’ir traktor bemalol yuradi?

  • Bichish-tikish ishlarida qo’llaniladigan angishivonaning vazifasini bilasizmi?

  • Odam qayerda qaysi vaqtda ko’proq bosim beradi: to’xtab turgandami yoki yugurayotganingizdami?

O`quvchilarni baxolash, darsda faol ishtirok etgan o`quvcholarni rag`batlantirish.


  1. Uyga vazifa berish.

1.Mavzuni o’qish

2.Darslikdagi amaliy topshiriqni mustaqil bajarish.

  1. 4- mashiqni ishlash.

5.Formula va ta’riflarni yod olish.

6.Keyingi darsga tayyorlanish.
Slayd 1



Slayd 2


Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling