Fan oyligini o’tish tartiblari


Download 20.08 Kb.
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi20.08 Kb.
#1769476
  1   2   3
Bog'liq
Matematika fan oyligi


FAN OYLIGINI O’TISH TARTIBLARI Umumta’lim maktablarida mana bir necha yillardan buyon har bir o‘quv fani bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda.
Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarini jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Bu jarayonda faol qatnashish ishtiyoqida o‘qituvchilar o‘z ustida tinmay ishlab, biron-bir yangilik topish, bilim va ko‘nikmalarni boyitish, ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga tadbiq etish, qolaversa, fanning rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga harakat qilmoqdalar.
Maktabdagi Aniq fanlar (matematika va informatika fani) ga tegishli uslub birlashmaning yillik ish rejasida fan oyligi uchun mazkur fanlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilangan. Fan oyligining har bir haftasi uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtirildi.
Fan oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajribalar asosida Aniq fanlar (Matematika va informatika fanlari) fan oyligini tashkil etish va o‘tkazishning tadbirlar mazmunini quyidagi namuna asosida rejalashtirish kelishib olindi.
II – hafta  «Matematika, informatika fani o‘qituvchilarining metodik ishlari haftaligi”da fan oyligining boshlanishida va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan sinflar kesimida sinov testlari olish. O‘quvchilarning mazkur fandan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi metodbirlashmada jadval va diagrammalar asosida tahlil qilinib, muhokama qilish. 

Download 20.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling