Fan: pul va banklar


Download 236.08 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi236.08 Kb.
#1387799
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hasanov Jamshid Kurs Ishi oxri


O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



FAN: PUL VA BANKLAR

Kurs ishi



MAVZU: PUL MUOMALASI VA UNI TASHKIL ETISH


Bajardi: Jamshid Hasanov
Qabul qildi: N.N.O ‘ktamova


MAVZU: PUL MUOMALASI VA UNI TASHKIL ETISH
REJA
KIRISH…………………………………………………………………………….
1.Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari………………………..
2.Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari………………………
3.O’zbekiston Respublikasida naqd va naqdsiz pul muomalasini tashkil etilishi
4.Pul muomalasini tashkil tashkil etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari……………………………………………………………………..
Xulosa……………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………

Kirish
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari — tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib boriladigan iqtisodiyotdir.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish — dolzarb omillardan bo‘lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy kategoriya sifatida pul, kredit, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati hamda ahamiyatiga boshqacha yondashish zarur.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ta’kidlanganidek , «Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamotchiligi, shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyib yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘payganligi diqqatga sazorvordir». Bozor munosabatlari sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o‘zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og‘irlik markazi ana shu tizimlarga ko‘chdi.Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, bankning mustaqilligini va pul muomalasidagi holat uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so‘mning barqarorligi va nufuzini ta’minlash borasidagi muammolarni o‘rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o‘ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ma’lumki, 2008-yilning ikkinchi yarim yilligidan butun dunyo miqyosida avj ola boshlagan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining asosiy sabablaridan biri ham moliya, pul, bank tizimi va kreditlash jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hisoblanadi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bogliq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi».Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ham hattoki, ko‘pgina rivojlan- gan davlatlar iqtisodiyotida ham jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari, ta’siri sezilib turibdi.
Shunga qaramasdan, «2008—2010-yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008-yilda 9 foizni, 2009-yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011-yilda esa 8,3 foiz darajasida bo'lishi belgilab berilayotgani ko'pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmaydi, davlat budjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda». Bularning barchasi O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos «o‘zbek modeli» deb nomlangan mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab olganligi va bu yo‘ldan sobitqadam ilgarilab borayotganligining natijasidir.


Download 236.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling