Fan: Tabiiy fan Mavzu: 15-dars. Hashoratlar. Dars maqsadlari: Ta’limiy
Download 356.54 Kb.
|
hashoratlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars metodi
- O’tilgan mavzuni so’rab baholash. 8 daqiqa
- Xonqizi qoʻngʻizlari
- Yangi mavzuni mustahkamlash. 10 daqiqa
- 6. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash.2daqiqa
Sinf: 1-sinf Sana:_________________ Fan: Tabiiy fan Mavzu: 15-dars. Hashoratlar. Dars maqsadlari: Ta’limiy: O’quvchilarga hashoratlar haqida keng tushuncha berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarni tabiatni va uni sevish ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi: jonli tabiat olami haqidagi tasavvurlarini kengaytirish Dars metodi: klaster, savol-javob, ko’rgazmalilik. Dars jihozi: mavzuga oid rangli ko’rgazmalar, videoproyektor, kompyuter Darsning borishi Tashkily qism. 2 daqiqa Salomlashish O’quvchilarni darsga hozirlash Navbatchi hisobatini tinglash O’tilgan mavzuni so’rab baholash. 8 daqiqa -Rasmdagi qushlar nomini aytib bering? -Ularning ovozini o’xshata olasizmi? Yangi mavzu bayoni.20 daqiqa -Bugun sizlar bilan hashoratlar to’g’risida gaplasamiz. Qanday hashoratlarni bilasiz? Qani kim aytadi? -Hashoratlarda dalalarda, bog’larda uchraydi. Hashoratlar ikki hil bo’ladi. Foydali va zararli hashoratlar. Foydali hashoratlar Zararli hashoratlar Ari 1. Chigirtka Xonqizi 2. Chivin Chumoli 3. Pashsha Ipak qurti 4. Qo’ng’iz -Foydali hashoratlardan asalari o’simliklar gullarining changlanishiga yordam beradi. Changlangan gullar o’rnida mevalar hosil bo’ladi. Asalari qishda dam olib ko'klamda ochiqlikka chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan asosan qishloq ho'jaligida keng foydalaniladi va natijasi o'laroq juda shirin va foydali bo'lgan asal moddasi olinadi. Xonqizi qoʻngʻizlari qoʻngʻizlarining tana uzunligi 3–7 mm, usti doʻmboq. Qurtlari serharakat, oʻsimliklarda ochiq hayot kechiradi. Qoʻngʻiz va lichinkalari oʻsimlik bitlari, oʻrgimchakkanalar, koksidlar, barg burgalari, kanalar va boshqa bilan oziqlanadi. Xonqizi qoʻngʻizlaridan oʻsimliklarni zararkunandalardan biologik himoya usulida foydalaniladi. Buning uchun qoʻngʻizlarni yigʻib, oʻsimlik bitlariga qoʻyib yuboriladi. Chumolilar Eng koʻp tarqalgan hasharotlardan hisoblanishadi.. Chumolilar tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan toʻnkalarning ichiga juda koʻp xona va yoʻlaklardan iborat uya quradi Chumolilarning juda koʻpchiligi foydali hisoblanadi. Sariq oʻrmon chumolilari daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha oʻrmonni zararkunandalardan himoya qiladi. Ba’zi hasharotlar odamlar parvarish qiladigan madaniy o’simliklar zarar keltirgani uchun zararli deb ataladi. Zararli hasharonlar dalalardagi ekinlarga, bog’lardagi daraxtlarga katta zarar yetkazadi. Shira bitlari pomidor, bodring, qovun, tarvuz, mevali daraxtlar, tok barglariga yopishib qoladi. Ular o’simlik bargi va undagi shiralarni so’rib quritadi. Po’stloq qurtlari daraxt po’stlog’ini kemiradi. Ular po’stloq ostida tuxum qo’yib, juda tez ko’payadi. Shuning uchun bahor kelishi bilan bog’dagi mevali daraxtlar, ko’chalar bo’yidagi manzarali daraxtlarning tanasi ohak bilan oqlanadi. Yangi mavzuni mustahkamlash. 10 daqiqa Hashoratlar rasmni aralashtirilib qo’yiladi, bolalar to’rga birinchi foydali hashoratlarni, keying guruh esa zararli hashoratlarni terib chiqadilar. O’quvchilarni rag’batlantirish.3daqiqa Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Ularda hasoratlar haqidagi filmi qo’yib beriladi. 6. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash.2daqiqa -Shu bilan darsimiz nihoyasiga yetdi. Uyda hamma mavzuga oid bittadan rasm chizib keladi. Hayr sog’ bo’ling. Download 356.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling