Fanning funksiyalari. Reja
Download 18.08 Kb.
|
Fanning funksiyalari.
Fanning funksiyalari. Reja: Fan. F. tizimi. Iqtisodiyot nazariyasi. FAN FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. F.ning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya F.ga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta asrda Sharq olimlari F.ga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saklash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devonu lugʻotit turk"ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-asr) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-asr). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo egalladi. Yangi davr deb ataluvchi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F.i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar. Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi, biol.da evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.da yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geom. sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qoʻlga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. Download 18.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling