Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash ishdan maqsad


Download 13.82 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi13.82 Kb.
#1758155
  1   2
Bog'liq
Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobil-hozir.org


Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash

FAOL DIQQAT, IXTIYORIY HARAKAT TEZLIGINI, AQLIY ISHCHANLIK QOBILIYATINI ANIQLASH


Ishdan maqsad: Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligi, aqliy ishchanlik qobiliyati haqidagi bilimlarni tajribalar tekshirish orqali mustahkamlash.
O’quv jihozlari: 1 dan 25 gacha tartibsiz yozilgan raqamlar tablitsasi (10x10) 4 ta, sekundomer, korrektura jadvali.
Nazariy qism:
Ixtiyoriy harakat tezligini aniqlash
Bolaning asab va muskullar tizimining rivojlanganligi darajasi, qo’l panjasining ixtiyoriy harakatlari tezligi bilan aniqlanadi. Buning uchun har bir o’quvchi oq varaqqa uchta 10x10 o’lchamdagi to’rt burchak chizadi.
“Boshladik” buyrug’i berilganda har bir o’quvchi iloji boricha birinchi to’rt burchak ichiga ko’proq va tezroq nuqtalar qo’yishi kerak. 10 soniyadan so’ng “to’xta” buyrug’i beriladi va ish to’xtatiladi. Bu tajriba uch marotaba takrorlanadi. So’ng har bir to’rtburchak ichidagi nuqtalarni sanab, yoniga yozib qo’yadi va o’rtacha natijani hisoblanadi. Buning uchun natijalar qo’shilib tajribalar soniga bo’linadi. O’rtacha natija jadval bilan solishtiriladi.

Yosh

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

Nuqtalar soni

O’g’il

40

45

52

56

58

60

63

65

67

70

75

80

Qiz

35

38

41

44

47

51

53

55

55

62

66

72

Bajarilgan ishni foizlarda hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.

A – o’quvchining o’rtacha natijasi

C – yoshga nisbatan umumiy o’rtacha ko’rsatkich (jadval)


O’quvchining o’rtacha natijasi umumiy natijadan ±15% ga farq qilishi ixtiyoriy harakat tezligi me’yorda ekanligidan darak beradi.

Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling