Faoliyat subyektning olam bilan faol oʻzaro munosabatidir. Odam faoliyati falsafaning faoliyat falsafasi sohasida oʻrganiladi. Faoliyat


Download 60.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi60.51 Kb.
#1132971
Bog'liq
Faoliyat - Vikipediya



Faoliyat
Faoliyat subyektning olam bilan faol
oʻzaro munosabatidir. Odam faoliyati
falsafaning faoliyat falsafasi sohasida
oʻrganiladi.
Faoliyat — kishilarning tashqi olamga
faol munosabati shakli, insonning oʻzini
oʻzi maqsadga muvofiq tarzda
oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim
xususiyatlaridan biri. Faqat F.
zamiridagina inson mohiyati namoyon
boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy


tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi
mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan
kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan,
quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F.
(insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi,
oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan
dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va
mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning
oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy
munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir
koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat,
din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.).
Inson F.i shakllari, turlari, avvalo, mehnat
taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining
oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib
boradi. F. elementlarini insonlar, inson


ehtiyojlari va manfaatlari, F. predmeti,
motivlari, F.ning maqsadlari, amalga
oshirish yoʻllari, vositalari va usullari
tashkil etadi. F. muayyan yaxlit jarayon
sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy
borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va
tushuntirish dasturi hamda undan kelib
chiqadigan harakatlar majmuini
mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda F. funksiyalarining
murakkablashuvi, turlarining ortishi va
chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy,
ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga
aylandi. Shu bois, F. bir qancha fanlar:
psixologiya, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy


nazariya, huquqshunoslik, xususan,
falsafaning ham maxsus tadqiqot
obʼyekti sanaladi.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Faoliyat&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:02 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Faoliyat&oldid=2838865" dan 
olindi

Download 60.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling