Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar


Download 1.6 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1384747

9-sinf iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida 23-mavzu:
Inflatsiya oqibatlari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • Inflatsiya rasmdagi odamlarning turmush darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
  • Pulning qadrsizlanishiga hayotdan misol keltiring.
  • Davlatimiz tomonidan shifokorlar va o‘qituvchilarning maoshlari oshirilishi bilan inflatsiya orasida qanday bog‘liqlik bor?

Inflatsiya yildan-yilga o‘zgarib boruvchi hodisadir. Shuning uchun ham inflatsiya darajasi tushunchasini bilish juda muhim.
Bu ko‘rsatkich asosiy tovar va xizmatlar narxlarining o‘sish tezligini namoyon qiladi.
Inflatsiya darajasini iste’mol narxlari indekslari orqali hisoblab chiqarish mumkin.
Bu formuladagi NI0 – birinchi yildagi iste’mol narxlari indeksi, NI1 – keyingi yildagi iste’mol narxlari indeksi. Aynan mana shu formula orqali iqtisodiyot qanday holatda ekanligini bilib olish mumkin.
Yuqori darajali inflatsiya iqtisodiyot uchun juda noxush hodisa bo‘lib, u mamlakatning barcha fuqarolariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu davrda davlat budjetidan maosh oluvchi xizmatchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, harbiylar, nafaqa oluvchilar, shuningdek, mablag‘larini jamg‘arayotgan fuqarolar ko‘proq zarar ko‘radi.
Chunki yillar davomida ular yiqqan pul mablag‘lari tezda qadrsizlanib qoladi. Shu bois odamlar banklardan omonatlarini olib, do‘kondan tovarlar sotib ola boshlashadi.
Natijada tovar tanqisligi vujudga kelishi mumkin. Inflatsiya darajasini hisobga olmasdan, pulini birovga qarzga bergan kishilar ham inflatsiyadan ziyon ko‘rishadi.
O‘sish sur’atlariga qarab inflatsiyaning quyidagi darajalarini farqlaydilar: sudraluvchi, yuguruvchi va giperinflatsiya.
Sudraluvchi (mo‘tadil) inflatsiyada narxlarning o‘sishi 10 % dan oshmaydi. Bunday inflatsiyani iqtisodchi olimlar, odatda, iqtisodiyotdagi me’yoriy holat deb qaraydilar.
Yugu ruvchi in fla tsiyada na rxla r 10%dan 50%gacha oshadi. Bu iqtisodiyot uchun xavfli holatdir.
Bunday holatda davlat tomonidan inflatsiyaga qarshi tezkor va keskin choralar ko‘rish talab qilinadi.
Giperinflatsiya davrida narxlar yiliga 50 baravardan ham ko‘pga oshadi. Bu ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish sur’atlari pasayadi. Tuzilgan bitimlar o‘z kuchini yo‘qotadi, chunki shartnomadagi narxlar tomonlarni qanoatlantirmay qo‘yadi.
Omonatchilarning o‘z pul mablag‘larini banklardan shoshilinch talab qilishi va olishi natijasida banklar bankrotlik holatiga tusha boshlaydi.
Pul mablag‘lari bor banklar ham qarzga pul berishdan cho‘chib qoladi. Bunday inflatsiya paytida ishlab chiqarilgan tovarni sotish ham befoyda bo‘lib qoladi.
Chunki xom ashyo va resurslar narxining kun sayin oshishi tufayli tovarni sotishdan tushgan pulga yana shuncha tovar ishlab chiqarish amri mahol bo‘lib qoladi.
Tadbirkorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmay qo‘yishadi.
Ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari yopiladi. Ishsizlar ko‘payadi. Tadbirkorlar faqat qisqa muddatli savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan bo‘lib qoladi. Chunki bu paytda pulni qadrsizlanib ulgurmasdan sarflash kerak bo‘ladi.
Giperinflatsiya davrida davlatning bir maromda kechayotgan iqtisodiy siyosati izdan chiqadi.
Davlat budjetining kamomadi keskin oshib ketadi. Davlat o‘z zimmasidagi ijtimoiy vazifalarni bajarishga mablag‘ topa olmay qoladi.
Mamlakatda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tanglik vujudga keladi. Giperinflatsiya natijasida mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari zarar ko‘radi.
Bugungi kunlardagi giperinflatsiyaga Venesuela mamlakatidagi ahvol yaqqol misol bo‘la oladi. Bu mamlakatda 2018- yilda, Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra inflatsiya darajasi 1 370 000% ni tashkil qilgan.
YaIM 15% ga qisqargan, 3 milliondan ortiq aholi giperinflatsiyadan qiynalib mamlakatni tark etgan.
Inflatsiyaning oldini olishga qaratilgan choralar davlatning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Davlatning inflatsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
1. Muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirish. Muomaladagi pul massasi uning aylanish tezligiga va ishlab chiqarilayotgan tovar va xizma tla r qi yma tiga a s ta- sekin mo sla sh ti rib bo riladi. Aholini mablag‘larini banklarga qo‘yishga yoki davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga undaydilar.
Bankdagi aholi omonatlari ma’lum muddatga “muzlatiladi”. Pul massasining kamayishi talabning kamayishiga, narxlarning o‘sishdan to‘xtab, pasayishiga olib keladi.
2. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Davlat pul massasini kamaytirish bilan birga ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo‘llabquvva tlaydi. Ularga im tiyozli kredi tlar beradi, soliq im tiyozlarini joriy qiladi. Natijada tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi oshib, muomaladagi pullar tovar bilan ta’minlanadi. Tovarlar taklifining oshishi narxning pasayishiga olib keladi
Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling