FarDu Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo'nalishi 0. 71-b guruh talabasi Moʻminov Ilhomjonning "B"-sinf o`quvchilariga biologiya fanidan


Download 25 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi25 Kb.
#1360579
Bog'liq
bayonoma ochiq dars


FarDu Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo'nalishi
20.71-B guruh talabasi Moʻminov Ilhomjonning
5 "B"-sinf o`quvchilariga biologiya fanidan
6-amaliy mashgʻulot. " Baqaning rivojlanish sikli" mavzusidagi
bir soatlik na'munaviy darsi uchun


BAYONNOMA


QATNASHDILAR: Direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari, biologiya fani o'qituvchilari, amaliyot rahbarlari, amaliyotchi talabalar.
KUN TARTIBI: Moʻminov Ilhomjonning 6-amaliy mashgʻulot "Baqaning rivojlanish sikli" mavzusidagi bir soatlik na'munaviy dars tahlili.
SO`ZGA CHIQDI: Biologiya fani o'qituvchisi M.Yuldasheva va so`zga chiqib amaliyotchi talaba I.Moʻminovning ochiq darsga puxta tayyorgarlik ko`rgani, o`quvchilar bilan kommunikatsion aloqasi yuqori saviyada o`tganini e`tirof etdi. I.Moʻminov biologiya fanini nazariy jihatdan ham yaxshi o`zlashtirgani sababli o`quvchilarga dars mazmunini namunali tarzda yetkazib bera oldi. Mavzuga doir ilmiy terminlarga alohida e`tibor bergan holda o`quvchilarda yangi ko`nikma va bilimlarni hosil qila oldi.
SO`ZGA CHIQDI: Amaliyot rahbari G.Sobirova so'zga chiqib, dars haqida fikr bildirdi:
Amaliyotchi talabamiz I.Moʻminov o`quvchilarni dars davomida faollashtira oldi, bu esa uning har bir o`quvchi bilan muloqotda bo`lish ko`nikmasi yaxshi shakllanganidan dalolat beradi. Nazariy fanlarni ham a`lo o`zlashtirgani sababli o`quvchilarning savollariga ikkilanmasdan to`g`ri javob bera oldi.
Dars yutuqlari: Dars yaxshi tashkil etilgan. Talabaning kiyinish va nutq madaniyati yaxshi. Dars davomida talaba doskadan, ko'rgazmali qurollardan, tarqatma materiallardan unumli foydalandi. Dars davomida o'quvchilarni nazorat qilib bordi, darsda o'quvchilar faol qatnashdilar. Talaba darsning makro va mikro strukturalariga yaxshi e`tibor berdi. Metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalandi. Mavzu rejalar asosida tushuntirildi va boshqa fanlararo integratsiya amalga oshirildi, mavzular bilan bog'landi. Yakuniy qismda o`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra rag`batlantirildi.
Dars kamchiliklari: Darr mobaynida kamchiliklar kuzatilmadi

Yuqoridagilardan kelib chiqib majlis quydagicha:


QAROR QILADI:
1. Amaliyotchi Moʻminov Ilhomjonning 6-amaliy mashgʻulot. " Baqaning rivojlanish sikli" mavzusidagi darsi talab darajasida ekanligi ko'rsatilsin.
2. Talaba Moʻminov Ilhomjonning darsi ijobiy deb topilsin.
Amaliyotchi rahbar: G.Sobirova
Biologiya o'qutuvchisi: M.Yuldosheva
Amaliyotchi: I.Moʻminov
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling