Farg’ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti


Download 36.75 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi36.75 Kb.
#159641
Bog'liq
MEXANIZATSIYALASH


Farg’ona davlat universiteti

Fizika-matematika fakulteti

Xayotiy faoliyat kafedrasi

Mehnat ta’limi yo’nalishi

17.13 guruh talabasi

Gulhayo Shuhratjonovaning

Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari fanidan

Mustaqil ishi

Bajardi : G.Shuhratjonova

Qabul qildi :

Mavzu :RDB qurilmasida o’qish dastur yurituvchilarining turlari

REJA:

Kirish

Asosiy qism:

1. Dastgohlarni dastur bilan boshqarish tizimlari.

2. Kulachokli va kommando apparatli tizimlar.

3. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi.

4. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning texnologik imkoniyatlari.

5. Raqamli dastur bilan boshqariluvchi (RDB) dastgohlarda zagotovkalarga ishlov berishni loyihalash.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, don ova albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”



I.A.KARIMOV

Yurtboshimizning “Biz o’z iste’dodli, fidoyi farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarinbi zabt etish uchun qanot berishimiz kerak” deya e’tirof etgan so’zlari biz yoshlarga har qadamda shijoat bag’ishlaydi.

Inson taraqqiyotning barcha davrlarida – ijodkorlik qobiliyati bashariyatni olg’a harakatlantiruvchi asosiy omil bo’lib kelgan. Shunda yosh avlodni ijodkorlik qobiliyatini shakllantirib, uni zamonasining eng ilg’or bilimlari bilan qurollantirish, barcha davrlarda barcha xalqlar uchun dolzarb vazifa hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning texnik saviyasini va sifat ko’rsatkichlarini oshirishda xalq xo’jaligi barcha sohalarining asosi hisoblangan mashinasozlik juda muhim, asosiy ahamiyatga ega. Mashinasozlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri texnologik jarayonni avtomatlashtirishdir. Dastur bilan boshqariluvchi uskunalar avtomatlashtirishning eng samarali vositalaridan biri bo’lib, ular ishlov berish jarayonini avtomatlashtirishni , jihozni sozlash vaqtini qisqartirishni, ko’p stanoklarda ishlash imkoniyatini, mahsulot sifatini, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish madaniyatini oshirishni ta’minlaydi.
Dastur bilan boshqariladigan stanoklar mashinasozlikning deyarli barcha sohalarida buyumlarni bittalab, kichik seriyalab va seriyalab ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. RDB stanoklarini sanoat robotlari (SR) bilan birlashtirish asosida odamsiz texnologiya rejimida ishlovchi robotlashtirilgan texnologik komplekslar yaratilmoqda. RDB stanoklarini yaratish va joriy qilish mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirishning asosiy yo’nalishidir.
Horijiy davlatlar mashinasozlikni rivojlantirishga katta e’tibor beradi. RDB qurilmalari ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish unumdorligini, mahsulotning sifatini oshiradi, qurilmalarni sozlash va rostlash vaqtini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda RDB metal kesish dastgohlarini yaratishga katta ahamiyat berilmoqda.

Asosiy tushunchalar:boshqarish sistemalari,kulajokli va kommanda aparatlari , dastur yordamida boshqarish, impulsli sistemalar, shtekkerlar, konturli boshqarish



1. DASTGOHLARNI DASTUR BILAN BOSHQARISH TIZIMLARI.

Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar.

Sanoatda programma (dastur) yordamida boshqariladigan dastgohlar tobora keng ishlatilmoqda. Alfavit raqamli kodda berilgan va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan ishni bajarishni ta’minlovchi komandalar izchilligi ko‘rinishida

berilgan programma bo‘yicha boshqarish, metal kesish, jihozini programma yordamida boshqarish deyiladi.

Programma chizma haqida analog raqam ko‘rinishida, ya’ni sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so‘z va ko‘rsatmalar, shartli belgilar va boshqa simvollar ko‘rinishida yozilgan ma’lumotlardan iborat. Sonli programma yordamida boshqarish qurilmasi va ma’lumotlarni dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga o‘zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi.

Umumiy holda boshqarish komandasini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo‘lgan komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi.

Sonli programma yordamida boshqarish sistemasi bu komandalarni avtomatik tarzda o‘qiydi va bajaradi. Programmalarni yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2 lik va 10 lik sanoq sistemalaridan iborat.

Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o‘tishi uchun perfolenta, perfokarta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi.

Raqamli yoki sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat:

odam dastgohda ishlashdan ozod bo‘ladi;

mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko‘proq ta’minlanadi;

jihozlarning samaradorligi yuqori, programma yordamida boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o‘rnini bosadi;

sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat liniyalar tuzish oson.

Programma yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning malakali programmachi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat ortadi, brak miqdori kamayadi.

Programma yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan avtomatik liniyalarni EXM.ga ulash oson. EXM oldidan tuzilgan programma bo‘yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozining ishini o‘zgartiradi. Programma yordamida boshqarish sistemasi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.

Ayni vaqtda sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarni joriy etishda programmachilar tayyorlash zarurligi, jihozlar remontining murakkablashuvi va buyumlarni tipiklashtrish lozimligini e’tiborga olish zarur.

Programmalashtirishning 2 ta usuli mavjud bo’lib: Birinchi usulda detal chizmasi olinadi va jadval yoki analitik ko‘rinishdagi tenglama ko‘rinishida kodlanadi. Bunda dastgoh asbobi va ish organlari harakatining trayektoriyasi elementar uchastkalarga bo‘lib chiqiladi. Har bir uchastkaning koordinatalri x, y, z o‘qlariga ortirma ko‘rinishida tushuntiriladi.

Programma eltgich hajmi kichikroq bo‘lishi uchun magnitli lentaga yozishga mo‘ljallangan bir necha yo‘lcha bor. (6 ta yoki 8 ta). Programma universal yoki maxsus hisoblash mashinasiga kiritiladi.

Programma tuzishning ikkinchi usuli boshqaruvchi mashinani o‘qitishdan iborat. Bu usulda chizmada asbob yoki detalning harakat trayektoriyasi jadvali yoki tenglamasini tuzish shart emas. Bu holda dastgohga zagotovka o‘rnatiladi va programma qurilmasi ulanadi. Ishchi dastgohni qo‘lda bajarib, chizma bo‘yicha birinchi detalni tayyorlaydi va ishlov berishga doir ma’lumotlar dastgohning magnit lentasiga avtomatik tarzda yoziladi.

Zagotovkalarga mexanik ishlov berishda ish harakati va qo‘shimcha xarakatlarning ma’lum izchilligini ta’minlash lozim. Ana shu izchillikka programma deyiladi.

Dastgohni ijro organlari xarakatlantiruvchi mexanizmlarga ta’sir etadigan qurilmalar boshqarish sistemalari deb ataladi. Dastgohlarda ishlov berishdagi qo`lda boshqarish programmani dastlabki informatsiya (chizma, texnologik xujjatlar), shuningdek dastgox va asbobni ishini o‘lchash xamda kuzatishlar natijasiga qarab yig‘ilgan joriy informatsiya asosida operatorning o‘zi bajarishini ko‘zda tutadi.

Dastgohni avtomatik boshqarish butun programmani maxsus programma eltuvchi - xotira qurilmasidan foydalangan xolda qayd qilish va bajarishni ko`zda tutadi. Programma eltuvchilar sifatida rostlanaligan tiraklar, kulachoklar, koperlar, terish qurilmalari va xokazo qo`llaniladi.

Sonli dastur yordamida boshqarish (SDB) avtomatik boshqarishning bir turi xisoblanadi. U programmani xarf-raqamli kod tarzida qayd qilishni ko`zda tutadi.

Sanoatda dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar tabora keng ishlatilmoqda. Aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ishchi organlarining belgilangan ishni bajarishini ta’minlovchi buyruqlar ko‘rinishida berilgan dastur bo‘yicha boshqarish metall kesish jihozini dastur yordamida boshqarish deyiladi.

Umumiy holda, boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanishini boshqarish uchun xarur bo‘lgan dasturlarni tayyorlash, hisoblash va yozish (dastur uzatgichga) tushuniladi. Raqamli dastur yordamida boshqarish tizimi - buyruqlarni avtomatik ravishda o‘qiydi va bajaradi.

Raqamli dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar quyidagi afzalliklarga ega:

odam dastgohda ishlashlashdan ozod bo‘ladi;

mehnat unumdorligi ortadi;

jihozlar ish bilan ko‘proq ta’minlanadi;

jihozlarning samaradorligi yuqori;

dastur yordamida ishlaydigan dastgohlardan avtomatik liniyalar tuzish oson;

dastur yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun texnologik dasturlarni tayyorlashni markazlashtirishga imkon beradi;

sifat ortadi va brak kamayadi.

Dastur yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzligan avtomat liniyalarni elektron hisoblash mashinalariga ulash oson. EXM oldindan tuzilgan dastur bo‘yicha butun liniya ishini tashkil etadi.

Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozlarning ishini o‘zgartiradi. Dastur yordamida boshqarish tizimi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.

Frezalash stanoklarida qo`llaniladigan programma asosida boshqarishning sonli sistemalari ikki xil bo`ladiochiq va yopiq.

Ochiq sistemalarda xisoblovchi qurilmadan ijro mexanizmiga yo`nalgan informatsiyalar oqimi bitta bo`ladi. Programmali lenta xisoblovchi qurilma va deshefrator orqali xarakatlanganda uning kirishida buyruq signallari vujudga keladi. Biroq, odatda, bu signallar ijrochi organlarni xarakatlantirish uchun zarur quvvatga ega bo`lmaydi. Shu sababli avtomatik qurilmalar sistemalarida signallarni kuchaytirish uchun ko`pincha kuchaytirgichlardan foydalaniladi.

Kuchaytirilgan signallar yuritmaga tushadi, u esa stanokning ma’lum uzelini bevosita yoki oraliq mexanizmlar orqali zarur vaziyatga suradi. Bu yerda ish organlarining xarakati qadamli dvigatellar bilan aniq dozalangan. Bu sistema oddiy va arzon bo`ladi, lekin uning puxtaligi va aniqligi teskari aloqali boshqarish sistemalarinikidan past.



Berk sistemalarda detalga ishlov berish jarayonida ishlov beriladigan zagatovkaning xaqiqiy o`lchami yoki stanok uzelining xaqiqiy xarakati berilgan programma bilan uzluksiz taqqoslab turiladi. Berilgan programmani xisoblashda xisoblovchi qurilma va deshefratorning chiqishida buyruq signallari vujudga kelib, taqqoslovchi qurilmaga boradi. Datchik stanok uzelining xaqiqiy

xarakati kattaligini yoki zagatovka o`lchamini o`lchaydi va natijada teskari aloqa signaliga aylantirib, taqqoslovchi qurilmaga yo`naltiriladi.

Taqqoslovchi qurimada teskari aloqa datchigidan kelayotgan signallar xisoblovchi qurilma va deshefratordan kelayotgan signallar bilan taqqoslanadi. Agar xarakatlarning berilgan kattaligi bilan xaqiqiy kattaligi orasida farq bo`lsa, taqqoslovchi qurilmaning chiqishida shu farqqa mos signal paydo bo`1adi. Bu signal kuchaytirgich orqali ijrochi qurilmaga uzatiladi, u esa stanok ishini berilgan programmaga moslab rostlaydi.

Programma asosida boshqarishning analogli sistemalarida informatsiya programma beruvchidan yoki teskari aloqa datchigidan taqqolovchi qurilmaga sonli kodda emas, balki o`zgartirilgan ko`rinishda boradi. Berilgan songa proporsional bulgan analogdan foydalaniladi.

Programma asosida boshqarishning kodli sistemalari maxsus kodli datchiglardan foydalanishga asoslangan. Xaqiqiy siljishning sonli koddagi ko`rsatgichlari datchikdan olinadi va perfolentadan xisoblanayotgan programmaga taqqoslanadi.

Programma asosida boshqarishning impulsli sistemalarida dastlabki programmadan tushadigan impulslar sonini xaqiqiy siljish kattaligiga muvofiq teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan impulslar soniga taqqoslash prinsipidan foydalaniladi. Impulsning berilgan sonlari xamda teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan sonlari mos kelganda yuritish dvegateli uzib qo`yiladi.

Programma asosida boshqarish sistemalari texnalogik vazifasiga ko`ra pozitsion va konturli turlarga bo`linadi. Odatda, stanok ish organlarining mustaqil siljishi uchun sonli dastur yordamida boshqarishning pozitsion sistemalari to`g‘ri burchakli kordinatalarda beriladi. Ulardan parmalash va koordinatali yunib kengaytirish stanoklarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. Sonli dastur yordamida boshqarishning konturli sistemalari ish organlarining bir necha koordinatalar bo`yicha mos xolda siljishlari xisobiga murakkab shaklli detallarga ishlov berish uchun mo`ljallanadi.

Sonli programma asosida boshqarishning ikki koordinatali, uch koordinatali, to`rt koordinatali va xatto, besh koordinatali sistemalari qo`llaniladi. Keyingi vaqtda jixozning ishlamay qolishi bilan bog‘liq bo`lgan to`xtab qolishlar vaqtini qisqartirish maqsadida dastgoh - sonli dastur yordamida boshqarishsistemasiga diagnoz qo‘yish masalalariga katta axamiyat berilmoqda.
Rasm

1-rasm. Tokarlik sonli dastur yordamida boshqarish dastgohi.

Boshqaruvchi programma bevosita ish o‘rnidagi klaviaturadan qo‘lda kiritiladigan sodda sistemalar keng qo‘llanilmoqda. Ular yakkalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda universal dastgoxlarni konturli boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bunday sistemalardan foydalanish natijasida yuqori aniqlik saqlangani xolda dastgoxni qayta sozlash vaqti qisqaradi. Sistemani ixchamligi tufayli uni bevosita dastgoxga o‘rnatish mumkin.

Sonli dastur yordamida boshqarish qurilmalari bo‘lgan dastgohlarni guruxli boshqarish sistemalari (bir necha dastgohlarni boshqarish uchun) quyidagi funksiyalarni bajaradi

detallarga ishlov berish programmasi taqsimlaydi;

datsgohlar ishini kontrol qiladi va xatolarni aniqlaydi;

datsgohlarni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar beradi;

datsgohlar xolatini baholaydi;

programmalarni ish o‘rnida tekshiradi hamda tuzatadi va hokazo.



2. KULACHOKLI VA KOMMANDO APPARATLI TIZIMLAR.

Inson o‘z mehnatini yengillashtirish uchun turli asboblar, moslamalar, mexanizmlar yaratgan va yaratmoqda. Vaqt o‘tishning mehnatning texnik vositalari takomillashib borgan bo‘lsa ham mehnat predmetlarini tayyorlash operatsiyalarining majmui ketma-ketligi saqlanib qolgan. Inson bu vositalar yordamida operatsiyalarning ketma-ketligini qo‘lda bajarib, o‘zi uchun kerakli mehnat predmetini maxsus tayyorlagan.

Jarayonlarni boshqarish qonuni sikllidir. Bu holda boshqaruv priyomlarining soni ko‘p emas. Ishchining mehnatini engillashtirish maqsadida bu priyomlarni avtomatik qurilmalar yordamida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ishlab chiqarish ob’ekti tez-tez o‘zgarib turadigan ishlab chiqarishda dastgohning qayta sozlanishi ta’minlanishi lozim. Bu qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqishni talab etadi. Mashina barcha ish organlari asosiy yuritmalarining mexanizmlariga ta’sir etuvchi qurilmalar majmui avtomatik boshqarish sistemasi deyiladi.

Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishdan asosiy maqsad - odam mehnatini yengillashtiradigan turli moslamalar va qurilmalar yaratish. Bu xolda odamning vazifasi moslama va qurilmalarni boshqarish, tekshirish, sozlashdan iborat bo‘ladi.

Ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilganda boshqarish va tekshirish ishlarini maxsus mexanizmlar, qurilmalar va priborlar bajaradi, ya’ni avtomatika elementlaridan foydalaniladi.

Texnikaning tez rivojlanishi avtomatlashtirishning sifat jihatdan yangi usullarini qo‘llashni taqazo etadi va ishlab chiqarish yuqori darajada texnologik moslashuvchanligiga erishishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi. Bu esa sonli programmalar yordamida boshqaruvning yaratilishiga olib keladi.

Metall kesish jihozlari ishini avtomatlashtirish uchun dastgohlar ish organlari harakatini boshqarishning turli sistemalari kopirli boshqarish sistemalari kulachokli taqsimlash vali bilan boshqarish

sistemalari va sonli programmalar yordamida boshqarish sistemalaridan foydalaniladi.



Kulachokli boshqaruv sistemalari.

Kulachokli boshqarish sistemalari juda oddiy bo‘lgani uchun metall kesish dastgohlarining va teshish avtomatlari konstruksiyalarida keng qo‘llaniladi. Kulachokning taqsimlash vali boshqarish funksiyasini bajaradi. Kulachok yordamida belgilangan harakat qonunini amalga oshirish oson. Yassi, slindrik, dissimon kulachoklar bo‘ladi.

Disksimon kulachokli mexanizm sxemasi. Disksimon kulachok aylanganda tebranma surgichga ta’sir etadi. Surgich ijrochi qurilmaga biriktililgan.

Dastgoh ishlayotganda yassi kulachok oldinga suriladi va surgichga ta’sir qiladi. Surgich esa vertikal yo‘nilishda suriladi. Bu holda profil egri chizig‘i boshqaruvchi programma bo‘ladi. avtomat zvenoning harakatlanish qonuni ijrochi organning zarur hiiga mos ravishda beriladi. Zagotovka uzluksiz uzatilab turiladigan dastgohlar uchun bir tekis harakat hosdir, shu sababli to‘g‘ri chiziqli harakatlanish kulachogining profili qiya to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.

Kulachokniki esa vint chiziq shaklida ishlatiladi. Tez harakatlanish talab etilgan hollarda kulachok profili sinusoida, parabola yoki kosinusoida ko‘rinishida ishlatiladi. Kulachokli sistema oddiy boshqarish programmasi uchun qo‘llaniladi. Murakkab programmali avtomatlarda kulachokli boshqarish sistemasining qo‘llanilishi taqsimlash vallari, ilashish nuqtalari va boshqa

mexanizlarining sonini ortib ketishi natijasida avtomatlarning konstruksiyasini juda murakkablashtirib yuboradi.



Komanda (buyruq) aparatli boshqarish sistemasi kulachoklar mahkamlangan taqsimlash valiga ega, bu kulachoklar ijrochi mexanizmlarni davriy ravishda ishga solib turadi. Komanda - aparat kulachoklari kopirlar, klapanlar, zalogniklar yoki prevklyuchatellarga ta’sir qiladi, ular esa pnevmatik va gidravlik yoki elektr yuritmalarni boshqaradi. Kulachoklardagi chiziq chiqiqlarning holatini avtomatik ishining programmasi belgiladyi. elektr privklyuchatelli komanda aparatlarida ularning ichiga o‘rnatilgan elektr dvigatelp bor. Bu elektrdvigatel taqsimlash valning aylanishlar sonini o‘zgartirish uchun zarurdir.

Komanda aparatli boshqarish sistemasi standart qurilmalardan tuzilgan, oddiy ishlagan boshqarish mexanizmlarining ijrochi qurilmalarigi klapanlar, turboprovodlar va elektr simlari vositalarida bog‘langanligi esa alohida mexanizmlarning dastgohning qulay joylariga joylashtirishga imkon beradi.

Texnologik jarayonni boshqarishda kopirlash sistemalaridan keng foydalaniladi: ular andoza (kopir)ning yuzalariga geometrik jihatdan o‘xshash pog‘onali va shakldor yuzalarni ishlashda ishlatiladi. Boshqarishning bu sistemasi detallarga jilvirlash, frezalash va tokarlik avtomatlarda ishlov berishda qo‘llaniladi. Sistema ishlanadigan buyum shaklidagi kopirdan, shchup, kuchaytirgich va ijrochi organlardan tulilgan.

Programmani o‘qish qurilmalari. Avtomatning ishini yozib olishga mo‘ljallangan eltkichlar turli materiallardan tayyorlanadi. Perfolatsiyalangan qog‘oz lenta va magnit lenta keng tarqalgan. Magnitli lentaga yozuvlar ko‘ndalang magnit shtrixlar ko‘rinishida yoziladi. lenta uzluksiz harakatlanadi.

Programma magnitli lentadan quyidagicha o‘qiladi: magnit yozuvli lenta magnit golovka yonidan o‘tadi va golovkada EYUK hosil bo‘ladi. Kuchaytirgich olingan signallarni ijrochi mexanizmlarga uzatadi. Lentaning magnit golovkasi yonidan o‘tayotgan lentaning tezligi yozilayotgan paytda tezlikka teng bo‘ladi.

Programmalarni magnit lentadan va qog`oz lentadan o‘qiydigan qurilma. Perfolatsiyalangan qog‘oz lentali programma bir necha yo‘lakchada ma’lum tartibda joylashgan teshiklar tarzida yoziladi. Programma polzunning tok o‘tkazuvchi shifti yordamida o‘qiladi. Polzun planka ustida u bo‘ylab suriladigan lenta bilan birga vertikal holga harakatlanadi. Teshiklar shtift tagidan o‘tayotganda shtift zanjirni plankaga tutashtiradi va tegishli komandalarni beradi.

Programma kod ko‘rinishida yozilishi mumkin. Bu hol programma ishlanadigan yuza koordinata nuqtalarining shifrlangan raqamli qiymatlari yonida beriladi. Programma deshifratorga keladi, o‘qiladi va signallar boshqaruvchi signallarni hosil qilish uchun hisoblash qurilmasiga uzatiladi.



Boshqarishning 2-tipi: berk va ochiq tiplari mavjud. Ijrochi organlar aniq suriladigan hollarda boshqarishning ochiq tipi qo‘llaniladi. Bunda boshqarilayotgan zvenoning surilishi boshqarish

programmasining signallariga aniq mos kelishi lozim. Boshqarishning berk tipida teskari aloqa qo`llaniladi. Texnologik jarayon buzilganda komandaga tuzatish kiritiladi yoki bitta komanda tugagach, yangi komanda beriladi.

Uch koordinata bo`yicha programma yordamida boshqaradigan sistema ishlanadigan buyumning berilgan o‘lchamlar va shaklda chiqishni ta’minlaydi, shpindelning belgilangan aylanish chastotasini tanlaydi, supportni suradi, tezlashtirilgan siljitishlarni ulaydi, asbobni almashtiradi, sovitish sistemasini ishga tushiradi hamda qirindini yig‘ib oladi. Programma kodda sakkiz yo‘lli magnitli lentaga eziladi.

Sonli programma yordamida boshqarish sistemalarining bir necha avlodi o‘zgardi. 1968-1975 yillarda diskret yarim o‘tkazgichli elementar baza asosidagi sonli programma yordamida boshqarish vositalari ishlab chikilgan edi. Bu sistemalar birinchi avlodga mansubdir.

1972-yilda ularning o‘rnini integratsiya darajasi kichik bo‘lgan integral mikrosxemalar asosidagi vositalar egalladi. Bular sonli programmalar yordamida boshqarish sistemalarinig ikkinchi avlodi edi.

1980-yillarda katta integral sxemalar (KIS), mikroprotsessorlar (MP), va mikro-EXM asosida yaratilgan sonli programma yordamida boshkarish sistemalari joriy etila boshlandi. Bular sonli programma yordamida boshqarishning uchinchi avlodiga kiradi.

Stanokning sonli programma yordamida boshqarish sistemasini boshqarishning klassik sistemasi deb qarash mumkin. Uning tarkibiga

boshqarish ob’ekti va tashqi muxit haqida axborot manbalari, ijrochi qurilmalar, xisoblash-boshqarish qurilmasi kiradi.

Sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlar universal va umumiy bo`lib, ularni tezda qayta sozlab, istalgan turdagi ishlarni bajarish mumkin.


3. DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLARNING QO`LLANILISHI.

Mashinasozlik umumiy maxsulotlarining 75-80% gachasi seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishga to`g`ri keladi, bu ishlab chiqarishlarni bajarishga ishchi vaqtining ko`p sarflashi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, mashinasozlikda texnologik operatsiyalarni bajarishga umumiy vaqt me’yorining 20-30% ni asosiy texnologik vaqtni tashkil etsa, yordamchi vaqt umumiy vaqtning 70-80% ni tashkil etadi.

Yordamchi vaqt sarfini qisqartirishning asosiy yo`nalishi bo`lib ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xisoblanadi. Biroq, mayda seriyali ishlab chiqarishda yuqori unumdorli dastgoxlarni qo`llab an’anaviy avtomatlashtirishni bajarish (revolverli, agregatli va ko`p keskichli dasgoxlar, kulachokli bir shpindelli va ko`p shpindelli avtomatlar va avtomatik liniyalar) amaliy jixatdan imkoni yo`q, chunki bu dastgoxlarning tannarxi juda xam yuqori va dastgoxlarni dastlabki sozlashning ish xajmi juda xam katta. Bu barcha sarflar mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlarda bir necha yoki bir necha o`nlab va xatto

yuzlab dona ishlov beriladigan zagatovkaning tannarxiga kiradi va ularni tayyorlash baxosini misli ko`rilmagan darajada oshirib yuboradi.

Mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlarda zagatovkalarga mexanik ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy yo`nalishlaridan biri sonli dastur bilan boshqariladigan (SDB) dastgoxlarini qo`llash xisoblanadi. Sonli dastur bilan boshqarish deganda berilgan son shaklida keltirilgan boshqarish dasturi bo`yicha dastgoxda zagatovkalarga ishlov berishni boshqarish tushiniladi. Bunda boshqaruvchi dastur aniq bir detalga dastgoxning tegishli berilgan algoritmi bo`yicha ishni bajarish uchun dasturlash tilida buyruqni bajarishni yig`indisidan iborat bo`ladi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlar yarim avtomat va avtomatlardan iborat bo`lib, ularning barcha xarakatlanadigan organlari tegishli ishchi va yordamchi avtomatik xarakatlarni amalga oshiradi. Bu xarakatlar avvaldan o`rnatilgan, perforirlangan qog`ozga (ba’zida magnitliga), tasma yoki diskka yozilgan dastur bo`yicha amalga oshiriladi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarda murakkab, tayyorlash kimmatga tushadigan va sozlash uchun katta mexnat talab qiladigan kulachokli, andozali va tayanchlar sonli dastur bilan boshqariladigan tizimida talab qilinmaydi. Bu esa kichik partiyali, ayrim xollarda esa yakka zagatovkalarga ishlov berishni rentabelli qiladi, sozlashni osonlashtiradi va jadallashtiradi (ayniqsa zagatovka juda xam murakkab konstruksiyaga ega bo`lganda).



Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarni qo`llashni samarasi:

a) ishlov beriladigan zagatovka ulchamlarining aniqligi va bir xildaligida va shaklida bilinadi; bu aniq shakldor sirtga va ko`p sondagi ulchamlarni saklagan xolda konstruktiv jixatdan murakkab bo`lgan zagatovkalarga ishlov berishda muxim axamyatga ega;

b) qo`l bilan boshqariladigan dastgoxlarda yordamchi vaqt unumini 70-80% dan 40-50 % gacha kamaytirish xisobiga ishlov berish unumdorligini oshiradi (ishlov beradigan markazlardan foydalanilganda 20-30% gacha yordamchi vaqt unumini kamaytiradi), ayrim xollarda esa kesish rejimini intensifikatsiyalash orqali ishlov berish unumdorligini oshiriladi; sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarga ishlov berishni utkazilganda urta xisobda unumdorlik oshadi: tokarlik dostgoxlari uchun ikki-uch marta, frezalash dastgoxlari uchun uch-to`rt marta va ishlov beradigan markazlash uchun besh-olti marta;

c) unumdorlikni oshirishga, dastgoxda ishlovchining malakasiga bo`lgan talabning kamayishi xisobiga ishlov berish tannarxini kamayishiga;

d) avtomatik ishlaydigan va sozlangan sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarda tayyorlanishi murakkab bo`lgan va aniq zagatovkalarga ishlov berishni soddalashtirish xisobiga yukori malakali dastgoxda ishlovchilarga bo`lgan talabni kamayishida ko`rinadi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan tizimining konstruksiyasi bo`yicha sikl bilan va son bilan boshqariladigan dastgohlarga bulinadi. Sikl dasturli tizim bilan boshqarish dastgox xarakatlanadigan organlarining xarakatlanish ketma-ketligini va tezligini dasturlashga imkon beradi. Bunday dastur boshqarish poneli orqali yoki shtekkerli barabanda kommutirlaydigan elementlar (shtekkerlar) ma’lum turkumi bilan topshiriladi.

Bunda xaraktlanadigan organlar xarakatlanish qiymati bevosita dastur tartibiga kirmaydi, balki qayta sozlanadigan elektr tayanchlar orqali belgilanadi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarning tubdan farq qilishi xususiyati ularning barcha dasturi teshiklar kombinatsiyasi kurinishidagi, raqamlar, xarflar va boshqa belgilar bilan tavsiflangan dastur uzatuvchilarga (perfotasma, magnitli tasma, magnitli disk) yozilishi xisoblanadi. Bunday dastur tarkibiga xarakatlanadigan organlarning xarakatlanishining sonli qiymati xam kiradi, bu sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxining sikl dasturi bilan boshqariladigan dastgohlardan prinsipial fark qilishini tashkil qiladi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarini qayta sozlash, dasturni almashtirish bilan birga oz vaqt talab qiladi, shuning uchun bunday dastgohlar seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun yaroqli bo`lib hisoblanadi.

Pozitsiyali boshqarish deganda dastgohni sonli dastur bilan tushuniladi, bunda dastgohning ishchi organlarining xarakatlanishi belgilangan nuqtada amalga oshadi, biroq xarakatlanish trayektoriyasi

topshirilmaydi. Dastur bilan boshqarishning pozitsiyali tizimining vazifasi ko`pgina xollarda asbob yoki tayyorlamini ishchi pozitsiyaga aniq o`rnatishni ta’minlash bo`lib xisoblanadi, bunda bir pozitsiyadan navbatdagi pozitsiyaga xarakatlanishi dastgoh koordinatalari orasida funksional aloqasiz amalga oshadi.

Konturli boshqarish - dastgohni sonli dastur bilan boshqarish bo`lib, bunda dastgohning ishchi organlarining xarakatlanishi berilgan traektoriya va berilgan tezlik bo`yicha ishlov berishning zarur bo`lgan konturini olish uchun amalga oshiriladi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning konturli tizimi dastgohning ikki yoki bir necha ishchi organlarining, ularning uzluksiz o`zaro aloqasi bo`lganda, birgalikda xarakatlanishini boshqarish uchun mo`ljallangan, bu esa murakkab shaklli zagatovkalarga ishlov berishda zarur bo`ladi.

4. DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLARNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI.

Bunday dastgohlarning texnologik imkoniyatlari ko`pgina omillar, ularning ichida eng asosiysi dastgoxning konstruksiyasi, joylashishi aniqlik sinfi va sonli dastur bilan boshqariladigan tizimining texnik xarakteristikasi aniqlanadi. Zamonaviy tokarlik dastgoxlari chiziqli aylanali interpolyatorli konturli tizimli sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar bilan keng texnologik imkoniyatini ta’minlovchi rezba kesish uchun mo`ljallangan moslama bilan jixozlanadi. Buunday tizimlar murakkab profildagi tayyorlashlarga

ishlov berish, rezba kesish asbobning kesuvchi qirrasining xolatini korreksiyalash va yuqori tezlikda bo`sh yurishini (xolostoy xod) ta’minlaydi.

Dastgohning texnologik imkoniyatidan foydalanish uchun dastgox bilan birga keltirilgan texnik jixozlari: qisuvchi moslamalari, kesuvchi asbob, yordamchi osnastkalar, nazorat moslamalari katta axamiyatga ega. Asbobni va birinchi navbatda asbobni tutib turuvchilarning shaklini va keskichlarning maxkamlaydigan detallarnig unifikatsiyalash asosiy vazifa bo`lib xisoblanadi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan tokarlik dastgohlari, odatda zagatovkalarga IT6 bo`yicha ishlov berish aniqligini, silindrik va konussimon sirtlarning g`adir-budirligi RZ 6-12 mkm ta’minlaydi. Rezba kesish 3-sinf aniqligida olib boriladi. Dastgohdan tashqarida maxsus optik moslamada asbobni o`lchamga sozlanadi va uni dastgohning kallagiga qo`shimcha ravishda to`g`rilamasdan o`rnatiladi. Asbobni qayta sozlamasdan dastgohga o`rnatish xatoligi asbobni sozlash xatoligi bilan birgalikda 0.02 mm chegarasida bo’ladi.

Zamonaviy sonli dastur bilan boshqariladigan tokarlik dastgohlari revolverli kallak yoki topshirilgan dastur bo`yicha kesuvchi asbobni avtomatik ravishda almashtiradigan almashtiriluvchi keskichlar blokli magazin bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari ayrim sonli dastur bilan boshqariladigan tokarlik dastgohlari bo`ylama ishlarni bajarish uchun (parmalash va frezalash), ko`ndalang ishlarni bajarish uchun (relverli dastgohlarga o`xshash) va xattoki to`xtagan shpindelda tayorlashning ekssentrik joylashgan elementlarini ishlov beruvchi qo`shimcha moslamalar bilan ta’mirlanadi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarining yangi modellarini sozlash maxsus tegib turuvchi datchiklardan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi, bu datchiklar bir vaqtning o`zida asbobni yeyilishiga bog`lik xolda asbobning xolatini koreitsiyalash uchun xam xizmat qiladi. Yangi sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlari shpindelining aylanishlar chastotasining yuqori chegarasi 6000 ayl/min gacha ortadi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan frezerlik dastgohlarining texnologik imkoniyatlari.

Tokarlik dastgohlaridan farqli o`laroq sonli dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari dastaki boshqariladigan universal modellari bazasida qurilgan. Original joylash va asboblar magazinini maxsus frezalash dastgohlari aloxida ishlov beruvchi markazlar guruxini tashkil qilgan. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlari konstruksiyasiga bazaviy modeliga nisbatan prinsipial o`zgartirishlar kiritilgan, ular dastur bilan boshqarish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga imkon beradi. Surishning kinematik zanjirida aniq, muftsiz tishli uzatmalar va vintli soqqali juorliklar qo`llaniladi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlari ba’zi bir aloxida uzellarining bikrligi bazaviy modellarning shunga o`xshash uzellarining bikirligidan ancha yuqori bo`ladi. Buning barchasi dastgoxni yanada yuqori aniqlikda va unumdorli bo`lishini ta’minlaydi.

Zamonaviy frezalash dastgoxlari chiziqli-aylanali interpolyatorli konturli tizimli sonli dastur bilan boshqariladigan bilan kurollanadi, bu uch va undan ortik koordinatal bo`yicha boshqarishni ta’minlaydi.

Ko`pchilik sonli dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari bir vaqtning uzida uchta koordinata bo`yicha boshqariladi. Shuning o`zi tayorlashini xajmiy ishlov berishga qifoya, lekin bunday boshqarish xar doim xam kesishning optimal sharoitini va ishlov berishning yuqori unumdorligini ta’minlay olmaydi.

Ko`p koordinatali standart dastgohlar (to`rt, besh va undan xam ko`p koordinatali) ishlov beriladigan tayorlamalarning nomenklaturasiga, kesish sharoiti va tayorlamani qayta o`rnatish uchun yordamchi vaqtni kamaytirishga nisbatan keng texnologik imkoniyatga ega. Avtomatik ravishda shpindel aylanishlar tezligini o`zgartirish va asbobni almashtirish dastgoxning texnologik imkoniyatlarini juda xam kengaytiradi.

Buraluvchi revolverli kallak yoki asboblar magazini yordamida asbobni almashtirish amalga oshiriladi. Dumaloq ishchi stolning yoki buralish burchagi bo`yicha aniq indeksatsiyalangan terilgan stolning mavjudligi bir o`tishda zagatovkaga murakkab ishlov berishga imkon beradi.

Sonli dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari turli egri chiziqlarning yassi konturlarini avtomatik rejimda ferazalashga, xajmiy ferazalashga, parmalashga, zenkirlashga va yo`nishga imkon beradi. Ular konturga ishlov berish aniqligini (aylananing geometrik

aniqligidan chetga chiqishini) 0.1 mm oralig`ida, chiziqli o`lchamlar olish aniqligini 0.08 mm oralig`ida bo`lishini ta’minlaydi.

Terilgan dumaloq stolli ayrim dastgohlarda (6306FZ gorizontal-ferazalash dastgohi) o`zaro perpendikulyar va o`zaro parallel sirtlarga zagatovkani qayta o`rnatmasdan ishlov berish mumkin, xamda o`qdagi aniq teshiklarga ikkala tomonidan yo`nish mumkin. Bunda ikkala yon tomonlarning o`zaro perpendikulyarligi (dumaloq stolni aylantirish orqali) 500 mm uzunlikda 0.05 mm oralig`ida; yon sirtining asosiy sirtga nisbatan perpendikulyarligi 500 mm uzunlikda 0.05 mm; ikkala tomonidan yo`nilgan teshiklarning o`qdoshligi 500 mm uzunlikda 0.05mm ga teng bo`lishini; uzellarining pozitsiyalash aniqligi 500mm uzunlikda 0.05 mm va 1600 mm uzunlikda 0.1 mm.ni tashkil etishini ta’minlanadi. Ishlov berilgan sirt g’adir - budrligi Rz10-20 mkm oralig’ida bo`ladi.



Markazda ishlov beruvchi dastgohlarning texnologik imkoniyatlari.

Markazda ishlov beruvchi dastgoh kesuvchi asbobni avtomatik ravishda almashtirish uchun asboblarning maxsus magazini bilan qo`shimcha ravishda ta’minlangan, dastur bilan boshqariladigan, yukori avtomatlashtirilgan dastgoh tushiniladi.

Bu dastgohlarda dastur bilan boshqarish yordamida zagatovka uchta koordinata o`qi bo`yicha xarakatlanish va buraluvchi stol vertikal o`qi atrofida zagatovka aylanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ayrim xollarda markazda ishlov beruvchi dastgoh faqat vertikal o`q bo`yicha emas, balki gorizontal o`q bo`yicha xam aylanishga ega bo`lgan globusli stol bilan jixozlanadi. Bu esa murakkab korpusli toyyorlamalarga xar tomonidan va xar xil burchak ostida bir urnatishda ishlab berish imkonini beradi. Shpindel ukini berilgan dastur bo`yicha: gorizantal, vertikal va qiya o`rnatish imkonini beruvchi markazda ishlab beruvchi dastgohlar konstruksiyasi xam mavjud.

Dastgohni boshqarish dasturi shpindelning aylanishlar tezligini, ishchi surish va bo`sh xarakatlar tezligini kerakli o`zgartirishni taminlaydi, xamda moylovchi - sovutuvchi suyuklikni uzatishni va dastgohning boshqa uskunalarini yoqish va o`chirishni xam taminlaydi. Dastgohlarda xarakatlanadigan organlarini talab qilingan koordinatalarga yaqinlashganda tez xarakatni sekin xarakatga o`tkazishni avtomatik ravishda boshqarish mavjud bo`ladi. Ishlov berishning standart sikllarini va dastgoh turli funksiyali ishlashini avtomatik bajarish xam qo`llanadi. Ko`pgina markazda ishlov beruvchi dastgohlarda zagatovkani o`rnatish va maxkamlash qo`lda bajariladigan ishning yagona turidir.

Kesuvchi asbob revolverli kallakka yoki xajmli asboblarning maxsus magaziniga joylashtiriladi, bu topshirilgan dastur bo`yicha dastgoh shpindeliga xoxlagan asbobni, zagatovkaning tegishli sirtiga ishlov berish uchun talab qilinganini avtomatik ravishda o`rnatish imkonini beradi. Asbobni dastgohda bunday almashtirish 2-6 s da amalga oshiriladi. Ayrim markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda ishchi shpindeldagi asbobni almashtirish o`rniga asbob joylashtirilgan shpindelning o`zi almashtiriladi.

Markazda ishlov beruvchi dastgohlarda kesib ishlov berishning deyarli barcha jarayonlari: parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, yo`nish, rezba kesish, xamda tekisliklarni va murakkab konturlarni frezalash amalga oshiriladi. Dastgohning barcha xarakatlarini uzluksiz dastur bilan boshqarish va ko`p sonli kesuvchi asboblarni avtomatik ravishda almashtirish markazda ishlov beruvchi dastgohlarning ayrim modellarida ishlov beriladigan maxsulotga nisbatan kesuvchi asbobning 500000 gacha turli xolatini egallashini taminlaydi. Bu eng murakkab korpus zagatovkalariga bir o`rnatishda, zagatovka o`rnatiladigan va maxkamlanadigan bazaviy sirtidan tashqari, turli tomonlariga ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Buning barchasi ishlov beriladigan sirtlarning o`zaro joylashishiningeng yuqori aniqlikda bo`lishiga olib keladi.

Ommaviy ishlab chiqarishda qo`laniladigan ko`p shpindenli dastgox - avtomatlar va avtomatik liniyalardan farqli ularoq markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda mexnat unumdorligi tenologik o`tishlarni qo`shib bajarish va ko`pgina sirtlarga parallel ko`p asbobli ishlov berish xisobiga emas, balki yordamchi va tayyorlab yakunlash vaqt sarfini keskin kamaytirish va kesish rejimini jadallashtirish xisobiga oshiriladi. Ma’lumki seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida an’anaviy dastgohlarda mashina vaqti 20-30% dan oshmaydi.

Dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarda mashina vaqti 50-60% gacha ortadi, markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda esa u 80-90% gacha etadi. Dastgohni sozlash jarayonida bo`sh turib qolishi o`rtacha

80% ga qisqaradi. Markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda zagatovkalarga ishlov berishda kesish tezligini 20-100% ga oshirish mumkin. Ularda olingan tayyormalarning stabil o`lchamlari nazorat operatsiyalar xajmini 50-70% ga qisqartirishga imkon beradi.

Ishlov beriladigan tayorlamalarni almashtirish davri yo`ldosh - moslamaga almashtiriluvchi dastgoxdan tashqarida avvaldan o`rnatilish xisobiga markazda ishlov beruvchi daastgoxlarda keskin kamayadi. Tayorlama o`rnatilgan palet ko`pincha avtomatik ravishda almashtiriladi, bu esa dastgohning bo`sh qolishini minimumga kamaytiradi. Buning barchasining natijasida markazda ishlov beruvchi dastgoxda detal tayorlashni univelsal dastgohda ishlov berishga nisbatan ishlov berish unumdorligini 4-10 marta oshiradi va bitta markazda ishlov beruvchi dastgox to`rta - beshta va undan xam ko`proq an’anaviy konstruksiyadagi dastgoxlarni o`rnini bosishi mumkin.

Markazda ishlov beruvch dastgohlarning boshqa avtomatik dastgohlar oldida eng asosiy ustunligi markazda ishlov beruvchi dastgohlarni sozlashning soddaligi, ularni boshqa kanstruksiyali tayorlamaning ishlab chiqishga qayta sozlashning soddaligi va murakkab va qimmatbaxo texnologik osnastkalarni (shablon, andoza, maxsus moslamalar va boshqalar) yaratishga zaruryatning yo`ligi xisoblanadi. Bu mayda, seryali va yakka tartibda ishlab chiqarish sharoitlarida markazda ishlab beruvchi dastgoxlarni qo`llanishini ta’minlaydi.

5. RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILUVCHI DASTGOHLARDA ZAGOTOVKALARGA ISHLOV BERISHNI LOYIHALASH.

Oddiy metall kesuvchi dastgohning qismlarini boshqarish ishchi tomonidan bajariladi. Ularning siljishini hisoblash qurilmalari (limb va nonius) yordamida kuzatib boriladi. Raqamli dastur bilan boshqariluvchi dastgohning har bir mexanizmning sijishi, ularga o‘rnatilgan elektr toki bilan ishlovchi odimlovchi dvigatel orqali ta’minlanadi. Odimlovchi dvigatel rotoriga birlik o‘zchamidagi impuls ta’sir ko‘rsatishi natijasida, rotor ma’lum burchakka buriladi. Uning natijasida rotorga biriktirilgan qism ham shu burilish burchagi miqdoridagi harakatni oladi. Impulslar maxsus elektron sistemadan kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi. Impulslar soni boshqarish dasturida yozilgan bo‘lib dasturni qamrab oluvchi sistema (perfaolashtirilgan yoki magnitlashtirilgan) lentaga interpretatsiya etilgan simvollar bilan yozilgan bo‘ladi.

Bu simvollar harf va sonlardan tashkil topadi. Shuning uchun hamma sistema RDB (Raqamli Dastur bilan Boshqariluvchi) deyiladi. Odimlovchi dvigatelning vali dastgohning harakatlanuvchi mexanizmiga qatirib mahkamlangan vint bilan juftlikni hosil qilib, unga harakatni uzatadi. Natijada dastgoh mexanizmi aylana yoki to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi. Odimlovchi dvigatel valining burchakli burilishi har xil bo‘lishi mumkin. Bu burchak qancha bo‘lsa, dastgoh mexanizmining siljishi shuncha kichik birlikka siljiydi. Toza ishlov

berish uchun qo‘llaniladigan yuqori aniqlikdagi dastgohlarda impulslar soni 0,02 mm.dan - 0,01 mm.gacha oraliqda bo‘ladi.

Agar dastgoh RDB sistemasi bilan ta’minlangan bo‘lsa, uning mexanizmlarining siljishi bitta tekislikda (masalan, X o‘qi koordinata sistemasida) yotsa, u holda dastgoh bitta koordinatali, unda uni modeliga F1 belgi qo‘shilib yoziladi. Ikki koordinatali (X va Y) - F2 (RDB tokarlik dastgoh - 16K20F2), uchta koordinatali (X,Y va Z) - F3 (vertikal - frezerlash, teshik yo‘nuvchi dastgoh, ishlov beruvchi markazlar). Bulardan tashqari beshta koordinatali frezerlash dastgohlari (X, Y, Z; frezerlash kallagining harakati - 2 ta) ham detallarga ishlov berishda qo‘llaniladi (masalan, samolyotni oldingi shassisining silindrini qobig‘iga ishlov berishda). Dastgohlarda to‘g‘ri chiziqli harakatlarni uzatib beruvchi qurilmalardan tashqari, kesuvchi asboblarga murakkab harakatlarni uzatib berish uchun interpolyator qurilmasidan foydalaniladi. Kesuvchi asbob to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, ikkita koordinata (X va Y)lar tekisligida, ma’lum burchak ostida siljishi natijasida tokarlik datgohda konus yuzaga ishlov beriladi. Interpolyartor berilgan radiusda joylashgan aylana yoyiga yaqin traektoriya bo‘ylab kesikichni siljitishga imkon yaratadi.

Dastur qamrovchi sistemaga keskichning ishchi va yordamchi harakatlaridan tashqari, dastgoh mexanizmlarini ishga solish va ishdan to‘xtatish, kesish ma’romini o‘zgartirib berish, keskichlarni almashtirish (agar dastgohda ko‘p keskichli kallak o‘rnatilgan bo‘lsa) va shunga o’xshash harakat uzatish buyruqlari yozilgan bo‘ladi.

RDB dastgohi dasturida, konkret detalga ishlov berish uchun uning mexanizmlarni harakatlari ketma-ketligi yozilgan bo‘lib, ular dastgohda avtomatik ravishda bajariladi. Dastgohni boshqaruvchi (operator) - ishchi zagotovkalarni o‘rnatadi va ishlov berilgan detalni yechib oladi, ishlov berishni va kesuvchi asbobning holatini kuzatib turadi.

Boshqaruv dasturini tayyorlash va uni tuzatish, ma’lumotlarni qamrovchi dasturga yozish va sozlash bilan dasturchi - muhandis shug‘ullanadi, ya’ni RDB dastgohida tayyorlanadigan detallarning sifat ishchi - dastgohini malakasi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaydi.

RDB dastgohni ishlov berilayotgan detaldan ikkinchi boshqa detalga ishlov berish uchun qayta sozlash juda oson. Buning uchun boshqarish dasturni, (agar zaruriyati bo‘lsa) kesuvchi asboblar komplektini almashtiriladi xolos. Shuning uchun ham mayda seriyalab ishlab chiqarish sharoitida detallarga mexanik ishlov berish jarayonini avtomatlashtirishni imkoniga ega bo‘ladi.

RDB dastgohlarini texnologik imkonini quyidagicha shakllantirish mumkin:

1. Murakkab shakldagi detallarni, bitta o‘rnatishda, avtomatik boshqarish (ma’rom) da ishlov berish imkoni;

2. Yordamchi ishlarni (keskichlarning siljitishini va ularning almashtirish) avtomatlashtirish;

3. Ishchining malakasi, tajribasi va bilimidan qat’iy nazar kesish ma’romini boshqarish;

4. Ko‘p dastgohlarni boshqarish;

5. Bir detaldan boshqa detalga ishlov berishga o‘tish uchun tez sozlanuvchanligi;

6. Ishlov beriladigan o‘lchamlarni sifatini o‘zgarishsiz qaytarilishi, ishchining malakasiga bog‘liq emasligi;

7. Ishlov berish vaqtining doimiyligi.



RDB dastgohlarida detallarga ishlov berish texnologik jarayonlarning loyihalashni quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:

1. RDB dastgohida ishlov beruvchi detallar sonini tashkiliy texnik talablarni hisobga olingan holda aniqlash;

2. Chizmalarni texnologik nazoratdan o‘tkazish;

3. Har bir ishlov berish uchun texnik sharoit ishlab chiqilib, so‘ng texnologik jarayonning marshrutini loyihalash;

4. Zagotovkani o‘rnatish sxemasini, dastgoh modeli va texnologik o‘tishlarni hisobga olib, texnologik jarayonlarning operatsiyalarnini loyihalash.

5. Kesuvchi asboblarni tanlab, kesish ma’romi hisoblanib olish o‘tishlararo texnologik jarayonni loyihalash;

6. Keskichning harakatini hisoblash va uning trayektoriyasini qurish;

7. Hisob-texnologik kartani to‘ldirish;

8. Boshqaruvchi dasturni kodlashtirish;

9. Dasturni qamrovchi sistemaga dasturni yozish;

10. Dastgohda dasturni nazorat qilish va sinovdan (sinash uchun olingan detalga ishlov berish orqali) o‘tkazish.

Bosqichlarni mazmuniga asosan to‘liq ko‘rib chiqamiz. Tannarxni yuqoriligi, detallardagi egri chiziqlarni va shakldor yuzalarning mavjudligi, ularning shaklini murakkabligi boshqaruvchi dasturlarni tayyorlashni murakkabligi hisobiga bunday detallar, universal dastgohlarga nisbatan olinganda, RDB dastgohlarda ishlov berish maqsadga muvofiq, ya’ni detalning shakli qancha murakkab bo‘lsa, qoplash davri shuncha kam bo‘ladi. Bu borada zagotovkani dastgohga o‘rnatish qulay bo‘lishi va bu o‘rnatishda uning bir necha tomonlariga ishlov berish imkonini yaratishga ahamiyat berish zarur.

Odatda, RDB dastgohlarda ishlov berish xolatini kamaytirish uchun bunday yuzalarni oldindan boshqa, universal dastgohda ishlov berilib, zagotovkani shu ishlov berilgan (toza) yuzasi bilan RDB dastgohiga o‘rnatish qulay va lozim. Detallarga ishlov berishni RDB dastgohiga o‘tkazish natijasida, universal dastgohlar uchun tuzilgan texnologik operatsiyalar soni 3-4 va undan ortiq operatsiyalarga qisqartirilgan bo‘lish kerak. RDB dastgohining aniqligi detal chizmalarini aniqligiga mos kelishi, ishlov berishda bajariladigan ishning hajmi, 0,1 soatni tashkil etishi ko‘p dastgohdan foydalanish imkonini yaratadi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, RDB dastgohida ishlov beriladigan partiyadagi detallarning soni 30-80 donani tashkil etib ularning bir yildagi qaytarilishi 8-10 marta bo‘lishi iqtisodchilar tomonidan hisoblanib qulayligi isbot qilingan.

Detallarning chizmalarini texnologik nazoratdan o‘tkazib, uning alohida elementlarini o‘zgartirish yo‘li bilan RDB dasturiga kiritish va uni avtomatik ravishda ishlov berishga moslash uchun quyidagi o‘zgartirishlar kiritish mumkin:

Tokarlik ishlov berish uchun dumaloq bo‘rtiq (galtel) va L×45˚ faska bilan almashtiriladi, hamma turdagi ariqchalar va shunga o‘xshashlar bir ko‘rinishga olib kelinadi;

Parmalash, texnik yo‘nish va frezerlashda (texnik diametri va chuqurligi, aylanmalar radiusi va ularning konturlarini biriktirish va sh.o‘.) ishlov beriladigan o‘lchamlar bir ko‘rinishga keltiriladi:

Yo‘niluvchi teshiklarda ariqchalar, ichki toreslarga ishlov berish, M6 va undan kichik rezbalar uchun teshiklarni olish maqsadga to‘g‘ri kelmaydi.

RDB dastgohlarida detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni marshrutini loyihalashda har bir ishlov berilayotgan o‘lchamning aniqligini, kesishlar ma’romini va dastgohlarni tanlashda hisobga olinadi. Boshqarish dasturini tayyorlashda va tuzishda detal konturi bo‘ylab kesuvchi asbobni harakatini hisoblash va aniqlash asosiy bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Boshqarish dasturi kadrlarga ajratilgan holda tuziladi. Bu alohida olingan kadrlarga - qayta ulashni (qayta ishga solish) boshqalarini buyrug‘i, keskichni elementar siljishi, uni almashtirish va sh.k. birin-ketin imkonga qarab joylashtiriladi. Har bir kadr kodlashtirilgan. Buyruq va sonlar, u yoki bu siljish harakatga mos keluvchi impulslar

orqali tasvirlanadi. Boshqaruvchi buyruqlarning hamma kadrlar RDB dastgohini texnik pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Boshqarish dasturiga, dasturchi tomonidan, elektron qurilmani (masalan, EXM) klaviatura (tugmachalar)si yordamida yozib olinidi. So‘ng, shu qurilma yordamida, dastur magnitlashgan impuls ko‘rinishi (magnit tasmaga) yoki kadrlararo joylashtiriluvchi teshiklar bilan qog‘oz tasmaga (dastur qamrovchi sistemaga) o‘tkaziladi.

Boshqaruvchi dasturiga ma’lumot RDB dastgohini elektron sistema orqali o‘qilib, kadrma-kadr dastgohni ish bajaruvchi organlariga uzatib beriladi. Dasturni to‘g‘ri yozilganligi, masalan frezerlash dastgohlarida chiziq (iz) qoldirish usulida tekshiriladi. Buning uchun dastgoh shpindeliga qalam va stolga qalin qog‘oz mahkamlanadi. Qog‘ozdagi iz tahlil qilish asosida dasturni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi. Xatolik dasturni korrektirovka qilish orqali to‘g‘rilanadi.

RDB dastgohlar uchun detallarga mexanik ishlov berish operatsiyalarini loyihalash jarayonlarida bajariluvchi o‘tishlarning mumkin qadar maksimalligini ta’minlashuviga intilish lozim, ya’ni birgina operatsiyada qancha ko‘p yuzalarga ishlov berilsa, universal dastgohlarda ishlov berishga nisbatan, shuncha iqtisodiy tomondan qulay va vaqtdan tejash mumkin. Birgina operatsiyada mumkin qadar ko‘p o‘tishlarni to‘plash (bajarish), oldinda aytib o‘tilganidek, dastgohda zagotovkani o‘rnatish sxemasini to‘g‘ri tanlash uchun qulay shart va sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

Xulosa

Xozirgi mashinasozlikni jadallashtirish, uning samaradorligini oshirish va chiqariladigan mahsulotlarni raqobatlasha olishini ta’minlash uchun ishlab chiqarish unumini va texnologik usullarining aniqligini jiddiy oshirish shuningdek uni keng ko’lamda avtomatlashtirish talab etiladi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, har bir mexanik va konstruktorlar oldidagi asosiy vazifa u yaratayotgan detal yoki uskuna yuqori sifatli, uzoq muddat ishlay oladigan, juda puxta va mustaxkam bo’lishi bilan birga uni tayyorlash qulay va arzon bo’lishi kerak. Bu kabi savollarga javobni yuqoridagi mavzuda to’liq bayon qilib o’tdik.

Mashinasozlik sanoatining rivojlanganlik darajasi unda ishlatilayotgan texnologik jarayonlarning ham samaradorligi bilan belgilanadi. Ishlab chiqarilatyotgan mahsulotning sifat va tannarxi, uning konstruksiyasini puxtaligi va boshqa faktorlar qatorida ishlab chiqarish texnologiyasiga ham ko’p jihatdan bog’liq ekan. Texnologiyaning mukammalligi tanlangan dastgohlarning hozirgi zamon talablariga javob berishiga, ularda fundamental fanlarning eng oxirgi yutuqlarini qo’llashga va ularning tejamkorligiga bog’liq bo’lishi kerak ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. - Toshkent.: Sharq. 2008 yil

  2. “Raqamli dasturda boshqariladigan texnologik jihozlar va tizimlar”. Ma’ruza kursi. - Andijon.: 2018 yil

  3. Jamilov M “Metal qirqish dastgohlari”. - Toshkent.: “O’qituvchi”1986 yil

  4. Omirov A, Qayumov A. “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari”. – Toshkent.: “O’zbekiston” 2003 yil

  5. “Uzluksiz ta’lim tizimida o’qituvchilarni kasbiy pedagogik kompetenligini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari. – Toshkent 2013 yil

  6. Internet ma’lumotlari:

www.ziyoNet.uz

www.pedagog.uz



www.texnologiya.uz
Download 36.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling