Farg`ona davlat universiteti sirtqi bo’lim ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor o’qituvchilarning dissertatsiya ishlari bo’yicha dastlabki muhokamasining


Download 1.56 Mb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1334045
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Muhtoriy


FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
PROFESSOR O’QITUVCHILARNING DISSERTATSIYA ISHLARI BO’YICHA DASTLABKI MUHOKAMASINING
1-YIG`ILISHI BAYONI


2023 yil 22 - fevral Farg`ona shahri soat 13:00
Kengashi a’zolari: ___ nafar
Qatnashdi: ___ nafar


Taklif etildi: ___ nafar (professor-o‘qituvchilar)


Yig`ilish raisi: E.Najmiddinov




Yig`ilish kotibasi: R.Sharofutdinova


Kun tartibi:
Mustaqil tadqiqotchi Muxtoriy Mohro‘y Sodirzodaning “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mnemotexnikadan foydalanish (Ibora va maqollar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan tadqiqot ishini qisman muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Far DU (DcS) dotsent Akbarova Z.A.
Rais: Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi,(PhD) E.Najmiddinov: Аssalomu alaykum, ilmiy seminar qatnashchilari. Muhokamani boshlash uchun vakolatim yetarli. Kafedra ilmiy seminar majlisi oʼz ishini boshlash vakolatiga ega. Majlisni ochish boʼyicha qanday takliflar bor? (Ovozlar: majlis ochilsin). Eʼtirozlar bormi? – Yoʼq. Kim ushbu taklifga rozi boʼlsa, ovoz berishini soʼrayman.
Qarshilar? - Yoʼq. – Betaraflar? – Yoʼq.
Kun tartibida Fargʼona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Muxtoriy Mohro‘y Sodirzodaning “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mnemotexnikadan foydalanish (Ibora va maqollar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan tadqiqot ishini qisman muhokamasi.
Kun tartibi boʼyicha qanday takliflar bor?
(Yigʼilish aʼzolari: tasdiqlansin)
Dissertatsiya mavzusi Oʼzbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Аttestatsiya komissiyasi byulletenida roʼyxatga olinmagan.
Endi kun tartibidagi masalani koʼrib chiqishga oʼtsak.
Dissertatsiya Fargʼona davlat universitetida bajarilgan.
Mustaqil tadqiqotchi Muxtoriy Mohro‘y Sodirzoda:
Аssalomu alaykum, hurmatli majlis raisi va aʼzolari!
Ruxsatingiz bilan sizning eʼtiboringizga “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mnemotexnikadan foydalanish (Ibora va maqollar misolida)”mavzusida yozilgan dissertatsiyaning qisqacha mazmuni bilan tanishtirsam.
Jahon taʼlim tizimida shaxsning ijodiy faoliyatini rivojlantirish yaxlit uzluksiz taʼlimning muhim xususiyati sifatida yanada takomillashtirish, oʼquvchilarining tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishning metodik kompetentligini rivojlantirish, zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda oʼquv mashgʼulotlari samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Dunyoda shaxsning ijodiy faoliyatini rivojlantirish orqali kasbiy kompetentligini oshirish, taʼlim sifatini yuksaltirishda yangi ijtimoiy ehtiyoj va zamonaviy talablarga javob bera oladigan ijodkor kadrlarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Xalqaro miqyosda shaxsning ijodkorlikka tayyorgarligini rivojlantirish va metodik amaliyotini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, xalq taʼlimi tizimini modernizatsiyalash, bugungi kun talablariga mos ravishda integratsiyalash, kompetentsiyalarga asoslangan taʼlim dasturlarini joriy etish, oʼquvchilarining ijodkorlik faoliyatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ilgʼor innovatsion mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb muammo sifatida eʼtirof etilmoqda.
Respublikamizda taʼlim mazmunini yangi bosqichga koʼtarish hamda taʼlim jarayonlarini samaradorligini oshirish boʼyicha olib borilgan islohotlar bugun oʼz samarasini bermoqda. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitidan oʼrinli foydalanib, boshlangʼich sinf oʼquvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan pedagogik faoliyatning (mustaqillik, faollik, maqsad sari intilish, jamoa yoki mikroguruhlarda tengdoshlari bilan faol muloqotga kirisha olish, oʼyin, taʼlim va mehnat jarayonida hamkorlikka erishish, shuningdek, jamoa aʼzolarini uyushtirish, ularni yagona maqsad atrofiga birlashtirish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirishda ijodkorlikni yuza chiqara olish va b.) samarali shakllanganligi bilan belgilanadi.
Dissertant tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish natijasida sinfdan tashqari darslarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy faolitini rivojlantirish modeli ishlab chiqilib,o‘quchilarni ijodiy izlanishlarga yo‘naltiradigan, rivojlantiruvchi faoliyatni tashkil etish uslub va metodlari o‘z samarasini bergan. Bu borada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni ijodiy faolliyatni rivojlantirish uchun dars mashg‘ulotlariga dialog, munozara, bahs, davra-suhbatlar, tassavur, fantaziya, izlanish, muammolar qo‘yish va ularni yechish mashg‘ulotlari; bevosita ishtirok etishga doir mashg‘ulotlar, badiiy ijodkorlik, ishbop o‘yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samaraga ega ekanligini ko‘rsatib berilgan.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling