Farg’ona Davlat Universiteti


Download 262.42 Kb.
Sana19.06.2020
Hajmi262.42 Kb.
#120140
Bog'liq
musiqa


Farg’ona Davlat Universiteti

Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakulteti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 18-38 guruh talabasi

To’xtasinova Zarnigorning bolalar musiqiy ta’limi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.



Mavzu: Musiqa mashg’ulotlarida olib boriladigan ijodiy topshirilar

Mavzu: Musiqa mashg’ulotlarida olib boriladigan ijodiy topshirilar

REJA:


1. Bolalar hayotida musiqani o’rni va roli.

2. O’yin-kulgu kechalari.

3. Musiqa va jismoniy tarbiya.

4. Musiqa bayram ertaliklari.

5. Kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari

MTM tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirlarini o’tkazishda musiqaning o’rni Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo‘lib, musiqa tarbiya yeng asosiy o‘rinni yegallaydi. Musiqiy ta’limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok yeta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini, balki boShqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir. Bayram ertaliklari estetik ya’ni nafosat tarbiyasi berishda muhim tadbirlardan biridir. Ertaliklar bog‘cha hayotining yeng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va Shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va Shodlik baxSh yetishdan iboratdir. O‘zbekiston Mustaqillikka yerishdi. Istiqlol Sharofati tufayli qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‘lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari Shaklan va mazmunan o‘zgarmoqda. Bolalar bog‘chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat:

1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni.

2. O‘qituvchi va murabbiylar kuni.

3. Mehrjon bayrami.

4. Yangi yil bayrami.

5. Vatan himoyachilari kuni.

6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

7. Navro‘z bayrami.

8. Xotira va qadrlaSh kuni.

9. Gul va quShlar bayrami.

10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram yertaligi.



11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri.

Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1 sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e’zozlash, unga munosib farzand bo‘lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o‘tkazilib, ular O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar. Kichik va o‘rta guruh bolalari tomoShabin sifatida qatnaShadilar. Ertalikdagi o‘yinlar, inssenirovkalarda xalqimizning yerishgan yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxSh yetishi odamlarning bir-biriga mehr-oqibati, qadriyatlarimiz ko‘rsatilishi kerak. Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondoShib, zamonaviy bolalar qo‘Shiqlari bilan bir qatorda, o‘zbek xalq qo‘Shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim. Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini ifodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‘kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok yetishlariga yerishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy asboblarini (karnay, sunray, nog‘ora) jalb qilish tavsiya yetiladi. Imkoniyat bo‘lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar va kichik sahnalaShtirilgan yertaklar ham bo‘lishi tavsiya yetiladi. Qo‘Shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining yeng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‘Shiq va o‘yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli yertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok yetib, bolalar bilan xursandchilik qiladilar. Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-odat udumlarini aks yettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlaShtirish, mehnatni ulug‘laSh kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam yetadi. Qo‘Shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha Sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin. Qadimda Sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘Shiqlar yangraydi. 8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‘Shiq, She’r, raqs, o‘yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini ye’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim yetadilar. Ular uchun katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyuShtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan qo‘Shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda xuShchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga yega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram dasturiga kiritish kerak. Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiy nafosat soatlarini tashkil yetish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini Shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish yesa bolalar ma’naviyatini oShiradi. Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yaShaydigan barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘Shiq va o‘yinlari bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‘rin yegallaydi.

Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari MTM da olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga bog‘cha yoshidan boshlab Shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqiylikni musiqaviy obrazlar orqali idrok yetib boradi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari kichintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularni ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha Sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oShiriladi. Kichik va o‘rta guruhlarda bayram ertaliklari

1. Mustaqillik bayrami. Bu bayram tadbiri 1-sentabrda o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Davlat madhiyasining yangraShi bilan boshlanadi. Bolalar Vatanimiz haqidagi She’rlarni yoddan o‘qib, qo‘Shiqlar ijro yetadilar.

2. Mehrjon bayrami – Bobodehqon va ona zaminni ulug‘lovchi bayramdir. U 25-oktabrdan 5- noyabrgacha o‘tkaziladi.

3. Archa bayrami. Bu bayramda Qorbobo, Qorqiz va sevimli yertak qahramonlari ishtirok yetadilar.

4. 8-mart – Onajonlar bayrami.

5. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanadi.

6. Sog‘lom va polvonjon tadbiri yesa 1-iyunda o‘tkaziladi.

Katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari

1. «1-sentabr – Mustaqillik bayrami». Bayram tadbirlari orqali bolalarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.

2. 1-oktabr – «O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni».

3. Til bayrami. Bu bayram «Til – dil kaliti», «Ona tilim – jonu dilim» nomlari ostida nishonlanadi.

4. «Mehrjon bayrami» – hosil bayrami.

5. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni. Shu munosabat bilan «Qomusimiz – nomusimiz» tadbiri o‘tkaziladi.

6. «Archa bayrami» yertaligi.

7. 14-yanvar. «Vatan himoyachilari kuni».

8. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan konsert uyuShtiriladi.

9. 21-mart – Navro‘z bayrami. Bu tadbirda, asosan, u urfodatlarimiz va qadriyatlarimiz haqidagi sahna korinishlari va kuy qo‘Shiqlar ijro yetiladi.

10. Gullar va quShlar bayrami may oyida o‘tkaziladi. Bolalar O‘zbekiston gullari va quShlari haqida She’r hamda qo‘Shiqlar aydatilar.

11. «Sog‘lomjon va polvonjon», «Sog‘lom tanda – sog‘ aql» tadbirlari 1-iyunda o‘tkaziladi. Bayramda turli yestafeta va bellaShuvlar uyuShtiriladi.



12. Maktabda kuzatish bayrami. «Xayr, bog‘chajon – salom, maktab!». XULOSA Maktabgacha yochdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaSh asosida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Musiqa – bolalar estetik tarbiyasida asosiy o‘rin tutadi. 2. Bolalar musiqiy estetik madaniyatini Shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Chunki jamiyat ma’naviyatini Shaxs ma’naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning Shakllanganlik darajasi tashkil yetadi. 3.Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa maShg‘ulotlari imkon darajasida tashkil yetilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilaSh uchun davr talabi asosida musiqa maShg’ulotlarini yanada takomillashtirish va qo‘Shiq o‘rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanishga undamoqda. 4. Bolalar ma’naviy-estetik tarbiyasini yanada takomillashtirish uchun mo‘ljallangan tadbirlarda qo‘Shiq va raqslardan ko‘proq foydalanish lozim. 5. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish maqsadida muntazam tashkil yetiladigan tadbirlarga o‘zgacha ruh bag‘ishlaSh kerak. 6. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini Shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol Shaxslarni tarbiyalashdan iborat. 1.1.Maktabgacha ta’lim muassasasida bayram ertaliklari va o’yin kulgi kechalari Musiqa mashg’ulotlarda fasllar, bayram va tadbirlarga oid musiqa asarlari ustida ishlash. Bayram va tadbirlar stsenariysini ishlab chiqish va o’tkazish bo’yicha musiqa rahbari oldiga turgan vazifalar hamda ularga qo’yiladigan talablar. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ertaliklar va bayramlar davlatimizning muhim voqealari bilan bog’liq tarzda tashkil etiladi. Turli xil bayramlarga bag’ishlangan ertaliklarda bolalar mamlakatimizning muhim sanalari va bayramlari bilan tanishib boradilar. Bunday ertaliklarda musiqa asosiy o’rinda turadi. Bunday ertaliklarda bolalar qo’shiq kuylaydilar, raqsga tushadilar, bolalar musiqiy cholg’ularida ijro etadilar. Bunday ertaliklar uchun ataylab stsenariylar yoziladi. Stsenariylar mavzusi bayram ruhiga yaqin bo’lishi, turli xil she’rlar, kuy va qo’shiqlardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Demak, bayram ertaliklaridagi repertuar xilma – xil bo’lmog’i lozim. Tanlanadigan repertuarning mazmuni bayram mazmuni bilan hamohang bo’lishi muhim. Davlatimiz bayramlaridan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalarida hayrlashuv kechalari ham tashkil etiladi. Bunda asosan, tayyorlov guruhlari bolalari ishtirok etib, ular bog’cha bilan hayrlashib maktabga yo’llanma oladilar. Bayram ertaliklaridagi stsenariy musiqiy fon ostida namoyish etiladi. Shuning uchun musiqa rahbari har bir hodisa va holatlar uchun mos bo’lgan musiqa namunalarini tanlashi o’ta muhim shartlardandir. Bundan tashqari kecha o’tkaziladigan zallarni ham bayram kayfiyatiga mos jihozlash darkor. Yuqoridagi shartlarni bajarilishi bayram ertaliklarini ko’tarinki ruhda o’tkazilishini ta’minlaydi. Mavsumiy: Hosil bayrami(Mehrjon); Archa bayrami; Navro’z bayrami; Gullar va qushlar bayrami. Ushbu bayramlar xalq og’zaki ijodi namunalar asosida tashkil qilinadi. Yilma yil bolalarning ushbu bayramlar, ularning har biri bilan bog’liq bo’lgan xalqimizning madaniy, milliy an’ana va urf-odatlari haqida olgan bilimlari kengayib boradi. Ijtimoiy-siyosiy: Mustaqillik kuni; 21- oktyabr - O’zbek tiliga davlat mumtoz musiqa i berilgan kun; 8-dekabr– Konstitutsiya kuni; 14-yanvar- O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun. Bayramlarni kattalar bolalar uchun tayyorlaydilar. Har bira bayramning «oilaviy» qismi bo’lib, u guruh xonasida, aksariyat hollarda ota-onalar ishtirokida o’tadi. Har bir bayramda: * bayram mazmuniga mos o’yinlar tashkil qilinadi, she’r, qo’shiq va h.k. aytiladi; * bolalar va kattalar uchun ko’ngil ochish soatlari o’tkaziladi; * sir tutilgan daqiqalar, esdalik sovg’alari tashkil qilinadi; Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qadam qo’ygan davridan boshlab, yilma-yil bir jadval asosida bayramlar tashkil qilib boriladi. Bu katta maktabgacha yoshdagi bolalarga: *har bir bayramga oldindan o’zlarini tayyorlab borish; *bayramni tashkil qilish va o’tkazishda tashabbus ko’rsatish; *bayram tadbirida o’zini erkin va ishonch bilan tutish imkonini beradi Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bayramga endi «iste’molchi» sifatida emas, balki, mehmonlar, ota-onalar, kichik yoshdagi bolalar uchun bayramni «tashkil qiluvchilar» sifatida boradilar. Bu vaziyatda bolalar o’zlarini artistlar, ya’ni atrofidagilarga quvonch va lazzat ulashish uchun mehnat qiluvchi insonlardek his qiladilar. Kichik yosh davrlarida ular bu ishni hali uddalay olmas edilar. Katta maktabgacha yoshga yetib bolalar kontsert, spektakl (qo’g’irchoq teatri yoki rolli i jro), ko’ngil ochishlar, ko’rik-tanlovlar, syurprizli chiqishlrni tashkil qila oladilar. 1.2. Musiqali ta’limiy o’yinlardan bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida foydalanish. Bayram ertaliklari va ko’ngil ochishlar bolalarning mustaqil musiqiy faoliyatga yo’naltirish manbayi bo’lib xizmat qiladi. Bayram ertaliklari – bu har bir bolaga hursandchilik olib keluvchi, hayajonga soluvchi va ularning hotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoluvchi hodisadir. Bayram ertaliklari stsenariylari o’z ichiga turli ko’rinishdagi faoliyatlarni oladi. Bunda bolalar qo’shiq aytadilar, raqsga tushadilar, she’rlar yodlaydilar, bolalar cholg’ulari orkestrida yoki yakka tarzda chaladilar. Barcha yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan bayram ertaliklarida musiqaviy – didaktik o’yinlarni o’tkazish mumkin. Bu o’yinlar mashg’ulotlar va bo’sh vaqtlarda o’tkazilganligi sababli bolalarga yaxshi tanishdir. Shuning uchun ham ularga yangicha ko’rinish va shakl berib, bayramona bezatilgan holda tashkil etilishi lozim. Ertalikda shuningdek yangi, bolalarga tanish bo’lmagan o’yinni ham o’tkazish mumkin. Bunday o’yinlarning mazmuni bolalarga tanish musiqiy materiallar asosida tuzilsa bas. Ko’pgina musiqaviy – didaktik o’yinlarni sovg’a o’rnida ham kiritish mumkin. Bunday o’yinlar bolalarga sovg’alar va h.k. tarqatish bilan bog’lanadi. Masalan, masharaboz parda ortida turli cholg’ularda chaladi, bolalar cholg’ularni ovovzidan farqlab, nomlarini aytadilar. So’ngra, masharaboz ushbu cholg’u asboblrini barchasini bir vaqtda jaranglashini tinglab ko’rishni taklif etadi va bu hol qanday nomlanishini bolalardan so’raydi. Bolalar: «Orkestr» deb javob beradilar. Shundan so’ng katta guruhlar tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan bolalar cholg’ulari orkestrining chiqishi tinglanadi. Yoki, kichik guruhlar tarbiyalanuvchilarining ertaligiga Shumbola (katta guruh bolasi) mehmonga keladi. U metallofonda bolalarga tanish bir nechta qo’shiqlar ohangini chaladi. Kichkintoylar buni qaysi qo’shiq ekanini topadilar. So’ng, Shumbola nog’oracha yoki doira yoki baraban chalib, chalinayotgan cholg’u asbobi shaklidagi kichik qutichalarga joylangan sovg’alarni tarqatadi. Ertaliklarga ssenariy tuzayotgan vaqtda, unga barcha bolalarni jalb qilish shartligini yodda tutishi lozim. Har bir bolaningi faol ishtirok etishi, keyinchalik uning mustaqil faoliyati davomida o’z aksini topadi. Kelgan mehmonlar qarshisida tortinchoqlik namoyon qiluvchi bolalar, boshlovchi taklif etgan musiqaviy-didaktik o’yinlarda faollik ko’rsatadilar. Tabiiyki musiqaviy – didaktik o’yinni ertalik mavzusiga ko’ra tanlash va dasturiga moslashtirish lozim. Ya’ni, o’yin alohida chiqishlar bilan bog’lanishi va stsenariyning umumiy, yaxlitligini ta’minlashi lozim. Masalan, yangi yil bayram ertaligida Qorbobo bilan birgalikda o’rmon hayvonlari ham mehmonga keladilar. Qorbobo bolalarga o’zi bilan qaysi o’rmon hayvonlarini olib kelganligini topishni taklif qiladi. Bolalarga tanish bo’lgan, turli hayvonlar haqidagi qo’shiqlar kuyi birinketin yangraydi. Bolalar ularni birin-ketin tanib oladilar. Har bir to’g’ri javobdan so’ng, o’rmon hayvonining kirib kelishi kichkinagina sahna ko’rinishi sifatida o’tkaziladi. Ko’ngil ochish ham xuddi ertalik kabi muassasaga hursandchilik, quvonch olib keluvchi tadbirdir. Har bir ko’ngil ochish bolalarning taassurotlarini boyitishi, quvnoq hislarni uyg’otuvchi bo’lishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasida turli ko’rinishdagi teatr tomoshalari, diafilmlar va multfilmalar tomoshalari, tug’ilgan kunlar, adabiy-musiqiy kechalar, bolalar ijodiyoti ko’riklari, ertaklarni sahnalashtirish kabi ko’ngil ochishlarni tashkil etish mumkin. Ko’ngil ochishlarga shuningdek, turli musiqaviy-didaktik o’yinlarni ham kiritish mumkin. Bolalarning yoshlariga mos va ular uchun qulay bo’lgan shakl – o’yin shaklida olgan bilimlarini mustahkamlash, bolalar orkestri ijrosida yoki gramyozuvda tinglagan musiqani tanib olish, uning nomi va bastkaorining ismini aytish kabi topshiriqlar asosida dasturda beligalingan maqsad va vazifalarni amalga oshirilishiga erishish mumkin. Shunday qilib, ko’ngil ochishlarda musiqaviy-didaktik o’yinlarni qo’llash bolalarni ijodiy jarayonga faol jalb qilish imkonini beradi. Ko’ngil ochish bolalarning o’quv yili davomida olgan bilimlarining yakuni sifatida ham tashkil etilishi mumkin. Masalan, «Musiqali konkurs» ana shunday tadbir sarasiga kirishi mumkin. Bunday konkursni har bir yosh guruhi bilan o’quv yilining oxirida yil davomida olingan bilimlarni nazorat qilish va mustahkamlash maqsadida o’tkazilishi tavsiya etiladi. Quyida e’tiboringizga ushbu konkursni tashkil qilish va o’tkazish rejasini taklif etamiz. “Musiqali konkurs” Tayyorgarlik davri: bolalar ko’ngil ochishgacha bo’lgan davrda ikki komandaga bo’linib, o’z komandalarini nomlaydilar, tarbiyachi bilan birgalikda kerakli atribut yoki ko’krak nishonlarini tayyorlaydilar, sardorlarni saylaydilar. № Topshiriq mazmuni 1-komanda 2 –komanda 1 Musiqa asarini aniqlash «Kasal qo’g’irchoq» P.Chaykovskiy 2. Cholg’u asbobini aniqlash (komanda sardorlari uchun) Rubob 3 Qo’shiqni kirish qismidan aniqlash. «Quvnoq soat» didaktik o’yinidan foydalanish «Tinchlik bo’lsin» M.Ikromova 4. Qo’shiqni butun komanda bilan birgalikda ijro etish «Qadim Turon» N.Norxo’jaev 5 Tanish qo’shiqning ritmik tasvirini ifodalash Ritmik tayoqchalar bilan 6 Yangi kuy o’ylab topish Raqs kuyi 7 Asar harakterini aniqlash A.Liviev «Kichik vals» 8 Raqsda kim o’zar Har ikki komandadan bittadan vakil raqs tushadilar, raqs harakatlari ko’proq ko’rsatgan va aniqroq ijro etgan vakil g’olib bo’ladi 9 Musiqa asarining qismini aniqlash (kirish, kuplet, naqorat) M.Dadaboev «O’zbekiston mustaqil» 10 Qo’shiq kompozitorini topish D.Omonullaeva «Etikcham» 11 «Kimning orkestri yaxshiroq» musiqaviy didaktik o’yini Bolalar o’z istaklariga ko’ra cholg’ularni tanlaydilar 12 Tanish qo’shiq yoki aytimni flanelegrafdagi ritmik tasvirga qarab aniqlash Flanelegrafda yo’g’on va ingichka kartochkalar vositasida «Quyonim» va «Chitti gul» o’zbek xalq aytimlarining ritmik tasviri ifodalanadi 13 Ma’lum bir kompozitorning qo’shiq M.Ikromova N.Norxo’jaev larini birma-bir aytib berish 14 Kim yaxshiroq qo’shiq aytadi (sardorlar uchun topshiriq) Istaklariga ko’ra qo’shiqlar Tadbirning borishi: Boshlovchi har bir komandaga bir vaqtda yoki birin-ketin u yoki bu topshiriqni bajarishni taklif etadi. Yuqorida taxminiy savol va topshiriqlar berilgan. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbarlari va tarbiyachi pedagoglari ijodiy yondoshgan va tarbiyalanuvchilarning imokniyatlaridan kelib chiqqan holda, shunga o’xshash topishiriqlarni o’ylab topishlari mumkin. Bolalar hay’at a’zolari bilan tanishtiriladilar. Uning tarkibiga muassasa rahbari, metodist, tarbiyachi va ikki nafar tarbiyalanuvchi kiritilishi mumkin. Bolalarga ikki komanda o’zaro bellashishi, har bir to’g’ri bajarilgan shart yoki to’g’ri javob uchun komanda bittadan fishka bilan taqdirlanishi tushuntiriladi. Konkurs yakunida har bir komandaning to’plagan fishkalari soniga ko’ra g’olib komanda aniqlanadi va maxsus shirinlik bilan taqdirlanadi. Izoh: 1) bir tadbir davomida bolalar 7-8 topshiriqni bajaradilar; 2) agar sardor topshiriqni uddalay olmasa, uning komandasidan biror ishtirokchi yordamga kelishi mumkin; 3) topshiriqlar orasiga o’yin-attraktsionlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” (bayram ertaligi ishlanmasi) Bayram ertaligining maqsadi: Bolalarni mustaqil O’zbekiston haqidagi


Download 262.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling