Farg'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti


Download 278.93 Kb.
Sana20.06.2020
Hajmi278.93 Kb.
#120687
Bog'liq
ROBIYAXON


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG'ONA POLITEXNIKA INSITITUTI

"KIMYO TEXNOLOGIYA” FAKULTETI

“KIMYO TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI

“PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR” FANIDAN




KURS ISHI

Mavzu: O’qituvchi faoliyatida ko’tarinki rux, yahshi kayfiyat, ishga bo’lgan xohish va ularni amalga oshirish yo’llari.

Bajardi: Abduhamidova Robiyaxon (76-18 KT(Kt)

(talabaning familiyasi, ismi, guruhi)



Ilmiy rahbar: Hamdamova Sh.Sh.

(familiyasi, ismi, ilmiy darajasi, lavozimi)



MUNDARIJA




Kirish




I - BOB

Adabiyotlar tahlili

7

II - BOB

O’qitish jarayonida o’qituvchining imkoniyatlari.

11

III - BOB

O’qituvchi psixologiyasi (ishga bo’lgan xohish, kayfiyati va boshalar)

16




Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati





KIRISH

Ijtimoiy taraqqiyotni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga koʻtarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, oʻz kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga ogʻishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon – e’tiqodli insonlar boʻlib voyaga yetishsin.Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha oʻquv yurti talabalari ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra kasbga yoʻllash kerak.

Talabalarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb - hunarini oʻz qobiliyatlariga yarasha toʻgʻri tanlashlariga erishish uchun maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akdemik, tashkilotchilik, perseptik va h.k.) qobiliyatlari yuksak boʻlishi, fan asoslarini turmush bilan bogʻlab oʻrganilishi, toʻgarak va qoʻshimcha yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb – hunar toʻgʻrisida ma’ruzalar oʻqilishi, suhbatlar, munozaralar oʻtkazilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb – hunar fotokoʻrgazmalarini tashkil qilishlari zarur. Kasbiy psixologiya fani 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. 2 - jahon urushidan buyon psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi natijalarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining soʻnggi prezidenti E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani Amerika Qoʻshma shtatlarida qabul qilingan.

Fan. texnika va texnologiyaning o ‘tmishdagi yutuqlari, shubhasiz zamonaviv ilmiy-texnik taraqqiyot uchun zamin yaratdi. XX asrning ayniqsa, ikkinchi yarmida fan taraaqiyotining sur’ati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Bu davrda to'plangan ilmiy ma’lumotlar, insoniyatning butun tarixi davomida to'plangan bilimlar hajmining % qismidan ortig‘ini tashkil etadi. Nazariy va amaliy fanlarda olingan asosiy natijalaming olamshumul yutug‘I kosmos va yadro energeyasining o ‘zlashtirilishidir. Fan, texnika, texnologiyaning ushbu samarali taraqqivoti yangi ilmtalab ishlab chiqarish jarayonlarini vujudga kelishiga va uzluksiz rivojlanishiga, chiqariladigan mahsulotlar sifatini tubdan yaxshilanishiga va hajmini oshishiga olib keldi. Tabiiyki, ishlab chiqarish usullarining o‘zgarishi ta'lim sohasidagi tegishli o'zgarishlami taqozo etadi.

Jamiyat rivojiga rr.os ta'lim tizimi shakllanadi.XVII asrda ommaviy ishlab chiqarishning vujudga kelishi ko‘plab darsliklarni chop etishga imkoniyat va ehtivoj tug‘dirdi va shu asosda umimiy o'rta ta'lim tizirnining shakllanishiga zamin yaratdi. Jamiyat taraqqivotining hozirgi bosqichida zamonaviy elektron hisoblash mashinalari va telekommunikatsion tizimlar samarali o‘rgatuvchi texnik vositalar vazifasini bajarayotgan bir pavtda, bu vositalar bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylangan bir paytda, aqliy mehnatni avtomatlashtirish real jarayonlari amalga oshirilayotgan bir paytda, ishlab chiqarishning ishchi o'rinlari o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga moljallangan bir paytda, ishiab chiqarishning ayrim ilmtalab tarmoqlari ishchi o'rinlarining qariyb yarmi oliy ma’lumotli mutaxassislarga yo‘naltirilgan bir paytda oliy ta’limning ommaviylik darajasi o ‘sib, o‘rta maxsus kasbiy ta’lim omaviy ta'limga aylanib boradi.

Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asming 50-yillarida paydo boidi. 15-20 yildan so'ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So'nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish doirasi uzluksiz kengayib bormoqda.Pedagogik texnologiyaning ilk paydo boiish davri ilmiy- texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo‘lib, ular asosida texnika va texnologiyalaming yangi avlodlari varatildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o‘zining оЧа murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o ‘zgarib bordi, ta’lim tizimi oldiga yangi talablar qo‘yila bordi.Ilmiy-texnik taraqqivot jadallashuvi va ta'lim tizimiga u tomonidan qo‘yiladigan talablar quyidagilar bilan belgilanadi.



Birinchidan - fanning o ‘sib borayotgan o‘rni bilan, XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fanning taraqqiyoti eng yuqori sur’atlarga erishdi. Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari ikki martadan oshib bordi. Shuning uchun, fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo‘ysunadi deb faraz qilinadi. Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur’atlari, aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda.Fanning jadal taraqqiyoti, ilmiy-texnik axborot tegishli taraqqiyotiga olib keladi.Fanning eksponenta bo‘yicha rivoji uning ko‘chkisimon rivojini anglatadi. Zero ilmiy-texnik axborot rivoji ham ko‘chkisimon jarayon hisoblanadi.

Axborot oqimining ko‘chkisimon o‘sish sur’atini saqlash uchun zamonaviy telekommunikatsion axborot tizimlari yaratil- moqda va faoliyat ko'rsatmoqda.Ko'rinib turganidek, fan va axborot hozirgi zamondagi o ‘sish sur'ati va hajmi 20-30 yil oldingi ulaming holatidan keskin farq qiladi.Fan taraqqiyoti, bu oliy ma’lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi. Shuning uchun, oliy ma’lumotli mutaxassislami tayyorlovchi tizim — zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari, individual va mustaqil ishlash, ilmiy- texnikaviy axborotlar va o'quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta'minlashi lozim.



Ikkinchidan - zamonaviy fanlaming ko'chkisimon rivoji 2, 3 va undan ortiq ma'lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo’lishi bilan ham ta’minlanadi. Masalan: biofizika, biokimyo, informatika, fizik-kimyoviy mexanika va ko‘pgina boshqa fanlar. Fan “daraxti” paydo boMadi. Ma'lum fanlar ulanmalarida paydo boigan yangi fan -yangi ilmiy yo'nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalami o‘z ichiga oladi. Bu masalalami oliy maktabriing iqtidorli bitiruvchilari yechishi lozim.Shuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim talabalarda original va noan’anaviy fikrlash qobiliyatini, tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim.Talaba ajablana olishi. hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalami o‘zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi.

Uchinchidan - fanning ko‘chkisimon rivoji va shu qonuniyat bilan o‘suvchi ilmiy-texnikaviy axborot. axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi, uning asosida esa kompyuter texnikasi yotadi. Ushbu zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish. asosan individual tarzda ishlash orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, zamonaviy o'qitish tizimining asosiy 0 ‘zagi - o ‘qitishni individuallashtirish deb hisoblash mumkin. Shuning uchun o‘qitishni individuallashtirish, mustaqil ta’lim, masofaviy o'qitish tizimi texnologiyalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish dolzarb masalaga aylanib qoldi.

To’rtinchidan - muhandislik yechimlar turining keskin ko‘payishi ilmiy-texnik taraqqiyotning xususiyati hisoblanadi. Materiallar, texnologik jarayonlar. mashinalar konstruksiyalarining zudlik bilan almashinuvi sodir bo'ladi. Boshqaruv tizimining avtomatlashuv darajasi oshadi va ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga qo‘llash muddatlari qisqaradi. Masalan, telefon aloqasi kashfiyoti bilan undan foydalanish orasida 56 yil o‘tgan bo'lsa. radioga - 35, televizorga -14, atom energiyasiga - 6, tranzistorga - 5 yil o'tdi. Hozirgi paytda bu muddat, odatda 1 yilga ham yetmaydi.Shunday qilib, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlovchi tizim, ularda ishlab chiqarish, texnika, texnologiyaning uzluksiz o‘zgarib turuvchi sharoitiga zudlik bilan moslashuvchanlikni shakllantirishga yo'naltirilishi zarur. Ular bilimlar arakatlanuv- chanligi, tanqidiy fikrlash, ijod va kasbiy faoliyatida epchillik kabi xususiyatlarga ega bo*lishi lozim.

Beshinchidan - ilmiy-texnik taraqqivot jadallashuvi sharoitida uning yuksalib boruvchi talablariga javob beradigan mutaxassislami oliy maktabda tayyorlash uchun o'qitishni jadallashtirish, o ‘qitishda inson organizmining, uning ongining butun imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur bo‘ladi. Ya'ni, ko'rsatmali o‘qitish metodiaridan foydalanishni jadallashtirish lozim. Bu esa, o'qitish jarayonida axborotlar berishda. o'quv material ini tizimlash va turkumlash usullari, o'qitishni kompyuterlash. o ‘quv televideniyasidan foydalanish va h.k.ni anglatadi.

Oltinchidan - har bir odam tabiatan faqat o'ziga xos o‘qish va o‘rganishdagi zehni, qobiliyatga ega bo'ladi. Demak, zamonaviy o'qitish tizimining vazifasi o'quvchining individual qobilivatini hisobga olish va rivojlanishtirishdan iborat bo'lishi kerak.Ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvi sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotlaming farqli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mashina va jihozlar unumdorligi, ular puxtaligining ko'p marotaba oshganligi tufayli mahsulot birligiga sarf qilinadigan energiya ham bir necha marotaba kamayadi. Bu sharoitlar kadrlar tayyorlash tizimiga tegishli talablar qo'ya boshladi.llmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvidan oldingi davrda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori puxtaligi va sifati bilan ajarilib turmas edi. Shuning uchun mahsulotlar uchun kafolatli ta’mir muddatlari o'matilgan edi, kafolatli ta’mir esa ishlab chiqarish korxonalari hisobidan bajarilar edi. Mazkur sharoitlarda an'anaviy o‘qitish tizimi, ishlab chiqarish talabiga javob berar edi. Ishlab chiqarish sharoitining o‘zgarishi bilan an'anaviy o'qitish asosida tayyorlangan mutaxassislar sifati qo'yiladigan talablarga javob bera olmay qo'ydi.O'qitishning ommaviyligi o‘sib kelayotgan bir sharoitda ko'pchilik kadrlarni tayyorlash sifati darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining o'sish sur’atidan, ya’ni ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvidan ancha orqada qola boshladi.

I – BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI

Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar. O’qituvchining o’rni va uning vazifalari, o’sib kеlayotgan yosh avaodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muxim axamiyatga egaligi aniklanadi. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni xayotga tatbik etish jarayonida o’kituvchining yosh avaodga ta'lim va tarbiya bеrishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib boravеradi.

Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga quyayottan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda tug`ri Hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog`liqdir.

Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. o’qituvchi - sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qushimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari Hollarda Ham kеrakli maslahatlar borishda bilimlar manbaidan biridir, Kupchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo’lib Hisoblanadilar.

Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun Ham ukituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yulga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mеxanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O’qituvchi maktabning pеdagog jamoa a'zosi sifatida maktab, Hayoti faoliyatini uyutirishda bеvosita ishtirok etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarining mеtodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma'ro’zalar o’qib, suhbatlar olib borar ekan, dеmak, u pеdagogik bilimlar targ`ibotchisi Hamdir, vazifalarning shu qadar kupligi uchun Ham jamiyatning o’qituvchilar oldiga qo’yadigan talablari tushunarlidir.

Ma'lumki, pеdagogik faoliyat - kishi mеhnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidap quyiladigan talablardan eng muhim o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog`liq xislaglariga qaratilgan.

O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:

- o’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni sеvish, ularni insonparvarlik ruHida tarbiyalash istagi, o’z yurti, ona tili, o’z xalqining tarixi va uning madaniyatini sеvishi, davlatining mustaqilligi g`oyasida yashashidan iboratdir;

- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada His etishi;

- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma'naviy pokligi, ma'naviyat va ma'rifat buyicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;

o’zini qo’lga ola bilish, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.

Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir:

- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg`onish mafko’rasining Hamda umuminsoniy boyliqlarning. Mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g`oyalariga sodiqlik ruHida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati;

- kеng bilimga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi;

- yosh va pеdagogik psixologiya, ijgimoiy psixologaya va pеdagogika, yosh fiziologayasi Hamda maktab gigiеnasidan chuqur bilimlarga ega bulishi;

- o’zi dars bеradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasi bo’yicha jaHon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi;

- ta'limda tarbiya mеtodikasini egallashi;

- o’z ishiga ijodiy yondashishi;

- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;

- pеdagogik tеxnika (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pеdagogik taktga ega bo’lishi;

- o’z bilimi va pеdagogik maHoratini doimiy ravishda oshirib boriish,

Har bir o’qituvchi ana shu talablarga tula javob bеra oladigan bo’lishiga intilishi shart.

В ay on etilganlar, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo'lish zaruriyatini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini namoyish etadi. Shu sababli, ilmiy- texnik taraqqiyot tezlashuviga 2...3 va undan ortiq fanlar ulanmalarida paydo boiadigan yangi fanlaming ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan - «pedagogika» va «texnologiya»lar tutashlarida paydo bo'lgan yangi fanlardan biridir.

Pedagogik texnologiya ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta'minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo‘ladi.

«Pedagogika» - bu keksa avloddan hayot uchun zaruriy bo‘lgan ijtimoiy tajribalami yosh avlodga berish va uning yosh avlod tomonidan faol o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.Jamiyat taraqqiyoti, har qaysi yangi avlod o‘zining o’tmish avlodidan qolgan merosni egallab. uni boyitib keyingi aviodga qoldirish orqali vujudga keldi. «Pedagogika» atamasi qadimgi Yunoniston (Gretsiya)da paydo bo'ldi, uning negizini «pedagog» so'zi tashkil etadi. Qadimgi Yunonistonda o'quvchini maktabga kuzatib boruvchi, unga xizmat qiluvchi qulni pedagog (Yunoncha «pays» — bola, «agogoeyn» - yetaklovchi) deb ataganlar. Ya’ni, pedagog so‘zi «bola yetaklovchi» ma'nosini anglatadi.Maktabda mashg'ulotlami o ‘qituvchilar - «didasko»lar o‘tar edi («didasko» - men o'qitaman, keyinroq «didaktika» - o ‘qitish nazariyasi paydo bo’ldi). Muqaddam biiimning bu sohasi falsafa fani negizida amalga oshirilar edi.XVIII asrning boshlarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimFrensis Bekon (1561-1626-yy.) tomonidan, pedagogika falsafa bilimlari tizimidan chiqarib olingan edi. U 1623- yili «Afzalliklar va fanlaming ko'payishi haqida» chop etilgan asarida. pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «O'qishga qo'llanma» haqidagi fan deb atadi. 0 ‘sha asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatdagi maqomi. mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592 -1670- yy.) asarlari vaobro‘yi tufavli mustahkamlanadi. U o'zining mashhur «Buvuk didaktika» asarida, o'quv ishining nazariyasi va uni tashkil etishning asosiy masalalarini ishlab chiqdi.

Pedagogikaning predmeti - bu o‘rganish, ta’lim, tarbiya sharoitida inson shaxsining rivojlanish va shakllanishiga yo'naltirilgan jarayoni deb hisoblanadi.Shunday qilib pedagogika, inson shaxsining rivoji va shakllanish mohiyatini o ‘rganish haqidagi fan sifatda namoyon bo’ladi. Shu asosda o ‘qitish va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida belgilanadi. Pedagogika fan sifatida, ommaviy o ‘qitishni tashkil etishni talab etadigan kengaytirilgan ishlab chiqarish yo‘Iga qo‘yilayotgan davrda paydo bo’ldi.«Texnologiya» materiallar yoki yarim fabrikatlami olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir.

«Texnologiya» atamasi ham qadimgi Yunonistonda paydo bo‘ldi va u ikkita so"z - «texne» - san'at va «logos» - o ‘rganishdan iborat. Ushbu davrda, bu hunarmandning predmetni tayyorlash san'atiga, ustozi rahbarligi ostida (mashqlar tufayli) o'zining tirishqoqligi va tabiiy iqtidori orqali erishishini anglatar edi. Hunar o‘rganish individual tarzdaamalga oshirilar edi. Ko'pgina hollarda, kasb-hunar sir-sinoatlari, faqat avloddan avlodga, oilaviy qarindosh-urug‘larga o‘rgatilar edi. Avloddagi uzilislilar, ma'lum bir kasb sir-sinoatlarining yo‘qolishiga olib kelgan hollar ham mavjud. Misol tariqasida, qadim Sharqdagi machit- madrasalaming tashqi va ichki devorlar, gumbazlaridagi naqshlar tabiiy bo‘yoqlarining tayyorlanish sirlari vo‘qolib ketganini keltirish mumkin. Bu bo‘yoqlar hanuzgacha odamlarni o ‘zining tabiiyligi. chiroyi. ranglari jilosi, betakrorligi, o‘zidan nur sochib turishi, uzoqqa chidamliligi bilan maftun etib kelmoqda.«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga - XVII asrda. sanoat ishlab chiqarishini paydo bo‘lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o‘q otuvchi qurollami ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi sabab bo‘ldi.



Pedagogik texnologiya— b u o ‘z oldiga ta ’lint shakllarni

maqbullashtirish vazifasini q o ‘yishni, texnika va inson

resurslarini va ularning o ‘zaro ta ’siri aloqasini hisobga olgan

holda butun o'qitish va bilimlarni o ‘zlashtirish jarayonini

yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli yondoshuvidir.


II – BOB. O’QITISH JARAYONIDA O’QITUVCHI IMKONIYATLARI

Oʻqitish jarayonini amalga oshirish maqsadlari quyidagilardan iborat: ta’lim olayotgan va tarbiyalanayotgan shaxslarga ta’sir etish mexanizmini ochib berish; ta’lim olayotganlar tomonidan ijtimoiy madaniy tajribalarni oʻzlashtirish; ta’lim olayotganlarda turli vaziyatlardan chiqib ketish yoʻllarini oʻrgatish; pedagogik faoliyatning oʻziga xosligini oʻrganish, oʻqitishning qonuniyatlarini, mexanizmlarini oʻrgatish. Ta’lim-tarbiya jarayoni bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy jarayon boʻlib, quyidagi toʻrt qismga boʻlinadi. – birinchisi,tarbiyalash ta’lim jarayonida olib boriladi va uning barcha shakl va usullari, mazmunini yoritishga xarakat qiladi.



S.L.Rubinshteyning fikriga koʻra ―”Biz oʻqitish orqali tarbiyalaymiz, tarbiyalash orqali oʻqitamiz”; – ikkinchisi, ta’lim ma’lum bir muassasa, tashkilotda olib boriladi; hamda tarbiyaning mazmuni va mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi; – uchinchisi, tarbiya ta’lim jarayonidan tashqarida – oila, mehnat jamoasi, guruh va jamoat muassasalarida amalga oshiriladi; – toʻrtinchisi,tarbiya jarayoni klublar, madaniyat uylari, har xil t oʻgaraklarda, ta’limning epizogik jihatlariga asoslangan holda olib boriladi.

Ta’lim jarayonini tashkillashtirishni oʻqituvchi amalga oshiradi. Respublikamiz hukumati ta’lim sohasida oʻrtaga qoʻyayotgan vazifalarni bajarish koʻp jihatdan oʻqituvchiga bogʻliq. Yangi iqtisodiy siyosatga oʻtish sharoitida ta’lim-tarbiyadan koʻzda tutilgan maqsadga erishish, oʻqituvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib oʻstirish oʻqituvchi zimmasiga yuklatilgan. Oʻzining fidokorona mehnati bilan yosh avlodga ta’lim berish, tarbiyalash sifatini oshirishga hissa qoʻshayotgani ijodkor oʻqituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Quyidagilar oʻqitishning asosiy didaktik vazifalari hisoblanadi: talabalarning oʻquv faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish; ta’lim oluvchilarda ijobiy oʻqish motivlarini shakllantirish va ularning ijodiy imkoniyatlarini oʻstirish orqali oʻqishga qiziqish uygʻotish; ta’lim oluvchilarga ishlarning turli xil usullari va oʻquv materiallarini tizimlashtirgan holda izohlab berish; oʻqituvchilarning metodik usullar va oqilona vositalardan keng ma’noda foydalanishi; ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, k oʻnikma va malakalarini shakllantirish hamda kasbiy mahoratlarini takomillashtirish; tinglovchi va kursantlarning tayyorgarlik darajasini tekshirish, ularning bilim, koʻnikma, malaka va kasbiy sifatlarini baholash. Oʻqitishning asosiy didaktik maqsadi:Ta’lim oluvchilarning oʻqish- bilim olish faoliyatini boshqarishdan iborat va maqsadga erishish uchun oʻqituvchi oʻzining faoliyatini bosqichma-bosqich amalga oshiradi.

Oʻqitish – bu oʻqituvchining koʻp qirrali, bosqichma-bosqich kasbiy pedagogik faoliyatidir. Unga oʻqituvchining konstruktiv, tashkilotchilik, tadqiqotchilik, kommunikativ va gnostik kabi turli-tuman faoliyati kiradi:

1.Konstruktiv faoliyat samarali ishlashi uchun har bir oʻqituvchi pedagogik mahoratga ega boʻlishi kerak: oʻquv predmetining har bir mavzusi optimal mazmun, vaqt hamda savollar boʻyicha aniq, mantiqiy taqsimlanishi; mashgʻulotda oʻz harakatining ketma-ket va tizimliligini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, har bir mashgʻulotni oʻtkazish uchun reja asosida (ish reja) senariy tuzish; ta’lim oluvchilarning mashgʻulotga munosabatini belgilash (barcha oʻquv guruhlari va ayrim tinglovchilar): kimni chaqirish, nimani soʻrash, kimga qanday muammolar qoʻyishni bilish oʻqituvchi oʻz faoliyatida mashgʻulotdagi mavjud qiyinchiliklarga oldindan koʻzi yetishi (mashgʻulotga oʻquv guruhining tayyor emasligi, tinglovchi, kursantlar va boshqalarning sifatli ishlar uchun me’yoriy hujjatlar, adabiyotlar hamda tarqatma materiallarning yetishmasligi) va ushbu holatdan chiqish yoʻllarini izlash;

2. Oʻqituvchining tashkilotchilik faoliyati quyidagilarda namoyon boʻladi: har bir mashgʻulotni oʻtkazishda har qanday toʻsiqqa qaramay, oʻzining oldindan oʻylab qoʻygan rejasini amalda joriy etish; ta’lim oluvchilarni mashgʻulotlarda uzluksiz boshqarib turish va ularda har doim oʻquv materiallarini idrok qilishlari uchun qiziqish uygʻotish; tinglovchilarda darsdan tashqari vaqtlarda turli xil oʻquv- tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish va tashkillashtirish shakllarini tanlash.

3. Kommunikativ faoliyati - oʻquv-tarbiyaviy jarayonda oʻqituvchi va ta’lim oluvchining oʻzaro munosabati quyidagicha izohlanadi: oʻqituvchi nutqining mashgʻulotlarda hamisha ta’lim oluvchilarga qaratilgan boʻlishi; oʻqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, tinglovchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʻlsa ham, uning nutqi hamisha oʻzining ichki kuchi, ishonchi, oʻziga oshirayotgan narsaga qaratilgani bilan ajralib turishi; har bir tinglovchiga individual yoʻl topishi va ular bilan hamkorlik darajasidai ishonchli munosabat oʻrnatishi; pedagogik jamoadagi jamoadoshlar va tinglovchilar bilan muloqotda pedagogik ritmni kuzatish.

4. Oʻqituvchining gnostik faoliyati quyidagilarni koʻrib chiqadi: tinglovchilarni oʻrganish; tinglovchilarni oʻrganish uchun pedagogika va psixologiyaning tavsiya qilingan vosita va uslublari, usullari, shakllarining mazmunini yoritish; oʻz bilim va tajribalarini oshirish maqsadida pedagogik faoliyat va shaxsiyatining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish. Oʻqituvchilarning yuqorida koʻrsatilgan barcha turdagi pedagogik faoliyatidida (ta’lim oluvchi), tarbiyaviy, tashkilotchilik, oʻquv-uslubiy, oʻquv-tadqiqot, ijtimoiy-pedagogik va joriy etiladi. Bu vazifalar chiqishlar organlari uchun oliy

va oʻrta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonida ta’lim va tarbiya

tamoyillarini joriy etish boʻyicha oʻqituvchilarning ishlash texnologiyasini

tavsiflaydi.



Ta’lim jarayonini tashkillashtirishda oʻqituvchining imkoniyatlari

Oʻqituvchi oʻzining pedagogik vazifalarini bajarishda oʻquv materiallar turlarini tizimlashtirish uchun maqsadli shakllar, samarli usullar, oqilona uslublar va ta’limning kengroq maqsadga yoʻnaltirilgan vositalaridan foydalanadi. Shunday qilib, ta’lim oluvchilarni oʻquv materialini qabul qilishga tayyorlaydi, ularni toʻliq mutaxassislik va oʻquv fanlariga kasbiy qiziqishi va bilish faolligini rivojlantiradi. Bir vaqtning oʻzida oʻqituvchi tinglovchi va oʻquvchilarni mustaqil ravishda bilimlarga erishishlarini, shuningdek, oldilarida turgan kasbiy faoliyatdagi koʻnikma va malakalarni egallashga oʻrgatadi. Ta’lim oluvchilarning ishlarini tahlil qiladi, oʻzining pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy baholaydi va dasturiy materiallarni oʻzlashtirishni tekshirishni amalga oshiradi. Bu kompleks oʻzaro bogʻliq vazifalarni hal etishda oʻqituvchi oʻquv- tarbiyaviy jarayonda, tashkilotchi va tarbiyachi, pedagog sifatida namoyon boʻladi. Skinner va boshqa hulq-аtvorni tadqiq qiluvchi psixologlar turli xildagi mustaxkamlovchi eksperimentlar oʻtkazishgan. Shu bilan birga ular turli xil zigzagli qaytar aloqa, hamda mustaxkamlash mumkin boʻlgan vaqtda turli xil ovozli belgilar (signallar) yoki hayvonga nisbatan beriladigan signallar ustida eksperimentlar oʻtkazishgan. Ma’lum boʻlishicha, barcha ushbu omillar ya’ni javob berish, kuchaytirish (armirovanie),chizmalashtirish (grafik) kabilar asosida javob berishni mustahkamlash (konditsionirovanie) oson va puxta amalga oshiriladi. Masalan, agarda javob ushlanib qolmay, toʻxtab-toʻxtab, tanaffuslarsiz(vaqtning ma’lum bir qismida) kelmasdan, balki birdan xal qiluvchi javob (operant) hulqdan keyin kelsa xulqni mustahkamlash samarali boʻladi. Talabalarni oʻqitish va javob (operant) xulqni mustahkamlash: javobni mustaxkamlash (konditsionirovanie) va talabalarga ta’lim berish: mustaxkamlashga javobgar bilan, soʻrash zarur, operant mustaxkamlash shu bilan birga insonlarga, ayniqsa talabalarga sinflarda ta’lim berishni yoritadi.

Bunga javob tushunarli “xa”.

Talabalar xulqiga ta’sir etuvchi, javoban xulqni mustahkamlovchi yoʻllar toʻgʻrisida hisobsiz koʻp misollar mavjud. Albatta, bu jarayon talabalarni oʻqitishning barcha shakllarini hisobga olmaydi. Quyidagi misolarni koʻrib chiqamiz. Bularning koʻpchiligida operant hulq tez-tez va bir necha marta takrorlanishga moyil (tendensiyasiga):

• Yettinchi sinfdagi oʻgʻil bola yonida oʻtirgan qiz bolaga qarab yuzini bujmaytirib, qiliqlar qiladi (operant). Atrofida oʻtirgan sinfdoshlari bunga javoban kulishadi (kuchayishi).

• Oʻqituvchining tarix xaqidagi savoliga javoban oʻquvchi qoʻlini koʻtaradi (operant). Oʻqituvchi uni yoniga chaqiradi va u savolni sharxlaydi (zigzagli kaytar aloka).

• Yana bir bogʻcha bolasi oʻqituvchi ruxsat bermasa ham savolni sharxlaydi (operant). Oʻqituvchi yuzini bujmaytiradi, xulqiga e’tibor bermaydi, lekin oʻqituvchi boshqa oʻquvchini chaqirgunga qadar boshqa oʻquvchilar iznsiz javob berayotgan oʻquvchining javobini diqqat bilan tinglaydilar (kuchayishi).

• Oʻn ikkinchi sinf oʻquvchisi – amaliyot jarayonida jamoasining a’zosi (operant). U jamoaga birikkan oʻndan boshlab unga zarur boʻlgan vaqtni va tezlikni kuchaytirishni belgilaydi. (zigzagli kaytar aloka).

• Bogʻcha bolasi 5 daqiqa mobaynida vazifa bajarishda, qoidaga asosan, juda betoqat boʻladi, tinch oʻtira olmaydi (operant). Tarbiyachi bolani bajargan ishi uchun maqtaydi (kuchayishi).

• Olitinchi sinf oʻquvchisi kechasi oʻqish uchun kutubxonadan kitob oladi (operant). Bola ertalab kitobni qaytarib olib kelganida oʻqituvchi sinfxonasida osilib turgan roʻyxatdagi familiyasining toʻgʻrisiga oltin yulduz qoʻydi (mustahkamlash).



Xulq-atvor psixologlari kuchayish chizmalarini keng oʻrganishgan (masalan, Ferster va boshqalar, 1997; Mazur 2005), turli chizmalarning bir qator qiziqarli effektlarini aniqlashgan. Oʻqituvchilar uchun, biroq, ancha muhim xulosa, shunday boʻlishi mumkin: qisman yoki uzilgan kuchaytirish chizmalari odatda ta’limni koʻproq qabul qilishga chaqiradi, lekin ta’limni mavjud boʻlmasligiga olib kelishi ham mumkin. Bu ikki yoqlama tamoyil oʻqituvchilar uchun juda muhimdir, chunki zigzagli qaytar aloqaning (armaturaning) katta qismini biz qisman yoki uzilgantarzda aks ettiramiz. Ferster Qoida boʻyicha agar men oʻqitsam, men koʻp vaqt davomida oʻquvchimni maqtay olaman, misol uchun, lekin shunday vaziyat boʻladiki, men bu ishni amalga oshirolmay qolaman, chunki men boshqa sinfda band boʻlaman. Talabalarning motivatsiyasi va xulq-atvorining noadekvat shakllarini minimallashtirish boʻyichai sh olib borayotgan oʻqituvchilar uchun bu yaxshi ham, yomon ham yangilik hisoblanmaydi. Yaxshi yangilik shuni oʻz ichiga oladiki, unda mening “konstruktiv” xulq-atvori maqtov ostiga olingan talabalarimni foydasi uzoq muddatli boʻladi, chunki agar men ularni har gal qoʻllab-quvvatlabturmasam, ular xulq-atvorining konstruktiv modellari soʻnib boradi. Yomon yangilik shundan iboratki, talabalar negativ xulq-atvorini soʻndirish uchun koʻp vaqt talab etilishi mumkin, shu bilan birga, ular ham qisman mustahkamlash yordamida ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin. Sinfda masxaraboz boʻlgan talaba, masalan, har doim emas, balki ma’lum vaqt ichidagina sinfdoshlari tomonidan kulgi bilan “qoʻllab-quvvatlanib” turishi mumkin. Nomunosib xulq-atvor ma’lum boʻlgach,xatto agar hamma - oʻqituvchi va sinfdoshlar uni rad etishga birgalikda xarakat qilishsa ham, u soʻndirilishi uchun bir qancha vaqt talab etiladi. Nixoyat, xulq-atvor psixologlari kinoya(replika) orqali ta’sir etishni oʻrganishdi. Javobli asoslashda, qoʻzgʻatuvchi stimul javobli xulq-atvordan bevosita oldin xosil boʻladi, va xulq-atvorni mustahkamlashga olib keladi. Uning harakatlari operant harakatlari kabi shartlanmagan hatti harakatlar asosida tabaqalanishi mumkin.Dastlabki mustahkamlash eksperimentlarida, Skinnerning tajribadagi kalamushlari qafasda elektr chirogʻi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar oʻz ehtiyojlarini replika yordamida bildirishadi. Kuchayish jarayoni richakni bosish va chiroq yonishi bilan bogʻliqdir. Sinflarda, qoʻzgʻatuvchilar ba’zan oʻqituvchi tomonidan yoki sinfda belgilangan tartib orqali taqdim etiladi. Talabani gapirishga chaqirish, masalan, kinoya orqali amalga oshirilishi mumkin, agar talaba shu paytda nimadir qilayotgan boʻlsa, unda ragʻbat yoki tan olish (priznanie) bu holatni yanada kuchaytirishi mumkin. Agar talaba ragʻbatlantirilmasa va u javob bermasa kinoya amalga oshmaydi. Har kungi darsda, nobexivioristlar fikricha imo ishora talabaga qachon buni gapirish ma’qul va qachon mumkin emasligini oʻrganishga ruxsat beradi.Ta’limning bixevioristik modeli tushunishda foydali boʻlishi va talabalar bajarayotgan ishiga ta’sir etishi mumkin, lekin oʻqituvchilar qoidaga asosan, talabalar nima haqida oʻylayotganini bilishni hamda uni boyitishni xohlaydilar. Bu ta’lim maqsadi uchun eng zoʻr yordam, oʻrganish istiqbollari diqqati talabalarni tajribadan faollik bilan bilimlar hosil qilishga qaratilgan konstruktivizmdan kelib chiqadi. .

III – BOB. O’QITUVCHI PSIXOLOGIYASI (ISHGA BO’LGAN XOHISH, KAYFIYATI VA BOSHQALAR)

1. O‘qituvchi shaxsining psixologik-pedagogik xususiyatlari

va talablar
O‘qituvchi psixologiyasi ta’lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi, shakllanadi va o‘zgaradi.

Pedagogik faoliyat – inson mehnatining eng murakkab va mas’uliyatli sohalaridan biri. Bundan kelib chiqib, jamiyat o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy xususiyatlariga Yuksak talablarni qo‘yadi: Yuksak kasbiy mahorat, g‘oyaga sadoqat, ma’naviylik, onglilik, ijtimoiy mas’uliyat, o‘zini tuta bilish, bosiqlik, olijanoblik, aqliy mukammallik, poklik, ya’ni jamiyat bolalarda gavdalantirishni istagan axloqiy, ruhiy va intellektual idealga muvofiqlik.

Jamiyatning o‘qituvchi kasbiy xususiyatiga asosiy talablari quyidagicha ta’riflanishi mumkin:

- nazariy bilimlarni egallash;

- turli bilimlardan xabardorlik;

- yosh, pedagogik va ijtimoiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya, maktab gigienasini yaxshi bilish;

- o‘qitayotgan fanini, fanga oid yangi Yutuqlar va tendensiyalarni bilish;

- ta’lim va tarbiya metodikasiga ega bo‘lish;

- ishga muhabbat, bolalarda ishtiyoqini uyg‘ota olish qobiliyati;

- ishga ijodiy munosabatda bo‘lish;

- bolalarni bilish, ularning ichki dunyosini tushuna olish, pedagogik optimizm;

- pedagogik texnika (mantiq, nutq, muloqotning ifodali vositalari va boshqalar) va pedagogik madaniyatga ega bo‘lish;

- bilim va pedagogik mahoratni muntazam mukammallashtirib borish.
2. O‘qituvchining pedagogik qobiliyati
Bolalarga mehr - o‘qituvchining muhim shaxsiy va professional xususiyatidir. Usiz samarali pedagogik faoliyat yo‘q.

O‘qituvchi o‘quvchilar hayoti va faoliyatining tashkilotchisi bo‘lishi, har bir bolaning psixologiyasini yaxshi bilishi va o‘zi ham etarlicha pedagogik qobiliyatga ega bo‘lishi kerak.

Pedagogik qobiliyat – o‘qituvchi shaxsining ma’lum bir psixologik xususiyatlari bo‘lib, bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashda Yuqori natijalarga erishish shartidir.

O‘qituvchi o‘quvchilarini, ularning o‘zaro munosabatlarini barobar qabul qilish va ko‘rish qobiliyatini doimo mukammallashtirishi zarur, o‘zining ular bilan munosabatlarini ayni paytda qanday bo‘lsa shunday, ya’ni o‘quv–tarbiyaviy jarayonda sodir bo‘layotgan voqealarni tashqi ta’sir emas, balki ichki sabab natijasida qabul qila olishi zarur. Bu oson emas. Gap shundaki, o‘qituvchi o‘quvchilarga munosabatda har doim tashqi pozisiyada qoladi, har doim u yoki bu darajada ulardan, ularning hayoti va faoliyatidan chetda turadi, vaholanki, u bularning tashkilotchi-sidir.

O‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan boshqa sifatlar orasidan yana pedagogik taktni, madaniyatni ajratib ko‘rsatish mumkin. O‘qituvchidan yoshlarning murabbiyi sifatida adekvat, to‘g‘ri qabul qilish yoki ijtimoiy umidlarga mos xatti-harakat qilish talab etiladi.

SHuningdek, mustaqil o‘qish, pedagogik jamoa va boshqalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

O`qituvchilik kasbi eng kiyin, lеkin shuning Bilan birga faxrli va olijanob kasblardan biridir. «O`qituvchi eng ma'suliyatli vazifa soxasida ishlaydi, -dеgan edi M.I.Kalinin, u insonni shakllantiradi».O`qituvchilik kasbining aloxida urniva axamiyatini ta'kidlamoqni xoxlasalar ,uning « barcha kasblarning onasi»dеb atashlari tasodifiy emas.

O`qituvchi o`quvchilarni maktab programmalarida tutilgan ilmiy bilimlar sistеmasi bilan qurollantiradi,ularning dunyoqarashini shakllantiradi, ko`zatuvchanlik xotira,dikkat va xayolini rivojlantiradi,ijodiy fikr yuritishga urgatadi, xissiyot va irodasini tarbiyalaydi, qobiliyatlarini rivojlantiradi, xaraktеrini shakllantiradi.

O`qituvchi o`zining barcha ta'lim tarbiyaviy ishlarini rеjali ravishda ,uni asosiy maqsad –«o`zida ma'naviy boylikni ,aaxloqiy poklikni va jismoniy kamolotni o`zida garmonik xolda mujassamlashtirgan Yangi odamni tarbiyalash»maqsadiga kun sayin buysundirgan xolda olib boradi.

O`qituvchi o`quvchi shaxsining shakllanishi faqat darslarda va sinfdan tashkari mashg’ulotlardagina boshqarib qolmaydi. O`qituvchi o`zining shaxsiy namunasi tashqi qiyofasi va xatti-xarakati Bilan o`zining ichki ma'naviy sifatlari Bilan ba'zan o`zi sеzmagan xolda o`quvchilarga ta'sir kursatadi.Ularning idеali bo’lib qoladi. Kishi ko`pincha o`zi eng yaxshi ko`rgan o`qituvchisining ta'siri ostida o`z xayot yo`lini tanlab oladi.

Ulug’ rus pеdagogi, bolalar psixologiyasini chukur bilimdoni K.D.Ushinskiy bunday dеb yozgan edi: «Tarbiyachi shaxsining yosh qalbga ta'siri shunday bir tarbiyaviy kuchni tashqil etadiki, uning o’rnini na darsliklar, na aaxloqiy va'z-nasixatlar, na jazolash na rag`batlantirish sistеmasi bosa oladi».

Maktab ishi amaliyotiga ta'limning tеxnika vositalari tobora ko`proq joriy qilinayotgan xozirgi bir davrda, o`qituvchining o`quvchi shaxsini shakllantirishdagi roli xеch bir kamaymaydi. Akadеmik M.M.Lavrеntеv bu xaqda juda yaxshi gapirgan.Undan, ertangi kun o`qituvchisini qanday tasavvur etasiz, dеb suraganlarida, u bunday dеb javob bеrgan: «Avvalo o`qituvchini tasavvur qilaman, lеkin mashinani emas. Ishonamanki, kibеrnеtika inson uchun xozirgi kunda mumkin bo`lmagan baxt-saodat kеltiradi, uni insonga yarashmaydigan juda ko`p bir xildagi mashgulotlardan ozod qiladi. Shubxasiz, u o`qituvchining ishini xam chеtlab o’tmaydi. O`qituvchining odat bulib kolgan kator vazifalari, jumladan, sеrmashakkat daftar tеkshirishlar, vaqt utitishi bilan, albatta, mashinaga utadi. Lеkin mashina, u qanchalik takomillashgan bulmasin, murabbiy va tarbiyachilik rolitni bajara olishga sira xam ishona olmayman.

O`qituvchi shaxsiy rivojlanishini boshqarishi va unga raxbarlik qilish uchun, o`z shaxsiy namunasi bilan unga ta'sir etish uchun o`qituvchining o`zi tarbiyalangan bo`lishi, o`qituvchi o`zi tarbiyalamokchi bo`lgan sifatlarga ega bo`lishi kеrak.

Oliy maktab psixologiyasida oʻz – oʻzini boshqarish “ oʻqituvchi – talaba” modeli tarzida namoyon boʻladi. Oʻqituvchi bu oʻrinda “axborotchi”, talaba esa “qabul qiluvchi” rolida maydonga chiqadi. Keyinchalik talaba tashqi qabul qilishdan oʻz faoliyatini mustaqil boshqarishga oʻtadi. Unda boshqarish uquvi ma’lum tizimdagi usullarni egallagandan soʻng vujudga keladi. Biz oʻz tadqiqotimizda oʻquv faoliyatining motivatsion,operatsional va nazorat tarkibiy qismlardan tuzilganligidan kelib chiqqan holda oʻquv faoliyatining motivatsion, operatsional va nzorat tarkibiy qismlardan tuzilganligidan kelib chiqqan holda oʻquv faoliyatini boshqarish tizimini ishlab chiqdik. Boshqarish tizimi oʻz ichiga shaxsiy qiziqishni idora qilish oʻquv faoliyati rejalashtirish, oʻz oʻzini nazorat qilish, oʻz diqqatini rejalashtirish,oʻz oʻzini nazorat qilish, oʻz diqqatini oʻzi uyushtirish kabilarni qamrab oladi.

Shu boisdan oʻquv faoliyatini boshqarish deganda, maqsadga yoʻnaltirilgan, rejalashtiriladigan, nazorat qilinadigan, sistemalashtiriladigan, tashkil qilinadigan, mustaqil bilim olishga imkon yaratadigan faoliyat tushuniladi. Oʻquv faoliyatini rejalashtirish usullariga ish vaqtini, topshiriq hajmini, murakkabligini, oʻziga jalb etish darajasini va qiziqarliligini hisobga olgan holda oqilona taqsimlash, aqliy mehnatni kun tartibiga binoan oqilona taqsimlash, aqliy mehnatni kun tartibiga binoan oqilona tashkil qilish kiradi.Oʻz – oʻzini nazorat qilish boʻlgʻusi oʻqituvchida koʻnikma va malakalarning shakllanishida, unng oʻz uquv faoliyatidagi xatolarni anglab olishda, bu xatolarni oqilona yoʻl bilan tuzatish juda qoʻl keladi. Koʻp yillar davomida oʻtkazilgan tajribalarda diqqatni boshqarishda koʻz yugurtirish, illyustratsiyani chuqur tahlil qilish, mantiqiy xatoni tekstdan topish, mantiqiy urgʻuga e’tibor berish, tektdagi xatolarni aniqlash usullaridan foydalanildi. Mazkur usullarni egallab olish va amaliyotda foydalanish predmetlani oʻzlashtirishni osonlashtiradi, diqqatni ongli ravishda boshqarish imkonini yaratadi. Nafaqat, boʻlgʻusi oʻqituvchi yoqtiradigan, u qiziqadign oʻquv materiallarinigina emas, balki murakkab, hatto zerikarli boʻlgan ilmiy bilimlarni egallash uchun ham butun zehnini qaratish kerakligi unga oydinlashadi Boʻlgʻusi oʻqituvchining ta’lim jarayonida faqat qiziqarli boʻlgan mashgʻulotlar bilangina emas, balki yetarli darajada qiziq boʻlmagan, murakkab va muammoli narsalar bilan shugʻullanish zaruriyatini sezish hissini shakllantirish maqsadga muvofiq. Toki talabada qiyinchiliklarni enga olish uquvi, oʻz – oʻzini qoʻlga olish fazilati, oʻz – oʻziga buyruq berish va oʻz – oʻzini uyushtirish sifati tarkib topsin. Oʻquv faoliyatini boshqarish (uni rejalashtirish, nazorat qilish, diqqatni idora qilish, qiziqishni maqsadga muvofiq yoʻnaltirish, aqliy faoliyat usullarini yangi sharoitga koʻchirish) usullarini kompleks, koʻpqirrali tarzda ayni bir shaxsda, muayyan sharoitda, ma’lum bir davrda shakllantiish ob’yektiv ma’lumotlar va materiallar toʻplashga keng koʻlamda imkoniyatlar ochib beradi. Mazkur holatda oʻquv faoliyatining motivatsion – orientirlash, operatsional, nazorat qilish, baholash, tekshirish, tahlil qilish tarkibiy qismlarini bir davrning oʻzida tadqiq qilish boshqarishning psixologik mexanizmlari doirasini yanada kengaytiradi, murakkab ichki holatlar toʻgʻrisida yangi qonuniyatlar ochilishinita’minlaydi.Talabalarda oʻquv faoliyatini boshqarishning barqarorligi, mustahkamligi,puxtaligi boʻlgʻusi mutaxassislarning irodaviy zoʻr berishi, ma’naviy extiyoji,shaxsiy e’tiqodi, dunyoqarashi, pozitsiyasi, anglashilgan oʻquv motivlariga,ularning aqliy va axloqiy kamolot darajasiga bevosita aloqadordir.

Boshqarishning oliy ta’lim tizimida amalga oshirilish va samaradorligi boʻlgʻusioʻqituvchining maqsadiga, kun tartibiga, ish rejasiga, sanitariya – gigienaqoidalariga rioya qilishga bogʻliq. Shuning bilan birga boʻlgʻusi oʻqituvchidaindividual ishlash uslubining namoyon b oʻlishi talabning yosh davrlarixususiyati bilan emas, balki uning individual – tipologik xususiyatlari bilanbelgilanishi qayd qilinadi. Oʻquv faoliyatini boshqarish muammosini tlabalardatadqiqot qilish natijasida uning yoʻllari, hozirgi kundagi holati, oʻquv dasturidava darsliklarda undan foydalanishning ahvoli, diagnostik metodlarningishonchlilik darajasi aniqlanadi. Shuning uchun psixologik ilmiy adabiyotlarnitahlil qilish, ijodiy faoliyat mahsulini miqdor va sifat jihatdan oʻrganish,talabalarni kuzatish, ular bilan suhbat qurish, anketa savollariga javob olishsingari tadqiqot metodlari qoʻllanildi. Olingan natijalarning ilmiy ishonchlilikdarajasi Styudent kriteriyasi yordamida ishlab chiqildi va bu narsalar kengkoʻlamda tatbiq qilishga joriy qilindi.



: Hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoyibo`lisi lozim chunki, u kechiktirib bo’lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma`naviy qashshoqlikdan qutqarib qoladi.Talabalarga o`qituvchi kasbiga qo`yiladigan talablar, o`qituvchining kasbiga xos xislattlari, shaxsiy xislatlari haqida bilimlarni yetkazib berish.

Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi – sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qo’shimcha darsalarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilmlar manbaidan biridir. Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayonini tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar.


Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’quvchilar to’g’risidagi o’zaro munosabatlarni yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy – psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlariga qaratilgan.

Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir

1

shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatiga va oilasiga bo’lgan muhabbatini uyg`otishi

2

yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedaggika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigenasidan chuqur bilimlarga ega bo’lish

3

O’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasi bo’yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lish

4

ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi, o’z ishiga ijodiy yondashishi

5

bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi

6

pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lish

7

o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi



O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining o’ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt tarbiya ham bir – biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va maktab derktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota – onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar.



O’qituvchining kasbiga xos xislatlari


Ota - onalar o’qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar.


Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo’yiladigan talablar bilan birga, o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo’yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda.

O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayan o’qituvining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.

Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?

Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga O’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N. V.Kuzmina, V, Slastenin, F.N. Gonoblin, O’zbekistonlik psixologlardan R.Z. Gaynutdinov,M.G. Davletshin, S. Jalilova, A. Jabborov, Qoplonova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy – tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, ancha batafsil ko’rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bu professiogramma.


Professiogramma-ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjat.

O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim. Bo’lajak o’qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo’yilishini bilish va shu asosida o’quv – tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarida muayyan mutaxasislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi.




4.Shaxsiy – pedagogik uddaburonligi:

  • dars mashg’ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;

  • o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar onginingtarqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;

  • pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;

  • bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o’z faoliyatini rejalashtirishini bilishi;

  • o’quv maqsadlarini rejalashtira olishi;

  • o’zining ta’lim – tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.



Didaktik kasbiy mahorat, shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli qilib, o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatinigina emas, balki shu bilan birga o’quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo’naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o’z ichiga oladi. Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka ( yo’naltirish) yotadi. qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyot darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilish va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.

Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi. Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o’quv materialini o’ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, tajribali o’qituvchilar esa o’zlarini o’quvchi o’rniga qo’yib, kattalar uchun aniq, ravshan va tushunarli bo’lgan material o’quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladilar.

Snuning uchun ham bunday o’quvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o’ylab ko’rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobilyatli o’qituvchi uchun o’quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo’lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilarga qarab to’g’ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.

Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda o’qituvchining fikri ayrim sinf o’quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko’rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shunday so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularnining o’zlashtirilishi uchun qulay qilib tuzish tavsiya etiladi. Qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, o’quvchilarga bir oz nafas olib, o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat – e’tiborlarini bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg’alishlarni «so’ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo’shashaganligini, sustligini va loqaydligini yengishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o’quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o’quvchining so’zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.

Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z fani bo’yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng erudisiyali (bilimdon) odam bo’lmog’i lozim.

Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o’zginasi – ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez – tez o’ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o’qituvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir – chaqir qiladi – yu, ammo zarracha bilimi yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.


Perseptiv qobiliyat – bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.

Qobiliyatli o’qituvchi bolalarning har qanday mayda - chuyda hatti – harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday hollarda o’quvchilar: «Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa yoki kimdir darsga tayyorlanmasdan kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladi», deydilar.




Nutq qobiliyati - kishining o’z tuyg’u – hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.

O’qituvchidan o’quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. («Biz uchun adabiyot o’qituvchimiz – Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo’q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto tanaffusga chalinadigan qo’ng’iroq ham xalaqit beradi»).

Darsda qobiliyatli o’quvchining nutqi hamma vaqt o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o’quvchilar javobini sharhlab beradimi, o’quvchilar javobini, ularning xatti – harakatlari yoki xulq - atvorini ma’qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas nima qilishidan qat’iy nazar, nutqi hamma vaqt o’zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim.

O’qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq, ravshan, oddiy va o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak.

Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o’quvchilarning fikru – zikri va diqqat – e’tiborini faollashtiradigan bo’lsin. Buning uchun esa o’qituvchi o’rtaga savol tashlab, asta sekinlik bilan o’quvchilarni to’g’ri javobga olib keladi, o’quvchilarning diqqat – e’tiborini faollashtiruvchi («Bunda ayniqsa ziyrak bo’ling!», «O’ylab , yana o’ylab ko’ring!») so’z va iboralarni o’z me’yorida ishlatiladi.

Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat e’tiborini o’quv materialini qanday bayon etilishiga , uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishiga yki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan toliqmaganliga e’tiborli yoki e’triborsizligiga, darsni tushunish tushunmasligiga ahamiyat berib, o’quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o’zining shaxsiy xulq atvoriga ( yurish turishiga, o’zining qanday tutishiga, mimika va pontamimikasiga ) e’tibor beradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, kabi qator ijobyuiy xislatlariga ega bo’lishi lozim. U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq- atvori, yurish- turishi, xullas, butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga o’rnak bo’lishi kerak. O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.



XULOSA

“Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki o’qituvchining barcha ijobiy, umum insoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muhim omillardir. Jumladan,o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta- saranjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o’zining chiroylik tutishi, uning qaddi- qomati va yurish- turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.

Sharq mutafakkirlari o’qituvchi o’zi o’qib tursagina – o’qituvchi bo’la oladi, agar u o’qishni to’xtatib qo’yar ekan. Unda o’qituvchilik ham o’ladi, deb juda haqqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qancha bo’lishidan qa’tiy nazar barcha o’qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sogʻligʻiga qarshi koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma boʻlib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti boʻlib, u aniq kasbda dolzarb boʻlgan psixologik funksiya guruhi bilan namoyon b oʻladi. Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’yektlar belgilari, mehnat sub’yekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari oʻrganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni oʻrganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi.

Botiniy va zohiriy his-tuygʻularni tenglashtirish haqiqiy his-tuygʻuni sezishni buzishi mumkin. Qanday qilib oʻquvchi biror narsani his qilmasdan yoki biror hatti-harakat amalga oshirmasdan biror ish qilishi mumkin. Huddi biz tushuntirganimizdek, bu jiddiy savol oʻrganishning ahloq nazariyalaridan koʻra ilmiylikka asoslanadigan bir qancha motivatsiya modellariga ega. Biz keyinroq bu bobda bulardan bir qanchasini tushuntirib beramiz. Uni tushuntirishdan oldin, biz sizni harakterning motivatsiyadagi istiqbolining foydalarini oʻylashingiz uchun ruhlantiramiz.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2014. -39 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi PQ-2270-sonli qarori.

II. O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qarori.



2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi PQ-1675-sonli qarori.

III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. - 485 b.

2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahvar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. “O‘zbekiston” NMIU, 2017.- 103 b.

IV. Asosiy adabiyotlar

  1. Azizxo’jaeva N.N.Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T- 2003.

  2. Farberman B.L, Musina R.G, Jumaboeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari.T-2002.

  3. Avliyoqulov N. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. Toshkent 2001.y. 28. Slastenin V.A., Migaeko A.I. professionalno – pedagogicheskaya podgotovka sovremennogo uchitelya.-Sov. Pedagogika, 1991, №10, s. 79-84.

  4. Pidkasistoy P.I. Samostoyatelьnaya poznavatelьnaya deyatelьnostь shkolnikov v obuchenii. - M.: Pedagogika, 1980. - 238 s.

V. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Pidkasistoy P.I., Xaydarov J.S. Texnologiya igro’ v obuchenii i razvitii: Uch. posobieG’ Mosk. ped. un-t. - M.: Ros. ped. agentstvo, 1996.-268 s.

  2. Podlasoy V.P. Pedagogika: Uchebnik. -M.: Vo’sshee obrazovanie, 2006, – 540s.

  3. Slastenin V.A., Migaeko A.I. professionalьno – pedagogicheskaya podgotovka sovremennogo uchitelya.- Sov. Pedagogika, 1991, №10, s. 79-84. 33.Slastenin V.A., L.S.Podemova. P-ka: Innovatsionnaya deyatelьnostь. M.: 1998.

  4. Bajovich L. Lichnost i ее formirovaniya v dеtskim vozrastе. M.:

  5. Vigotskiy L.S. Izbranno`y psixologichеskiy isslеdovaniе. M.:

  6. Gonobolin F.N. Kniga ob uchitеlе. M. 1965.

  7. Pеtrovskiy A.V. Sotsiolnaya psxologiya. M.: 1987.

  8. Krutеtskiy V.A. Psixologiya obuchеniya i vospitaniya shkolnikov. M.: 1979.

  9. Vigotskiy L.S. Pеdagogichеskaya psixologiya. M.,1991g.

  10. Byutnеr. Kak jit s agrеssivno`m dеtmi. M., 1991g

  11. Obuxova L.F. Dеtskaya psixologiya. M., 1985g

  12. Umurzakova A.P. Obhеchеlovichеskiе sеnnosti: natsionalno`е traditsii i obo`chai v razvitii. (Obshеstvеnno`е nauki v Uzbеkistanе 1991 №1).

  13. A.V.Pеtrovskiy «Umumiy psixologiya»Toshkеnt, Ukituvchi,1992y.

  14. Davlеtshin M.G. «Psixologichеskaya nauka v Uzbеkistanе» psixologichеskiy jurnal. Toshkеnt, №7 1986 y.

  15. Xayrullaеv M.M. Uzbеkistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavxalar. Toshkеnt – 1995 y.

VI. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar

1. O‘zbekiston pedagoglar jurnali. T., 2009-2015.

2. O‘zMU xabarlari. - Toshkent, 2008-2014.

3. Xo’jaev N, Tojiboeva D. Mamaraximov B,Shomuratova N. Kasbiy ta’lim metodikasi. O’quv qo’llanma T, TDIU.- 2007. 190 b.

4. Xo’jaev N., Xoshimova M., Xakimova M., Ochilova G., Musaxonova G. Pedagogika. O’quv qo’llanma T, TDIU.- 2007. 370 b.

5. K. Turg’unboev, A. Y. Teshaboev “Pedagogik mahorat asoslari” Ma’ruza matni “Andijon nashriyoti ” 2002 50. O’. Orziqulov “Pedagogik maxorat” fanidan o’quv-uslubiy majmua A: AndMI - 2011

VII. Internet saytlar

1. www.gov.uz. - O‘zbekistan Respublikasi xukumat portal

2. www.lex.uz - O‘zbekistan Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

3. www.ziyonet.uz

4. www.edu.uz

5.google.com - halqaro maʼlumot qidiruv dasturi

6. Yandeks.com - xalqaro maʼlumot qidiruv dastur

7. http://www.TSAU.uz
Download 278.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling