Tarbiyachi: — Ha biz mustaqil O’zbekiston farzandlarimiz Tarbiyachi


Download 20.72 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi20.72 Kb.
#1097698
Bog'liq
Microsoft Word Document (2)


O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi

Tarbiyachi: Istiqlol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashtini surayotgan biz baxtiyor avlodmiz


Tarbiyachi: — Ha biz mustaqil O’zbekiston farzandlarimiz


Tarbiyachi:— Baxtimizga bugungi osuda kunlarni bergan, mustaqilligimiz tayanchi bo’lgan Yurtboshimiz omon bo’lsin!


Tarbiyachi:— “O’zbekiston – mening Vatanim!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!


Tarbiyachi: — Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?


1 – bola: — Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan tuproq


 2 – bola: — Vatan – bu beshigimiz, ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!


3 – bola: — Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!


4 – bola: — Vatan – bu buyuk millatimiz


5 – bola: — Vatan – bu oilamiz!


6 – bola: — Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!


Tarbiyachi:— Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?


7 – bola: — Mustaqillik — o’z erkiga ega bo’lish, Vatan o’zimizniki deganidir.


Tarbiyachi:— Mustaqillik bizga nima berdi?


8 – bola: — Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi
O’zbegim” she’ri I – II bandi bolalar tomonidan yod olindi


Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o’zbegim.
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tyanshon, O’zbegim 


So’ylasin Afrosiyobu
So’ylasun O’rxun xati.
Ko’hna tarix shodasida
Bitta marjon, o’zbegim


Tarbiyachi:


O’zbekiston.


Rasmiy nomi – O’zbekiston Respublikasi. 


Poytaxti – Toshkent.


Hududi – 448,9 ming km2 . 


Aholisi – 26 mln kishi.


Davlat tili – o’zbek.


Dini – islom, e’tiqod erkinligi davlat qonunlari bilan belgilangan


Pul birligi – so’m


Geografik joylashuvi – Markaziy Osiyodagi davlat


O’zbekiston viloyatlari: Farg’ona, Namangan, Andijon, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Jizzax, Navoiy.
Hamda Qoraqalpog’iston respublikasi.


Sahna ko’rinishi


Non isi” guruh bolalari ishtirokidagi sahna ko’rinishi ijrosi


Ona tilim” she’ri 2-bola.
Buyuk Temur jahon bo’ylab
O’z dovrug’in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo’lib qolgan tilim
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim
Shunday tildan tonar bo’lsam
Qiyma – qiyma bo’lsin tilim
Alla bo’lib jaranglagan
Ona tilim – jonu dilim

— Bolalar, sizlar asosiy sanalarimizni bilasizmi?


Bayroq, gerb, madhiya
Davlatimiz ramzidir
Mohiyatin anglamoq
O’g’il – qizning farzidir.


Tarbiyachi:
O’zbeksiton Respublikasining Davlat tili – o’zbek tilidir.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 4 – moddasi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda qabul qilingan. Unda fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, O’zbekiston Respublikasi kelajagi o’z aksini topgan


1991 yil 31 avgust – O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.


1991 yil 1 sentabr – O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb hisoblanadi


1991 yil 18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilindi


1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.


1992 yil 2 iyul O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi


1989 yil 21 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat tili – o’zbek tili qabul qilindi.
Bolalarga O’zbekiston haqida ma’lumotga ega bo’lganlaridan so’ng bolalarni o’z xohishlariga ko’ra markazlarga taklif etamiz. Bolalar o’z joylarini egallagandan keyin mavzu bo’yicha bolalar markazlarda o’z faoliyatlarini olib boradilar.


Maqsad: bolalarga O’zbekiston haqidagi tushunchalarini mustahkamlash, Vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish, O’zbekistonni sevishni o’rgatish, ramzlarimiz,boyliklarimiz, viloyatlarimiz haqidagi ma’lumotni yetkazib berish, o’z oilamiz ham bir kichik vatanimiz ekaniligini tushuntirish.
Download 20.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling