Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 28-20 tmj guruh talabasi To`rayev Abbosning Elektrotexnika va Elektronika fanidan taqdimoti
Download 102.66 Kb.
|
Ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshirdi: Anvarjonov A________
Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 28-20 TMJ guruh talabalari Anvarjonov Azizjon ,To`lanov Abdulaziz, Muxtorov Samandarning Ishlab chiqarishdagi texnalogik koplekslar fanidan tayyorlagan TAQDIMOT ISHITekshirdi: Mo`ydinov A ______Topshirdi: Anvarjonov A________Muxtorov S_________To`lanov A __________Mavzu: Shaxtali pech asosiy parametrlari haqidaReja:1).Metallurgik pechlar haqida umumiy tushunchalar.2). Metallurgik pechlarning asosiy turlari3). Shaxtali pechining konstruksiyasi.Dunyo miqyosida hozirgi paytda bir yilda 500 mln tonna po‘lat va 20 mln tonna har xil rangli metallar olinadi. Xomashyodan metall olish, asosan, pirometallurgiya jarayonlari yoki yoqilg‘i sarflanadigan metallurgik pechlarda amalga oshiriladi. Zamonaviy metallurgik pechlar — yirik mexanizatsiyalashgan va avtomatlash- tirilgan agregatlar bo‘lib, ularning o‘lchamlari ishlab chiqarish unumdorligiga qarab, uzunligi 250 m, eni 15 m, balandligi 30 m ni tashkil qiladi. Bu pechlarda bir sutka davomida bir necha yuzdan minglab tonnagacha dastlabki xomashyo qayta ishlanadi va yuzlab tonna yoqilg‘i yoki minglab kVt elektr energiyasi sarflanadi. Pechlarning me'yorida ishlashi uchun katta hajmli omborlar, shixta tayyorlaydigan joylar, transport xo‘jaligi, gaz tarmoqlari, kichik elektrostansiyalar va boshqa kerakli qurilma- larni jihozlash lozim. Pechni qurishga ketadigan mablag‘ bir necha yuz million so‘mni tashkil etadi. Pechning ichki devori o‘tga chidamli g‘ishtlardan teriladi, ular 2000˚C haroratga chidamli bo‘ladi. Metallurgik pechni faqat yoqilg‘i yonadigan dastgoh deb tushunish mutlaqo noto‘g‘ri.Zamonaviy pech — mukammal fizik- kimyoviy jarayonlar boradigan agregat bo‘lib, unda issiqlik texnikasi jarayonlari bilan bir paytda boshqa jarayonlar ham kechadi: ya'ni yoqilg‘ining yonishi, elektr quvvatining issiqlikka o‘tishi, materiallarning fizik-kimyoviy o‘zgarishlari, qattiq, suyuq, gaz fazalarining harakatlanishi va hokazo. Zamonaviy pechlarning ishlashini bir-biriga chambarchas bog‘langan va bir-biridan kelib chiqadigan jarayonlar tashkil etib, ularga quyidagilar kiradi:1. Yoqilg‘ining yonishi yoki elektr quvvatining issiqlikka aylanishi, ya'ni energetik jarayon. 2. Xomashyo va mahsulotlarning fizik-kimyoviy o‘zgarishlari texnologik jarayoni. 3. Issiqlik almashuv, ya‘ni sirtqi va ichki, gaz, eritma va qattiq fazalar o‘rtasida issiqlik almashuv jarayoni. 4. Eritma va gazning harakatlanishi, ya'ni gidroaeromexanik jarayoni. 5. Qattiq moddaning harakatlanishi mexanik jarayoni. Bundan ko‘rinib turibdiki, zamonaviy pechning ishlashi o‘ta murakkab jarayonlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir jarayon o‘ziga xos ma'lum qonuniyatga asoslangan holda o‘tadi. Shuning uchun metallurgik issiqlik texnikasi asoslarini fundamental fanlar: fizikaviy-kimyo, mutaxassislik fanlar, matematika, fizika, metallurgiya jarayonlari asoslari, texnologik fanlar va boshqa shu kabi fanlarga asoslanib o‘tish maqsadga muvofiqdir.Download 102.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling