Farg’ona tumani sonli o’rta ta’lim maktabi


Download 158.83 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi158.83 Kb.
#1489085
Bog'liq
targ\'ibot


Farg’ona tumani tibbiyot kolleji 11-sinf bitiruvchilari o’rtasida olib borilgan professional ta’limga targ’ibot-tashviqot ishlari
bayonnomasi


__.__.2023 Farg’ona tumani __-sonli o’rta ta’lim maktabi

Oldindan ogohlantirilgan maktab ma’muriyati bitiruvchilarni bir joyga jamlab, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo’yicha qilinayotgan ishlar, jamiyatdagi afzalliklari haqida so’z olib bordi, shuningdek kelgan mehmonni o’quvchilarga tanishtirdi.


Farg’ona tumani tibbiyot kolleji yetakchi o’qituvchisi: M.G’offorova
Mavludaxon G’offorova o’z so’zida Farg’ona tumani tibbiyot kolleji ta’lim muassasasini tanishtirishdan boshladi:

“Farg’ona tumanida o’rta maxsus mutaxassislikni beruvchi yagona ta’lim muassasasi tibbiyot sohasida ochilishi, aholi salomatligiga alohida e’tibor berilayotgani, mana shu hudud aholisini tibbiy bilimini yanada oshirishga bo’lgan harakat natijasi, salohiyatni oshirish yo’li bilan esa, nafaqat inson o’z salomatligini, balki atrofdagi insonlar salomatligini ham saqlashda muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Kollej jamoasi, pedagoglari mana shu asl maqsad asosida ish olib borishadi.


Tibbiyot kollejida to’rtta yo’nalish bo’yicha muataxassis tayyorlanadi:

  1. Hamshiralik ishi – Ta’lim tashkiloti hamshirasi, fizioterapiya va massaj hamshirasi

  2. Feldsherlik ishi – tez tibbiy yordam feldsheri, shifokor yordamchisi

  3. Feldsher-laborantlik ishi – tibbiy laborant, feldsher-laborant, nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti

  4. Farmatsiya – dori turlarini ishlab chiqarish operatori, tarqatish bo’yicha farmasevt assisenti

Abiturentlar onlayn my.dtm.uz sayti orqali hujjat topshiriladi, buning uchun faqat maktabni bitirganlik attestati, passport raqamlari kerak bo’ladi. Sayt orqali ruxsatnoma beriladi va imtihon joyi sanasini bilgan holda, biologiya, kimyo, til-adabiyot fanlarida imtihon topshiriladi.”


Sohaning afzalliklari haqida so’z yuritish qatorida tibbiy anjomlar va turli vaziyatlarda tibbiyot hodimining vazifalarini ko’rsatib berildi, bu esa, o’quvchilarni sohaga qiziqishini yanada oshirdi.


O’quvchilar o’zining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ma’lumot so’ngida, o’quvchilarga ko’rgazmalardan tarqatildi.







Maktab direktori: ______


__-sonli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari:_______


Maktab psixologi: ________
Kollej o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari: ______ D.Adhamov


Kollejning kasbiy ta’lim bo’yicha director o’rinbosari: ______ H.Shariyorov


Kollej uslubchisi: _______ G.Qo’shaqova












Download 158.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling