Farg’ona tumani sonli o’rta ta’lim maktabi
Download 158.83 Kb.
|
targ\'ibot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab direktori: ______ __-sonli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari:_______ Maktab psixologi: ________
- Kollej uslubchisi: _______ G.Qo’shaqova
Farg’ona tumani tibbiyot kolleji 11-sinf bitiruvchilari o’rtasida olib borilgan professional ta’limga targ’ibot-tashviqot ishlari bayonnomasi __.__.2023 Farg’ona tumani __-sonli o’rta ta’lim maktabi Oldindan ogohlantirilgan maktab ma’muriyati bitiruvchilarni bir joyga jamlab, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo’yicha qilinayotgan ishlar, jamiyatdagi afzalliklari haqida so’z olib bordi, shuningdek kelgan mehmonni o’quvchilarga tanishtirdi. Farg’ona tumani tibbiyot kolleji yetakchi o’qituvchisi: M.G’offorova Mavludaxon G’offorova o’z so’zida Farg’ona tumani tibbiyot kolleji ta’lim muassasasini tanishtirishdan boshladi: “Farg’ona tumanida o’rta maxsus mutaxassislikni beruvchi yagona ta’lim muassasasi tibbiyot sohasida ochilishi, aholi salomatligiga alohida e’tibor berilayotgani, mana shu hudud aholisini tibbiy bilimini yanada oshirishga bo’lgan harakat natijasi, salohiyatni oshirish yo’li bilan esa, nafaqat inson o’z salomatligini, balki atrofdagi insonlar salomatligini ham saqlashda muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Kollej jamoasi, pedagoglari mana shu asl maqsad asosida ish olib borishadi. Tibbiyot kollejida to’rtta yo’nalish bo’yicha muataxassis tayyorlanadi: Hamshiralik ishi – Ta’lim tashkiloti hamshirasi, fizioterapiya va massaj hamshirasi Feldsherlik ishi – tez tibbiy yordam feldsheri, shifokor yordamchisi Feldsher-laborantlik ishi – tibbiy laborant, feldsher-laborant, nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti Farmatsiya – dori turlarini ishlab chiqarish operatori, tarqatish bo’yicha farmasevt assisenti Abiturentlar onlayn my.dtm.uz sayti orqali hujjat topshiriladi, buning uchun faqat maktabni bitirganlik attestati, passport raqamlari kerak bo’ladi. Sayt orqali ruxsatnoma beriladi va imtihon joyi sanasini bilgan holda, biologiya, kimyo, til-adabiyot fanlarida imtihon topshiriladi.” Sohaning afzalliklari haqida so’z yuritish qatorida tibbiy anjomlar va turli vaziyatlarda tibbiyot hodimining vazifalarini ko’rsatib berildi, bu esa, o’quvchilarni sohaga qiziqishini yanada oshirdi. O’quvchilar o’zining qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ma’lumot so’ngida, o’quvchilarga ko’rgazmalardan tarqatildi. Maktab direktori: ______ __-sonli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari:_______ Maktab psixologi: ________ Kollej o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari: ______ D.Adhamov Kollejning kasbiy ta’lim bo’yicha director o’rinbosari: ______ H.Shariyorov Kollej uslubchisi: _______ G.Qo’shaqova Download 158.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling