Farg’ona viloyati Farg'ona shahar xtbga qarashli 15-umumta’lim maktabi


Download 9.77 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi9.77 Kb.
#1417390
Bog'liq
past


Farg’ona viloyati Farg'ona shahar
XTBga qarashli 15-umumta’lim maktabi
8-A sinfning past o`zlashtiruvchi o’quvchisi
Qurbonova Mohinurga

TAVSIFNOMA
Qurbonova Mohinur tabiatan yuvosh, kamgap, uyatchan va o’z fikrini bildirishga uyaladi. U matematikaga qiziqadi va tengdoshlariga havas qiladi, lekin o’zi bir oz qiynaladi. Men bu o’quvchi bilan alohida shug’ullandim, o’zlashtira olmagan mavzular bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar berdim, testlar oldim. Matematik qobiliyatini rivojlantirish uchun mantiqiy topshiriqlardan va turli xil elektron darsliklardan foydalandim. Yana ham darsga qiziqtirish uchun shu fan bo’yicha yaratilgan multimedialar va qiziqarli ma’lumotlardan foydalandim. Shuningdek u darsdan so’ng matematika to’garagiga qatnashdi. Men ushbu bitiruv malakaviy amaliyotim davomida uni faol o’quvchilar qatoriga kirgizishga harakat qilidim. Olib borgan harakatlarim ijobiy natija bera boshladi. Chunki u endi matematika fanidan uyga berilgan vazifalarni o’zi mustaqil bajara boshladi va u turli masalalarni mustaqil yecha olish ko’nikmasiga ega bo’la boshladi.
Bundan keyin ham past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan shu tarzda shug’ullanishga harakat qilaman. Men o'ylaymanki, Qurbonova Mohinur kelajakda o’z kasbining mohir ustasi bo'lib yetishadi.

Amaliyotchi talaba: Xayrubloyev Sayyidasror
Download 9.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling