18-Laboratoriya ishi Neft qoldiqlari gurux tarkibini neft sanoati ilmiy tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan usul bilan aniqlash
Download 8.95 Kb.
|
18-Laboratoriya ishiNeft qoldiqlari gurux tarkibini neft sanoati ilmiy tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan usul bilan aniqlash.Kerakli reaktiv, asbob va materiallar. Termostat Suv yoki kum xammomi Erlenmeyyer kolbasi, xajmi 250 ml Shisha kolonka-diametri 30-35 mm va balandligi 1300-1650 mm Benzol Benzin fraksiyasi - 58°C qaynaydigan. Etil spirti Silikagel ASK (0,25-0,5mm) Qog‘oz filtr Ishdan maqsad: neft qoldiqlaridan korbenlar, karboidlar, safaltenlar, benzol smolalari va mono, bi va politsiklik aromatik birikmalarni, parafin-naften uglevodorodlarini ajratish. Ish bajarish tartibi: Asfetenlarni ajratish. Toza va analitik tarozida tortilgan 250 ml xajmi Erlenmeyyer aolbasiga 5 g neft maxsuloti namunasidan solinadi va unga 10 ml benzol quyiladi. Kolbani sovutigichga qo‘yiladi va su vyoki qum xammomida isitiladi.Kolba sovutilgandan so‘ng, unga benzin fraksiyasidan 200ml solinadi.(kayvash temperaturasi 58 °C). Hosil bo‘lgan asfaltenlarni filtr yordamida filtrlanadi, kuritiladi. Filtratni kolbaga yig‘iladi, filtratdagi qoldiqni rangsiz filtratga aylanguncha benzin fraksisi bilan yuviladi. Filtratdagi qoldiqni (asfaltenlar) 150 ml benzolda eritiladi va kolbaga solinadi. Suv xammomi yordamida kolbaga yog‘simon massa hosil bo‘lguncha benzolni haydaladi. Hosil bo‘lgan massani (asfalten) cho‘ktirish uchun 120 ml benzin fraksiyasi solinadi va 24 soatdan so‘ng filtrlanadi. Filtrdagi asfalten qoldig‘i issiq benzolda eritiladi, kolbaga quyiladi va eritmadagi benzol haydash orqali ajratib olinadi. Asfaltenli kolba 150°C da doimiy massaga kelguncha quritiladi, tortiladi va ajratilgan asfaltenlar miqdori aniqlanadi. Nazorat savollari. 1. Asfaltenlarni oksidlash reaksiyalari. 2. Asfaltenlarni kimyoviy reaksiyalari. 3. Asfaltenlarni qo‘llash soxalari. 4. Neftdagi mineral komponentlar. 5. Neft qoldiqlarini kimyoviy tarkibi va kimyoviy tuzilishini aniqlash usullari. Download 8.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling