Amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarini o‘tkazish texnologiyasi moduli


Download 0.66 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#240407
Bog'liq
1 Mavzu Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarini

FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI MODULI


1-Mavzu: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish masalalari

4.2.

MODUL

Namangan XTXQTMOHM o‘qituvchisi

Nabiyev Farrux

Reja:

    • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 405-son buyrug‘i.
    • Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 405-son buyrug‘i.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

I. Umumiy qoidalar

  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 405 -sonli buyrug‘iga ilova sifatida tasdiqlangan ushbu tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
  • Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja ixtiyoriy ravishda joriy qilinadi.
  • Ushbu variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida 2019-2020-o‘quv yilining 3-choragidan boshlab, o‘quv yili yakuniga qadar tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.
  • Quyidagi hollarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja joriy qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
  • o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalardan norozichilik bo‘lsa;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja asosida o‘qitiladigan sinfga tegishii fandan dars berish uchun yetarli malaka va tajribaga ega o‘qituvchi bilan ta’minlanmagan bo‘lsa.

II. Variativ o‘quv rejaning maqsadi


5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejaning asosiy maqsadi:

o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘quvchining manfaatlarini inobatga olish;

o‘quv jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish;

o‘quvchilarning individual xohish istaklari, qobiliyatlari asosida muvofiq o‘zgaruvchan o‘quv rejalarga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etish;

o‘quvchilarning kelgusida tanlaydigan kasblari bo‘yicha tegishii oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari mavjud fanlarni chuqur o‘rganishlariga sharoitlar yaratish.

III. Tajriba-sinovni tashkil etish tartibi


Tanlov sinfi

Majburiy fanlar



Tanlov fanlari

IV. Yakuniy qoidalar

  • Tanlov sinfida faqatgina majburiy 8 ta fanni o‘qitish yoki ularga qo‘shimcha tarzda tayanch o‘quv rejaga kiritilgan fanlardan qo‘shimcha ravishda tanlov fani sifatida eng ko‘pi bilan 2 ta fanni o‘qitish, qolgan fanlar o‘qitilishini joriy etmaslik yoki dars soatlarini qisqartirgan holda o‘qitilishi mumkin.
  • Tanlov sinfi o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari ushbu umumiy o‘rta ta’lim maktabining reytingini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida olinadi.
  • Tanlov sinfini tashkil etish yoki uni tugatish maktabning pedagogika kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling