Dars mavzusi: Lishayniklar. Darsning ta’limiy maqsadi
Download 110 Kb.
|
lishaynik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsda foydalaniladigan texnologiya
- Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar
- Darsning texnologik xaritasi
- Dars bosqichlari: I.Tashkiliy qism
- O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini botanikadan mustaqil ish daftarida test topshiriqlari yordamida aniqlash.
- 2 – topshiriq. Mog’or, achitqi va qalpoqchali zamburug’larning o’xshashlik va farqli jihatlarini Venn diagrammasida ifodalang.
- III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
- Yangi mavzu yuzasidan jamoalar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi uyushtirish.
- 1 – topshiriq.
- B variant
- T\r Organizm Tegishli atamalar raqami
- D variant
- Uyga vazifa berish: Lishayniklarni atmosfera havosining ifloslanish darajasini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni tayyorlang.
Dars mavzusi: Lishayniklar. Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvchilarni lishayniklarining tuzilishi, hayoti, tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati bilan tanishtirish.. Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, o’simliklar olamiga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik va iqtisodiy, gigiyenik tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning lishayniklar haqidagi bilimlari, tabiiy obyektlar bilan ishlash, taqqoslash va darslik ustida mustaqil ishlash, kuzatish ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsni jihozlash: lishayniklarning gerbariy namunalari, rangli rasmlar. Darsda foydalaniladigan texnologiya: hamkorlikda o’qitish texnologiyasi (komandada o’qitish metodi). Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: simbioz, lishaynik, yopishqoq lishaynik, bargsiman lishaynik, butasimon lishaynik. Darsning texnologik xaritasi
Dars bosqichlari: I.Tashkiliy qism: A) Salomlashish B) Davomatni aniqlash C) Tozalikni nazorat qilish D) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash E) O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va darsning borishi bilan tanishtirish. O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini botanikadan mustaqil ish daftarida test topshiriqlari yordamida aniqlash. 1-topshiriq. Test savollariga javob bering. 1. Qaysi zamburug’ paxtachilikka katta zarar yetkazadi? A.qoyakuya zamburug’i B.vertitsillium zamburug’i C.go’ng zamburug’i D.zang zamburug’i 2. Vilt kasalligini qaysi zamburug’keltirib chiqaradi? A.qoyakuya zamburug’i B.vertitsillium zamburug’i C.go’ng zamburug’i D.zang zamburug’i 3.Vertitsillium zamburug’I qaysi o’simlikda parazitlik qiladi ? A.arpa B.beda C.g’o’za D.bug’doy 4.Vilt so’zi qanday ma’noni anglatadi? A.sarg’ayish B.oqpalak C.chirish D.so’lish 5.Vertitsellyoz kasalligi xalq orasida nima deb yuritiladi? A.sarg’ayish B.oqpalak C.chirish D.so’lish 6.Vertitsellyoz zamburug’I g’o’za o’simligining qaysi qismida parazitlik qiladi? A.gul tugunchasida B.ildizida C.o’tkazuvchi to’qimasida D.mevasida 7.Parazit zamburug’lar odamlarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? A.mikoz, vilt B.mikotoksikoz, zang C.qorakuya D.mikoz, mikotoksikoz 8.Qorakuya zamburug’I bug’doy o’simligining qaysi qismida parazitlik qiladi? A.gul tugunchasida B.ildizida C.o’tkazuvchi to’qimasida D.bargida 9.Parazit zamburug’lar o’simliklarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? A.vilt, qorakuya B.mikotoksikoz C.qorakuya, mikoz D.gommoz 10.Arpa, bug’doy, suli o’simliklarida parazitlik qiluvchi zamburug’ni aniqlang. A.qoyakuya zamburug’i B.vertitsillium zamburug’i C.go’ng zamburug’i D.zang zamburug’i 2 – topshiriq. Mog’or, achitqi va qalpoqchali zamburug’larning o’xshashlik va farqli jihatlarini Venn diagrammasida ifodalang. III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish. Yangi mavzuni o’rganish: O’qituvchining axboroti: Reja: Lishayniklarga ta’rif Lishayniklarning turlari Lishayniklarning ahamiyati Guruhlar tomonidan bajariladigan topshiriqlar:
Yangi mavzu yuzasidan jamoalar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi uyushtirish. O’quvchilar bilimini botanikadan mustaqil o’quv-ish daftaridagi topshiriqlar yordamida nazorat qilish va baholash. A variant (reproduktiv xarakterdagi topshiriqlar). 1 – topshiriq. Quydagi jadvalda berilgan savollarni ularga tegishli javoblar bilan juftlang:
B variant (qisman izlanuvchan xarakterdagi topshiriqlar) 2-topshiriq. Quydagi berilgan atamalar orasidan bakteriya, zamburug’, lishayniklarga moslarini topib jadvalga yozing. 1)kokk: 2)achish; 3)koloniya; 4)mitseliy; 5)spora; 6)gommoz; 7)vertisil; 8)gifa; 9)penitsil; 10)achitqi; 11)mevatana; 12)vilt; 13)qo’ziqorin; 14)simbioz; 15)qattana; 16)batsilla; 17)chirish; 18)po’panak; 19)suvo’t.
D variant (mustaqil-tadqiqiy xarakterdagi topshiriqlar) 1-topshiriq. Mantiqiy masala. Lishayniklar daraxtlarning tanasida ham o’sishini bilasiz. Ular darxtlardan qanday maqsadda foydalanadi? Nima uchun yirik shaxarlardagi daraxtlarda lishayniklarni uchratmaysiz? Bu hodisani izohlash uchun o’z taxminlaringizni taklif eting. Uyga vazifa berish: Lishayniklarni atmosfera havosining ifloslanish darajasini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni tayyorlang. Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling