Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qarshi filiali
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy topshiriq taqdimoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZILRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI
- “Kartashunoslik” fanidan amaliy darsi uchun tayorlangan taqdimot
- Тopshiriqni bajarish
- Тopshiriqni bajarish uchun ko’rsatma
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZILRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI QARSHI FILIALI “Kartashunoslik” fanidan amaliy darsi uchun tayorlangan taqdimot 1-topshiriq : Geografik globusda ortodromiya va loksodromiyani aniqlash.
Globusga qarab yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi eng yaqin masofa bo'lgan
ortodromiyani, globusdagi hamma meridianlarni bir xil burchak bilan kesib o'tadigan loksodromiyani aniqlash mumkin.
Тopshiriq maqsadi: geografik globus bilan ishlash, unda shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash va ularni haqiqiy masofalar bilan taqqoslash.
globusda yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi eng yaqin va meridianlarni bir xil burchak bilan kesuvchi chiziq uzunliklarini aniqlash.
Тopshiriqni bajarish uchun ko’rsatma: Globusdan bir-biridan uzoqda
joylashgan ikkita shaharni tanlang va ular orasidagi masofani masshtab asosida aniqlang. Хuddi shu shaharlar orasidagi masofani xoxlagan gegorafik kartadan aniqlab, ular orasidagi masofani ham
masshtab asosida
o’lchang. Albatta ular orasida farq bo’ladi. Sababi shundaki, globusda Yer shari deyarli o’zgarishsiz, xatoliklarsiz tasvirlanadi. Ular orasidagi farqni aniqlang.
Misol uchun, Moskva bilan Nyu- York shaxarlari orasidagi masofalarni aniqlaymiz.Globusda bu shaxarlar orasidagi masofa 157 mm ga teng, uni globus masshtabiga ko’paytirsak 7850 km bo’ladi (50mln×15.7sm=7850km). O’qituvchilar uchun nashr qilingan geografik atlasdagi 1: 75mln masshtabli “Dunyo kartasida” 9975 km ga teng (ya’ni kartada
13.7sm×75mln=9975km). Bu
masofalarni taqqoslasak bu yerda biz kartadagi xatolikni ko’ramiz, ya’ni globusda 7850km bo’lsa, kartada 9975 km bo’lib, orasidagi farq 2 ming kilometrdan ortiqdir. Atlasdagi 1:75 mln masshtabli Dunyo kartasidan ham bu ikki shaharni topib, ular
to’g’ri chiziq
bilan tutashtirilsa, bu to’g’ri chiziq ana shu ikki shahar orasidagi eng yaqin masofa bo’lmaydi. Bu ikkala to’g’ri chiziq (globusdagi va kartadagi) kesib o’tgan geografik ob’ektlarni taqqoslasak, ular boshqa-boshqa joylardan o’tgani ko’ramiz. Bu ham bo’lsa kartada yo’l qo’yilgan xatolik natijasidir. Odatda, samolyotlar ortodromiya chizig’i buyicha uchadilar.
Ma’lumot uchun yana shuni aytib o’tish mumkin agarda sizga o’quv globusi mavjud bo’lmasa, ushbu topshiriqni kompyuter orqali amalga oshirish ham mumkin.
Buning uchun bizga Earth Explorer va Microsoft Office turkumiga kiruvchi Paint dasturi va dunyo kartasining elektron varianti kerak bo’ladi.
𝐿
-kartagadi masofa
𝐿 2 − Google earthdagi masofa
1 = 80,5mln x 11sm = 8 855 km
2 = 7528 km E’tiboringiz uchun rahmat! Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling