O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilining vazifaviy usullarini oquvchilarga orgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.3. SO’ZLASHUV VA RASMIY USLUBNING BOSHQA NUTQ USLUBLARGA MUNOSABATI
- RASMIY NUTQNING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK XUSUSIYATLARI II.1. So’zlashuv va rasmiy uslubning morfologik , sintaktik xususiyatlari
- -buyruq mayli
- -hozirgi-kelasi zamon shakli
Ushbu uslubga xos bo‘lgan yoki xos bo‘lmagan stilistik xususiyatlar rasmiy tilda shakllangan matnlarning leksik-grammatik xususiyatlarida yana ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari. Rasmiy uslubga oid matnlar leksikasi va turg‘un birikmalari o‘zbek tilidagi boshqa funksional uslublarga tegishli matnlar tilidan sezilarli darajada farqlanadi. Shuning uchun ham, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan alohida so‘z va turg‘un birikmalarga duch kelamiz: ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv kabi. Yangi sharoitda yangicha mazmun kasb etgan O‘zbekiston Ruspublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi, Oliy majlis senati, siyosiy partiyalar, davlat hokimiyat organi, qishloq fuqarolar yig’ini, saylovoldi tashviqoti, O‘zbekiston ekologik harakati, «Kamolot» yoshlar harakati, q onun ijrosi, konstitutsiyaviy tuzum, davlat tuzilishi, siyosiy institutlar, milliy xolding kompaniyasi singari turg‘un birikmalar ham mustaqillik davri o‘zbek tili taraqqiyotining mahsulidir. Qonunlarni yaratish asnos ida xalqaro standartlarga yaqinlashishga intilish uning tiliga ham ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Masalan, «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi»da hammasi bo‘lib 5421 ta so‘z ishlatilgan bo‘lsa, shundan 43 tasi halqaro atamalarga to‘g‘ri keladi. Ular orasida o‘zbekcha muqobil variantlari bo‘lgan atamalar ham mavjud: respublika- jumhuriyat, suveren-mustaqil, suverenitet-mustaqillik, demokratiya- xalqchillik, referendum-umumxalq ovozi, normativ-meyoriy, norma-meyor va boshqalar. Mustaqillikning dastlabki yillarida ularni ana shu o‘zbekcha variantla r bilan almashtirib qo‘llash haqida fikrlar bo‘lgan. Bunday so‘zlar tilimizda 25
anchagina. Boshqa funksional uslub larda ularni o‘zaro almashtirib qo‘llash mumkindir. Ammo rasmiy matnlarda uslub nuqtai nazaridan bunday qilish to‘g‘ri emas. Konstitutsiya matnidagi birgina suveren-mustaqil variantlarining qo‘llanishini solishtirib ko‘raylik. Ular 10/6 nisbatda ishlatilgan: O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi. Misollardagi suveren, suverenitet so‘zlarini bemalol mustaqil, mustaqillik elementlari bilan almashtirsa bo‘ladi. Ammo matn ikki jihatdan zarar ko‘radi. Birinchidan, hujjatning xalqaro standartlar darajasidagi maqomiga, ikkinchidan rasmiylik ottenkasiga putur yetadi. Matnda mustaqil so‘zi qo‘llangan holatlarga e’tibor beraylik: Qoraqalpog’iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qo nunga bo‘ysunadilar. O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat Qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar. Gaplardagi mustaqil so‘zining o‘rnini almashtiramiz: Qoraqalpog’iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini suveren hal qiladi. Sudyalar suverendirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan suveren holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar. Gaplarda suveren so‘zining qo‘llanishida sun’iylik, uslubiy g’alizlik paydo bo‘lganligini payqash qiyin emas. Xulosa shunday bo‘ladiki, mustaqil so‘zi tilimizda ommalashgan, uni barcha o‘zbekcha matnlarda uchratishimiz mumkin, ma’nosida kenglik, qo‘llanishida erkinlik mavjud. Suveren so‘zi esa jiddiy ma’noga ega bo‘lib, rasmiy ohang beradi va rasmiy uslub doirasida chegaralanib, faqat davlat so‘ziga bog‘langanligi ma’lum bo‘ladi. 26
Mana shu ma’noda yuzaki qaraganda go‘yo bir tushunchani anglatadigan bu elementlarning biri o‘rnida ikkinchisini bemalol qo‘llash mumkin emas, uslub bunga yo‘l qo‘ymadi. Shuning uchun ham mustaqillik davrida yangicha mazmunda muomalaga qaytgan yoki kirib kelgan prezident, parlament, palata, senat, senator, mahkama, vazirlik, vazir, hokimiyat, hokim, fuqaro, harakat, suverenitet so‘zlarning qo‘llanishiga tilning
amalda bo‘lish
qonuniyatlariga, uslub talablariga ko‘ra yondashish to‘g‘ri bo‘ladi. Rasmiy uslubda qo‘llaniladigan ayrim so‘z va jumlalarning faolligi shu darajaga yetganki, ularni rasmiy uslubga xos shtamplar sifatida e’tirof etishga majbur bo‘lamiz: maqsadida, muvofiq, binoan, belgilamoq, tasdiqlamoq, kuchaytirmoq, nazorat o‘rnatmoq, zimmasiga yuklamoq, taklif kiritmoq, ta’minlamoq, chora ko‘rmoq, ishlab chiqmoq, joriy etmoq, qabul qilmoq, amalga oshirmoq, tavsiya etmoq, zimmasiga yuklamoq kabilar. O’tgan davr mobaynida, hisobot davrida, muayyan ishlar, e’tiborga olib, inobatga olib, kun tartibidagi masala yuzasidan, qaror qildi/qiladi, belgilangan tartibda singari jumlalarni ham shu qatorga kiritish mumkin. Bu kabi jumlalar rasmiy uslubning umumiy fonida olib qaralsa -da, har biri ma’lum bir hujjatlar matnidagina standart holatga kelgandir. Binobarin, o‘zbek tilida rasmiy uslubga xoslangan umumiy leksik fond bilan birgalikda uning har bir janri va ko‘rinishlariga xoslangan leksik elementlar ham ma’lum miqdorni tashkil etadi.
So’zlashuv uslubi va rasmiy uslublar doimo ilmiy, publitsistik va badiiy usublar bilan munosabatda bo’ladi. Radio, televideniye orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz. Gazeta -jurnallarda e’lon qilinayotgan xabarlarni o’qiysiz. Badiiy asarlarni mutoala qilib, tilimizning badiiy-estetik quvvatidan bahramand bo’lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o’zbek tilida o’qiysiz, shu bilan birgalikda
27
ko’cha-ko’yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga kirishasiz. Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e’tibor bilan qarasangiz, ularning hammasi garchi o’zbek tilining bevosita voqealanishi bo’lsa ham, lekin ma’lum jihatlari bilan bir-biridan farqlanishining guvohi bo’lamiz. Demak, adabiiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo’llaniladigan bir necha ko’rinishlari mavjud. Bu ko’rinishlar nutq uslublaridir. Bulardan so’zlashuv uslubi og’zaki nutqqa hos bo’lsa, qolgan uslublar esa ham og’zaki, ham yozma shakllarga ega. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o’zi esaog’zaki nutqqa hosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og’zaki (xalq og’zaki ijodi) ko’rinishi borligini bilamiz. Tilimizda barcha uslublarda teng qo’llaniladigan so’zlar bo’lishi bilan birga , faqat ayrim nutq uslublari uchun hoslangan so’zlar ham mavjud. Shuning uchun soz’lar ana shu belgiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 1) uslubiy betraf so’zlar( masalan, so’zlamoq, gapirmoq, uy, d aftar, ovqat va boshqalar); 2) uslubiy hoslangan so’zlar (mazkur, binobarin, dudoq, irin, qaroq, nigoh, tashlamoq, bayonnoma, nota va boshqalar. Har bir hujjatning o‘ziga xos xarakteridan kelib chiqib, qarorlar ijrochisining, ijro vaqtining aniq ko‘rsatilishi boshqa uslubga xos emas. Bu uslubdagi matnlar asosan yozma shaklda namoyon bo‘ladi. Boshqa funksional uslublarga tegishli bo‘lgan xususiyatlarning rasmiy uslubga muvofiq kelmasligini ham unga xos bo‘lgan xususiyatlar sifatida qarash mumkin. Masalan, rasmiylik va emotsionallik tushunchalari ushbu uslubda bir-biriga oppozitsiyadadir. Rasmiylik mantig’i shuni taqozo etadi. Rasmiy matnlarning «quruqlik» xarakteri subyektiv baho ifodalovchi vositalarning ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu ma’noda u badiiy uslub bilan qarama-qarshi qutbda joylashadi. Bu haqda L.G.Barlas quyidagilarni 28
yozgan edi: «Rasmiy-ish uslubiga stilistik bir xillik va qat’iyat (mo‘tadil kitobiy). obyektivlik va qisman ifodaning shaxssizligi xos. Unga emotsionallik, subyektiv baho va so‘ zlashuv tili xos emas. Shu ma’noda rasmiy-ish uslubi ilmiy uslubga yaqinlashadi». Rasmiy uslubning ilmiy uslubga o‘xshash jihatlari ko‘p bo‘lsa -da, undan jiddiy farq qiladigan tomonlari bor. Bayonda ayrim so‘zlardan, masalan, fe’l shakllaridan foydalanishd a umumiylik sezilsa ham, ilmiy uslubda yozilgan matnning muallifi bor va bu individuallik bayonda ham sezilib turadi. Rasmiy uslubdagi ayrim hujjatlar garchi aniq bir shaxs tomonidan shakllantirilsa-da, muayyan shablonlarga bo‘ysundirilgan va individuallik xususiyatlaridan mahrum bo‘lgan hujjat hisoblanadi. Masalan, ariza aniq bir kishi tomonidan yoziladi, ammo mazkur hujjatga xos bo‘lgan shablon va standart jumlalar til jihatdan individuallikni yo‘qqa chiqaradi. Ayrim elementlarning qo‘llanishi rasmiy va ilmiy matnlarda muvofiq kelishi mumkin. Ammo mohiyatan ular bir-birlaridan farqlanadi. Publitsistik uslubda ham o‘xshash so‘z va jumlalar faol uchraydi. Ular uchraydi, xolos. Ammo bu degani ularning rasmiy uslub doirasidan chiqib, publitsistik uslub ixtiyoriga o‘tib ketdi, degani emas. Ommaviy axborot vositalari orqali rasmiy xarakterdagi axborotlarning berilishi jatumanida bu vositalardan aynan ana shu rasmiylik mezonini saqlash maqsadida foydalaniladi, xolos. 29
BIRINCHI BOB YUZASIDAN XULOSA 1.Сўзлашув услубида кўпинча турли услубий бўёқли сўзлар, грамматик воситалар, товушлар тушиб қолиши, орттирилиши мумкин:
пичинг, қочириқлар, киноялар кўплаб ишлатилади. Кўпроқ содда гаплар, тўлиқсиз гаплар, ундалмали гаплардан фойдаланилади. 2.Rasmiy nutq – ixcham nutq shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida rasmiy uslubning qo‘llanish ko‘lami O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng g‘oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi. 3. Birinchi navbatda, matnda bayonning aniq bo‘lishi talab etiladi. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak: O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beradigan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. (O’zR Konstitutsiyasi, 7-modda). Aniqlik talabi uning ilmiy uslub bilan mushtarak jihatidir.
30
IKKINCHI B OB RASMIY NUTQNING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK XUSUSIYATLARI II.1. So’zlashuv va rasmiy uslubning morfologik , sintaktik xususiyatlari
joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so’zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi. Oddiy so’zlashuv uslubida so’zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, axborot uchun eng kerakli so’zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo -ishira va mimikalar bilan to’ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish uchun so’raysiz: -Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chipta bering deb o’tirmaysiz). -Ettinchidan uchta (Menga yettinchi qatordan uchta chipta bering deb o’tirmaysiz). -O’ninchidan oltita (Menga beshinchi qatordan oltita chipta ber ing deb o’tirmaysiz). Ko’rinib turibdiki so’zlashuv uslubida ham so’z, gap va matnlarning belgilari morfologiya va sintaksisda yakkol ko’zga tashlanadi. Rasmiy matnlarning uslubiy alomatlari uning morfologiyasi va sintaksisida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, har bir so‘z turkumiga oid so‘zlarning qo‘llanishida o‘ziga xoslik ko‘zga tashlanadi. Otlarni olaylik. Umumlashtiruvchi ma’nodagi otlar faol: bolalar, ota-onalar, qo‘shin, qurol, aholi, xalq, ishchilar, xizmatchilar, shaxslar, tomonlar, saylo vchilar, partiyalar, vakillar va hokazo. Otlarning ma’lum bir qismi rasmiy uslub ichidagi janr ko‘rinishlariga mos tarzda qo‘llaniladi. Idoraviy uslubdagi ma’lumotnoma, dalolatnoma, ariza, tilxat, tavsifnoma, bayonnoma singari otlar bunga misol bo‘la oladi.
31
Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi: O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog’i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir (1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘grisida»gi Qonunning 16-moddasidan). Rasmiy uslubning noemotsionallik tabiatidan kelib chiqib, asliy sifatlarning qo‘llanishi xos emas. Nisbiy sifatlar esa faol qo‘llaniladi: konstitutsiyaviy, qonuniy, noqonuniy, huquqiy, ma’muriy, tashkiliy, idoraviy, qat’iy, amaliy, majburiy, meyoriy, shaxsiy, mahalliy, xorijiy, hududiy, jinoiy, tarkibiy, ijtimoiy, siyosiy, doimiy, ommaviy, ma’rifiy, ma’naviy, mintaqaviy, jismoniy, tarkibiy, moddiy, joriy, namunaviy; raqamli, tegishli, vakolatli, malakali, maqsadli, istiqbolli, sonli, razryadli, tizimli, darajali, ishonchli, samarali, imtiyozli, manfaatli kabi. Shu o‘rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik vositalar va kategoriyalarning qo‘llanilishi bir xil darajada emasligini ta’kidlash ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi. Ular rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib bera olmaydi. Bu xususiyatlarni fe’l turkumi doirasidagi grammatik ko‘rsatkichlar belgilashi mumkin. rasmiy uslubga oid matnlarda fe’l so‘z turkumidagi so‘z shakllari alohida mavqega ega. Masalan, uning o‘timli va o‘timsiz shakllarini olib ko‘raylik. Konstitutsiya matnida quyidagi o‘timli fe’llar uchraydi: amalga oshirmoq, afv etmoq, bekor qilmoq, belgilamoq, vakolatlarini saqlab qolmoq, vakolatlarni amalga oshirmoq, jor iy qilmoq, jazolamoq, kafolatlamoq, rag’batlantirmoq, saylamoq, tayinlamoq, taqdim etmoq, tartibga solmoq, tasdig’iga kiritmoq, tasdiqlamoq, ta’minlamoq, ta’sis etmoq, tuzmoq, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritmoq, qabul qilmoq, hal qilmoq kabi. O‘timsiz fe’llar esa nihoyatda faol qo‘llaniladi. Bu holat, 32
ayniqsa, buyruq, farmoyish, bayonnoma, qaror, dalolatnoma, shartnoma singari hujjatlar matnida yaqqol namoyon bo‘ladi: saylanmoq, amalga oshirmoq, belgilanmoq, tasdiqlanmoq, taqdim etmoq, ilova qilinmoq, rasmiylashtirmoq, taqdim etilmoq, qabul q ilmoq kabi. L.G.Barlas fikricha, fe’lning infinitiv shaklining hissasi boshqa uslublarga qaraganda birmuncha yuqori, taxminan 38%, boshqacha aytganda, ilmiy uslubga nisbatan ikki baravar, badiiy uslub ga nisbatan uch baravar ko‘p. Fe’lning hozirgi zamon shakllari 79 % ni tashkil etadi ( ilmiy uslubda 69%, badiiy uslub da 11%). Bu uslubda fe’lning harakat nomi shakli faol qo‘llaniladi, gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutloq vakolatlari» haqidagi 78- moddasida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, qabul qilish, b elgilash, tasdiqlash, tartibga solish, o‘zgartirish, joriy q ilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash, saylash, ozod etish, ratifikatsiya qilish, ta’sis etish, amalga oshirish singari fe’lli birikmalar ishlatilgan. Ushbu hujjatda amalga oshirilmoq, asos bo‘lmoq, tashkil etmoq, belgilanmoq, asoslanmoq, hisoblanmoq, himoya q ilinmoq, amalga oshirmoq, tan olinmoq, ish ko‘rmoq, ado etmoq, kafolatlanmoq, taqiqlanmoq. tavsiya et ilmoq singari fe’llarning faol ishlatilishi ham yuqoridagi fikrning tasdig’idir. Rasmiy matnlardagi to‘lov, oqlov, boshqaruv, hal qiluv, surishtiruv kabi so‘zlar ham harakat nomidir. Mana shu tarzdagi imperativ shakllar rasmiy uslub uchun xos xususiyat sanaladi. Fe’lning yana quyidagi shakllari mazkur uslub uchun xarakterli: -majhul nisbat shakli: musodara qilinmoq, saylanmoq, hal etilmoq, qo‘llanilmoq singari: O’sha harakatlar: b) boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, mol-mulk musodara qilinib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (Jinoyat kodeksi). 33
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud besh yil muddatga saylanadi («O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida» Qonun). Advokatura manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari tomonidan respublika advokatlar jamoat birlashmasi ishtirokida belgilangan tartibda hal etiladi («Advokatlik faoliyati... to‘grisida» Qonun). -buyruq mayli: topshirilsin, tasdiqlansin, amalga oshirilsin, belgilansin, tayinlansin, ta’minlansin kabi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma’ruzasidagi konseptual qoidalar va xulosalar ma’qullansin hamda ular Oliy Majlisning kelgusi faoliyatida inobatga olinsin. Ma’ruzaning ... dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar faoliyati uchun asos qilib olinsin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ... mustaqillik va demokratiya qo‘lga kiritgan yutuqlarni himoya qilish, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi hamda totuvligini ta’minlash ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin. (O‘zR Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisining oltinchi sessiyasidagi ma’ruzasi yuzasidan O‘zR Oliy majlisining 2001 yil 29 avgust qaroridan). Harbiy hujjatlarda, jumladan, «O‘zbekiston Respublikas i Qurolli kuchlarining umumharbiy Nizomlari»da (Toshkent: «Sharq», 2004) aks etgan komandalar ham fe’ lning shu maylida shakllangan: b ayroqdor, ortimdan qadam bos; Vzvod, bayroqqa qarab qadding ni rostla; qorovulga moslan; To‘griga yur; Vzvod, qurollarni oyo q yoniga qo‘y kabi. Ammo shu mayldagi fe’l shakllari badiiy uslubda boshqacha ma’no kasb etadi, ya’ni istak mazmuni kuchli bo‘ladi: Balki o‘shalar «Tezroq o‘la qolsin» deb duo qilishayotgandir... Men... Jalildan qarzman. Ha... qarzim bor undan. Hovli- joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab qo‘yishim kerak, mendan keyin olib bersin (T.Malik).
taqiqlanadi, amalga oshiriladi, tasdiqlanadi kabi: Hokimning O‘zbekiston 34
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga zid, prokuror protest b ildirgan qarorlari shu hokimning o‘zi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratiga qarab es a O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek deputatlarning mas’uliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining ish tartibiga muvofiq belgilanadi. («Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida» Qonun). Tarixiy- madaniy ekspertiza O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi («Madaniy meros... to‘g‘risida» Qonun), O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi («Davlat tili haqida» Qonun). Ammo fe’lning 1,2-shaxs ko‘rsatkichlari xos emas. Shuningdek, rasmiy uslubda modal xarakterdagi so‘zlar chastotasi ham sezilarli darajada: majbur, shart, mas’ul, javobgar, haqchi kabi: Davlat hokimlari va boshqaruv organlari...foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir... masalalar yuzasidan axborot b ilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar. Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborot so‘rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to‘grisida xabardor etishi shart («Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» Qonun). Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari v a idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo‘lgan mahsulotlar yetkazib ber ilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun mas’uldirlar («Mudofaa to‘grisida» Qonun). Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir («O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘grisida» Qonun). So‘zning analitik shakllari ko‘p uchraydi: qonun bilan, sud hukmi 35
bilan, advokatlik faoliyati bilan, prokurorlarning sanksiyasi bilan, himoyasidagi shaxs bilan, jinoyatchilar uchun, himoya qilish uchun, maslahat olish uchun, huquqini ta’minlash uchun kabi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling