O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana10.12.2020
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Ushbu uslubga xos bo‘lgan yoki xos bo‘lmagan stilistik xususiyatlar 

rasmiy  tilda  shakllangan  matnlarning  leksik-grammatik  xususiyatlarida 

yana ham yaqqol namoyon bo‘ladi.  

Rasmiy  uslubning  leksik  xususiyatlari.  Rasmiy  uslubga  oid  matnlar 

leksikasi  va  turg‘un  birikmalari  o‘zbek  tilidagi  boshqa  funksional 

uslublarga  tegishli  matnlar  tilidan  sezilarli  darajada  farqlanadi.  Shuning 

uchun  ham,  ularda  boshqa  vazifaviy  uslublarda  deyarli  uchramaydigan 

alohida so‘z va turg‘un birikmalarga duch kelamiz: ma’muriy javobgarlik, 

fuqarolik  holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor,  jabrlanuvchi, 

sudlanuvchi,  guvoh,  jamoat  kafilligi,  surishtiruv,  jabrlanuvchi  bilan 

yarashuv kabi. Yangi sharoitda yangicha mazmun kasb etgan O‘zbekiston 

Ruspublikasining 

Qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi, Oliy Majlis, Qonunchilik 

palatasi,  Oliy  majlis  senati,  siyosiy  partiyalar,  davlat  hokimiyat  organi, 

qishloq  fuqarolar  yig’ini,  saylovoldi  tashviqoti,  O‘zbekiston  ekologik 

harakati, «Kamolot» yoshlar harakati, q onun ijrosi, konstitutsiyaviy tuzum,  

davlat  tuzilishi,  siyosiy  institutlar,  milliy  xolding  kompaniyasi  singari 

turg‘un  birikmalar  ham  mustaqillik  davri  o‘zbek  tili  taraqqiyotining 

mahsulidir. 

Qonunlarni  yaratish  asnos ida  xalqaro  standartlarga  yaqinlashishga 

intilish  uning  tiliga  ham  ta’sir  ko‘rsatishi  tabiiy.  Masalan,  «O’zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi»da  hammasi  bo‘lib 5421 ta so‘z ishlatilgan 

bo‘lsa,  shundan  43  tasi  halqaro  atamalarga  to‘g‘ri  keladi.  Ular  orasida 

o‘zbekcha  muqobil variantlari bo‘lgan atamalar ham mavjud: respublika-

jumhuriyat,  suveren-mustaqil,  suverenitet-mustaqillik,  demokratiya-

xalqchillik, referendum-umumxalq ovozi, normativ-meyoriy, norma-meyor 

va boshqalar. 

Mustaqillikning dastlabki yillarida ularni ana shu o‘zbekcha variantla r 

bilan almashtirib qo‘llash haqida fikrlar bo‘lgan. Bunday so‘zlar tilimizda 



 

25 


anchagina. Boshqa funksional uslub larda ularni o‘zaro almashtirib qo‘llash 

mumkindir. Ammo rasmiy matnlarda uslub nuqtai nazaridan bunday qilish 

to‘g‘ri  emas.  Konstitutsiya  matnidagi  birgina  suveren-mustaqil 

variantlarining  qo‘llanishini  solishtirib  ko‘raylik.  Ular  10/6  nisbatda 

ishlatilgan:  O‘zbekiston  –  suveren  demokratik  respublika.  Suveren 

Qoraqalpog’iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi 

tomonidan  muhofaza  etiladi.  Misollardagi  suveren, suverenitet so‘zlarini 

bemalol mustaqil, mustaqillik elementlari bilan almashtirsa bo‘ladi. Ammo 

matn ikki jihatdan zarar ko‘radi. Birinchidan, hujjatning xalqaro standartlar 

darajasidagi  maqomiga,  ikkinchidan  rasmiylik  ottenkasiga  putur  yetadi. 

Matnda  mustaqil  so‘zi  qo‘llangan  holatlarga  e’tibor  beraylik: 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi 

o‘z 

ma’muriy-hududiy 



tuzilishi 

masalalarini  mustaqil  hal  qiladi.  Sudyalar  mustaqildirlar,  faqat  qo nunga 

bo‘ysunadilar.  O’zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organlari  o‘z 

vakolatlarini  har  qanday  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari  va 

mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat Qonunga bo‘ysunib amalga 

oshiradilar.  Gaplardagi  mustaqil  so‘zining  o‘rnini  almashtiramiz: 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi 

o‘z 

ma’muriy-hududiy 



tuzilishi 

masalalarini  suveren  hal  qiladi.  Sudyalar  suverendirlar,  faqat  qonunga 

bo‘ysunadilar.  O‘zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organlari  o‘z 

vakolatlarini  har  qanday  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari  va 

mansabdor  shaxslardan  suveren holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga 

oshiradilar.  Gaplarda  suveren  so‘zining  qo‘llanishida  sun’iylik,  uslubiy 

g’alizlik  paydo  bo‘lganligini  payqash  qiyin  emas.  Xulosa  shunday 

bo‘ladiki,  mustaqil  so‘zi  tilimizda  ommalashgan,  uni  barcha  o‘zbekcha 

matnlarda uchratishimiz mumkin, ma’nosida kenglik, qo‘llanishida erkinlik 

mavjud. Suveren so‘zi esa jiddiy ma’noga ega bo‘lib, rasmiy ohang beradi 

va rasmiy uslub doirasida chegaralanib, faqat davlat so‘ziga bog‘langanligi 

ma’lum bo‘ladi. 



 

26 


Mana  shu  ma’noda  yuzaki  qaraganda  go‘yo  bir  tushunchani 

anglatadigan  bu  elementlarning  biri  o‘rnida ikkinchisini bemalol qo‘llash 

mumkin emas, uslub bunga yo‘l qo‘ymadi.  

Shuning  uchun  ham  mustaqillik  davrida  yangicha  mazmunda 

muomalaga qaytgan yoki kirib kelgan prezident, parlament, palata, senat, 

senator,  mahkama,  vazirlik,  vazir,  hokimiyat,  hokim,  fuqaro,  harakat, 

suverenitet 

so‘zlarning 

qo‘llanishiga 

tilning 


amalda 

bo‘lish 


qonuniyatlariga, uslub talablariga ko‘ra yondashish to‘g‘ri bo‘ladi.  

Rasmiy uslubda qo‘llaniladigan ayrim so‘z va jumlalarning faolligi shu 

darajaga  yetganki,  ularni  rasmiy  uslubga  xos  shtamplar  sifatida  e’tirof 

etishga  majbur  bo‘lamiz:  maqsadida,  muvofiq,  binoan,  belgilamoq, 

tasdiqlamoq,  kuchaytirmoq,  nazorat  o‘rnatmoq,  zimmasiga  yuklamoq, 

taklif kiritmoq, ta’minlamoq, chora ko‘rmoq, ishlab chiqmoq, joriy etmoq, 

qabul  qilmoq,  amalga  oshirmoq,  tavsiya  etmoq,  zimmasiga  yuklamoq 

kabilar. O’tgan davr mobaynida, hisobot davrida, muayyan ishlar, e’tiborga 

olib,  inobatga  olib,  kun  tartibidagi  masala  yuzasidan,  qaror  qildi/qiladi, 

belgilangan  tartibda  singari  jumlalarni  ham  shu  qatorga  kiritish  mumkin. 

Bu kabi jumlalar rasmiy uslubning umumiy fonida olib qaralsa -da, har biri 

ma’lum  bir  hujjatlar  matnidagina  standart  holatga  kelgandir.  Binobarin, 

o‘zbek  tilida  rasmiy  uslubga  xoslangan  umumiy  leksik  fond  bilan 

birgalikda  uning  har  bir  janri  va  ko‘rinishlariga  xoslangan  leksik 

elementlar ham ma’lum miqdorni tashkil etadi.  

I.3.   SO’ZLASHUV VA RASMIY USLUBNING BOSHQA NUTQ 

USLUBLARGA MUNOSABATI 

So’zlashuv  uslubi  va  rasmiy  uslublar  doimo  ilmiy,  publitsistik  va 

badiiy    usublar    bilan    munosabatda    bo’ladi.  Radio, televideniye orqali 

taralayotgan  suxandonlar  nutqini  har  kuni  eshitasiz.  Gazeta -jurnallarda 

e’lon  qilinayotgan  xabarlarni  o’qiysiz.  Badiiy  asarlarni  mutoala  qilib, 

tilimizning  badiiy-estetik  quvvatidan  bahramand  bo’lasiz.  Fizika, 

matematika singari fanlarni ham o’zbek tilida o’qiysiz, shu bilan birgalikda 


 

27 


ko’cha-ko’yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga 

kirishasiz. 

Agar  yuqorida  bayon  qilingan  nutqiy  jarayonlarga  e’tibor  bilan 

qarasangiz, ularning hammasi garchi o’zbek tilining bevosita voqealanishi 

bo’lsa ham, lekin ma’lum jihatlari bilan bir-biridan farqlanishining guvohi 

bo’lamiz. 

Demak,  adabiiy  tilning  ijtimoiy  hayotning  ma’lum  sohasi  doirasida 

qo’llaniladigan  bir  necha  ko’rinishlari  mavjud.  Bu  ko’rinishlar  nutq 

uslublaridir.   

Bulardan so’zlashuv uslubi og’zaki nutqqa hos bo’lsa, qolgan uslublar 

esa  ham  og’zaki,  ham  yozma  shakllarga  ega.  Masalan,  ilmiy  asar  yoki 

ilmiy  ma’ruza  matni  yozma  nutqqa,  ilmiy  ma’ruzaning  o’zi  esaog’zaki 

nutqqa hosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og’zaki (xalq  

og’zaki ijodi) ko’rinishi borligini bilamiz.  

Tilimizda barcha uslublarda teng qo’llaniladigan so’zlar bo’lishi bilan 

birga  ,  faqat  ayrim  nutq  uslublari  uchun  hoslangan  so’zlar  ham  mavjud. 

Shuning uchun soz’lar ana shu belgiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:   

1)  uslubiy  betraf  so’zlar(  masalan,  so’zlamoq,  gapirmoq, uy, d aftar, 

ovqat  va  boshqalar);  2)  uslubiy  hoslangan  so’zlar  (mazkur,  binobarin, 

dudoq, irin, qaroq, nigoh, tashlamoq, bayonnoma, nota va boshqalar.    

Har  bir  hujjatning  o‘ziga  xos  xarakteridan  kelib  chiqib,  qarorlar 

ijrochisining, ijro vaqtining aniq ko‘rsatilishi boshqa uslubga xos emas. Bu 

uslubdagi matnlar asosan yozma shaklda namoyon bo‘ladi.  

Boshqa funksional uslublarga tegishli bo‘lgan xususiyatlarning rasmiy 

uslubga muvofiq kelmasligini ham unga xos bo‘lgan xususiyatlar sifatida 

qarash mumkin. Masalan,  rasmiylik va emotsionallik tushunchalari ushbu 

uslubda bir-biriga oppozitsiyadadir. Rasmiylik mantig’i shuni taqozo etadi. 

Rasmiy  matnlarning  «quruqlik»  xarakteri  subyektiv  baho  ifodalovchi 

vositalarning  ishlatilishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Shu  ma’noda  u  badiiy  uslub 

bilan qarama-qarshi qutbda joylashadi. Bu haqda L.G.Barlas quyidagilarni 



 

28 


yozgan  edi:  «Rasmiy-ish  uslubiga  stilistik  bir  xillik va qat’iyat (mo‘tadil 

kitobiy).  obyektivlik  va  qisman  ifodaning  shaxssizligi  xos.  Unga 

emotsionallik,  subyektiv baho va so‘ zlashuv tili xos emas. Shu ma’noda 

rasmiy-ish uslubi ilmiy uslubga yaqinlashadi».  

Rasmiy  uslubning  ilmiy  uslubga  o‘xshash  jihatlari  ko‘p  bo‘lsa -da, 

undan  jiddiy  farq  qiladigan  tomonlari  bor.  Bayonda  ayrim  so‘zlardan, 

masalan,  fe’l  shakllaridan  foydalanishd a  umumiylik  sezilsa  ham,  ilmiy 

uslubda  yozilgan  matnning  muallifi  bor  va  bu individuallik bayonda ham 

sezilib  turadi.  Rasmiy  uslubdagi  ayrim  hujjatlar  garchi  aniq  bir  shaxs 

tomonidan  shakllantirilsa-da,  muayyan  shablonlarga  bo‘ysundirilgan  va 

individuallik  xususiyatlaridan  mahrum  bo‘lgan  hujjat  hisoblanadi. 

Masalan,  ariza  aniq  bir  kishi  tomonidan  yoziladi,  ammo  mazkur hujjatga 

xos bo‘lgan shablon va standart jumlalar til jihatdan individuallikni yo‘qqa 

chiqaradi. 

Ayrim  elementlarning  qo‘llanishi  rasmiy  va  ilmiy  matnlarda  muvofiq 

kelishi  mumkin.  Ammo  mohiyatan  ular  bir-birlaridan  farqlanadi. 

Publitsistik  uslubda  ham  o‘xshash  so‘z  va  jumlalar  faol  uchraydi.  Ular 

uchraydi, xolos. Ammo bu degani ularning rasmiy uslub doirasidan chiqib, 

publitsistik  uslub  ixtiyoriga  o‘tib  ketdi,  degani  emas.  Ommaviy  axborot 

vositalari orqali rasmiy xarakterdagi axborotlarning berilishi jatumanida bu 

vositalardan  aynan  ana  shu  rasmiylik  mezonini  saqlash  maqsadida 

foydalaniladi, xolos.  



 

29 


BIRINCHI BOB YUZASIDAN XULOSA 

1.Сўзлашув  услубида    кўпинча    турли    услубий      бўёқли      сўзлар, 

грамматик    воситалар,  товушлар    тушиб  қолиши,  орттирилиши  мумкин: 

Кеп қолинг! Оббо, ҳамма ишни  дўндирибсиз-да. Мазза қилдик.  Кетақо-о-

ол!  Сўзлашув  услубида    гапдаги  сўзлар  тартиби  анча  эркин  бўлади, 

пичинг,  қочириқлар, киноялар кўплаб ишлатилади. Кўпроқ содда гаплар, 

тўлиқсиз гаплар, ундалмали гаплардан фойдаланилади. 

2.Rasmiy nutq – ixcham nutq shakli.  Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 

rasmiy uslubning qo‘llanish ko‘lami O‘zbekiston Respublikasining «Davlat 

tili  haqida»gi Qonuni qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga 

kiritilgandan so‘ng g‘oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi.  

3.  Birinchi  navbatda,  matnda  bayonning  aniq  bo‘lishi  talab  etiladi. 

Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l 

qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon 

qilinishi  kerak:  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  hokimiyati  xalq 

manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 

uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat  beradigan  idoralar 

tomonidangina  amalga  oshiriladi.  (O’zR  Konstitutsiyasi,  7-modda). 

Aniqlik talabi uning ilmiy uslub bilan mushtarak jihatidir.  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

30 


IKKINCHI B OB  

RASMIY NUTQNING MORFOLOGIK  VA SINTAKTIK 

XUSUSIYATLARI 

II.1.   So’zlashuv va rasmiy uslubning morfologik , sintaktik 

xususiyatlari 

 

Kundalik hayotda uyda, ko’cha-kuyda, ish joylarida va boshqa 



joylarda  kishilarning  bir-biri  bilan  erkin  muloqotga  kirishuvi 

so’zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi.   

  Oddiy so’zlashuv uslubida so’zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, 

axborot  uchun  eng  kerakli  so’zlarnigina  ishlatadi.  Qolganlari  nutqiy 

vaziyatdan  bilinib  turadi  yoki  imo -ishira  va  mimikalar  bilan  to’ldiriladi. 

Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish  uchun so’raysiz:  

-Beshinchidan  ikkita  (Menga  beshinchi  qatordan  ikkita  chipta  bering 

deb o’tirmaysiz).   

  -Ettinchidan uchta (Menga yettinchi qatordan uchta chipta bering deb 

o’tirmaysiz).   

  -O’ninchidan  oltita  (Menga  beshinchi qatordan oltita chipta ber ing 

deb o’tirmaysiz).   

  Ko’rinib turibdiki so’zlashuv uslubida ham so’z, gap va matnlarning 

belgilari morfologiya va sintaksisda yakkol ko’zga tashlanadi.   

Rasmiy  matnlarning  uslubiy  alomatlari  uning  morfologiyasi  va 

sintaksisida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Masalan,  har  bir  so‘z  turkumiga  oid  so‘zlarning  qo‘llanishida o‘ziga 

xoslik  ko‘zga  tashlanadi.  Otlarni  olaylik.  Umumlashtiruvchi  ma’nodagi 

otlar  faol:  bolalar,  ota-onalar,  qo‘shin,  qurol,  aholi,  xalq,  ishchilar, 

xizmatchilar,  shaxslar,  tomonlar,  saylo vchilar,  partiyalar,  vakillar  va 

hokazo.  Otlarning  ma’lum  bir  qismi  rasmiy  uslub  ichidagi  janr 

ko‘rinishlariga mos tarzda qo‘llaniladi. Idoraviy uslubdagi ma’lumotnoma,  

dalolatnoma,  ariza,  tilxat,  tavsifnoma,  bayonnoma  singari  otlar  bunga 

misol bo‘la oladi. 


 

31 


Noaniqliklarga  yo‘l  qo‘yilmaslik  maqsadida  ular  olmoshlar  bilan 

almashtirilmaydi:  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  taraqqiyot  yo‘lini,  o‘z 

nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog’i, madhiyasini ta’sis 

etadi,  o‘z  davlat  tilini  belgilaydi.  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat 

mustaqilligining  ramzlari  muqaddasdir  (1991  yil  31  avgustda  qabul 

qilingan  «O’zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari 

to‘grisida»gi Qonunning 16-moddasidan). 

Rasmiy  uslubning  noemotsionallik  tabiatidan  kelib  chiqib,  asliy 

sifatlarning  qo‘llanishi  xos  emas.  Nisbiy  sifatlar  esa  faol  qo‘llaniladi: 

konstitutsiyaviy,  qonuniy,  noqonuniy,  huquqiy,  ma’muriy,  tashkiliy, 

idoraviy,  qat’iy,  amaliy,  majburiy,  meyoriy,  shaxsiy,  mahalliy,  xorijiy, 

hududiy,  jinoiy,  tarkibiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  doimiy,  ommaviy,  ma’rifiy, 

ma’naviy,  mintaqaviy,  jismoniy,  tarkibiy,  moddiy,  joriy,  namunaviy; 

raqamli, tegishli, vakolatli, malakali, maqsadli, istiqbolli, sonli, razryadli,  

tizimli,  darajali, ishonchli, samarali, imtiyozli, manfaatli kabi.  

Shu o‘rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik 

vositalar  va  kategoriyalarning  qo‘llanilishi  bir  xil  darajada  emasligini 

ta’kidlash  ham  maqsadga  muvofiq.  Masalan,  sonlar  va  olmoshlar  bu 

uslubda  boshqa  so‘z  turkumlariga  qaraganda  ikkinchi  darajali  omil 

hisoblanadi.  Ular  rasmiy  uslubning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  ko‘rsatib 

bera  olmaydi.  Bu  xususiyatlarni  fe’l  turkumi  doirasidagi  grammatik 

ko‘rsatkichlar belgilashi mumkin. rasmiy uslubga oid matnlarda fe’l so‘z 

turkumidagi so‘z shakllari alohida mavqega ega. Masalan, uning o‘timli va 

o‘timsiz shakllarini olib ko‘raylik. Konstitutsiya matnida quyidagi o‘timli 

fe’llar uchraydi: amalga oshirmoq, afv etmoq, bekor qilmoq, belgilamoq, 

vakolatlarini saqlab qolmoq, vakolatlarni amalga oshirmoq, jor iy qilmoq,  

jazolamoq, kafolatlamoq, rag’batlantirmoq, saylamoq, tayinlamoq, taqdim 

etmoq,  tartibga  solmoq,  tasdig’iga  kiritmoq, tasdiqlamoq, ta’minlamoq, 

ta’sis etmoq, tuzmoq, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritmoq, qabul qilmoq, 

hal qilmoq kabi. O‘timsiz fe’llar esa nihoyatda faol qo‘llaniladi. Bu holat,  



 

32 


ayniqsa, buyruq, farmoyish, bayonnoma, qaror, dalolatnoma, shartnoma 

singari  hujjatlar  matnida  yaqqol  namoyon  bo‘ladi:  saylanmoq,  amalga 

oshirmoq,  belgilanmoq,  tasdiqlanmoq,  taqdim  etmoq,  ilova  qilinmoq, 

rasmiylashtirmoq, taqdim etilmoq, qabul q ilmoq kabi. 

L.G.Barlas  fikricha,  fe’lning  infinitiv  shaklining  hissasi  boshqa 

uslublarga  qaraganda  birmuncha  yuqori,  taxminan  38%,  boshqacha 

aytganda, ilmiy uslubga nisbatan ikki baravar, badiiy uslub ga nisbatan uch 

baravar ko‘p. Fe’lning hozirgi zamon shakllari 79 % ni tashkil etadi ( ilmiy 

uslubda 69%, badiiy uslub da 11%). 

Bu  uslubda  fe’lning  harakat  nomi  shakli  faol  qo‘llaniladi,  gapning 

kesimi  ko‘pincha  hozirgi  zamonning  majhul  nisbatida  ifodalanadi, 

hujjatning  xarakteriga  qarab  shart  mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi. 

Masalan,  «O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  «O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining  mutloq vakolatlari» haqidagi 78- moddasida 

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, qabul qilish, b elgilash, tasdiqlash, 

tartibga  solish,  o‘zgartirish,  joriy  q ilish,  komissiyasini  tuzish,  saylov 

kunini  tayinlash,  saylash,  ozod  etish,  ratifikatsiya  qilish,  ta’sis  etish, 

amalga oshirish singari fe’lli birikmalar ishlatilgan. Ushbu hujjatda amalga 

oshirilmoq,  asos  bo‘lmoq,  tashkil  etmoq,  belgilanmoq,  asoslanmoq, 

hisoblanmoq,  himoya  q ilinmoq,  amalga  oshirmoq,  tan  olinmoq,  ish 

ko‘rmoq, ado etmoq, kafolatlanmoq, taqiqlanmoq. tavsiya et ilmoq singari 

fe’llarning  faol  ishlatilishi  ham  yuqoridagi  fikrning  tasdig’idir.  Rasmiy 

matnlardagi  to‘lov,  oqlov,  boshqaruv,  hal qiluv, surishtiruv kabi so‘zlar 

ham  harakat  nomidir.  Mana  shu  tarzdagi  imperativ shakllar  rasmiy uslub 

uchun xos xususiyat sanaladi.  

Fe’lning yana quyidagi shakllari mazkur uslub uchun xarakterli: 



-majhul  nisbat  shakli:  musodara  qilinmoq, saylanmoq, hal etilmoq, 

qo‘llanilmoq  singari:  O’sha harakatlar: b) boshqacha og’ir oqibatlarning 

kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, mol-mulk musodara qilinib, yetti yildan o‘n 

yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  jazolanadi  (Jinoyat  kodeksi). 



 

33 


O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  107-moddasiga  muvofiq 

Konstitutsiyaviy  sud  besh  yil  muddatga  saylanadi  («O‘zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida» Qonun). Advokatura 

manfaatlariga  daxldor  masalalar  davlat  organlari  tomonidan  respublika 

advokatlar  jamoat  birlashmasi  ishtirokida  belgilangan  tartibda  hal  etiladi 

(«Advokatlik faoliyati... to‘grisida» Qonun).  



-buyruq 

mayli: 

topshirilsin, 

tasdiqlansin, 

amalga  oshirilsin, 

belgilansin,  tayinlansin,  ta’minlansin  kabi:  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.  A.  Karimovning  ma’ruzasidagi  konseptual  qoidalar  va 

xulosalar  ma’qullansin  hamda  ular  Oliy  Majlisning  kelgusi  faoliyatida 

inobatga olinsin. Ma’ruzaning ... dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa 

huquqni  muhofaza  qilish  organlari,  sudlar  faoliyati  uchun  asos  qilib 

olinsin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ... mustaqillik va 

demokratiya  qo‘lga  kiritgan  yutuqlarni  himoya  qilish,  ijtimoiy  adolat, 

fuqarolar  tinchligi  hamda  totuvligini  ta’minlash  ishlarini  kuchaytirish 

tavsiya etilsin. (O‘zR Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy 

majlisining  oltinchi  sessiyasidagi  ma’ruzasi  yuzasidan  O‘zR  Oliy 

majlisining  2001 yil 29 avgust qaroridan).  

Harbiy  hujjatlarda,  jumladan,  «O‘zbekiston  Respublikas i  Qurolli 

kuchlarining  umumharbiy  Nizomlari»da  (Toshkent:  «Sharq»,  2004)  aks 

etgan  komandalar  ham  fe’ lning  shu  maylida  shakllangan:  b ayroqdor, 

ortimdan qadam bos; Vzvod, bayroqqa qarab qadding ni rostla; qorovulga 

moslan; To‘griga yur; Vzvod, qurollarni oyo q yoniga qo‘y kabi. Ammo shu 

mayldagi fe’l shakllari badiiy uslubda boshqacha ma’no kasb etadi, ya’ni 

istak mazmuni kuchli bo‘ladi: Balki o‘shalar «Tezroq o‘la qolsin» deb duo  

qilishayotgandir... Men... Jalildan qarzman. Ha... qarzim bor undan. Hovli-

joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab  qo‘yishim kerak, mendan 

keyin olib bersin (T.Malik). 

-hozirgi-kelasi  zamon  shakli:  ko‘rib  chiq iladi,  belgilanadi, 

taqiqlanadi, amalga oshiriladi, tasdiqlanadi kabi: Hokimning O‘zbekiston 



 

34 


Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti  va  Hukumatining  hujjatlariga  zid,  prokuror  protest  b ildirgan 

qarorlari shu hokimning o‘zi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  zaruratiga  qarab  es a 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  qayta  ko‘rib  chiqiladi. 

Shuningdek deputatlarning mas’uliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir 

boshqa  masalalar  xalq  deputatlari  Kengashining  ish  tartibiga  muvofiq 

belgilanadi.  («Mahalliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risida»  Qonun).  Tarixiy-

madaniy  ekspertiza O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari 

vazirligi  tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi («Madaniy meros... 

to‘g‘risida» Qonun), O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa 

tillarga  mensimay  yoki  xusumat  bilan  qarash  taqiqlanadi  («Davlat  tili 

haqida» Qonun). 

Ammo fe’lning 1,2-shaxs ko‘rsatkichlari xos emas. 

Shuningdek, rasmiy uslubda modal xarakterdagi so‘zlar chastotasi ham 

sezilarli  darajada:  majbur,  shart,  mas’ul,  javobgar,  haqchi  kabi:  Davlat 

hokimlari  va  boshqaruv  organlari...foydalanuvchilarni  fuqarolarning 

huquqlari,  erkinliklari  va  majburiyatlariga,  ularning  xavfsizligiga  doir... 

masalalar  yuzasidan  axborot  b ilan  ommaviy  tarzda  ta’minlashga 

majburdirlar.  Maxfiy  axborot  mulkdori,  egasi  axborot  so‘rayotgan 

shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to‘grisida xabardor 

etishi  shart  («Axborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to‘g‘risida» 

Qonun). Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari v a 

idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo‘lgan mahsulotlar yetkazib ber ilishi, 

tarmoqning  safarbarlik  tayyorgarligi  uchun  mas’uldirlar  («Mudofaa 

to‘grisida»  Qonun).  Vazirlar  Mahkamasi  o‘z  faoliyatida  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida 

javobgardir  («O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘grisida» 

Qonun). 

So‘zning  analitik  shakllari  ko‘p  uchraydi:  qonun  bilan,  sud  hukmi 



 

35 


bilan,  advokatlik  faoliyati  bilan,  prokurorlarning  sanksiyasi  bilan, 

himoyasidagi  shaxs  bilan,  jinoyatchilar  uchun,  himoya  qilish  uchun, 

maslahat olish uchun, huquqini ta’minlash uchun kabi.  


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling