O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 55.81 Kb.
|
O \'quv dastur 1-kurslar uchun kimyoviy hisoblash tayyor
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGINAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Kimyoviy hisoblashlar FANINING O`QUV DASTURI (Sillabus)
Fanning asosiy parametrlari
Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o’quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semester bo‘yicha taqsimoti
I. Fanning mazmuni Fanning maqsadi - “Kimyoviy hisoblash” fani kimyoning nazariy masalalari bo`lgan kimyoning asosiy qonunlar, massaning saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, ekvivalentlar qonuni, atom va molekulyar massa, modda miqdori, Avogadro soni, ideal gaz qonunlari, kimyoviy elementlarning davriy qonuni, atom tuzilishi, kimyoviy bog’lanishlar, valent bog’lar metodi, molekulyar orbitallar metodi, elektronga moyillik, ionlanish potensiali, elektromanfiylik, kimyoviy reaksiya energetikasi, moddaning hosil bo’lish entolpiyasi, kimyoviy bog’ energiyasi, Gibbs soni, kimyoviy reaksiya tezligi va muvozanat, eritmalarining konsentratsiyasi, elektrolitik dissosiyalanish, vodorod ko’rsatkich, tuzlar gidrolizi, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari, elektroliz va boshqa mavzularga oid masalalar yechishning ilmiy asoslarini o`rgatish vazifalarini bajaradi. Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi: - Kimyoviy hisoblash fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi to’g’risida tasavvurga ega bo‘lishi; - kimyodan hisoblashlarning nazariy asoslari, turlari, metodlari va usullari, aralashmalarga doir, test tuzishga qo’yiladigan didaktik talablar, test javoblarining alternativlik prinsipini bilishi va ulardan foydalana olishi; - umumiy va anorganik kimyo kursi bo’yicha masalalar tuzish, kimyodan test, savol va masalalarini tuzish, kompyuter orqali o’tkaziladigan test nazorati dasturini tuzish va ulardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Fanning asosiy vazifasi - talabalardan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida shuningdek, umumiy kimyo fanining eksperiment o‘tkazish imkoniyati juda yuqori bo‘lganligi uchun uni o‘rganish davrida kimyoviy idishlar, kimyoviy reaktivlar, gazli va elektr qizdirish vositalari bilan ishlay olish, zamonaviy tarozilarda tortish, turli laboratoriya operatsiyalarini o‘tkaza bilish, shisha naylar va idishlar yordamida turli tajribalar o‘tkazish, qurilmalarini yasay bilish, o‘quv adabiyotlarini tahlil qila olish, kimyoviy formula va tenglamalar bilan hisoblashlar o‘tkazish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lish talab etiladi. II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar) 1-modul: Kimyoning аsosiy tushunchа vа qonunlаri. 1-mavzu: Kimyoning аsosiy tushunchа vа qonunlаri. Massaning saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, ekvivalentlar qonuni. Kirish. Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Kimyoning shakllanishi va rivojlanish tarixi hamda, unga olimlarning qo‘shgan hissasi. O‘zbekistonda kimyo fani va sanoatning rivojlanishi. 2-mavzu: Atom va molekulyar massa, Absalyut massa, modda miqdori, Avogadro qonuni Kimyoning asosiy qonunlari: moddalar massasining va energiyaning saqlanish qonunlari, massa va energiya orasidagi bog‘lanish. 3-mavzu: Ideal gaz qonunlari. Mendeleyev Klapetron tenglamasi. Gazlarning holat tenglamasi. Kimyoning asosiy qonunlari: Mendeleyev Klapetron tenglamasi. Gazlarning holat tenglamasi. 2-modul: Davriy qonun va atom tuzilishii. Kimyoviy elementlarni sinflarga ajratish yo‘lida olib borilgan dastlabki izlanishlar. Davriy qonunning kashf etilishi va elementlar davriy sistemasining tuzilish printsipi. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi. 4-mavzu: Kimyoviy elementlarning davriy qonuni, atom tuzilishi Davriy qonunning kashf etilishi va elementlar davriy sistemasining tuzilish printsipi. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifi. 5-mavzu: Kimyoviy bog’lanishlar, valent bog’lar metodi, molekulyar orbitallar metodi, elektronga moyillik, ionlanish potensiali, elektromanfiylik. Kimyoviy bog‘lanish nazariyasi. Kimyoviy bog‘lanishning asosiy tavsifi. Kimyoviy bog‘lanish va uning turlari: kovalent va ion bog‘lanish. Kovalent bog‘lanish turlari: qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lanish Download 55.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling