Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
multimedia ilovalarini yaratishning zamonaviy amaliy va texnik vositalari tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amanbayeva Dilnoza Saparbayevna “Multimedia ilovalarini yaratishning zamonaviy amaliy va texnik vositalari tahlili”
- II BOB. MULTIMEDIA ILOVALARINI YARATISHNING ZAMONAVIY AMALIY VA TEXNIK VOSITALARI TAHLILI
- III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish
- Mavzuning dolzarbligi.
- BMI tuzilishi va hajmi
- Multimedia injiniringi
- Salohiyat
- 1.2. Multimedia vositalarini ta‟limda qo„llashda yaratiladigan imkoniyatlar
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
Ish ko„rib chiqildi va himoyaga qo„yildi ―Axborot ta‘lim texnologiyalari‖ kafedrasi mudiri __________f-m.f.n. Mamedov Q. «____» ______________2017-yil
vositalari tahlili” mavzusidagi
5350400-―AKT sohasida kasb ta‘limi‖ yo‗nalishi bo‗yicha bakalavr darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Bitiruvchi
Amanbayeva D.
(imzo)
Rahbar
dots, t.f.n Sobirov B. (imzo)
Maslahatchi
ass. Allaberganova D. (imzo)
Taqrizchi
kat. o‗q. Razzaqov B. (imzo)
Urganch – 2017 Mundarija Kirish I BOB. TA‟LIMDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB DARS O„TISHNING SAMARADORLIGI 1.1. Multimediani ta‘limda qo‗llashning asosiy afzalliklari 1.2. Multimedia vositalarini ta‘limda qo‗llashda yaratiladigan imkoniyatlar 1.3. O‗quv qo‗llanmalari yaratishda multimediani qo‗llash 1.4. Masalani qo‗yilishi II BOB. MULTIMEDIA ILOVALARINI YARATISHNING ZAMONAVIY AMALIY VA TEXNIK VOSITALARI TAHLILI 2.1. Multimedia ilovalarini yaratishda zarur texnik vositalar 2.2. Multimedia ilovalarini yaratishga mo‗ljallangan dasturiy vositalar 2.3. Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bosqichlari 2.4. AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanib Zamonaviy o‗quv texnik vositalar fani bo‗yicha multimedia ilovasini yaratish III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA 3.1. Ishlab chiqarishda xonalarga qo‗yiladigan mikroiqlimining gigienik normalari 3.3. O‗zbekistonda ekologik vaziyatlar va ekologik xavfsizlikni ta‘minlash
Kirish Zamonaviy axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta‘sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Hozirda rivojlanib borayotgan multimedia texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mavjud bo‗lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatida yetakchi o‗rin egallamoqda. Bugungi
kunda ilg‗or
pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng ko‗lamda joriy etish bo‗yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish taqozo etilmoqda. Hozirgi davrda ko‗plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa
tadbirlarni o‗tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma‘lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko‗rgazmali bo‗lishi uchun ko‗proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma‘lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo‗lish bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta‘rifga ega: • Multimedia – turli ma‘lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini qo‗llash tartiblarini ta‘riflovchi texnologiya; • Multimedia – kompyuter apparat ta‘minoti (kompyuterda kompakt- disklar o‗qish qurilmasi – CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma‘lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystick va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi); • Multimedia – bu bir necha ma‘lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma‘lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Multimediali texnologiya (multi – ko‗p, media – muhit) bir vaqtning o‗zida ma‘lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta‘sir o‗tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Oxirgi yillar davomida ko‗plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‗rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) Ma‘ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‗rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‗llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proektorning paydo bo‗lishi ma‘ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‗rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‗zida mujassam qilgan ko‗rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Ma‘lumki, inson ma‘lumotning ko‗p qismini ko‗rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyada undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e‘tiborini ko‗proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya‘ni interfaol bo‗lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma‘lumotni to‗g‗ridan to‗g‗ri qabul qilishni ta‘minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma‘lumotlarni ko‗radi va o‗zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma‘lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Multimedia vositalari bilan ishlovchi dasturlar ko‗pmodallidir, ya‘ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta‘sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e‘tiborini tortadi. Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o‗ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi. Illyustratsiya, jadval va chizmalar mavjud bo‗lgan animatsiya elementlari va ovoz jo‗rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o‗rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta‘lim oluvchining bilim olishga bo‗lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to‗laroq tushunchaga ega bo‗lishini ta‘minlaydi. Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‗naltirilgan ta‘limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‗ptarmoqli, predmetga yo‗naltirilgan multimediali o‗quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.
ta‘lim tizimida ham bilim berish jarayoni, tadbirlarni o‗tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma‘lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko‗rgazmali bo‗lishi uchun ko‗proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma‘lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo‗lish bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia vositalarini yaratish jarayonida zamonaviy, amaliy va texnik vositalarini to‗g‗ri qo‗llay bilish va shu asosida o‗quvchilarga ta‘lim berishni yo‗lga qo‗yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
yangi shakllarini (ilovalar) ishlab chiqish, multimediani ta‘lim va boshqa sohalarda qo‗llash, multimedia texnologiyalarini ishonchlilik, xavfsizlik va unumlilik ko‗rsatkichlarini oshirishni takomillashtirishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari – multimedia ilovasi yaratish jarayonida zamonaviy, amaliy va texnik vositalarni to‗gri hamda samarali qo‗llashni o‗rgatish. Multimedia ilovasi yaratish.
talabalariga multimedia ilovalarini o‗qitish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishi predmeti: Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim muassalari talabalariga multimedia ilovalarini o‗qitish jarayonini tashkil etish. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: Hozirgi kunda multimedia ilovalarini tayyorlash, elektron darslik va elektron qo`llanmalar yaratish, multimedia texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish har qanday S darajadagi foydalanuvchilarning zaruriy ehtiyojiga aylanib bormoqda. Multimedia ilovalarini yaratishda mazkur bitiruv malakaviy ishidan ham foydalanish mumkin.
adabiyotlar ro‗yhati va ilova qismi. I BOB. TA‟LIMDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB DARS O„TISHNING SAMARADORLIGI 1.1. Multimediani ta‟limda qo„llashning asosiy afzalliklari Multimedia texnologiyalariga qiziqish amerikalik kompyuter mutaxassisi biznesmen Bill Geytsning nomi bilan bog‗liq. 80 yillarga kelib u ("National Art Gallery. London") nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimedia dasturida muzeyning ma‘lumot omborlaridan foydalanilgan. Bunda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn tizimi namoyon qilingan. Aynan mana shu multimedia dasturi o‗z ichiga multimedianing uchta asosiy tamoyilini qamrab olgan. - Axborotni odam qabul qila oladigan bir nechta muhit yordamida tasvirlash. (multi –ko‗p va media - muhit); - Foydalanuvchi tomonidan ―mustaqil qidiruv‖ asosida dastur chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o‗zining mustaqil usullarini qo‗llash; -Navigatsiya vositalari va interfeys dizaynidan foydalanish. Multimedia injiniringi – bu multimediali dasturiy maxsulotning interfeysi va imkoniyatlarini foydalanuvchi talabidan kelib chiqqan holda aniqlash jarayoniga aytiladi. Multimedia injiniringi bir vaqtning o‗zida ma‘lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, video va audio. Multimedianing eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta‘sir o‗tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Multimedia texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta‘minlangan dasturiy vositalarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o‗z ichiga interfaol interfeys va mexanizmlarini qamrab oladi.
Undan tashqari multimedia texnologiyasidan foydalanuvchi o‗zi dizayn bilan shug‗ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (xarakatsiz) va dinamik (xarakatlanuvchi) tasvirlarni
yaratishi hamda o‗z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin. Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar tegishli: -bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma‘lumotlarni saqlash imkoniyati ( 20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan xam ko‗p yuqori sifatli tasvirlar, 30 – 45 minutli videoyozuvlar, 7 soatga teng tovush ma‘lumotlari); -ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. (rejim ―lupa‖). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san‘at asarlarini taqdimotidan foydalanish mumkin; -tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash; -film
va videotasmalardagi videofragmentlardan va
―stop-kadr‖ effektlaridan foydalanish; -ma‘lumotlar omborini disk mundarijasiga kiritish, obrazlarning qayta ishlash usullari va animatsiya imkoniyatlari; -Internet tarmog‗iga ulanish imkoniyati; -turli matn, grafika va tovush muharrirlari va kartografik ma‘lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari; -avtomatik ravishda dasturiy mahsulotning umumiy mundarijasini ko‗rib chiqish (―slayd-shou‖) yoki animatsiya va tovush bilan ta‘minlangan ―yo‗lboshlovchi‖, ya‘ni ―gid‖ni yaratish; Hozirgi vaqtda multimedia texnologiyalari inson faoliyatining biznes, ta‘lim, tibbiyot va boshqa shu singari turli sohalarida qo‗llanilishini ko‗rish mumkin. Ushbu faoliyat yo‗nalishlarida multimedia mahsulotlarini yaratish uchun keng ko‗lamdagi dasturiy mahsulotlar mavjud. Ulardan ba‘zilari multimedianing alohida komponentlari bilan ishlashga mo‗ljallangan. Multimedia texnologiyalaridan oddiy foydalanuvchilar ko‗plab maqsadlarda foydalanishi mumkin. Ular quyidagicha: -O‗qitish dasturlarida – bunda o‗qitish jarayonida turli rasmli animatsiyalar, elektron darslik, elektron kitob va elektron o‗quv qo‗llanmalar bo‗lishi mumkin. -Ensiklopediyalar – bu biror–bir atamani yoki ilovani tushuntirishda turli multimedia ilovalarini qo‗llash. -Ma‘lumotnomalar – berilayotgan ma‘lumotni turli shaklda keltirish va tushinishni osonlashtirish. -Grafik paketlar – turli grafik ilovalar ustida ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar. -Musiqa tahrirlovchilar – musiqa fayllari ustida turli amallar bajarish. Talab darajasida to‗g‗ri ishlab chiqilgan multimedia mahsulotlari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‗or usul bo‗lib, o‗quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‗tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‗ra (Shephard – Shepard) to‗g‗ri ishlab chiqilgan multimedia mahsulotlari bir qancha afzalliklarga ega: 1. Muqobil istiqbollar 2. Faol ishtirok 3. Tezkor ta‘lim olish 4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‗llay olish 5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‗nikmalari 6. Tizimli ravishda tushuna borish 7. Yuqori darajadagi tafakkur 8. Mustaqillik va e‘tiborlilik 9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish 10. Qo‗llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari 1-rasm: Matn va videoning onlayn usulidagi trening jarayonida birga ishlatilishi. Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o‗tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‗ra multimedianing ma‘lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinatsiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o‗rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. 1-rasmda Learning Peaks firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, sotuv bo‗yicha onlayn usulidagi trening ekrani ko‗rsatilgan. Ushbu misolda ekranning o‗ng tarafidagi matnda, videoda ko‗rsatilayotgan jarayonga qisqacha sharh berib o‗tilgan. Multimedianing samaralilik prinsiplariga ko‗ra (Meyer bo‗yicha), ta‘limning muvaffaqiyatliligini oshirish uchun tasvir va sharhlovchi matn bir-biriga yonma-yon joylashgan bo‗lishi zarur.
Quyidagi Xede va Xede (Hede and Hede) modelida multimedia resurslari vositasida o‗qitish jarayoniga ta‘sir etuvchi omillar va ularning o‗zaro ta‘siri ta‘riflangan (2-rasm).
2-rasm: Multimedianing ta‘limga ta‘sirini ta‘riflovchi model. 2-rasmdagi matn bloklari (yuqoridan pastga): Video (matn, rasm, video, animatsiya) Audio (suxandon ovozi, yo‗riqnomalar, replikalar, musiqa) Diqqat.
Ishchi xotira (ma‘lumotlarga ishlov berish) (modal effektlar, ikkilik kodlash, kognitiv qayta yuklash, takrorlash, kognitiv ulanish) Davomli xotira (me‘yoriy talablarga oid bilimlar, shartli bilimlar, jarayonga oid bilimlar) O‗qitish.– doira ichida: O‗quvchilarni (o‗quv jarayonini) boshqarish (vazifa uchun vaqt, o‗zaro faollik, navigatsiya) Motivatsiya (tashqi, ichki). O‗qitish stili (yuzaki/chuqur, tashqi omillarga bog‗liq/tashqi omillarga bog‗liq emas, faol/sust, vizual/verbal, ―Kolb‖ning 4 stili). Kognitiv jalb etish.
Ushbu model ishlab chiqaruvchilarga qaysi omillar multimedianing ta‘lim jarayoni uchun u yoki bu darajada samarali bo‗lishini hisobga olishda yordam beradi. Layo (Liao)ning meta-tahlili multimedia resurslarisiz o‗qitish natijalarining to‗laqonli bo‗lmasligi va ushbu nomukammallik modelning ko‗pgina omillari bo‗yicha yuz berishi mumkinligini ko‗rsatdi. Multimedia resurslarining samaraliligiga Xede va Xede modelida keltirilgan omillardan har qaysisining ta‘sir etishi mumkinligi bois, Layoning xulosalari umumiy pedagogik dizaynning qanchalik muhimligini ko‗rsatmoqda. Ta‘kidlash mumkinki, multimedia resurslari ta‘lim jarayoniga juda ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, lekin ushbu resurslarni yaratishga e‘tibor bilan yondashish zarur. Ta‘lim jarayonida multimedia qanday ishlaydi? Samarali ishlab chiqilgan ta‘lim muhiti (shu jumladan, multimediali ta‘lim muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‗z ichiga qamrab oladi: 1. Axborotlarni aks ettirish. 2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‗yicha qo‗llanma. 3. Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar. 4. O‗tilganlarni takrorlash yoki keyingi bosqich (qadam)ga o‗tish zarurligini aniqlash uchun o‗zini baholash.
Meyer bo‗yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari. Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Multimediali taqdimot matnli ma‘lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‗rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‗lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta‘minot bo‗lishi mumkin. Taqdimotning ma‘lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya‘ni belgilangan shaklda o‗zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‗lishi mumkin. Ya‘ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‗lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‗rib, kompaniya saytidan eng yangi ma‘lumotni olish mumkin Multimedia dasturlari orqali o‗qitish o‗quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko‗lamda tizimga keltirishga ko‗maklashadi, ta‘lim
oluvchilarga ta‘limning to‗liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o‗tish imkonini beradi. Ta‘lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni uzatish uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an‘anaviy ta‘lim va ma‘lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‗zgacha o‗rin olgan yangi muammolarning, echimlarning, yangi kesishish nuqtalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
1.2. Multimedia vositalarini ta‟limda qo„llashda yaratiladigan imkoniyatlar
Multimedia mahsulotlari barcha sohalarda ilg‗or qadam tashlamoqda. Multimedia texnologiyasining tadbiq etish sohalaridan asosiysi keng ma‘noda ta‘limdir: ya‘ni videoensiklopedia, interaktiv yo‗naltirgich, trenajerlar, intellektual o‗yinlar, kompyuter o‗qitish tizimi va masofaviy ta‘lim yo‗nalishlaridir. Multimedia tizimini nafaqat oliy va o‗rta ta‘lim tizimda bundan tashqari malakali mutaxasislar tayyorlash markazlarida, maktabgacha tarbiya korxonalarida ham muvafaqiyatli qo‗llash mumkin. Multimedia qurilmalari va dasturlari hamda interaktiv doska bilan ta‘minlangan kompyuter tizimi inson faoliyatida va bilim soxalarida sekin asta universal o‗qitish yoki axborot vositalari bo‗lib qolmoqda. Multimedia platasi o‗rnatilgan shaxsiy kompyuterlar amalda deyarli hamma soha bo‗yicha universal o‗qituvchi va axborot vositalariga aylanadilar. Buning uchun shu soha bo‗yicha CD – ROMdan o‗qiladigan darslik disklar bo‗lishi yetarlikdir. Multimedia texnologiyalari ta‘limning turli soxalarida maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda keng miqyosda o‗z o‗rnini egallamoqda. Multimedia maxsulotlarini pedagogik jarayonda foydalanishning ikki xil yo‗lda amalga oshirish mumkin. 1.Bozorda mavjud dasturiy maxsulotlardan o‗qitiladigan fan doirasiga mos keladiganlaridan foydalanish. Tajriba ko‗rsatadiki, tanlash masalasi ancha murakkab, chunki mavjud maxsulotlar o‗tiladigan fan dasturiga mos bo‗lishi, pedagog tomonidan qo‗yilgan ma‘lumotlarning ishonchlilik talablariga, qabul qilinish darajasiga, to‗liqligiga javob bera olishi lozim. Bu esa ko‗pgina xollarda maxsulotni yaratish jarayonida o‗rganilayotgan soxadan kerakli bilimga ega bo‗lgan mutaxasis-pedagog ishtirok etmaganligidandir. 2.O‗qituvchi tomonidan o‗qitiladigan fan maqsadiga va ko‗riladigan masalalar doirasiga mos multimedia maxsulotini yaratish. Buning uchun fan o‗qituvchilari multimedia texnologiyalari bo‗yicha malakalarini turli kurslarda
oshirishi, shuningdek kompyuter imkoniyatlarini batafsil o‗rganib chiqishi, qo‗shimcha tasvirlarni ko‗rsatish vositalari va interaktiv doskaning imkoniyatlarini bilishlari lozim. Ikkala ko‗rsatilgan yo‗l multimedia texnologiyalari soxasi bo‗yicha yuqori kasbiy bilimga ega bo‗lishlikni talab etadi, shuningdek apparat va dasturiy vositalardan samaraliy foydalanish bo‗yicha yaxshi tayyorgarlikka ega bo‗lish lozim. Asosan multimedia tizimining ikki turidan foydalanilmoqda: tashqi qurilma to‗plamiga ega bo‗lgan shaxsiy kompyuter asosidagi va ikki tomonlama axborot almashuvi orqali o‗qitishning elektron doskasi (interaktiv doska) proektor va tizimli blok asosidagi turlari. Multimedia vositalarini ta‘limda qo‗llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi: -ta‘limning gumanizatsiyalashuvini ta‘minlash; -o‗quv jarayonining samaradorligini oshirish; -ta‘lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‗zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta‘lim olish, o‗zini o‗zi tarbiyalash, o‗zini o‗zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo‗llay olishi, o‗rganishga bo‗lgan qiziqishi, mehnatga bo‗lgan munosabati); -ta‘lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; -kompyuter vositalari va axborot elektron ta‘lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta‘lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta‘limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari tez suratlarda kengaydi; -ta‘lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub‘ekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish; -ta‘lim oluvchi o‗quvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish; -mustaqil o‗quv faoliyatini olib borish, bunda ta‘lim oluvchi mustaqil o‗qib va rivojlanib boradi; -ta‘lim oluvchilarda, o‗zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‗zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish ko‗nikmalarini hosil qilish. Multimediali vositalarni tasniflashda bir nechta yondashuvlar mavjud. Ko‗p hollarda ular funksional yoki uslubiy maqsadi (vazifalari) bo‗yicha tasniflanadi. Multimediali o‗quv vositalarini funksional maqsadlari bo‗yicha tasniflash. -Ta‘lim beruvchi o‗quv axborotini taqdim etadi va o‗quvchi egallagan bilimi, imkoniyatlari va qiziqishlariga muvofiq ta‘lim olishini yo‗naltiradi; -Tashxis vositalari o‗quvchining ongi va tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun mo‗ljallangan; -Jihozlar, dasturiy vositalar ishlab chiqish, o‗quv-uslubiy materiallarni tayyorlash uchun mo‗ljallangan; -Fanga yo‗naltirilgan, modellashtirish uchun mo‗ljallangan; -Boshqaruv vositalari, ishni bajarish jarayonida o‗quvchilar faoliyatini boshqarish uchun mo‗ljallangan; -Ma‘muriy vositalari, ta‘lim jarayonini tashkil etish, hujjat tayyorlash va almashish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan; -O‗yin vositalari, turli xil o‗yin va o‗yinli o‗quv faoliyatlarini ta‘minlaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling