Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqladi
- DA’VO ARIZA
- SO‘RAYMAN
- HAL QILUV QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
Ajrim qiladi:
Da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-3825/14-sonli fuqarolik ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudiga yuborilsin. Ajrimdan norozi tomonlar 10 kun muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishlari mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 372
AJRIM (da’vodan voz kechganligi sababli ish yuritishni tugatish to‘g‘risida) 2014-yil iyul oyining 8-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan 1-4081/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni Aniqladi: Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Da’vogar (F.I.O.) yozma ariza bilan sudga murojaat qilib, da’vo talabidan voz kechishini bildirdi. FPKning 100-moddasi 3-qismiga ko‘ra, da’vogar arz qilgan talablaridan voz kechgan bo‘lsa va sud bu voz kechishni qabul qilsa, sud ish yuritishni tugatadi. Sud da’vogarning nikohdan ajratish haqidagi da’vo talabidan voz kechishi qonunga xilof emasligi yoki boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini buzmasligi sababli, uni qabul qilishni va fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritishni tugatishni lozim deb hisoblaydi. Yuqoridagilarga ko‘ra, FPKning 40-, 100-modda 3-qismi, 101-, 237-238- moddalariga asosan, sud
Da’vogar (F.I.O.)ning nikohdan ajratish haqidagi da’vo talabi bo‘yicha ish yuritish tugatilsin. Ajrimdan norozi tomon 10 kunlik muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 373
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga
Da’vogar: (F.I.O.) -1988-y.t. Ya/j.: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Djambul ko‘chasi 24-uy.
Javobgar: (F.I.O.) -1988-y.t. Ya/j.: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Djambul ko‘chasi 24-uy.
(mol-mulkni o‘zganing egaligidan olish va birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan mol-mulklarni bo‘lish haqida)
Men (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) bilan 2008-yil 18-noyabr kuni Yakkasaroy tumani FXDYo bo‘limidan qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurdim, birgalikdagi turmushimizdan ikki nafar: 2009-yil 20-avgust kuni tug‘ilgan (F.I.O.) va 2011-yil 19- oktabr kuni tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlarimiz bor. O‘rtamizdagi nikoh bekor qilinmagan. Javobgar (F.I.O.) bilan oilaviy munosabatlarimiz to‘g‘ri kelmaganligi sababli hozirda birga yashamaymiz. Ayni paytda men farzandlarim bilan ota-onamning uyida yashab kelyapman. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga asosan, er-xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Javobgar (F.I.O.) bilan birgalikdagi nikohimiz davomida bir qancha mol-mulklar orttirilgan bo‘lib, ularni o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olish imkoniyati yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 27-modasi 1-qismiga ko‘ra, er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 28-moddasi 1-qismi talabiga ko‘ra, er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, agar er va xotin o‘rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, er va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi. Javobgar (F.I.O.) bilan birgalikdagi turmush davomida orttirilgan quyidagi mol mulklar javobgarning uyida qolgan bo‘lib, bular:
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 374
2010-yilda ishlab chiqarilgan “CHEVROLET NEXIA” rusumli, davlat raqami 01 Q 070 FA, 2008-yilda ishlab chiqarilgan “TOYOTA CORORLLA” rusumli, davlat raqami 01 F 050 CA bo‘lgan avtotransport vositalari va Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Spitamen ko‘chasi 13-uy hamda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Charog‘on” qishloq fuqarolar yig‘inidagi uylardan iborat. Bugungi kunda menga tegishli bo‘lgan ota-onam tomonidan qizlik sepimga olib berilgan mol-mulk quyidagilardan iborat: –
kamod (oynali)); – yotoqxona mebellari to‘plami (1 komplekt: shkaf, yotoq krovati (2 kishilik) 2 ta tumbalari, 1 ta tryumosi, 1 ta pufigi); – gilamlar (yotoqxonada 3 ta yashil, mehmonxonada bitta qizil, yo‘lakda bitta yo‘lak gilam, hammom va xojatxonada); –
–
bolalar o‘yinchoqlari va kiyim-kechaklari; –
parda(qirmizi rang), yog‘och va metaldan yasalgan veshalkalar 2 ta; –
bitta yog‘och sandiq va undagi narsalar; Penal shaklidagi bitta stol, bitta bolalar krovati (yog‘ochdan); –
bitta svetilnik, bitta bolalar beshigi; –
bitta ayollar paltosi, bitta ayollar yarim paltosi; –
bitta oq plash, bitta ayollar dublyonkasi, ayollar kiyim kechaklari; –
tryumo mebelida turgan va uning ichidagi narsalar; – mening (ayollar) kiyim-kechaklarim, mening (ayollar) oyoq kiyimlarim (kiyim- kechaklarim va oyoq kiyimlarim qishki va yozgi to‘plamlari) va boshq. (to‘liq ro‘yxat ilova qilinadi). Yuqoridagilarni inobatga olib va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-, 27–28-moddalari va FKning 164-moddasiga asoslanib, suddan
Javobgar (F.I.O.) bilan birgalikda nikoh davomida orttirilgan yuqorida qayd etilgan mol-mulklarni bo‘lib berishingizni. Menga tegishli bo‘lgan ota-onam tomonidan olib berilgan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulklarimni javobgardan olib berishingizni.
Ilova: 1) da’vo ariza nusxasi; 2) nikoh guvohnomasi; FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 375
3) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi; 4) manzillar ma’mulotnomalari; 5) davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.
Da’vogar:
imzo (F.I.O.) Ishonchli vakili advokat:
imzo
(F.I.O.)
HAL QILUV QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
2013-yil oktabr oyining 17-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida, raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, Bektemir tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.)ning ishtirokida da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan 1-4031/13-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan. Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talabini quvvatlab, javobgar (F.I.O.) bilan 2013-yil 27-iyun kuni Bektemir tumani FHDYo bo‘limida qonuniy nikohdan o‘tganligini, biroq to‘yiga yaqin qolganda javobgar bilan uning dunyoqarashi va xarakteri to‘g‘ri kelmasligini, bir-biri bilan kelisha olmasligini bilib qolganligini, ota- onalari bir-birlariga yaqinroq qarindosh bo‘lganligi sababli kelgusida hayotlarini o‘ylab, nikohni bekor qilishga qaror qilganliklarini, qonuniy nikohdan o‘tayotganda oila qurish niyati bo‘lganligini, oila qurishga uni hech kim majburlamaganligini bayon qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni hamda javobgar (F.I.O.) bilan o‘rtalarida qayd etilgan nikohni haqiqiy emas deb topishni so‘radi. Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olib, haqiqatdan ham da’vogar bilan o‘rtalarida nikoh 2013-yil 27-iyun kuni qayd etilganligini, boshida unda oila qurish maqsadi bo‘lganligini, da’vogar bilan xarakterlari to‘g‘ri kelmasligi sababli oila qurishni istamaganligini bayon qilib, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi. Sud majlisida uchinchi shaxs Toshkent shahar Bektemir tumani FHDYo bo‘limi vakili (F.I.O.) da’vo arizasini tan olmasdan, taraflar FHDYo bo‘limiga 2013-yil 22- mayda ariza bilan murojaat qilishganligini va tibbiy ko‘rikdan o‘tishganligini, berilgan FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 376
muddat o‘tib, 27-iyun kuni nikohlari qayd qilinganligini, bu holatda nikohni qayd qilishga monelik qiladigan holat bo‘lmaganligi sababli dalolatnoma yozuvi qayd etilganligini, nikoh qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilganini bayon qilib, suddan da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantirishni rad qilishni so‘radi. Sud taraflar va uchinchi shaxs ko‘rsatmalarini tinglab, Bektemir tumani prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning da’vo arizasini rad qilish haqidagi fikrini eshitib, ish hujjatlari bilan tanishib, quyidagi asoslarga ko‘ra, da’vogarning da’vo talabini qanoatlantirishni rad qilish lozim deb hisoblaydi. Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, taraflar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar Bektemir tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 2013-yil 27-iyunda 123-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qonuniy nikohdan o‘tishgan. Birgalikdagi turmushlaridan farzandlari yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga asosan, nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi: – Oila kodeksning 14–16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda; – soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda; – nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa. Shuningdek, mazkur kodeksning 50-moddasi 1-qismiga asosan nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga asosan, soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda, nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Yuqoridagi qonun talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyundagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 06-sonli qarorining 34-bandida ham tushuntirib o‘tilgan. Fuqarolik ishi materiallarida to‘plangan hujjatlar va taraflarning ko‘rsatmalaridan ko‘rinishicha, da’vogar (F.I.O.) va javobgar (F.I.O.)da qonuniy nikohni qayd qilishda oila qurish maqsadi bo‘lgan, ularni hech kim nikohdan o‘tishga majbur qilmagan. Taraflar o‘z ixtiyorlari bilan oila qurish maqsadida, qonuniy nikohdan o‘tish uchun FHDYo bo‘limiga ariza bilan murojaat qilganlar. Shuningdek, da’vogar (F.I.O.) ishni sudda ko‘rish davomida o‘z da’vo talabini tasdiqlovchi dalillar taqdim qila olmadi. Zero, FPKning 57-moddasiga ko‘ra, har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 377
hamda 59-moddasiga ko‘ra, qonun bo‘yicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan holatlarini boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas. Bunday holatda, sud da’voni qanoatlantirish uchun qonuniy asoslar aniqlanmaganini, da’vogar tomonidan ham nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladigan holatlar va bu holatlarni tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmaganini inobatga olib, da’vogarning da’vo talabini asossiz deb hisoblab, uni qanoatlantirishni rad qilishni lozim deb topadi. Sud arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda FPKning 120- moddasida sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlari da’vogardan davlat daromadiga undirilishi nazarda tutilgani sababli davlat boji masalasini muhokama qilib, da’vogar tomonidan da’vo arizasi berishda belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanini inobatga oladi. Yuqoridagilarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-, 49– 50 -moddalari, FPKning 57-, 203–206-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 06-sonli qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib, sud
Da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo talabini qanoatlantirish rad qilinsin. Hal qiluv qaroridan norozi tomon 20 kunlik muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat, prokuror apellyatsiya protesti keltirish huquqiga ega.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) HAL QILUV QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN 2013-yil aprel oyining 5-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, da’vogar Toshkent shahar prokurorining jamiyat va davlat manfaatida javobgarlar Toshkent shahar hokimiyati va (F.I.O.)ga nisbatan Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limida 2008-yil 5-mart kuni 113-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan nikohni haqiqiy emas deb topish hamda Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni haqiqiy emas FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 378
deb topish va propiskani bekor qilish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan 1- 596-3178/13-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Da’vogar Toshkent shahar prokurori jamiyat va davlat manfaatida javobgarlar Toshkent shahar hokimiyati va (F.I.O.)ga nisbatan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni haqiqiy emas deb topish va propiskani bekor qilish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan. Sud majlisida Mirobod tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) da’vo talablarini quvvatlab, ularni aniqlashtirib, javobgar (F.I.O.) Buxoro viloyatida tug‘ilib, muqaddam Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani, Sh.Mamanova ko‘chasi 16-uyda doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashab kelganligini, u 2008-yil 12-martda Toshkent shahar hokimiyatining Toshkent shahar ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiyasiga Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruhsat berishni so‘rab murojaat qilganligini, o‘z arizasiga 2008- yildagi 5-martdagi Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda bo‘lgan (F.I.O.) bilan Uchtepa tuman FHDYo tomonidan rasmiylashtirilgan nikoh tuzganligi haqidagi guvohnomani ilova qilganligini, mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida javobgar Uchtepa tuman IIB XChK va FRB inspektori bilan oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro (F.I.O.) bilan soxta nikoh tuzib, ushbu soxta nikoh guvohnomasi yordamida Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tishni maqsad qilganligini, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan 2011-yil 13-martda jinoiy ish qo‘zg‘atilganligini, javobgar (F.I.O.) fuqaro (F.I.O.) bilan oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikohdan o‘tganligini bayon qilib, suddan (F.I.O.) va (F.I.O.) o‘rtasida Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limida 2008-yil 5-martda 113-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan nikohni haqiqiy emas deb topishni, shuningdek, (F.I.O.)ning Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni haqiqiy emas deb topishni va propiskani bekor qilishni so‘radi. Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talabini tan olib, fuqaro (F.I.O.) bilan oila qurish niyati bo‘lmasdan nikoh qayd qilganligini, bundan asosiy maqsadi Toshkent shahrida doimiy propiskaga o‘tish bo‘lganligini bayon qilib, suddan da’vogarning da’vo talabini qonuniy hal qilishni so‘radi. Sudga tegishli tartibda chaqirilgan Toshkent shahar hokimiyati vakili va Uchtepa tumani FHDYo bo‘limi vakili noma’lum sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmadi, sudga kelmaslik sabablarini bayon qilmadilar. Sud FPKning 174-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishini Toshkent shahar hokimiyati vakili va Uchtepa tumani FHDYo bo‘limi vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topdi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 379
Uchinchi shaxs (F.I.O.)ning amalda ro‘yxatda qayd qilingan manzilda istiqomat qilmayotganligi va hozirgi turar joyi noma’lumligi uchun, sud majlisiga chaqirilganligi haqidagi chaqiruv qog‘ozini topshirishning ilojisi bo‘lmaganligi bois, sud mazkur fuqarolik ishini, FPKning 139-moddasiga binoan, uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topdi. Sud taraflar bayonotlarini tinglab, ish hujjatlarini muhokama etib va to‘plangan dalillarga huquqiy baho berib, da’vo talablarini asosli deb hisoblab, quyidagilarga ko‘ra uni qanoatlantirish lozim deb topdi. Sudda aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiya a’zolarining 2008-yil 19-sentabrda imzolangan 38-sonli xulosasi bilan javobgar (F.I.O.) Toshkent shahriga doimiy ro‘yxatdan o‘tish haqidagi arizasini qanoatlantirish haqida xulosa berilib, mazkur xulosa Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu xulosada javobgar (F.I.O.)ning Toshkent shahrida doimiy propiska qilinishiga asos qilib javobgar tomonidan u va fuqaro (F.I.O.) o‘rtasida 2008-yil 5- martda Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limida qayd qilingan nikoh tuzilganligi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga asosan, soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda, nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Shuningdek, Oila kodeksining 50- moddasi 1-qismiga asosan, nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Ushbu moddaga ko‘ra, er-xotin soxta nikoh qayd qildirgan va oila qurmagan bo‘lsalar, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 54-moddasi 2-qismiga asosan, soxta nikohni haqiqiy emas deb topishni prokuror talab qilishga haqli, er (xotin) oila qurish maqsadisiz nikohga kirgan hollarda esa, bunday talab xotin (er) tomonidan ham qo‘yilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi (F.I.O.)ning 2011-yil 13-mart kungi ayblovni to‘ldirib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaroridan ko‘rinishicha, javobgar (F.I.O.) Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tish maqsadida fuqaro (F.I.O.)ning ishonchini suiiste’mol qilib, u bilan oila qurish maqsadini ko‘zlamay, Uchtepa tumani FHDYo bo‘limida qonuniy nikohdan o‘tgan. O‘zbekiston Respublikasi FKning 12-moddasiga asosan, davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling