Maqsadi va vazifalari
Download 300.87 Kb. Pdf ko'rish
|
1-modul. Talimda axborot texnologiyalari fanining predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar.
- 1.2AXBOROT TUSHUNCHASI, AXBOROTNING XUSUSIYATI AXBOROTNING ASOSIY TAVSIFI.
- 1.3 AXBOROTNING SINTAKTIK, SEMANTIK VA PRAGMATIK O‘LCHOVLARI
- Axborot
1
QOʻLLANILISHI 1-MAVZU. TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI REJA: 1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi. 3.Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari. 4. Ma’lumotlarni kodlash, kompyuterning ishlash prinsiplari.
PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.
Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborot qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodaluvchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatik so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish maonolarini anglatadi. Fransuzcha informatigue (informatika) so‘zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash maonosini anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Comruter science (komppyuter texnikasi xaqidagi fan) sinonimi mos keladi.
Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda komppyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 70-yillar o‘rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral sxema va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat koppyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog‘lanadi.
Informatika axborotning qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga taosirini EXM tizimlariga asoslangan xolda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jixatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani sohasidir.
Informatika bu jixatdan axborot modellarini qurishning umumiy uslubiyot tamoyillarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Shu bois axborot uslublari oboekt, xodisa, jarayon va hakazolarini axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir.
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘p qirrali bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz.
Informatika - komppyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.
Informatika va kibernetika tushunchalarida ko‘pincha chalkashliklar uchrab turadi. Ularning o‘xshashligi va farqini tushuntirishga harakat qilamiz.
N.Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarini boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Kibernetika komppyuterlar mavjudligi yoki yo‘qligidan qatoiy nazar mavjuddir.
boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir.
Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli oboektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o‘zgartirish va barpo etish jarayonlarini o‘rganadi. Shu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan tasavvur hosil bo‘lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika komppyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolar yechimi bilan ifodalanmaydi, bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi. 2
Informatika komppyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo‘la olmaydi. Kibernetika komppyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin oboektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o‘z-o‘zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa ham, lekin: informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanishi;
kibernetika esa - oboekt modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotlardan keng foydalanishi jihatdan farqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi. “Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differinsial tenglamalar va matematik fizika, funksional tahlil sohasidagi yutuqlari respublikadan ancha uzoqda ham mashhur” deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundaki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va taolim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir.
1956 yilda akademik M.T. O‘razboev tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I.Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochilib, unga V.Q. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor “Ural-1” tipidagi EHM o‘rnatildi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining hisoblash markaziga ega bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Xalq xo‘jaligidagi turli vazifalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini rivojlantirgan akademik V.Q. Qobulov boshchiligadagi birlashmaning yetakchi olimlari O‘zbekistonda kibernetikaning tarkib topishi va rivojalanishiga ulkan xissa qo‘shdilar. Obrazlarni tekshirib bilish va sunoiy intellekt nazariyalar bo‘yicha katta maktab yaratgan akademik M.M.Komilov, matematik modellash va hisoblash eksperimenti, matematik va fizika murakkab vaziflarini hal etishni miqdoriy-tahliliy usullari bo‘yicha muxbir aozolar F.B.Abutaliev, B.A.Bendarenko, T.Bo‘riev, axborotni qayta ishlash bo‘yicha - akademik D.A.Abdullaev, kibernetika fanining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ulkan ilmiy maktablar o‘zagini yaratgan professorlar T.A.Valiev, Z.T.Odilova, O.M.Nabiev, D.N.Axmedova, R.S. Saydullaeva, Z.M. Solixov, F.T. Odilova, N.A. Mo‘minov va boshqalarning katta xizmatlarini taokidlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, birlashma olimlari tomonidan fundamental va amaliy ilmiy yo‘nalishlar belgilandi, O‘z.R. Fanlar Akademiyasi Xayoati tomonidan Respublikada kibernetika va axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Bulardan tashqari matematik modellar asosida xalq xo‘jaligi muammolarini xal qilish, iqtisodiyotda axborotlar tizimlaridan unumli va oqilona foydalanish, zamonaviy komppyuter texnologiyalarining xayotga keng tadbiq qilish sohalari bo‘yicha akademik S.S.G‘ulomovning, iqtisodiy kibernetika yo‘nalishi bo‘yicha professor T.Sh.Shodievning maktablarini tilga olish diqqatga loyiqdir.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va Respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo‘mitasi (FTDQ) qoshida axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari doirasida O‘zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va EHM va maolumotlar bazasi uchun dasturlarni xuquqiy muhofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O‘z FTDQ ning davlat patent idorasida 1995 yil sentabridan EHM va maolumotlar bazasi uchun dasturlarni xuquqiy muxofazalash usuli bo‘yicha agentlik ishlab turibdi. Bu idora dasturiy maolumotlar, shuningdek to‘liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazadi.
1994 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir: milliy axborot - hisoblash tarmog‘ini yaratish; 3
axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy meoyoriy xujjatlarni yuritish; axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish; informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;
informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.
Konsepsiyaning asosiy qoyidalari hisobga olingan “O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi” ishlab chiqildi, u uch maqsadli dasturni o‘z ichiga oladi:
a) milliy axborot - hisoblash tarmog‘i; b) EHM ni matematik va dasturiy taominlash;
v) shaxsiy komppyuter. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustuvor yo‘nalishi quyidagilardan iborat: davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari; elektron maolumotlar bazasi; fan-texnika axboroti (FTA) tarmog‘i; taolim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va soliqni saqlash sohalari axborot tizimlari; maolumotlarni uzatish va aloqa tizimlari; favqulodda holatlarining oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari.
Mazkur dasturda vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog‘ini yaratish, komppyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, xujjatlashtirishning meoyoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
Milliy axborot hisoblash tarmog‘i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega axborot
hisoblash tarmoqlari mujassamlashganligini o‘zida namoyon etuvchi ochiq tizim sifatida yaratilishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni bir necha bosqichida hal etish ko‘zda tutilmoqda. Birinchi bosqichda milliy tarmoqlar o‘zagini tashkil etuvchi asosiy davlat muassasalari axborot tizimi va tarmoqlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Bu tizimlarga asosiy talab: yuqori malakaliy ekspertizadan o‘tgan loyihadan mavjudligi; yuqori sifatli litsenziyali dasturiy vositalar va zamonaviy komppyuter texnikasi mavjudligi; ochiq tizimlardagi o‘zaro amaldagi xalqaro standart va qoidalardan foydalanishi. Ikkinchi bosqichda milliy tarmoqlar o‘zagini davlat tashkilot va muassasalarida yaratilgan axborot tizimlarida integratsiyasi amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda tarmoqqa boshqa idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va hokazolar ulanadi.
O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlanish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari va firmalarda komppyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot taominoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali kadrlar ishlamoqda.
ASOSIY TAVSIFI.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan komppyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.
Informatikani tor maonoda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hadware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jixatlardan: iqtisodiy tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin (1.3-rasm).
Informatika iqtisodiy tarmoq sifatida komppyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaiy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalardan iborat bo‘ladi. Informatikaning ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida o‘ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq ho‘jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko‘p jixatdan unga bog‘liqdir. Bundan tashqari bu tarmoqlar meoyorida rivojlanishi uchun informatikaning o‘zida mehnat samaradorligi ancha yuqori suroatlarda o‘sib borishi lozim, chunki xozirgi davrda jamiyatda
4
axborot ko‘proq so‘nggi istoemol predmeti sifatida namoyon bo‘lmoqda: odamlarga dunyoda ro‘y berayotgan voqeallar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va xodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi xaqida axborot zarur. Mehnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va farovonlik darajasini ko‘tarish, katta hajmdagi axborotni (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish va ishlashga yangi intellektual vositalar va “inson mashina” interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin. Informatikada mehnat unumdorligi oshishi suroatlari yetarli bo‘lmasa, butun xalq xo‘jaligida mehnat samaradorligi o‘sishining anchagina kamayishi ro‘y berishi mumkin. Hozir dunyodagi barcha ish joylarning 50 foizga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan taominlangan.
1.3-rasm. Informatikaning fan, tarmoq va amaliy fan sifatida tuzilishi
Informatika fundamental fan sifatida komppyuter axborot tizimlari negizda istalgan oboektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jixatidan taominlashni barpo etish uslubiyotini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri - axborot tizimlari nima, ular qanday o‘rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo‘lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalashlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, komppyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug‘urta va atrof muhit informatikasi, kasbiy axborot tizimlari.
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari xaqida umumlashtirilgan axborotni olish, ularni qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi:
axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish); inson faoliyatining turli soxalarida kommunikatsion-axborot modellarini yaratish; aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnolgiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichlari bo‘lgan loyihalash, uni ishlab chiqish, foydalanish davrlariga tavsiyalar tayyorlash.
Informatikaning bosh vazifasi axborotni o‘zgartirish usullari va vositalarini ishlab chiqish, ulardan axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etishda foydalanishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: istalgan turdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida axborotni qayta ishlash tizimini va yangi texnologiyalarni yaratish; jamiyat hayotining barcha sohalarida komppyuter texnikasi va texnologiyasini yaratish, tadbiq etish va samarali foydalanishni tashkil etish ilmiy va muxandislik muammolarini hal etish.
Informatika o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lmay, balki boshqa sohalardagi muammaolarni hal etish uchun yangi axborot texnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-texnik sohadir. U boshqa sohalar, xatto jarayonlar va xodisalar tartiblashmaganligi tufayli miqdoriy uslublarni qo‘llash mumkin emas 5
deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslubini va vositalarini taqdim etadi. Informatikada komppyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro‘yyobga chiqishi mumkin bo‘lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib ko‘rsatish lozim.
Informatika atamasi lotincha informatio so‘zidan kelib chiqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish maonolarini anglatadi. Axborot keng maonoda umumilmiy tushuncha bo‘lib, insonlar o‘rtasida maolumotlarni, jonli va jonsiz tabiat hamda insonlar va jixozlar o‘rtasidagi xabar (signal)larni almashuvini bildiradi.
Kibernetika, so‘ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan axborot so‘zi o‘zining dastlabki maonosini saqlab qolgan bo‘lsada, ayni paytda bir qator yangi maonolarga ham ega bo‘ldi. Axborot deganda biz qandaydir tizim haqida maolumotlar, dalillar, bilimlar yig‘indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‘llari bilan yoki ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‘rganish - mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
Tajriba o‘tkazilguncha mavjud bo‘lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi - aposterior deyiladi. U shuningdek to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Axborot olish jaryoni ko‘pincha statistik xususiyatga ega bo‘lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo‘lishi mumkin.
Xozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqidagi quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan: Axborot - iqtisodning barcha tarmoqlari isteomol etuvchi zaxira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan. Texnika, texnologiya, madaniyat, sanoat tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud maolumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq taosir ko‘rsatmoqda. Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari xaqidagi fan-texnika maolumotlari, bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va “xom ashyo”sidir.
shakllantiruvchi mahsulotlar yig‘indisidir, yaoni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va isteomol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.
Yuqoridagi taoriflarga asoslanib, axborot tushunchasiga quyidagicha taorif berish mumkin.
- atrof-muhit oboektlari va
xodisalarining ko‘rsatkichlari, xususiyatlari va xolatlari to‘g‘risida maolumotdir.
Informatika fani axborotni xodisa va oboektlar to‘g‘risidagi tushunchalarni o‘zgartiruvchi bir-biri bilan bog‘langan xabar, qiymat, tushuncha asosida talqin etiladi. Informatikada axborotdan tashqari qiymat tushunchasi ham ishlatiladi. Ularning bir-biridan farqini ko‘rsatamiz.
Qiymatlar yozilgan belgi yoki kuzatishlar sifatida ko‘riladi. Ular qandaydir sabablarga ko‘ra ishlatilmaydi, faqat saqlanadi. Agar qiymatni oboekt va xodisalar to‘g‘risidan noaniq tushunchani o‘zgartirish uchun ishlatilsa, u xolda qiymat axborotga aylanadi. Demak, ishlatilayotgan qiymatlar axborot bo‘ladi. Misol: Shahar ichida qatnaydigan avtobuslar nomerini yozib chiqing va uni do‘stingizga ko‘rsating. Do‘stingiz bu sonlarni qandaydir qiymat sifatida qabul qiladi. Agar siz xar bir avtobus nomerining qatoriga qatnash manzilgohlari va davrini yozib qo‘ysangiz, bu qiymatlar mazmunga ega bo‘ladi va do‘stingiz uchun u axborotga aylanadi.
Axborot bilan ishlayotganda xar doim uning manbasi va isteomolchisi bo‘ladi. Manbadan isteomolchiga axborotni yetkazib berish yo‘llari va jarayonlarini axborot kommunikatsiyalari deb ataladi.
Axborot isteomolchisiga axborotning adekvatlik xususiyati (aynan mosligi) eng muhimi hisoblanadi.
Axborot adekvatligi - oboekt, jarayon, xodisaning haqiqiy ko‘rinishiga u to‘g‘risida olingan axborot yordamida 6
yaratilayotgan obraz (qiyofa)ning maolum darajadagi munosibligidir.
Xayotda to‘liq axborot munosibligiga yetish mumkin emas. Har doim noaniqlik darajasi bo‘ladi. Insonning qabul qilayotgan qarorlarini to‘g‘riligi, oboekt va jarayonning haqiqiy holati to‘g‘risidagi axborot adekvatlik darajasiga bog‘liqdir. Axborot adekvatlik shakllari
Axborot adekvatligi uch shaklda ifodalanadi: semantik (maonoli), sintaktik, pragmatik (isteomol).
darajasini belgilaydi. Semantik adekvatlik axborot maonosining mazmunini hisobga oladi. Ushbu darajada axborot ifoda etadigan maolumotlar tahlil qilinadi, maonosi, mazmunini aniqlash va uni umumlashtiruvchi maonoli aloqalar ko‘rib chiqiladi. Ushbu shakl axborotning xizmat qiladigan tushuncha va tasavvurlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
mohiyatiga dahldor emas. Sintaktik darajada axborot turi va uni yetkazib berish vositasi uzatish va qayta ishlash tezligi, axborotni berish kodlari o‘lchamlari bu kodlarning mukammalligi, qayta aylantirish aniqligi va hakazolar hisobga olinadi. Faqat sintaktik nuqtai nazardan qaraladigan axborot odatda maolumotlar, deb ataladi. Chunki bunda axborotning maono tomoni ahamiyatga ega emas. Ushbu shakl axborotning tashqi tarkibi tarkibiy xususiyatlarini, yaoni uning sintaktik tomonini idrok etishga ko‘maklashadi.
axborotning boshqarish maqsadlariga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqatgina axborot (oboekt), foydalanuvchi va boshqaruv maqsadining mushtarakligi mavjud bo‘lgandagina yuzaga keladi. Pragmatik adekvatlik shakli isteomolchi tomonidan o‘z maqsadiga erishish uchun qaror qabul qilish vaqtida axborotning qimmatligi, foydaliligi bilan bog‘liqdir. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliyotda foydalanish, axborot maqsadi funksiyasining tizimi faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
ko‘rsatkichlar axborot adekvatlik shakllarida turli ifoda va talqinga ega. Har bir shakl o‘ziga hos axborot miqdoriga va qiymatlar hajmiga ega. Axborotning sintaktik o‘lchovi. Qiymatlar hajmi V xabarda belgilar (razryad) soni bilan o‘lchanadi. Turli sanoq tizimlarida bir razryad turlicha uzunlikka ega bo‘lganligi sababli ularning qiymat o‘lchov birliklari ham o‘zgaradi:
ikki sanoq tizimida o‘lchov birligi - bit (ikki razryad) (axborotni o‘lchov birligi sifatida, yaoni 8 bitdan iborat bo‘lagan “bayt” o‘lchov birligi ham ishlatiladi);
Axborot miqdori I ni tizim holatining noaniqlik tushunchasi (tizim entropiyasi)ni ko‘rib chiqmasdan aniqlab bo‘lmaydi.
Xabarning ixchamlik koeffitsienti (darajasi) quyidagi ifoda bilan ko‘rsatiladi: Y I V , bu yerda 0 Axborotning semantik o‘lchovi. Axborot maonosining mazmunini yoki axborotning miqdorini semantik darajada o‘lchash uchun tezaurus o‘lchovidan foydalaniladi. Bu o‘lchov axborotning semantik xususiyatlarini foydalanuvchining kelgan habarni qabul qilish qobiliyati bilan bog‘laydi. Buning uchun foydalanuvchi tezaurus tushunchasi ishlatiladi.
to‘plamidir.
Semantik axborotning miqdorini nisbiy o‘lchovi sifatida mazmundorlik koeffitsientini ishlatish mumkin:
7
I V
Axborotning paragmatik o‘lchovi. Bu axborotning o‘lchov birligi foydalanuvchi qo‘ygan maqsadni egallash uchun kerak bo‘lgan axborotning yaroqliligi bilan ifodalanadi. Paragmatik o‘lchov ham nisbiy bo‘lib, tizimda u axborotni qaysi tizimda ishlatishga bog‘liqdir.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ochiqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy isteomol sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Ularni batafsil ko‘rib chiqamiz:
tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir.
axborot tizimining semantik o‘tkazish quvvati ortadi, chunki bir xildagi maolumotlarni olish uchun kamroq hajmda maolumotlarni o‘zgartirish talab etiladi.
ekanligini bildiradi. Axborotning to‘laligi tushunchasi uning maonosi mazmuni (semantikasi) va pragmatikasi bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchining qaror qabul qilish samaradorligini kamaytiradi.
saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o‘zgarish dinamikasiga hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan davr oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
jarayonlarini bajarish yo‘llari bilan amalga oshiradi. Misol uchun, axborot tizimida axborot foydalanuvchini o‘zgartirishi uchun ochiq va qulay shaklga aylantirib beriladi. Bu axborotning semantik shakli va foydalanuvchining tezaurusini moslashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
belgilanadi. Axborot ishonarliligi zarur aniqlikda ehtimollar nazariyasi bilan o‘lchanadi, yaoni axborot aks ettirgan ko‘rsatkich uning haqiqiy qiymatidan kerakli aniqlikda bo‘lish ehtimolini bildiradi.
o‘zgarishlarga taosir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning barqarorligi aynan reprezentativlik axborotni tanlash va shakllantirishning tanlab olingan uslubiyotiga bog‘liqdir.
Axborot sifatining reprezentativlik, mazmundorlik, yetarlilik, ochiqlik, barqarorlik ko‘rsatkichlari to‘laligicha axborot tizimlarini ishlab chiqishning uslubiy darajasida belgilanadi. Muhimlik, o‘z vaqtidalik, aniqlik va ishonarlilik ko‘rsatkichlari ham ko‘p jihatdan uslubiy darajada belgilanadi, biroq, ularning miqdorlariga tizimning ishlash xususiyatlari, birinchi navbatda uning mustaxkamligiga jiddiy taosir ko‘rsatadi. Bu joyda aktuallik va aniqlik ko‘rsatkichlari tegishli ravishda o‘z vaqtidalik va ishonarlilik ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Download 300.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling