"psixologiya"
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PSIXOLOGIYA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA
- Tayanch so’z va iboralar
- 1. Psixologiya fanining predmeti.
- Al Xorazmiyning psixologik qarashlari.
- Abu Ali ibn Sinoning psixologik falsafiy qarashlari.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O.Suyunov, D.Norboyeva, A.Shonazarov, O‘.Zubaydullayev. “PSIXOLOGIYA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA S AMARQAND - 2016 2 O.Suyunov, D.Norboyeva, A.Shonazarov, O‘.Zubaydullayev. “Psixologiya” o’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand SamISI nashri 2015 y 240 b. Tuzuvchilar: O.Suyunov – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi dotsenti D.Norboeva – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi A.Shonazarov – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi O‘.Zubaydullaev – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchilar: A.Abdumannotov. – SamDU dotsenti E. Iskandarov – SamDCHTI dotsenti Q. R. Qarshiev – SamISI dotsenti Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining nopsixologik yo‘nalishlari talabalariga o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda asosiy uslubiy qo‘llanma, psixologik yo‘nalishlari talabalariga esa mashg‘ulotlarni tashkil etishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutadi. “Psixologiya” fanining mazmun - mohiyati innovatsion ta’lim texnologiyalari orqali yoritilgan. Shuningdek, o‘quv-uslubiy qo‘llanmada psixologiya fanining mohiyati, tarkibiy tuzilishi, shaxs va uning faoliyati, boshqaruv psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, motivatsion sohalar hamda shaxsning individual psixologik xususiyatlari batafsil yoritilgan. O’quv uslubiy qo’llanmada oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoninni tashkil etishga OO’MTV tomonidan qo‘yilgan zamonaviy talablar asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi noan’anaviy ishlanmalar orqali keltirilgan. Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil qilishda hamda talabalarning mustaqil ta’limini tizimli yo‘lga qo‘yishda foydalanish mumkin. O‘quv - uslubiy qo‘llanma institute o‘quv-uslubiy kengashining 2015 yil 18 mart 8-son majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya qilindi. 3 KIRISH Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma bakalavriat talim standartlariga kiritilgan «Pedagogika.Psixologiya» fanini ixtisosligi «Psixologiya» va «Pedagogika» bo’lmagan oliygohlarda o’qitishga mo’ljallangan. Oliy o’quv yurtida yuqori malakali pedagogik kadrlar yetishtirishda pedagogika va psixologiya fanining o’rni katta. Zero, pedagogika va psixologiya jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan insonni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz tayyorlayotgan mutaxassislar pedagogika va psixologiya fanini, ayniqsa uning amaliy tatbiqiy jihatlarini chuqur va puxta o’zlashtirgan taqdirdagina yosh avlodni har tomonlama kamolga erishgan kishilar qilib tarbiyalay olishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, pedagogika va psixologiya fanini o’zlashtirish talabalar uchun ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Bunga sabab, birinchidan, talabalar, bu fanni o’rganishlari uchun ham aniq fanlar, ham ijtimoiy fanlar sohasida bilimlarga ega bo’lishlari zarur, ikkinchidan, insonning rang-barang ruhiy olami, ko’zga ko’rinmas ichki his-tuyg’ulari, kechinmalari xaqidagi murakkab fanligi, uchinchidan, eng yangi, zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalarining yetishmasligidir. O’quv-uslubiy qo’llanmani tayyorlashdan maqsad, birinchidan, adabiyotlar yetishmasligining ma’lum darajada oldini olish bo’lsa, ikkinchidan, eng muhimi, nazariy bilimlarni talabalarga yangi ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida, oson, tushunarli, misollarga boy qilib yetkazishdir. O’quv-uslubiy qo’llanmani tuzishda “Psixoligiya” dasturi (tuzuvchilar p. f. d. , professor Z.T. Nishanova va katta o’qituvchi N.G. Odilova. TDPU. ) ga hamda 2011 yil 15 avgustda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlariga asoslanildi. O’quv-uslubiy qo’llanmani tayyorlashda E. G’oziyevning «Psixologiya», «Tafakkur psixologiyasi» kitoblaridan, V. Karimova, F. Akramovaning «Psixologiya»dan ma’ruzalar matni, O. E. Hayitov, N. X. Lutfullayevaning «Psixodiagnostika va amaliy psixologiya», A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligidan, E. Iskandarov, D.Norboyeva “Psixologiya” o’quv-uslubiy qo’llanmalaridan foydalanildi. Shuningdek, ayrim psixik jarayonlarni yoritish, nazariy fikrlarni sharhlashda umumiy psixologiya bo’yicha xrestomatiyalardan, psixolog olimlarning eng yangi tadqiqotlaridan, vaqtli matbuot materialaridan ham foydalanildi. Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmani o’ziga xosligi, bir tomondan mavzular yoritilish tartibi yangicha mantiqiy uzviylikda bo’lsa, ikkinchi tomondan psixologiyaning amaliy jihatlariga ko’proq e’tibor qaratishga, talabalarda o’zlarining va boshqalarning psixologik xususiyatlarini bilishga qiziqishini orttirishga, yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga imkoniyat yaratishga harakat qilindi. Har bir mavzu uchun reja, qisqacha uning mazmuni, mavzuga oid tayanch so’zlar, adabiyotlar ro’yxati hamda mustaqil amaliy ishlash uchun psixologik testlar berilgan. 4 1-MAVZU: PSIXOLOGIYANING PREDMETI, VAZIFALARI VA TADQIQOT METODLARI Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari. Talaba bu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng: -Psixologiyaning paydo bo’lish tarixini biladi; - Psixologiya fanining maqsadini aytib beradi; - Psixologiyaning tarmoqlarini sanaydi; -Har bir tarmoq uchun ta’rif beradi; - Psixologiya atamasi uchun klaster tuzadi. Tayanch so’z va iboralar: Psixologiya, psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxs xususiyatlari, xulq-atvor, fikrlash, his qilish, umumiy psixologiya , pedagogik psixologiya yosh davrlari psixologiyasi, metod, kuzatish, eksperiment, test, anketa, so’rov, sosiometriya, suhbat, intervyu . Asosiy savollar: 1.Psixologiya fanining predmeti. 2.Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Sharq mutafakkirlarining falsafiy va psixologik qarashlari 3.Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. 4.Psixologiya fanining metodlari. 1. Psixologiya fanining predmeti. Har bir fan boshqa fanlardan o’z predmeti bilan farq qiladi. Psixologiya ham alohida fan sifatida, voqyelikning alohida sohasi bo’lgan psixik (ruhiy) hayotni o’rganadi. “Psixologiya” so’zining o’zi yunoncha psyuxye (ruh, jon) va logos (so’z, ilm) degan ikki so’zdan olingan bo’lib, ma’nosi ruh haqidagi ilm demakdir. Lekin uning bu ma’nosi hozirgi zamon psixologiyasining asl mazmunini ochib bera olmaydi Chunki hozirgi psixologiya fani psixika, uning zohir bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fandir (G’oziyev E). 1 Psixologiya psixik holatlar, psixik jarayonlar va ularning mexanizmlarini o’rganadigan fandir (A. V. Petrovskiy). 2 Har birimizda mavjud bo’lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, tafakkur, hissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari har bir shaxsning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar: qiziqish, havas, qobiliyat va iste’dod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig’indisini bir so’z bilan psixika deb yuritamiz. Psixika organik hayotning yuksak formalaridan bo’lib, u hayvonlar va insonga xosdir. Lekin hayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan 1 G’oziyev E. F. Psixologiya. –Т. : «O’qituvchi», 2007. -508 b. 2 Umumiy psixologiya. А. V. Petrovskiy tahriri ostida. –Т. : «O’qituvchi», 2002. -508 b. 5 soddaroq tuzilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham hayvonnikidan farq qiladi. Insondagi psixik hayot sohalari nihoyat xilma-xildir. Shunga qaramasdan ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Psixologiya fanining vazifasi ana shu bog’lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Bundan tashqari, Respublikamiz mustaqillika erishgan hozirgi davrda inson ongidagi sarqitlarni, birinchi navbatda, sobiq kommunistik g’oyalardan xalos qilish, bolani yangicha fikr yuritishga o’rgatish, uning ongiga ta’sir qilishning eng samarali yo’llarini ko’rsatib berish ham psixologiyaning vazifasidir. 2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Psixologiya tashqi olamni faol ravishda sezgilar, idrok, tafakkur, hissiyot va boshqa shaklda aks ettiruvchi psixik jarayonlar va psixik xodisalar haqidagi fandir. Ko’p asrlar davomida psixologiya tavsifiy bilimlar sohasi sifatida shakllandi. Qadimgi zamonlardan boshlab ijtimoiy hayot ehtiyojlari har bir kishidan boshqa kishilarning psixologik xususiyatlarini, ularning xarakterlarini, xulq- atvorini o’rganishni va hisobga olishni taqoza qilgan. Hayot davomida boshqalarning xulq-atvorini kuzatish, ulardan amalda foydalanishga intilish jarayonida kishi ruhiy olamida (psixikasida) ko’p tushunarsiz, ba’zan sirli xodisalarga duch kelganlar. Bunday xodisalar jonning ishi deb tushunilgan. Ularning tasavvuricha, jon o’z mohiyatiga ko’ra o’lmas, boqiy, ko’rinmas, hidsiz, ilohiy (xudo tomonidan berilgan) xususiyatdir. Tana jon uchun vaqtinchalik joy. Jon tanadan chiqib ketishi, qaytib kelishi mumkin, jon tanani boshqaradi deb hisoblaganlar. Kishilar hayotida uchraydigan (masalan, tush ko’rish, alahsirash, jahl, o’lim va h. k. ) xodisalar jonning faoliyati va xususiyati bilan tushuntirilgan. Masalan, tush ko’rish - jonning tanada chiqib ketishi va boshqa jonlar bilan uchrashishi, o’lim - jonning qaytib kelmasligi bilan tushuntirilgan. Jonning o’zini turlicha tasavvur qilganlar. Gretsiyalik mutafakkirlardan Geraklit (eramizdan oldingi VI asr) jonni "uchquncha"dan, Demokrit (eramizdan oldingi V asr) "olov atomi"dan iborat deb hisoblaganlar. Shu bilan birga tabiatni o’rganish, aniq va tibbiy fanlardagi rivojlanish, kishi tanasi tuzilish haqidagi bilimlarning boyishi natijasida psixika (jon) haqidagi bilimlar ham ilmiylashib borgan. Eramizdan oldingi VI asrda yashab o’tgan grek vrachi Alkmeon anatomiya hamda tibbiyot sohasidagi tajribalarga asoslanib, psixikaning organi MIYA degan fikrni ilgari surdi. Keyinchalik ko’pchilik olimlar (shu jumladan Aristotel ham) psixikaning asosiy organi yurak bo’lsa kerak degan fikrni himoya qilganlar. "Medisina fanining otasi" Gippokrat (eramizdan oldingi V asr) temperament haqidagi (sharqda temperament "mijoz" deb yuritilgan) ta’limotni yaratdi. Ularning fikricha kishi temperamenti kishi tanasidagi "sharbatlar" (suyuqliklar) aralashmasi va ularning nisbati bilan tushuntirilgan. Shunday qilib psixikani ilmiy tushunishda ilmiy tushunishga katta qadam qo’yilgan. 6 Ko’pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri ("otasi") makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko’rsatiladi. Aristotel jonning rivojlanishi tirik tabiatning rivojlanishi bilan muvofiq boradi degan g’oyani ilgari surdi va himoya qildi. Unga qadar jon va tirik tana ikki xil narsa deb qaralar edi. Aristotel jon va tananing birligi haqidagi g’oyani maydonga tashladi. U psixika haqidagi fikrlarini "Jon haqida" nomli risolasida aks ettirdi. Bu risola psixologiya fani sohasida maxsus yozilgan birinchi asar hisoblanadi. Aristotel tomonidan yoritilgan sezgilar, ularning turlari, assosiasiyalar haqidagi fikrlar bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Eramizdan oldingi II asrda rimlik vrach Galen fiziologiya va medisina sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari haqidagi tasavvurlarni birmuncha boyitdi. XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Tana va jonni tushunish sohasida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Inson tanasi mashinaga o’xshatiladi. Tana ham mashina singari ishlaydi deb qaraladi. Buyuk fransuz mutafakkiri Dekart hatti-harakatlarning reflektor ("refleks" so’zi fransuz tilidan kirib kelgan bo’lib "aks ettirish" degan ma’noni anglatadi) xarakteri haqidagi g’oyani ilgari surdi. XIX -XX asrga kelib barcha fanlar sohasida (ayniqsa biologik va aniq fanlar) erishilgan yutuqlar ta’siri ostida psixologiya fanida, psixikani tushunishda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. XIX - XX asrda psixologiya mustaqil, eksperimental fan sifatida rivojlandi. Bunga tabiiy fanlar sohasida, ayniqsa biologiya, sezgi organlari fiziologiyasi, psixofizika va psixofiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasining rivojlanishi, hamda psixologiyaga pedagogika, medisina, ishlab chiqarishning talabining kuchayishi sabab bo’ldi. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to’rt bosqichga bo’lish mumkin: I. Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. Psixologiyaga bundan 2500 yil avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko’plab tushunarsiz voqyealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog’lab tushuntirishga uringanlar. II. Psixologiya ong haqidagi fan. Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida XVII asrda paydo bo’ldi. Kishining fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon bo’lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi o’z-o’zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan. III. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda shakllangan bo’lib, psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo’lgan psixik xodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaksiyasi kabilarni o’rganish hisoblangan. Kishining hatti-harakatlari ostida yotgan motivlar hisobga olinmagan. IV. Psixologiya psixik faktlarni, psixik xodisalarning mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon psixologiya fani psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq fanlar sohasidagi ko’plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan. 7 Sharq mutafakkirlarining falsafiy va psixologik qarashlari Abu nasr Forobiyning psixologik qarashlari. Abu nasr Forobiy Yaqin va o’rta Sharqda ilg’or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan biri bo’lib, «Sharq Aristoteli» degan unvonga sazovor bo’lgan mashhur mutafakkir. Forobiy (873- 950) dunyoqarashining asosi, ya’ni dunyoning tuzilishi haqidagi fikrlar tashkil etadi. Uning dunyoqarashidagi asosiy maqsadlardan biri ilmiy-falsafiy usulning mustaqilligini nazariy jihatdan asoslab berishga, uning inson tafakkuriga, aqliy bilimiga asoslanganligini isbotlashga intilishdir. Forobiy bilishning ikki shakli, bosqichini - hissiy va hayoliy, aqliy bilishni bir-biridan farqlaydi. U sezgi roliga to’xtalib, besh turga bo’ladi: Forobiy sezgini bilishning manbai deb hisoblagan, uning qarashlari Aristotelning «sezmagan odam Hech narsani bilmaydi ham, tushunmaydi ham» degan qarashlariga o’xshab ketadi. Forobiy inson (ruh) jonining bir tandan boshqasiga o’tib, ko’chib yurishi mumkinligini inkor etadi va uni balki tan kabi individual «substasiyasining birligi» sifatida tushunadi. Uning fikri izchil emas edi. Bunday ikkilanish Aristotelga ham xos bo’lgan. Forobiyning ruhiy jarayonlar, ularning bilish va mantiq tizimi haqidagi ta’limoti o’rta asrlar falsafasining katta yutug’i edi. Al Xorazmiyning psixologik qarashlari. Abu Abdulloh al Xorazmiyning dunyoqarashining muhim tomoni, uning keng bilimi, ilmning ko’p jabhalari masalalarini tushunishga obyektiv yondoshishga qaratilgan. Xususan. Uning tib, odam anatomiyasi va fiziologiyasi sohasidagi bilimi hissiy sezgining moddiy asoslarini qidirishga yordam beradi. «Shaxsiy ruh - u miyada bo’lib, undan badan a’zolariga asab orqali tarqaladi» deydi. o’rta asr sharq peripatetiklari uchun aql bilimning yana bir manbaidir. Ular aqlni ikki turga - tug’ma va orttirilgan aqlga ajratishadi. Xorazmiy aqlni odam nafslarining kuchlaridan biri deb hisoblab, yuqorida qayd etilgan uch turga bo’ladi. Umuman olganda, Abu Abdulloh al Xorazmiyning psixologik falsafiy qarashlari o’z davri ilmiy dunyoqarashining rivojiga katta hissa qo’shgan. Abu Ali ibn Sinoning psixologik falsafiy qarashlari. Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) psixologik falsafiy qarashlari, ilmlar tasnifi, ta’rifi va tarkibi haqidagi fikrlari uning «Tib qonunlari» asarida inson fiziologiyasi va psixologiyasi asosida talqin etiladi. Ibn Sino sezgini tashqi va ichki sezgilarga ajratadi. Tashqi sezgi insonni tashqi olam bilan bog’laydi, ular 5 ta: ko’rish, eshitish, ta’m - maza bilish, hid va teri sezgisi. Bular insonning ma’lum organlari - teri, ko’z, og’iz, burun va quloq bilan uzviy bog’liq. Ichki sezgilar - bu umumiy, chunonchi, tahlil etuvchi, ifodalovchi, eslab qoluvchi (xotira), tasavvur etuvchi sezgilardir. Ibn Sino miyani barcha sezgilardan boruvchi nervlar markazi, umuman inson nerv sistemasining markazi ekanligi haqidagi ta’limotni olg’a surgan. Inson tana va jondan tashkil topadi, miya insonni boshqarib turuvchi markazdir. Ibn Sinoning ilmiy psixologik falsafiy fikrlari noyob oltin xazina bo’lib hisoblanadi. 8 Abu Rayhon Beruniyning falsafiy va psixologik qarashlari. Abu Rayhon Beruniyning (973-1043) fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo’lganligini tushuntirganda xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan deydi. Beruniyning ruhiy va moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri o’sha davr uchun nihoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi. Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi. 3. Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan, umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi; pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rganadi; ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi; yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi; mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o’rganadi; Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling