Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 5.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asrning oxirgi o„n yili jahon xaritasini o„zgartirib yubordi
- O„zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari
- «fundamentalizm»
- «Xalifalik davlatini tuzish»
- YOshlar ma‟naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy g„oyaviy tarbiya vositalari. 1. YOshlar ma‟naviyatiga tahdidlar va milliy g„oya.
- YOshlarda milliy g„urur, milliy or-nomus va milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish. 1) Milliy g„urur va milliy or-nomus. Milliy g„urur
- 2) YOshlar ruhiyatida milliy g„urur va milliy iftixor fazilatlarining zarurligi.
- Milliy birdamlik tuyg„usi milliy ongning negizidir.
1991 yil 14 iyunda O‗zbekiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq 5-sessiyasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida»gi qonuni qabul qilingan edi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi Qonunning yangi tahriri 1998 yil 1 mayda Oliy Majlisning II-sessiyasida qabul qilindi. Umuman, Islom ekstremizmi, fundamentalizmi tomonidan O‗zbekiston xavfsizligiga solinayotgan tahdidlar quyidagilardan iborat: 1)Dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yo‗qotish, demokratik jamiyatni obro‗sizlantirish, barqarorlikni va milliy totuv-likni buzishga urinmoqda. 2)Asossiz da‘vatlar orqali yoshlarni mutelik, erksizlik holiga tushirib qo‗yish, aqliga va taqdiriga hukmron bo‗lish. 3) Qarama-qarshilikni keltirib chiqarib mamlakatni parchalab tashlash. 4) Din uchun kurashuvchi jangorilarning yangi avlodini vujudga keltirish. 5) Musulmon va nomusulmon mamlakatlar orasida O‗zbekiston obro‗-sini to‗kish, obro‗sizlantirish. 6) Islom va boshqa sivilizatsiyalar o‗rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarish. 7) Omma ongida soxta tasavvurlarni qaror toptirish. «Bu radikal guruhlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy bir xususiyat bor. Ular, mohiyat e‘tiboriga ko‗ra, biz uchun mutlaqo yot bo‗lgan bir maqsadni - diniy davlat, musulmon xalifaligini o‗rnatishni targ‗ib qilmoqda» 4 . XX asrning oxirgi o„n yili jahon xaritasini o„zgartirib yubordi, sobiq ittifoq barham topdi, mustaqil davlatlar shakllandi. O‘tgan o‘n yil O‘zbekiston uchun ham qutlug‘ keldi - mamlakatimiz Islom Karimov rahbarligida mustaqillikka erishdi. Milliy davlatchilik an’analarini tikladi. YAngi Konstitutsiya qabul qilindi, jamiyat hayotining barcha soha-larida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, mamlakatimiz o‘ziga xos va mos rivoj-lanish yo‘li - taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. SHu bilan birga o‗tish davri - faqat yutuq va muvaffaqiyat emas, balki hayotning barcha sohalarida totalitarizmdan qolgan salbiy oqibatlarga barham berish, fuqarolar ongini o‗zgartirish, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy sohada tub burilishlar qilish bilan bog‗liq yillari bo‗ldi. 4 Каримов И.А. Ўзбек халқи ќеч қачон, ќеч кимга қарам бЎлмайди. -Т.: Ўзбекистон, 2005. 53-бет. Tarixdan ma‘lumki, umrini o‗tab bo‗lgan g‗oya, aqida yoki mafkura taraqqiyot nuqtai nazaridan inkor etilishi natijasida g‗oyaviy bo‗shliq vujudga kelib, turli mafkuraviy tahdidlar kuchayishi mumkin. SHu ma‘noda, Prezident Islom Karimovning quyidagi fikrlari katta ahamiyatga ega: «Men ko‗hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‗shliq bo‗lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‗shliq vujudga kelishiga aslo yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. O‗zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi taraqqiyoti bu fikrni naqadar to‗g‗ri ekanini yaqqol ko‗rsatadi». Foyaviy, mafkuraviy tahdid kuchaygan joyda aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan urinishlar kuchayib borishi mumkinligi chuqur anglab olindi. Holbuki, bugungi kunda ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, katta moliyaviy va mafkuraviy ta‘sir kuchiga ega bo‗lgan ba‘zi g‗oyaviy markazlar istiqlolning dastlabki yillaridagi vaziyatdan foydalanib, o‗z yovuz niyatlarini amalga oshirish yo‗lida kechayu kunduz harakat qiladilar. Bu masalalar Prezidenti-mizning «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida atroflicha tahlil qilingan. O„zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari: 1. Diniy ekstremizm va fundamentalizm. 2. Buyuk davlatchilik va agressiv millatchilik. 3. Narkobiznes. 4. Xalqaro terrozim. 5. Axloqsizlikni targ‗ib qiluvchi ommaviy axborot tizimlari. Tarixiy qonuniyat: bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‗tish dav-rida g‗oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal etish zaruriyati yuzaga keladi. Buni chizma shaklida quyidagicha izohlash mumkin. Mamlakatimizdagi barqarorlik va mustaqillikni mustahkamlashga halaqit beruvchilarning niyati istiqlol yo‗lidan borayotgan O‗zbekistondagi g‗oyaviy bo‗shliqni o‗z g‗oyalari bilan to‗ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o‗z siyosati, o‗z hukmronligiga bo‗ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik maydonni o‗z ta‘sir doirasiga olishdan iboratdir. Mustaqillikka erishganidan so‗ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo‗lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muhofaza, millati, dini va e‘tiqodidan qat‘iy nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha‘ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini ta‘minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‗rildi. Jamiyatdagi sog‗lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg‗itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo‗lida birlashish, hamjihat bo‗lish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo‗li tutildi. Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g‗oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‗zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‗oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qo‗lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bo‗lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‗lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash g‗oyasiga ham zo‗r berilishi bilan bog‗liq. Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‗poruvchilik va terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yo‗l va uslublarga tayanmoqda. O‗zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko‗rsatishga urinayotgan terroristlarning asl niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo‗lga kiritish, Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni o‗zlari tanlagan yo‗ldan qaytarish va butun mintaqada o‗z hukmronligini o‗rnatishdir. Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ„ibotlar kurashi davri, deb tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo‗lib ko‗rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. CHunki ularning targ‗iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‗oya, maqsad shakli o‗zgargan. Masalan, ana shunday g‗oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g‗oyasidir. «Xalifa» so‗zining lug‗aviy ma‘nosi - «o‗rinbosar», terminologik ma‘nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‗i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‗lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da‘vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Payg‗ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‗ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo‗ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to‗kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da‘vat etmoqdalar. «Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo‗lib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan, «Al-Ixvon al musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan. «Hizbut-tahrir» (Ozodlik) partiyasi g‗oyasiga ko‗ra musulmon davlatlarida mavjud bo‗lgan tuzumni o‗zgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun «Islom dini» niqobi ostida «Ozodlik» partiyasiga asos solinib, bu «Hizbut-tahrir» partiya-sining idoraviy to‗plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan 5 ... YOshlar ma‟naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy g„oyaviy tarbiya vositalari. 1. YOshlar ma‟naviyatiga tahdidlar va milliy g„oya. Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne‘mati o‗zligimizni anglab etish bo‗ldi. O‗zligini anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g‗oya, milliy mafkuradan bahramand bo‗lishdir. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‗lgan ichki ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi. YOshlar ongi va tafakkurida o‗zgarish kuchayar ekan, ular o‗z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog‗liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. «Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga» urinishlar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq bo‗lmaslik kerak. Demak, mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham o‗ylashga undaydi. Foyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‗zga tashlan-masligi mumkin. CHunki g‗oya inson ongi, tafakkurida shakllanadi. SHunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‗l qo‗ymaslik zarur. Dunyoviy fuqarolik jamiyatida har kim o‗z ishini qilishi, shug‗ul-lanishi, shuningdek, «din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o‗z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma‘naviy yuksalishning jamolini ko‗rishga xayrixohlar bo‗lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy g‗oya va milliy mafkura egasi bo‗lgan bilimdon va ma‘rifatli inson bo‗lmog‗i lozim. Ular azaliy va abadiy ma‘naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo‗lishlari kerak». Milliy g‗oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo‗lida yoshlar qanchalik birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko‗z o‗ngida kuchimiz, mavqeimiz va o‗rnimiz shunchalik baland ko‗tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyanib, boshqa davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan davlat, xalq emasmiz, mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va mustaqil harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va e‘tibor uyg‗otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda millatning rivojlanishiga yo‗l bermaydi. YOshlarda milliy g„urur, milliy or-nomus va milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish. 1) Milliy g„urur va milliy or-nomus. Milliy g„urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o‗z-o‗zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma‘naviy merosdan, o‗z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‗shgan hissasi, o‗zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‗-e‘tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha. Bu tuyg‗u quyidagi shakllarda namoyon bo‗ladi: millatning yutuqlari, obro‗-e‘tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o‗z eliga, millatiga jonkuyar bo‗lish; o‗z 5 Эргашев И. ва бошқ. Миллий истиқлол ғояси: Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босқичи учун дарслик. -Т.: Академия, 2005. 106-113-бет. millatining moddiy, ma‘naviy merosini asrab-avaylash; xalq odatlari, an‘analari, qadriyat-larini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o‗z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish. Mustaqillik kishilar milliy g‗ururini oshirib, uni xalq, Vatan, ajdodlar xotirasi oldidagi mas‘uliyatini his qilishdek, mazmun bilan boyitmoqda. Muayyan davrdagi milliy g‗oya, milliy mafkura, ya‘ni jamiyatning asosiy maqsadini ideallar, demokratik tamoyillar bilan uyg‗unlashtirish masalasi ham juda muhimdir. Bu jarayon millatni o‗z qobig‗ida o‗ralashib qolish xavfidan ozod etadi, unga jahon miqyosida tafakkur yuritish imkoniyatini beradi. Insoniyat uchinchi ming yillik sivilizatsiyasida shunday taraqqiyot yo‗lini qo‗lga kiritdi. Mustaqillikkacha bo‗lgan tushuncha, tasavvur hamda kechinmalarimizdan bugungi ruhimiz, ma‘naviyatimiz naqadar katta farq qilishi hammaga ayon. Buni har kim o‗ziga o‗zi beradigan «Kecha kim edigu, bugun kim bo‗ldik?» degan javobdan, anglab olsa bo‗ladi. YOshlar ma‘naviyatini oshirish masalalarining birlamchi yoki ikkilamchi vazifalari yo‗q. Ularning barchasi bir yo‗la hamda doimiy diqqat-e‘tibor markazida turmog‗i kerak. SHuning uchun ta‘lim- tarbiya, bilim va dunyoqarashga katta ahamiyat berilmoqda. Biz bugun fuqarolarning erkinligi va mustaqil tafakkuriga asoslangan jamiyat qurayotgan ekanmiz, yoshlarimizga jamiyatda mutlaq erkinlik bo‗lmasligini, mustaqil fikrlash mas‘uliyatsizlik va burchni unutish emasligini tushuntirib borishimiz zarur. Fuqaro erkinligi va yangi ijtimoiy tuzum tomonidan kafolatlansa-da, fuqarolarning jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan mutlaqo erkin xatti-harakatlarning kafolati emas. «Men mutlaqo erkin fuqaroman, mustaqil tafakkurli insonma, bilganimni qilaman» qabilida yashash tarzini o‗zgartirish insonning ijtimoiy va milliy mohiyatiga ega aqidadir. SHu o‗rinda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O‗zbekiston Xotin- qizlar qo‗mitasi faoliyatini qo‗llab-quvvatlash borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni va 21 iyun kuni Oqsaroyda ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni hal etish yo‗llariga bag‗ishlangan majlisda ta‘kidlanganidek, «YOshlar o‗rtasida diniy ekstremizm, aqidaparastlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olishda, farzandlarimizni bunday balo-qazolardan asrash uchun kurashda, doimo sezgir va ogoh bo‗lib yashashda hokimliklar, vazirlik va idoralar, xususan, Oliy va o‗rta maxsus, Xalq ta‘limi vazirliklari, Din ishlari bo‗yicha qo‗mita, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Oila» markazi, keng jamoatchilik, barchamiz mas‘ulmiz» 1 . SHuning uchun yoshlar tarbiyasi va bu tarbiya zaminida ularning ma‘naviyatini harakatga keltiruvchi mustaqillik g‗oyalari, milliy qadriyat-larni asrab-avaylash va rivojlantirish tuyg‗usi, Vatan istiqboli yo‗lida halol va pok mehnat qilish singari milliy mafkuraning o‗zak tomirlarini singdirish yotadi. Bugun yoshlar mustaqillik tufayli «or», «andisha», «nomus», «vij-don», «insof», «g‗urur», kabi tushunchalarning haqiqiy ma‘nosini anglab etmoqdalar. Or. Or - bu nomunosib yoki ep ko‗rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg‗usidir. Bundan tashqari, o‗z o‗rnida hazar qilish yoki bo‗lmasa, obro‗-e‘tibor, faxrlanish ma‘nolarini ham bildirishi mumkin 6 . Andisha. Andisha - bu oqibatini o‗ylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir. Andishali odam deganda, oqibatini o‗ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, or-nomusli, sharm-hayoli, iboli insonni tushunamiz. Odatda andishali odam betgachoparlik qilmaydi, farosat bilan ish tutadi. Nomus. Nomus - bu iffat, bokiralik ma‘nolaridan tashqari kishining o‗z mavqeini saqlash, ulug‗lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg‗ularini, oila va ajdodlar sha‘niga dog‗ tushirmaslik ma‘nosini ham ifodalaydi. Odatda, nomusli odam ma‘naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni o‗ziga ep ko‗rmaydi. Qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi, degan naql ham bor halqimizda. Vijdon. Vijdon - bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe‘l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat va Vatan, millat oldida ma‘naviy mas‘uliyat his etishidir. Vijdon tug‗ma hislat deyuvchilar ham bor. Vijdon - kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan 1 Хотин - қизлар қЎмиталари аѐллар манфаатини ќақиқий ифодачиси ва ќимоячисига айланиши керак. «Халқ сЎзи», 2004 йил 23 июнь. 6 Ибрагимов А., Султонов Х., ЖЎраев Н. Ватан туйғуси. – Т.: Ўзбекистон, 1996. –27–29-бетларидан фойдаланилди. ta‘lim-tarbiyasiga bog‗liq, deb hisoblovchilar ham mavjud. Vijdon ko‗p yoki oz bilimlilikka, boy yoki kambag‗al bo‗lishlikka, oddiylik yoki mashhurlik bilangina bog‗liq emas. Insof. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‗usi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to‗g‗rilik, barobarlik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo‗ylikdir. O‗zgani o‗z o‗rniga va shuningdek, o‗z o‗rniga o‗zgani xayolan qo‗yib ko‗rish ham insofga kiradi. To‗q ochni, boy kambag‗alni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog‗lom bemorni o‗z o‗rniga qo‗yib ko‗rolsa, va aksincha, ham xuddi shunday bo‗lsa, insoflilar safi kengayib boradi. Insof tushunchasi SHarq falsafasida shunday talqin etiladi. Insof - bu kishining ijtimoiy axloq me‘yori nuqtai nazaridan o‗z hulq-odobini tartibga solishi va axloqiy baholashidir. Insof vijdonli odamning yoki ma‘lum jamoatning jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan o‗z xulq-atvori uchun ma‘naviy javobgarlik hissidir. Agar kishi biror ishni to‗g‗ri bajarsa, unda ichki qoniqish paydo bo‗ladi, vijdon pok bo‗ladi, atayin noto‗g‗ri bajarsa, insofdan chiqqan bo‗ladi. Insof kishini biror ishni qilishga undasa yoki qilishdan tortsa, bunda u qalb amri tarzida bo‗ladi. Xullas, insof kishining jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida o‗z xatti-harakati bilan ma‘naviy mas‘uliyatini his etishining ifodasidir. Furur. Ona tilimiz asrlar bo‗yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma‘no va tushunchalarni, ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin. YA‘ni necha ming yillar davomida xalqimiz ongi to‗lishib boravergan, unda hosil bo‗lgan tushunchalarni o‗z tub so‗zlarimiz bilan ham, o‗rnida jahon tillariga oid so‗zlar bilan ham, yangi-yangi so‗zlar yaratish vositasi bilan ham ifodalangan. SHu tariqa til bisoti boyib kelgan. Tilimizdagi g‗urur, faxr va iftixor so‗zlarini olib ko‗raylik. Bular bir-biriga yaqin ma‘nolarni anglatsa-da, ayni bir paytda, bir-biridan muayayn darajada farqlanuvchi tushunchalarni ham bildiradi. SHaxs g„ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o‗zining yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi. Ota- ona qobil farzandlaridan, ustoz iste‘dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog‗bon so‗lim bog‗idan, millat o‗z merosi, iste‘dodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokazo. Inson o‗z kuchiga ishongan va bu bilan faxrlana olgan taqdiridagina biror narsaga erisha oladi. O‗z qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, yanada sabotli qiladi. Kishi uchun o‗z qobiliyatidan ortiq darajada g‗ururlanishi ham, o‗z-o‗zini erga urishi ham yaramaydi. O‗z-o‗zligicha qola bilgan odamning g‗ururi bus-butundir. O‗ziga ortiqcha bino qo‗ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog‗dorlik - bular takabburlikka kiradi. 2) YOshlar ruhiyatida milliy g„urur va milliy iftixor fazilatlarining zarurligi. Milliy g‗urur - bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o‗zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma‘naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o‗rin oladi. Milliy birdamlik tuyg„usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik etuk va mukammal ma‘naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to‗laroq namoyon bo‗ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftixor millat ma‘naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o‗z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilayotgan iqtisodiy va ma‘naviy yutuqlar ko‗paygani sari O‗zbekiston bilan faxrlanish hissi kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas‘uldirlar. Xulosa qilib aytganda, imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o‗z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon ko‗zgusida idrok etadigan, nafs balosidan forig‗ yoshlar qo‗liga topshirishimiz lozim. Bu yoshlar har qancha g‗ururlansa, faxrlansa arziydigan tarixi va qadriyatlari bor halqga, millatga, Vataniga xizmat qilishni o‗zlarining burchi deb qarashlari, shunday e‘tiqodga ega bo‗lishlari zarur. SHuning uchun yoshlarimizda milliy g‗ururni tarbiyalash ishlarini har kuni va muntazam olib borish ular ma‘naviyati yuksalishining garovidir. YOshlarimizning har biri milliy g‗urur va milliy iftixor tuyg‗ularini o‗zlari ham shakllantira oladilar. Milliy g‗urur, avvalambor, har bir millat vakilining o‗z xalqi tarixini, ma‘naviy, axloqiy qadriyatlari, istiqbolini bilishi va qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, adabiyoti, san‘ati va madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, chuqur his etish va o‗rganish, hurmat qilish bilan bog‗liq faxrlanish tuyg‗usi bo‗lgan millatning insoniy fazilatidir. Milliy g‗urur yoshlarni o‗z kuchi, qobiliyati va iste‘dodini milliy va umuminsoniy manfaatlar yo‗lida safarbar qilishga chaqiradi. O‗zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon- sharafi uning o‗ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir. Milliy iftixor, eng avvalo, o‗zligini anglash, milliy ravnaqni ta‘minlash yo‗lidagi hatti-harakat, o‗z millati istiqboli oldida mas‘ul-likning beqiyos namunasidir. Milliy o‗tmishini yaxshi bilgan, uni qadrlay oladigan va ayni paytda, uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil insondir. Aks holda, milliy iftixor hissi shunchaki maqtanchoqlik vositasiga aylanib qolishi mumkin. Dunyoda 200 dan ortiq millatlar bo‗lsa, har bir millat o‗ziga xos fe‘l-atvoriga egadir. SHuning uchun ham turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha yashash tarziga, bir-biriga o‗xshamagan urf-odatlarga ega bo‗lishadi. Jumladan, o‗zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-hayoni ijtimoiy hayot-ning hamma jabhalarida muhim fazilat deb qabul qilishgan. SHunday hislatlarga egalarki, ba‘zan bu faqat «o‗zbekona fazilat» deb yuritiladi. Milliy iftixor tuyg‗usining yana bir jihati shundaki, u yoshlarning, eng avvalo, qaysidir millatga mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki yashab turgan zaminga, fuqaroligiga daxldor bo‗lgan mamlakatga munosabat belgisi hamdir. Milliy iftixori kuchli bo‗lgan yoshlar o‗z mamlakati bilan faxrlana oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. Demak, bunday xalq o‗z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi. Milliy g‗urur, milliy o‗z-o‗zini anglash mazmun va mohiyat jihatidan o‗zaro aloqadorlikda bo‗lib, bir-birini boyitadi, to‗ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‗lmaydi. «Biz sharq farzandi ekanligimizdan, o‗zimizning urf-odatlarimizdan faxrlanamiz. Milliy qadriyatlarimizni asrash va hech qachon unutmaslik haqida ota-bobolarimizdan tarbiya olganmiz. Endi esa buni bolalarimizga ham o‗rgatayapmiz» 1 . O‗tmishini bilmagan va e‘zozlamagan xalqning kelajagi yo‗q. O‗tmish bizlar uchun ham, boshqa xalqlar uchun ham allaqachon qaytmas bo‗lib ketgan, ko‗z o‗ngimizdan olislashgan, tarix mulkiga aylangan davrdangina iborat emas, balki ahamiyati hech qachon yo‗qolmaydigan tag zamin, o‗q ildizimizdir. O‗tmish bizning tayanch nuqtamiz ekaniga shubha yo‗q. SHu bilan birga, siyosiy globallashuv hamda fan, madaniyat, ta‘lim va axloq sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy-madaniy globallashuv ham sodir bo‗layotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati uning mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish ko‗lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko‗rinadi. “Mana shunday Download 5.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling