Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosmetika vositalarining sifat nazorati.
- Kremlar sifatini baholash.
- Surtma xolidagi mahsulotlar
- Mahsulotning hidini aniqlash
- 5-jadval Kremlarning fizik-kimyoviy xossalarini baholash Ko‗rsatkich nomi Kremlar tavsifi va me‘yori
- Kremlarda vodorod pH ko‗rsatkichini aniqlash
- 6-jadval Emulsion kremlarning fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlari Ko‗rsatkich nomi
- I. Qo‗llanilishi bo‗yicha
- Davolovchi-profilaktik losonlar.
- Losonlarda qo‗llaniladigan komponentlar
- Davolovchi profilaktik losonlar
- Losonlar sifatini baholash va nomenklaturasi Losonlarni sifati tegishli GOSTlarda keltirilgan usullar yordamida amalga oshiriladi.
- - Og‗ir metallar miqdori, %.
- Sovunlar haqida tushuncha, ta‘rifi
Krem (fr. krem – qaymoq asosida tayyorlanadigan desert taom) - yumshoq, mayin konsistensiyaga ega kosmetik maqsadda qo‘llaniladigan surtma. Ko‗p hollarda kosmetik kremlar emulsion asosda tayyorlanadi, shuningdek ularni tayorlashda lanolin, spermatset, mum, glitserin, bodom, kokos va boshqa o‘simlik hamda turli xushbuy efir moylari ishlatiladi. Kremlar mayin bo‗lib, ular qo‗l, bosh va yuz terisini parvarishi uchun keng qo‗llaniladigan kosmetik vosita 102 Emulsion kosmetik kremlar teriga surtilganida tez rezorbsiyalanadi va tez faolligini namoish qiladilar. Tarkibida suv saqlaganligi sababli emulgirlangan kremlar yog‗li va yog‗simon moddalarni dispersligini kamaytiradilar. Emulgirlangan kremlar oq rangda, elastik va yumshoq mayin konsistensiyaga ega bo‗ladilar, ularning konsistensiyasi suvsiz kremlardan farqli harorat ta‘siriga bog‗liq emas, shuningdek teriga oson surtiladilar va yaxshi estetik ko‗rinishga ega bo‗ladilar. Teriga surtilganida (asosan m/s tipdagi kremlar) muzlatish xossaga ega bo‗ladilar. Kosmetik kremlar o‗z tarixini K.Galendan (m.o.165 y) boshlaydi. U birinchi bo‗lib sovutish xossasiga ega krem – Ceratum lenientes* s. refrigerans (bugungi kold-kremlar – ―sovuq qaymoq‖) tarkibi va texnologiyasini taklif etgan. Zamonaviy kold-kremlar m/s yoki s/m tipidagi emulsiyalar bo‗lib, ularning tarkibida emulgatorlar bo‗lmaydi, konsistensiyasi tarkibdagi mum bilan me‘yorlanadi. Bugungi kunda kold-kremlar tarkibiga mum, spermatset, moylar, vazelin, setil spirti, suyuq parafin, bura qo‗shiladi. Kold-kremlar emulsiyalardan farqli dag‗al dispers sistemalar yoki quasi-emulsion sistemalarni hosil qiladi, ular turg‗un emas, teriga surtilganida ular tarkibidagi suv ajralib chiqadi va bu suv bug‗lanishi natijasida teri va atrof muhitni sovitadi. Agar surtma asosi sovitilmasdan, tarkibiga kiritiladigan suv issiq bo‗lsa emulsion krem sovitish xossasini yo‗qotadi. Koldkrem (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma. Krem tarkibidagi suv bug‗lanib, terida tinchlantiruvchi, muzlatuvchi ta‘sirini ko‗rsatadi 103 Emulsion kosmetik surtmalar tarkibiga kiritiladigan dori moddalarni terapevtik faolligini ta‘minlash uchun moyda eriydigan moddalar moyda, suvda eriydigan moddalar esa – suvda eritiladi. Masalan suvda yaxshi eriydigan kaliy yodid, sulfatsil-natriy, dikain, dimedrol, kollargol, protargol, natriy tiosulfat, novokain, alkaloid tuzlari, tanin, kumush nitrat va h.k. moddalar suvda eritilib, so‗ng asosga kiritiladi. Bundan rezorsin, rux sulfat, penitsillin kabi moddalar turg‗un bo‗lmaganligi va zaharli ta‘sir ko‗rsatishi sababli surtmalarga suspenziya tipida kiritiladi. Quruq va quyuq ekstraktlar asosga kiritilishidan oldin spirt- glitserin-suv (1:3:6) aralashmasida maydalangandan so‗ng kiritiladi. Moyli asosda eriydigan dori moddalar surtma asosida eritilib emulsion kosmetik surtmalar tarkibiga kiritiladi (gomogen surtmalarni qarang). Kosmetika vositalarining sifat nazorati. Kosmetika vositalari ishlatilishi, tashqi ko‗rinishi, konsistensiyasi va strukturasi bo‗yicha turli xil bo‗lib, tayyorlanishi ham o‗ziga xosdir. Kosmetik vositalar tarkibiga odatda 10 xil yoki undan ham ortiq turli moddalar turli maqsadlarda qo‗shiladi. Bunda kosmetik vositalar tarkibiga kiruvchi moddalarning bir biriga mos kelishi, miqdorining to‗g‗ri tanlanishi va tayyor mahsulotning har xil haroratda va uzoq vaqt davomida barqaror bo‗lishi talab qilinadi. Kosmetik vositalar asosiga aksariyat hollarda turli tarkibli yog‗li asoslar, SFM, emulgatorlar, solyubilizatorlar, struktura va parda hosil qiluvchi, to‗ldiruvchi, konservant va boshqa moddalar tashkil etadi. Ko‗p kosmetik vositalarga foydali biofaol moddalar (BFM) va xushbo‗ylashtiruvchi moddalarni qo‗shiladi. Bunda kosmetik vositaning sifatiga qo‗yiladigan asosiy talab – uning bezararligidir. SHuning uchun barcha kosmetik vositalar uchun yaratilgan moddalar toksikologik tekshiruvdan o‗tkaziladi. Kosmetik vositalarni mikrobiologik barqarorligini ta‘minlash maqsadida ularning tarkibiga turli konservantlar qo‗shiladi. Har bir kosmetik vosita uchun qo‗shiladigan konservantlarning turi va miqdorini mikrobiologlar belgilaydilar. Kosmetik 104 vositalarni harid qilishda haridorgirligini oshirish va ishlatishda mahsulotni yoqimli bo‗lishini ta‘minlash maqsadida mahsulot tarkibiga turli xushbo‗y kompozitsiyalar, tish pastalari va eliksirlari tarkibiga esa ta‘m korrigentlari kiritiladi. Kremlar sifatini baholash. Kosmetik kremning sifatini baholash GOST 29188.0-91 bo‗yicha amalga oshiriladi. Bunda krem namunalari tanlab olinidi (tasodifiy tanlab olish yo‗li bilan): Tashqi ko‗rinishi, hidi va bir xilligini aniqlash. Kosmetika vositalarining tashqi ko‗rinishi, hidi va bir xilligi organoleptik usulda tasdiqlangan tarkib bo‗yicha tayyorlangan etalon namunasi bilan solishtirish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Surtma xolidagi mahsulotlar. Aniqlanadigan mahsulot oq emal bilan qoplangan plastinkaning bir chetiga 1-2 mm qalinlikda surtiladi, shu kabi plastinkaning boshqa chetiga etalon namuna surtiladi. Surtmalarning tashqi ko‗rinishi va rangi solishtiriladi, so‗ng surtmalar barmoq orasida ezilib, dag‗al zarrachalarni yo‗qligi (bir xilligi) va konsistensiyasi tekshiriladi. Izoh. 1. Surtmaning rangi teri rangiga mos kelishini solishtirish uchun, surtma va etalon namunalari qo‗l terisiga surtib ko‗riladilar. 2. Mahsulotning suv ta‘siriga barqarorligini aniqlash uchun, namlangan barmoqlar bilan bir necha marta namuna ustidan yurg‗iziladi, bunda barmoqlarda sezilarli iz qolmasligi kerak. 3. Lakning barqarorligini va qotish vaqtini aniqlash uchun mahsulot va etalon namunalari tirnoqlarga ikki marta surtiladi. Mahsulotning hidini aniqlash. Kosmetika mahsulotlarning hidini aniqlash uchun organoleptik usuldan foydalanadilar: tayyor mahsulot tasdiqlangan retseptura bo‗yicha tayyorlangan etalon namuna bilan solishtiriladi. Qovishqoqlik har bir mahsulot uchun alohida belgilangan diametrga ega NILKa voronkasidan 100 ml mahsulot namunasining oqib tushish vaqtiga aytiladi. Pastki teshigi berkitilgan, aniq vertikal holatda joylashtirilgan voronkaga chetiga 105 etgunicha yaxshilab aralashtirilgan mahsulot namunasi quyiladi. Voronkaning ichki qavatiga suv yuborilib, namunaning harorati aniq 20 0 S da ushlab turiladi. Voronka tagiga hajmi 100 ml li silindr qo‗yiladi. Mahsulot namunasining qovishqoqligini aniqlash uchun voronka krani va sekundomer bir vaqtda qo‗yib yuboriladi. Silindra oqib tushgan mahsulotning hajmi 100 ml etishi bilan, sekundomer to‗xtatiladi va oqib tushishga sarflangan vaqt hisoblanadi. Izoh. Vazelin, yog‗li asoslar va kremlarning qovushqoqligi viskozimetrik usulda aniqlanadi. Buning uchun Ostvald-Piknevich (o‗lchov birligi - santistoks) yoki Engler viskozimetrida (o‗lchov birligi – Engler gradusida) aniqlanadi. Kremlar tashqi ko‗rinishi: hidi va rangi bo‗yicha, bir xilligi bo‗yicha va boshqa fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlari bo‗yicha baholanish mezonlari 5-jadvalda keltirilgan. 5-jadval Kremlarning fizik-kimyoviy xossalarini baholash Ko‗rsatkich nomi Kremlar tavsifi va me‘yori Emulsion kremlar Gellar Yog‗li kremlar Suv va uchuvchan moddalarning miqdori, % 5.0-98.0 5.0-98.0 - Vodorod ko‗rsatkichi pH 5.0-9.0 5.0-9.0 5.0-9.0 Tomchi tushish xarorati, S - - 39-55 Kolloid turg‗unligi Turg‗un turg‗un - Termoturg‗unligi Turg‗un turg‗un - Og‗ir metallar midori, % (mg/kg), ... dan ko‗p emas 0.0020 (20.0) 6-jadvalda emulsion kremlarning emulsiya tipi va konsistensiyasi bo‗yicha fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlari keltirilgan (GOST 29189-91). Kremlarda vodorod pH ko‗rsatkichini aniqlash. Maxsus kremlar (skrab, piling, oqartiruvchi kremlar, qoraytiruvchi kremlar, himoyalovchi kremlar va h.k.) hamda tarkibida turli o‗simlik ekstraktlarini, meva kislotalarini saqlagan kremlar 106 uchun vodorod ko‗rsatkichi pH 3,0-9,0 oralig‗ida, depilyasiya uchun kremlarda esa 7,0-12,7 oralig‗ida bo‗lishi mumkin. 6-jadval Emulsion kremlarning fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlari Ko‗rsatkich nomi Kremlar normasi Quyuq Suyuq Suv/ Moy Moy/ Suv Aralash tipda Boshqa tipda Glitserin miqdori, %, ...dan ortiq emas - 30,0 8,0 15,0 Suv va uchuvchan moddalarning miqdori, % 8,0- 75,0 20,0-95,0 40,0 - 75,0 53,0- 97,5 Ishqor miqdori, KON midorida, %, ...dan ko‗p emas - 1,0 1,0 1,0 Vodorod ko‗rsatkichi pH 5,0- 9,0 5,0- 9,0 5,0- 9,0 5,0-9,0 Kolloid turg‗unligi Turg‗un Termoturg‗unligi Turg‗un Gigienik vositalar Terini tozalash uchun mo‗ljallangan kosmetik vositalar xususiyatlariga ko‗ra bir necha guruhlarga tavsiflanadi: 1. Suvli asosda tayyorlangan vositalar (masalan, sovunlar, tozalovchi losonlar, shampunlar); 2. Moyli asosda olingan vositalar (masalan, kosmetik sutlar); 3. Qattiq moddalar asosida tayyorlangan vositalar (tish pastalari). Loson - bu teri parvarishi uchun mo‗ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vosita bo‗lib, u turli hil faol moddalarning (organik kislotalar, vitaminlar va boshqalar) suv-spirtli eritmalari. Losonlar quyidagi tartibda tasniflanishi mumkin: I. Qo‗llanilishi bo‗yicha: 1. Gigienik kosmetik losonlar; 2. Davolovchi-profilaktik losonlar. 107 Gigienik losonlar terini tozalash, yumshatishga asoslangan. Ko‗pincha bu losonlar teridagi iflosliklarni (ter va yog‗ bezlari sekretlari, chang, ajralgan epidermis hujayralari) tozalash vazifasini bajaradi. Quruq terini sovun va suv o‗rniga yuvish uchun ham mo‗ljallagan bo‗lishi mumkin. Undan tashqari bunday losonlar tetiklashtiruvchi, oqartiruvchi, xushbo‗ylantiruvchi ta‘sirga ega bo‗lishi mumkin. Davolovchi-profilaktik losonlar. Hozirgi vaqtda teri kasalliklari, ayniqsa bakterial tabiatli, oshib bormoqda. SHuning uchun davolovchi kosmetik losonlarga ehtiyoj yuqori. Davolovchi kosmetik losonlar terini tozalash va tetiklashtirishdan tashqari spetsifik yo‗naltirilgan ta‘sirga ega bo‗ladi: yallig‗lanishga qarshi, yaralarni davolash, bakteritsid, antiseboreya. Losonlarda qo‗llaniladigan komponentlar Losonlarning asosiy komponentlari sifatida spirt (ko‗pincha 20- 40%gacha), suv, namlatuvchilar (glitserin, propilenglikol, asosan 3-6% va 10% gacha) qo‗llaniladi. Qator teri kasalliklarini profilaktikasi terini o‗z vaqtida va to‗g‗ri tozalashdan iborat, chunki bu tadbir terini ustida turli bakteriyalarni, zamburug‗larni rivojlanishiga yo‗l qo‗ymaydi (ayniqsa bu yog‗li teriga tegishli). Loson (fr. lotion – namlash, yuvish) - bu teri parvarishi uchun mo‗ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vosita bo‗lib, u turli xil faol moddalarning (organik kislotalar, vitaminlar va boshqalar) suv-spirtli eritmalari. Loson - teri parvarishi uchun mo‗ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vositasi bo‗lib, tarkibida faol ta‘sir etuvchi moddalar (organik kislotalar, vitaminlar, shira, dorivor usimliklar ajratmalari va h.k.) saklaydigan, tabiati bo‗yicha suv yoki suv-spirtli eritma, yoki oquvchan xususiyatga ega bo‗lgan mikrogeterogen sistema 108 Asosan, yog‗li teri uchun mo‗ljallangan shampunlarda antimikrob ta‘sirga ega bo‗lgan erituvchilarni - etil yoki izopropil spirtlari qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Losonlar tarkibiga qo‗shiladigan ingridientlardan biri bu etil spirti. Konsentratsiyasiga qarab etil spirti asosiy antiseptik yoki konservant, ayrim holatlarda esa asosiy ta‘sir etuvchi moddalarni erituvchisi vazifalarini bajarishi mumkin. Losonlar tarkibida etil spirti teriga quyidagi ta‘sir ko‗rsatadi: - tetiklashtiruvchi; - yumshoq eg‗sizlantiruvchi; - yumshoq burushtiruvchi va xushbo‗ylantiruvchi. Etil spirtning miqdori teri turiga bog‗liq. Ko‗pincha quruq teri uchun mo‗ljallangan losonlarning tarkibida etil spirtning miqdori minimal bo‗ladi (4- 6%) yoki umuman qo‗shilmasligi mumkin. Normal teri uchun mo‗ljallangan losonlarga etil spirt 8-15% atrofida qo‗shilishi mumkin. YOg‗li terini parvarishi uchun ishlatiladigan losonlarda etil spirtning miqdori o‗rtacha 15-20%, ayrim holatlarda, undan ham qo‗proq (30% oshiq) bo‗lishi mumkin, ammo 50-60% oshmaydi. YUkori konsentratsiyalarda spirt terini quritish mumkin. Ayrim mualliflar esa spirtning konsentratsiyasini losonlarda 30% oshmasligi lozim deb hisoblaydilar va teri normal yoki quruq bo‗lsa spirtni umuman ishlatmaslikni tavsiya etadilar. SHuni hisobga olgan holda ayrim losonlar tarkibiga spirtni kiritilmaslik imkoniyati o‗rganiladi. Spirtsiz losonlarni yaratish hozirgi paytda dolzarb yo‗nalish hisoblanadi. Spirt saqlamaydigan losonlarni yaratishda qo‗llaniladigan xom ashyo bir necha guruhga tasniflanadi: 109 1. Asosiy komponentlar - struktura hosil qiluvchilar; 2. Emulgatorlar; 3. Namlantiruvchilar; 4. Quyuqlashtiruvchilar; 5. Konservantlar; 6. Solyubillovchi moddalar; 7. BFM lar. Birinchi guruh - struktura hosil qiluvchilarga mansub bo‗lgan xom- ashyolar moylar va mumlarga bo‗linadi. Moylarga - suyuq uglevodorodlar, silikonlar, o‗simlik moylari va hayvon yog‗i, alkil efirlari, letitsin va uning hosilalari kiradi, Ular losonlarning asosiy struktura hosil qiluvchi ingridientlari hisoblanadi. Mumlar ko‗pincha moyli fazani quyuqlashtiruvchi va emulsion sistemani kerakli qovushqoqligi, turg‗unligini ta‘minlovchi vosita vazifasini bajaradi. Ulardan asalari mumi, spermatset, lanolin, qattiq uglevodorodlar, metil va stearil spirtlari, etilenglikolmonostearat va polietilenglikol-400 distearatlar losonlar texnologiyasida keng qo‗llaniladi. Lekin ularning konsentratsiyasi losonlarda chegaralangan bo‗lishi kerak, chunki me‘yordan ortiq qo‗shilsa losonning oquvchanligi o‗zgarib gel hosil bo‗lishi mumkin. Loson tarkibiga namlantiruvchi vositalar sifatida polispirtlar: propilenglikol, glitserin, sorbitol, polioksietilensorbitol qo‗shilishi mumkin. Ular terini namlashdan tashqari, geterogen sistemalarni turg‗unligini ta‘minlaydi. Quyuqlashtiruvchilar tabiati bo‗yicha o‗simlik gidrokolloidlar, sellyuloza hosilalari, sintetik yuqori molekulyar birikmalar va glinozyomlarga bo‗linadi. O‗simlik gidrokolloidlarga - alginatlar, gummiarabik, guarokamedlar, tragakant, pektin, kraxmal gellari, behi urug‗i kiradi. Ularning asosiy salbiy tomoni - ular mikrobiologik tarafdan chidamsiz. 110 Sellyuloza hosilalari nisbatan mikroblarga chidamli va fizik-kimyoviy tarafdan turg‗un. Keng qo‗llaniladiganlarga: MS, NaKMS, gidroksipropilmetilsellyuloza, gidroksipropilsellyuloza, mikro-kristallik sellyuloza kiradi. Sintetik YUMB sifatida – karboksivinilpolimer, polivinilpir-rolidon, polioksietilen va polioksipropilenlarning bloksopo-limerlari, akril kislotasining sopolimerlari qo‗llaniladi. Ularning afzalligi - mikrobologik turg‗unligi. Glinozemlar (bentonitlar) bu tozalangan tuproq (gillar). Ular samaradorli quyuqlashtiruvchilar hisoblanadi (losonlarning tarkibiga 0,2-1% kiritiladi). Tabiati bo‗yicha ular magniy va alyuminiy silikatlari. Losonlar tarkibiga 0,1-0,5% mikdorda turli bo‗yoklar kiritiladi va ular losonlarning iste‘mol xususiyatlarini oshiradi. Xushbo‗yligi ta‘minlash uchun losonlarga har xil xushbo‗y moddalar: sun‘iy va tabiiy (shu jumladan efir moylari) qo‗shiladi. Davolovchi profilaktik losonlar tarkibiga antiseptik moddalar kiritiladi. Ulardan ko‗pincha salitsil kislotasi 0,3% gacha, benzoy kislotasi, limon kislotasi 0,5%gacha qo‗shiladi. Limon kislotasi, undan tashkari, teridagi oksidlanish- qaytarilish jarayonlariga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. SHularning qatorida adipin kislotasi terini tonusini yaxshilash va mo‗‗tadil rN ta‘minlash, borat kislotasi kuchsiz oqartiruvchi, dezinfeksiyalovchi va rN ni me‘yorlashtiruvchi vositasi sifatida qo‗llaniladi, ayniqsa husnbuzarli terini parvarishi uchun (0,1% gacha). Davolovchi kosmetik losonlarda antiseptik vosita sifatida xlorgeksidin biglyukonatni ham qo‗llanilishi keng. Masalan, bolalar uchun mo‗ljallangan maxsus ―antiseptik loson‖ va loson bilan shimdirilgan gigienik salfetkalar tarkibiga xlorgeksidin kiritilgan. Kosmetologiya va dermatologiyada antimikrob xususiyatli moddalar muhim axamiyatga ega. Ular ko‗pincha konservantlar ham deb yuritiladi. Hozirgi 111 vaqtda o‗simliklar asosida olingan antimikrob ta‘sirga ega bo‗lgan retseptura keng qo‗llaniladi. Bakteriostatik komponentlar sifatida qayin bargining ekstrakti, cheremuxa bargining ekstrakti, sitral, sangviritrin, moychechak preparatlari, mavrak va dalachoy ekstraktlarini qo‗llash tavsiya etiladi. Losonlar tarkibiga dermotrop moddalar ham kiritiladi. Ular terining epitelizatsiyalanishini ta‘minlaydi. Ulardan α va β-allantoin, azulen, pantoten moyi, A, E, V vitaminlari (0,5%gacha) keng qo‗llaniladi. Losonlarga o‗simliklardan olingan BMF kiritilishi ularning yuqori samaradorligini va ko‗p tomonlama ta‘sirini ta‘minlaydi. Losonlar tarkibiga fitopreparatlarni qo‗shilishi – bu ularni tabiiy BFM (organik kislotalar, vitaminlar, mikroelementlar, fermentlar, aminokislotalar, flavonoidlar, efir moylari) majmuasi bilan boyitish. SHuni hisobiga bunday losonlar teri hujayralarining funksiyasini normallashtiradi, to‗qimalarni regeratsiyasini stimullaydi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, tetiklashtiruvchi va davolovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Losonlar sifatini baholash va nomenklaturasi Losonlarni sifati tegishli GOSTlarda keltirilgan usullar yordamida amalga oshiriladi. Bunda asosan quyidagi ko‗rsatkichlarga e‘tibor beriladi: - Tashqi ko‗rinishi. Losonlarni tashqi ko‗rinishi MH da keltirilgan talabga javob berishi kerak.Asosan loson bu bir fazali yoki ko‗p fazali bir xil suyuqlik (eritma, suspenziya yoki emulsiya); - Alohida e‘tibor losonning rangi va hidiga beriladi. Bu ko‗rsatkichlar har bir mahsulotga o‗ziga xos bo‗ladi; - Etil spirtning konsentratsiyasi, %. Bu ko‗rsatkich spirtli losonlarga tegishli va uning me‘yori losonning turiga bog‗liq; - pH kursatkichi. Potensiometrik usulda aniqlanadi. Bu ko‗rsatkichning me‘yori loson tarkibini tashkil etuvchi moddalarning tabiatiga bog‗liq. Ko‗pincha 112 nordon losonlarning rN ko‗rsatkichi 1-2, qolganlariniki - 8,0 oralig‗ida bo‗lishi mumkin; - Og‗ir metallar miqdori, %. Bu ko‗rsatkich MH larda keltirilgan usul bo‗yicha aniqlanadi, bu ko‗rsatkich 0,002% oshmasligi lozim; - Losonlar turg‗unligini baholash. Suv-spirtli eritma saqlash muddati davomida (bir yildan kam emas) turg‗un bo‗lishi shart; cho‗kma hosil bo‗lishi, rang o‗zgarishi losonni turg‗un emasligini bildiradi. Emulsion turdagi losonlarning turg‗unligi uy haroratida va 40-45 0 S haroratda ham tekshiriladi (saqlash sharoitlari o‗zgarishini hisobga olgan holda). Ko‗shimcha sifat ko‗rsatgichi - muzlatishga chidamligi. Losonni -5 0 S haroratda 24 soat muzlatiladi va so‗ng uy haroratida qoldiriladi. Bunda loson sifati o‗zgarmasligi kerak. Sovunlar haqida tushuncha, ta‘rifi Sovun bu tabiiy va sintetik yog‗ kislotalarining kaliy va natriy tuzlaridan va, uning sifatini va kosmetik xossalarini yaxshilovchi, komponentlardan (buyoqlar, xushbo‗y qo‗shimchalar, oqartiruvchilar, plastifikatorlar, antioksidantlar, yumshatuvchi moddalardan va boshq.) tashkil topgan vosita. Qattiq sovunlar yoki atir sovunlari qadimiy teri tozalovchi vositalari hisoblanadi. Ko‗p asrlar mobaynida sovun asosiy terini, kiyimni, idishlarni tozalovchi vosita hisoblangan. Sovunlarni retsepturasi va ularning olish texnologiyasi eramizning ikkinchi asrida Pliniy va Galen tomonidan ishlab chiqilgan. 7 Sovunlar tozalovchi vosita sifatida quyidagi afzalliklarga ega: texnologik ishlov uchun qulay (tayyor mahsulotlarga har xil shakl berish mumkin); yaxshi yuvish xususiyatlarga ega, ayniqsa yumshoq suvda; boshqa yuvish vositalarga nisbatan teriga salbiy ta‘siri kam. 7 Baki Gabriella and Kenneth S. Alexander ― Introduction to Cosmetic Formulation and Technology‖ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling