Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
Download 433.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmoq texnologiyalari IOM 2-kurs
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
―Tasdiqlayman‖ Guliston davlat universiteti
O‗quv ishlari prorektori ____________F.G.Sharipov ―____‖ _________ 2019 y. №__________________
TARMOQ TEXNOLOGIYALARI fani bo‘yicha
ISHCHI O‗QUV DASTURI Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar Ta‘lim sohasi:
110000 – Pedagogika Ta‘lim yo‗nalishi: 5110700 – Informatika oʻqitish metodikasi
Semestr: IV
Umumiy yuklama hajmi: 178 Umumiy o‗quv soati: 90 Shu jumladan: Ma‘ruza - 28 Amaliy mashg‘ulot - 20
Laboratoriya mashg‘uloti - 42 Mustaqil ta‘lim - 88
Guliston - 2019 2
Fanning ishchi o‗quv dasturi namunaviy o‗quv dasturi hamda o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Taniberdiyev A.A. – GulDU, ―Axborot texnologiyalari‖ kafedrasi katta o‘qituvchisi __________ Niyozov M.B. - GulDU, ―Axborot texnologiyalari‖ kafedrasi o‘qituvchisi __________
Taqrizchi: Toshtemirov D. – GulDU, ―Axborot texnologiyalari‖ kafedrasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent _________
Fanning ishchi o‗quv dasturi ―Axborot texnologiyalari‖ kafedrasining 2019 yil 28 avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida muhokama qilindi va fizika-matematika fakulteti Ilmiy – metodik kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: D.E.Toshtemirov Fanning ishchi o‗quv dasturi Fizika-matematika fakulteti Ilmiy – metodik Kengashining 2019 yil 29 avgust 1-sonli yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlandi.
Fakultet Ilmiy – metodik kengashi raisi S.P.Allayorov Fanning ishchi o‗quv dasturi Guliston davlat universiteti o‗quv-metodik Kengashining 2019 yil 30 avgust 1-sonli majlisida muhokama etildi va ma‘qullandi.
3
I. Oʻquv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta‟limdagi oʻrni Tа‘lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. Shuning uchun tа‘lim tizimidаgi 5110700 – Infоrmаtikа oʻqitish mеtоdikаsi yoʻnаlishidа oʻqitilаdigаn fаnlаr hаm zаmоnаviy fаnlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu nаmunаviy dаstur bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e‘tibоr qаrаtilgаn. Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‗nalishi: 5110700 – Informatika o‗qitish metodikasi yo‗nalishida o‗qiladigan «Tarmoq texnologiyalari» o‗quv fani bo‗yicha tuzilgan bo‗lib, bo‗lajak fan o‗qituvchisi egallashi kerak bo‗lgan bilimlar va ko‗nikmalar majmuini o‗z ichiga oladi. «Tarmoq texnologiyalari‖ fani insonlarda axborot muhitida ma‘lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‗ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki tarmoqda ma‘lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarin oshiradi.
Fanni o‗qitishdan maqsad - talabalarning kasbiy sohasida uchraydigan tarmoq sohasidagi muammolarni bartaraf etish yo‗llarini o‗rgatish, bo‗lajak fan o‗qituvchisi sifatida mutaxassis bo‗lib yetishi uchun yetalichi bilimlar berishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni: kompyuter tarmog‗i haqida ma‘lumotlar berish, har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko‗rsatish, mintaqaviy, lokal va global kompyuter tarmoqlarining imkoniyatlarini ochib
berish, kompyuter tarmoqlaridagi ma‘lumotlardan qanday hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini shakllantirish, global tarmoqqa joylashtiriladigan ma‘lumotlarni qanday hosil qilish yo‗llari haqida bilimlarni berish vazifasini bajaradi. Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalariga quydagi talablar qoʻyiladi: - kompyuter kommunikatsiyalari, kommunikatsion kanalning о‗tkazish qobiliyati, signallarni modulyatsiya va demodulyatsiyasi, modemlar, tarmoq xizmatlari, tarmoq topologiyalari, ma‘lumotlarini uzatish bayonnomalari, tarmoq operatsion tizimlari, lokal kompyuter tarmoqlari, Intranet, Internet tarmoqlari va ularning tarixi, Internet xizmatlari, Internet resurslarini yaratish dasturlariga doir
4
- kommunikatsion kanal va aloqa protsessori; signallarni modulyatsiya va demodulyatsiyasi, tarmoq xizmatlari, kо‗prik va shlyuzlar, tarmoq topologiyalari, ma‘lumotlarni uzatish bayonnomalari, tarmoq operatsion tizimlari, lokal kompyuter tarmoqlari va ularni boshqarish, Intranet kompyuter tarmog‗i, Internet xizmatlari, Internet va Intranet tarmoqlararo birlashmasini tashkil etish, internet interfaol resurslarni yaratish bilishi va ulardan foydalana olishi; - kompyuter kommunikatsiyalarini tashkil etish, modemlar va ularni sozlash, tarmoq xizmatlarini hosil qilish, ma‘lumotlarini uzatish bayonnomalari bilan ishlash, tarmoq operatsion tizimlari bilan ishlash, lokal kompyuter tarmoqlarini tashkil etish; Intranet kompyuter tarmog‗ida ishlash; global kompyuter tarmog‗i xizmatlaridan foydalanish; internet axborot resurslarini yaratish koʻnikmalariga
Fanning maqsad va vazifalari. Tarmoq texnologiyalari tushunchasi. Ularning tuzilishi va qo‘llanilishi. Fanda qo‘llaniladigan texnik uskunalar.
Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti, kanalning o‗tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari.
Kompyuter to‗rlari va ularning turlari. Kompyuterlarning tarmoq tushunchasi, turlari va ularning ko‗rinishlaridan mintaqaviy, lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari. 4-mavzu. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo‟llanilishi Ma‘lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi, ma‘lumotlar almashinuvining apparat ta‘minoti. Tarmoq hizmatlari. Tarmoq texnologiyasi: tarmoq texnologiyasi haqida tushuncha, ko‗prik va shlyuzlar. Kompyuter tarmog‗ining arxitekturasi, tarmoq topologiyalari, tarmoq tizimining modeli,
5
ma‘lumotlarin uzatish bayonnomalari, IP, TCP va UDP bayonnomalari. Tarmoq operasion tizimlari. 3-Modul. Lokal kompyuter tarmog„iga kirish 5-mavzu. Lokal kompyuter tarmog„iga kirish Lokal kompyuter tarmoqlari, ularni tashkil etish va ishlatish. Lokal kompyuter tarmoqlarini instalyasiyalash va boshqarish. Lokal hisoblash tarmog‗iga kirish. Lokal hisoblash tarmog‗ining tashkil etuvchilari va ularning turlari. 6-mavzu. Lokal tarmoq topologiyasi Lokal tarmoq topologiyasi. Lokal tarmoqda ma‘lumotlarning almashinuv jarayoni, lokal tarmoq tashkil etish usullari. Lokal tarmoqqa kirish va undan ma‘lumotlar qidirish. 7-mavzu. Intranet – xususiy ichki tarmoq Intranet tarmog‗ida ma‘lumotlarning joylashishi va ularni qidirish. Web sahifani intranetga joylashtirish va undan foydalanishning asosiy xususiyatlari.
Global kompyuter tarmoqlari, Internet paydo bo‘lishining belgilari. Internet tarmog‗ining yaratilish va rivojlanish tarixi, Internet texnologiya va axborot resursi (tarmoq) sifatida. 9-mavzu. Internet tarmog‟ining tuzilishi Internet tarmog‗ida adreslarning tuzilishi va tizimliligi. Ma‘lumotlar almashinuvini tashkil etish yo‗llari. Internet tarmog‘iga ulanish usullari.
Internet xizmatlari va ularning turlari. Brauzerlar va ularning turlari. Internet Explorer, Opera va boshqa brauzerlar bilan tanishish. Internet hizmatlari, elektron pochta texnologiyasi (e-mail), fayllar bilan almashinish texnologiyasi (FTP), axborot izlash texnologiyasi (WWW), Internet va Intranet tarmoqlararo birlashmasini tashkil etish. HTML tili Internet axborot resurslarini yaratish vositasi sifatida, JavaScript(VBScript) interfaol resurslarni yaratish vositasi sifatida
6
5-Modul. Multimediali tarmoq texnologiyalari 11-mavzu. Multimedia bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish. Multimediali tarmoq ilovalari. Multimediali tarmoq ilovalari turlari. Video ma‘lumotlarda saqlanadigan potokli uzatish.
UDP-uzatishlar. HTTP- uzatishlar. Adaptiv uzatishlar va DASH texnologiyasi. Kontentni tarqarish tarmoqlari (CDN). IP-telefoniya. Skype misolida VoIP-ilovalarni oʻrganish. Real vaqt rejimida muloqot uchun bayonnomalar. RTP bayonnoma. SIP bayonnoma. Tarmoq darajasida multimedia xizmatlarini qoʻllab-quvvatlash.
13-mavzu. Tarmoq xavfsizligi asoslari Tarmoq xavfsizligi haqida tushunchasi. Tarmoqdagi xavf turlari. Ma'lumotga kirish usullari
Kriptografiya asoslari. Ochiq kalitli shifrlash. Xabar va raqamli imzoning yaxlitligi. Kriptografik xesh-funktsiyalar. Xabar autеntifikatsiya kodi.
Xavfsiz elеktron pochta. Tarmoq darajasida xavfsizlik: IPSec va virtual. Ekspluatatsion xavfsizlik: brandmauerlar va hurujlarni tutish tizimlari.
Amaliy mashgʻulotlar bo‗yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari 2. Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari 3. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi 4. Lokal tarmoqqa kirish. Uning xizmatlari 5. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta‘minoti 6. Brauzer dasturlari va ularning imkoniyatlari 7. Multimedia bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish 8. Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar 9. Tarmoq xavfsizligi asoslari 10. Ma‘lumotlarni muhofaza qilish usullari
7
11. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining uskunaviy ta'minoti 12. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining dasturiy ta'minoti V. Laboratoriya mashgʻulotlar bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar Laboratoriya mashgʻulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Lokal kompyuter tarmog‗ini tashkil qilish va unda ishlash 2. Windows NT tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari. 3. Internet bilan tanishish. Internet Explorer dasturi bilan ishlash. 4. Umumiy ma‘lumotlar beruvchi saytlar bilan ishlash. 5. Mahalliy va xorijiy saytlari bilan ishlash. 6. Turli xil qidiruv tizimlari bilan ishlash. 7. Chat tizimida ishlash. 8. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan ishlash. 9. Elektron xatlarga fayllarni biriktirish. 10. Internet tarmog‗ida arxivlangan fayllar bilan ishlash. 11. Telekonferensiyalar va videokonferensiyalar bilan ishlash. 12.
Pochta dasturlari bilan ishlash 13.
14. VoIP texnologiyalari 15.
Simsiz tarmoqlar bilan ishlash 16.
17. Brauzer dasturlari va ularning imkoniyatlari 18. Multimedia bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish 19. Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar 20. Tarmoq xavfsizligi asoslari 21. Ma‘lumotlarni muhofaza qilish usullari 22. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining uskunaviy ta'minoti 23. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining dasturiy ta'minoti
Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzulari: 1. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. 2. Kompyuter tarmoqlarining nomlanishiga sabablar va
ularning xususiyatlarining farqlari. 3. Tarmoqdagi ma‘lumot turlari, hajmi va almashinuv jarayonidagi daturlarning o‗rni. 4. Mintaqaviy tarmoq topologiyasi. 5. Mintaqaviy tarmoq modeli. 8
6. Mintaqaviy tarmoq bayonnomalari. 7. Lokal tarmoq aloqa vositalari. 8. Kompyuterlararo aloqalarni tashkil etish yo‗llari. 9. Lokal tarmoqda ma‘lumotlar almashinuv modeli. 10. Lokal tarmoqning jamiyat rivojlanishidagi roli va ahamiyati. 11. Internet tizimi va uning kelib chiqish tarixi. 12. Internet tizimini yaratishda ish olib borgan olimlar ijodi. 13. Rasmli va murakkab ob‘ektli ma‘lumotlarning Internet tizimidagi almashinuv jarayonlari. 14. Internetni tashkil etuvchi dasturning yaratilish tarixi va unga o‗xshash dasturlar. 15. Internetda axborot xavfsizligi va uni himoyalash usullari 16. Paketlar kommutatsiyasining rivojlanishi 17.
Xususiy tarmoqlar va Internetning rivojlanishi 18. Internet – shiddat bilan rivojlanish: 1990-yillar 19. Web-keshlash 20. DNS yozib olish va xabar 21.
Ortiqcha yuklanishni boshqaruvga yondashuvlar 22. Ma‘lumotlarni ishonchli uzatish tamoyili 23. Virtual kanalli tarmoqlar 24. Marshrutlashning masofali-vektorli algoritmi 25.
DOCSIS: Internetga kabelli bogʻlanish uchun kanalli darajadagi bayonnoma 26.
IPv6 manzillash 27. Guruhli marshrutlash 28.
Siklik nazorat kodi 29.
30. Simmetrik kalitlar bilan shifrlash 31.
SSL texnologiyasi yordamida TCP-bogʻlanishlarni himoyalash 32.
33. Kanalli darajadagi kommutatorlar 34. Link qatlam darajalari 35. Standart IEEE 802.11i
9
Fanni baholash tizimi: Talabalar bilimini baholash mezonlari Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a‘lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. Talabaning ―Tarmoq texnologiyalari‖ fani bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalarini baholashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: a) “5 ” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: kasbiy sohasida uchraydigan turli hil masalalarga Tarmoq texnologiyalari tuza olishi, algoritmning turlarni farqlay olish, tasvirlash usullariga oid misollar keltira olish, rekursiya va iteratsiya, algoritmning murakkabligi tushunchalarni ajrat olishi, samarali Tarmoq texnologiyalari ishlab chiqishning asosiy usullari(balansirovka, dinamik dasturlash va boshqalar)ni amaliy qo‘llay olishi, biror bir dasturlash tillari va ularning turlarini farqlay olish, dasturlash tillalari yordamida amaliy masallalarga dasturlar tuza olish, massivlar, grafik operatorlar, satriy kattaliklar bilan ishlash, funktsiyalar va protseduralar, yozuvlar, ro`yxatlar, fayllar, modulli dasturlar haqidagi bilimlarni amalda qo‘llay olish, ob‘ektga yo`naltirilgan dasturlash tillaridan foydalana olish, boshqarish elementlari, oynalar, dialoglar; voqealar va habarlar, ob‘ektga yo`naltirilgan muhitlarda habarlarni uzatish va ularga ishlov berish, ob‘ektlar ierarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash haqidagi nazariy bilimlarga ega bo‗lishi, ushbu nazariy bilimlarni amalda qo‗llay olishi, kasbiy soxalarida fanning amaliy imkoniyatlaridan foydalana olishi, mustaqil ishlash ko‗nikmalariga ega bo‗lishi; b) “4” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: turli hil masalalarga Tarmoq texnologiyalari tuza olishi, algoritmning turlarni farqlay olish, tasvirlash usullariga oid misollar keltira olish, rekursiya va iteratsiya, algoritmning murakkabligi tushunchalarni ajrat olishi, biror bir dasturlash tillari va ularning turlarini farqlay olish, dasturlash tillalari yordamida amaliy masallalarga dasturlar tuza olish, massivlar, grafik operatorlar, satriy kattaliklar bilan ishlash, funktsiyalar va protseduralar, haqidagi bilimlarni amalda qo‘llay olish, ob‘ektga yo`naltirilgan dasturlash tillaridan foydalana olish, boshqarish elementlari, oynalar, ob‘ektlar ierarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash haqidagi nazariy bilimlarga ega bo‗lishi; ushbu nazariy bilimlarni amalda qo‗llay olishi; kasbiy soxalarida fanning amaliy imkoniyatlaridan foydalana olishi; v) “3” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: turli hil masalalarga Tarmoq texnologiyalari tuza olishi, algoritmning turlarni farqlay olish, tasvirlash usullariga oid misollar keltira olish, rekursiya va iteratsiya, algoritmning murakkabligi
10
tushunchalarni ajrat olishi, biror bir dasturlash tillari va ularning turlarini farqlay olish, dasturlash tillalari yordamida amaliy masallalarga dasturlar tuza olish haqidagi qisman tassavurga ega bo‗lishi; amaliyotda ayrim dasturlarni ko‗llay olishi;
g) “2” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: fanning nazariy qismini tushunmaydigan, amaliy qo‗llash imkoniyatlari juda past, dasturlarni mutaqil ravishda ishlata olmaydigan talabalarga “2” baho qo‗yiladi.
Baholash mezonlari 5 baholik shkala
100 ballik shkala
Yetarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni mustaqil yechgan. Berilgan savollarga to‘liq javob beradi. Masalaning mohiyatiga to‘liq tushunadi. Auditoriyada faol. O‘quv tartib intizomiga to‘liq rioya qiladi. Topshiriqlarni namunali rasmiylashtirgan. «5» ―A‘lo‖
90 - 100%
Yetarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni yechgan. Berilgan savollarga yetarli javob beradi. Masalaning mohiyatini tushunadi. O‘quv tartib intizomiga to‘liq rioya qiladi. «4»
―Yaxshi‖ 70 - 89,9%
javob berishga harakat qiladi. Masalaning mohiyatini chala tushungan. O‘quv tartib intizomiga rioya qiladi. «3» ―Qoniqarli‖ 60 - 69,9%
Talaba amaliy mashg‘ulot darsi mavzusiga nazariy tayyorlanib kelmasa, mavzu bo‘yicha masala, misol va savollariga javob bera olmasa, darsga sust qatnashsa bilim darajasi qoniqarsiz baholanadi «2» ―Qoniqarsiz‖ 0 - 59,9%
ON ni baholash Oraliq nazorat ―Tarmoq texnologiyalari‖ fanining bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi bo‘yicha yozma yoki test ravishda amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli savollarni bi-lishi yoki muammolarni echish ko‘nikmalari va bilim malakalari aniqlanadi. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini o‘t-kazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘u-lotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. O‘quv yilining kuzgi hamda bahorgi semestrida 2 ta yozma ish va 2 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo‘lib, yozma ish 5 baholik shkalada baholanadi. Oraliq baholash (OB) ―Tarmoq texnologiyalari‖ fanining bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi bo‘yicha, tegishli nazariy, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlari o‘tib bo‘lingandan 11
so‘ng yozma ish shaklida amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli savollarni bilishi yoki muammolarni yechish ko‘nikmalari va malakalari aniqlanadi. O‘quv yilining 1-semestrida 2 ta yozma ish va 10 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo‘lib, yozma ishga o‘rtacha 5 ball, mustaqil ishga ham o‘rtacha 5 ball ajratilgan. 2-semestrida 2 ta yozma ish va 6 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo‘lib, yozma ishga o‘rtacha 5 ball, mustaqil ishga ham o‘rtacha 5 ball ajratilgan. OB nazorat ishlari yozma ish shaklda o‘tkazilishi nazarda tutilgan, yozma ish savollari ishchi o‘quv dastur asosida tayyorlanadi. OB ga ajratilgan balldan ―2‖ va undan past ball to‘plagan talaba o‘zlashtirmagan hisoblanadi. OB ni o‘zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. YaN ni baholash Yakuniy nazorat ―Tarmoq texnologiyalari‖ fanining barcha mavzularini qamrab olgan bo‘lib, nazariy, amaliy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng test yoki yozma ravishda amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ya‘ni bilim darajasi yoki muammolarni echish ko‘nikmalari va malakalari aniqlanadi. Yakuniy nazorat ishlari test usulida ham o‘tkazilishi nazarda tutil-gan, test savollari ishchi o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha tala-baning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan mud-datga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akade-mik qarzdor hisoblanadi. Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.
Yakuniy baholash (YaB) ―Tarmoq texnologiyalari‖ fanining barcha mavzularini qamrab olgan bo‘lib, nazariy,amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng test yoki yozma ish shaklida amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ya‘ni bilim darajasi yoki muammolarni yechish ko‘nikmalari va malakalari aniqlanadi. YaB nazorat ishlari test yoki yozma ish usulida ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan, test va yozma ish savollari ishchi o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi. OB ga ajratilgan balldan ―2‖ va undan past ball to‘plagan talaba o‘zlashtirmagan hisoblanadi va YaB ga kiritilmaydi. YaB ni o‘zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. YaB bo‘yicha olinadigan test yoki yozma ish variantlari kafedra mudiri rahbarligida tuziladi va dekanatlarga topshiriladi. Test usulida YaN ni baholash mezonlari: YaB test yoki yozma ish shaklida o‘tkaziladi. YaB test shaklida o‘tkazilsa talabalarga variantlar asosida 30 ta test savoli beriladi. Har bir to‘g‘ri javob quyidagicha balldan baholanadi. To‘g‘ri javoblar soniga qarab talabaning YaB da to‘plagan ballari aniqlanadi. “5” – 27-30 ta “4” – 21-26 ta “3” – 18-20 ta “2” – 0-16 ta
12
Asosiy adabiyotlar: 1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). Pearson. USA, 2014. 672-pages. 2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-pages 3. M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‗quv qo‗llanma- T.: ―Noshir‖, 2009 y. 4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: Oʻqituvchi, 2011y. 5. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y. 6. Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012г. 960стр. 7. Р.Хамдамов ва бошқалар. Таълимда ахборот технологиялари. Услубий қўлланма. Тошкент. ―Ўзбекистон миллий энциклопедияси‖ 2010 й. 8. Виктор Олифер, Наталия Олифер. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Учебник. Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр. 9. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O‗quv qo‗llanma. T.; ―Faylasuflar jamiyati‖. 2013 y. 10. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va
axborot texnologiyalari. O`quv qo`llanma. Toshkent, ―O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati‖, 2013 y. 11. Велихов А.В и др. Компьтерные сети. Учеб.пос., Москва, ЗАО «Новый издательский дом», 2005 г. Qo„shimcha adabiyotlar
12. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ / Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2016. - 56 б. 13. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Мамлакатимизни 2016 йилда
ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январ / Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. – 104 б.
13
14. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиѐти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 2016 йил 7 декабр /Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: ―Ўзбекистон‖, 2017. – 48 б. 15. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Мазкур китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг 2016 йил 1 ноябрдан 24 ноябрга қадар Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри сайловчилари вакиллари билан ўтказилган сайловолди учрашувларида сўзлаган нутқлари ўрин олган. /Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: : ―Ўзбекистон‖, 2017. – 488 б
16.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-
17. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. -46 б. 18. Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari.- T.; 2000 y. 19. A.R.Maraximov. Internet va undan foydalanish asoslari. O‗quv qo‗llanma. Toshkent, "ABL - Soft", 2001 y.
20. www.ziyonet.uz – Axborot ta‘lim portali 21. www.edu.uz – Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi portali 22. www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti 23. http:// corel.Deamiart.ru//. 24. www.amazon.com 25. http://www.ctc.msiu.ru/materials/Book1,2/index1.html 26. http://www.ctc.msiu.ru/materials/CS_Book/A5_book.tgz 27. http://www.cs.ifmo.ru/ docs/case/
14
Ishchi o„quv dasturga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish to„g‟risida 2019-2020 o‗quv yili uchun ishchi o‘quv dasturiga qo‘yidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda: ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________
O‘zgartirish va qo‘shimchalarni kirituvchilar:
__________________________________________ _______ (professor-o‘qituvchining I.F.O.) (imzosi)
Ishchi o‘quv dasturga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ―Fizika- matematika‖ fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashida muhokama etildi va ma‘qullandi (_____ yil ― ___ ‖ _______ dagi ―____‖ - sonli bayonnoma).
Fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashi raisi: dots. S.P.Allayorov
15
16
Download 433.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling