Hayoti va ijodi


Download 28.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1158054
Bog'liq
A.Navoiy Hayoti va ijodi


H ayoti va ijodi

O’zbek xalqining milliy iftixori Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tug’ilgan. O’sha paytda Hirot Amir Temur saltanatiga qarashli ilm-fan, adabiyot va san’at o’choqlaridan biri bo’lib, hozir Afg’oniston hududiga qaraydi.


Bo’lajak ulug’ shoirning oilasi temuriylar yaqin bo’lgan. Shuning uchun ham Alisher bolalik kezlarida Xurosonning bo’lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan o’sgan. G’oyat ziyrak Alisher o’sha yillardayoq adabiyotga katta ixlos qo’yib, fors adabiyotining mumtoz vakillari va o’ziga zamondosh turkigo’y shoirlarning asarlarini sevib o’qidi. Ayniqsa, Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" (Qush tili) asari unga shu darajada ta'sir etdi va uni o’z domiga tortdiki, hatto bu asarni qayta-qayta o’qishi orqasida unda ruhiy o’zgarish yuz bera boshladi. Bundan cho’chigan otasi kitobni uning qo’lidan tortib oladi. Ammo kech bo’lgan, Alisher "Mantiq ut-tayr"dek katta asarni boshdan-oyoq yodlab olgan edi.
Alisherdagi ana shu favqulodda katta qobiliyat uning she'riy mashqlarida ham ko’rindi. U juda erta g’azallar yoza boshladi.
O’z davrining "malik ul-kalom"i ("so’z podshosi") deb tan olingan Lutfiy 99 yoshida navqiron Alisher bilan uchrashgan. Shunda uning: "Orazin yopg’och ko’zumdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh" bayti bilan boshlanuvchi g’azalini eshitib, shu bayt uchun butun umri mobaynida yozgan asarlarini berishga rozi ekanini aytgan. Shubhasiz, ustozning shogirdiga bergan bu bahosi mubolag’adan xoli emas. Lekin, baribir, kelajak uning Alisherga bo’lgan ishonchida aldaninaganligini ko’rsatdi.
Navoiy do’sti Husayn Boyqaro taxtni egallagach, uning saroyida muhrdor, vazir laovzimlarini bajardi. Mamlakatning obod va farovon bo’lishi, san'at va adabiyotning rivojlanishiga o’zining bebaho hissasini qo’shdi. Ayni paytda bir soat ham bo’shamay, o’zbek adabiyoti xazinasini she'riy durdonalar bilan boyitdi.
Alisher Navoiy yaratgan asarlar orasida eng buyugi "Hamsa"dir. Besh dostondan iborat "xamsa" yozish an'anasini ulug’ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Navoiy shu an’anani davom ettirib, turkiy tilda o’zining muhtasham asarini ijod qildi. "Xayrat ul-abror", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Sab'ai sayyor" hamda "Saddi Iskandariy" dostonlaridan iborat "Xamsa" va "Xazoyin ul-rna'oniy" Navoiyning jahon adabiyoti xazinasiga qo’shgan buyuk hissasidir.
N avoiy bu asarlari bilan fors tili soyasida siqilib qolgan turkiy (o’zbek) tilining go’zalligi va boyligini isbotlab berdi.
Navoiy umrining oxirida (1499—1500-yillarda) yana bir necha o’lmas asarlarni yaratdi. "Mahbub ul-qulub" ("Ko’ngiliarning sevgani") alohida ahamiyatga ega. Shoir bu asarda o’zining falsafiy-axloqiy qarashlarini — do’stlik va vafo, yoshlik va keksalik, mardlik va olijanoblik, saxiylik va xasislik singari masalalarga oid fikrlarini donishmandlarga xos hikmatli, shirali, jozibali til bilan ifodalagan.
Alisher Navoiy 1501-yili vafot etgan. Uning qabri Hirotda.
O’zbek adabiyotining cho’qqisi Alisher Navoiy haqida ko’plab san'at va adabiyot asarlari yaratilgan. Toshkent shahrining Milliy bog’ida ulug’ shoirning muhtasham haykali bor. Bu haykal xalqimizning unga bo’lgan so’nmas mehr-muhabbatini o’zida ifodalaydi.


"Mahbub ul-qulub" asari haqida


Alisher Navoiyning keksalik davrida yozgan asarlari orasida "Mahbub ul-qulub" ("Ko’ngillarning sevgani") asari alohida o’rinni egallaydi. "Mahbub ul-qulub" ma'no-mazmuniga ko’ra, falsaiiy-axloqiy asardir. Shoir o’zining axloq va odob to’g’risidagi qarashlarini hikmatli so’zlar va ibratli voqealar tasviri orqali ifodalaydi. Sharq axloq odobi asosida tarbiya ko’rgan kishining qanday yaxshi fazilatlarga ega bo’lishi lozim-u, qanday salbiy xislat va illatlardan qochishi foydali ekani haqida yuritadi. Modomiki, jamiyat turli toifadagi kishilardan iborat, ular orasida podsho ham, amaldorlar ham, savdogarlar ham bor ekan, Navoiy ularning ham qanday yaxshi fazilatlarni o’zida tarbiyalashi lozimligini ko’rsatib beradi.


Darslikka tavsiya etilgan parchalarda ulug’ shoirning yosh avlod tarbiyasi uchun zarur bo’lgan fikr va muohazalari o’z ifodasini topgan.
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling