Iv chorak 63 dars


Download 88 Kb.
Sana06.05.2020
Hajmi88 Kb.
#103661
Bog'liq
fosforning kislorodli birikmalari-1


IV CHORAK 63 DARS

Mavzu: Fosforning kislorodli birikmalari

Dars maqsadi:



  1. Ta`limiy maqsad: fosforning kislorodli birikmalari tarkibi,tuzulish,olinish usullari,fizik va kimyoviy xossalari va ishlatilishi haqida tushunchalar berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: kimyoviy moddalarni havo va atrof muhitni toza saqlashga e`tibor berish.Kimyo fanining vatan ravnaqi,xalqning turmush darajasini oshirishdagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: mavzuga oid labaratoriya jihozlaridan, kimyoviy reaksiyalardan,electron darslik va ko`rgazmali qurollardan foydalanib dars mavzusi bo`yicha o`quvchilar bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.

  4. Tayanch so`zlar: fosfor(v)oksidi,fosfor (III) oksid,metafosfat kislota,ortofosfat kislota,ortofosfit kislota,pirofosfat kislota

Dars turi: aralash,yangi bilim berish

Darsning metodi: aqliy hujum,tajriba o`tkazish.klasster metod

Darsning jihozlari: Dimitriy Ivanovich Mendeleyevning davriy sistemasi, shtativ, pipetka, menzurka, spirt lampasi, shisha tayoqcha.

Reaktivlar: qizil fosfor,Ca3( PO4)2 , H2SO4 ,HPO3 , Na, Mg , NaOH, Na2CO3, AgNO3.

Texnik vositalar: komyuter, slaydlar, videoproektor, ekran

Darsning oltin qoidasi: faollik, intizom,ahillik,o`zaro hurmat,vaqt

Darsning shiori: A`lo mamlaktning a`lo farzandi,

Bilib qo`yki! Seni vatan kutadi,



Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism (3 daqiqa)

  2. Uy vazifalarini so`rash (10 daqiqa)

  3. Yangi mavzuning bayoni (20 daqiqa)

  4. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)

  5. O`quvchilarni rag`batlantirish,baholash (3 daqiqa)

  6. Uyga vazifa berish (2 dqiqa)


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism !

Darsning boshlanishida o`quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,va tozalikni tekshirish ishlari amalga oshiriladi

  1. Uy vazifasini sorash.

  1. Kichik testlar

  1. P2O3 da fosforning oksidlanish darajasi nechaga teng?

A) +5 B) +3 C) -3 D) +1

2. Fosfor qanday allotropik shakl o’zgarishlariga ega?

A) Oq fosfor, qizil fosfor C) Oq fosfor, kulrang fosfor

B) Oq fosfor, qizil fosfor, qora fosfor D) Qaqat qizil

3. 2 litr havoda (n.sh.) da necha litr kislorod va azot bo’lishi mumkin?

A) 1,56; 0,42 B) 0,42; 1,5 C) 1,5; 0,5 D) 0,5; 1,5

4. Fosfor atomida nechta s – elektronlari bor?

A) 2 B) 4 C) 6 D) 8

5. KNO3 – parchalanganda qanday moddalar hosil bo’ladi

A) KNO2, N2 B) K2O, NO2 C) NO2, O2 D) KNO3, O2



II.MASALA

  1. 4 mol fosfor vodorod bilan reaksiyaga krishganda qancha massa fosfin (PH3) hosil bo’ladi va qancha hajm vodorod (n.sh.) sarflanadi.

Tezkor savollar

  1. Fosforning ma’nosi?

J: Yunoncha so’zdan olingan bo’lib “nur taratuvchi” degan manoni bildiradi.

  1. Birinchi marta fosfor kim tomonidan kashf etilgan?

J: 1669 – yil Broun tomonida kashf etilgan.

  1. Fosforning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi o’rni?

J: V – bosh guruhchasi III – davrda joylashgan.

  1. Fosforning oxirgi elektron qobig’ida nechta elektron bor?

J: 5 ta elektron, 2 ta s va 3ta toq elektronlar.

  1. Fosforni oksidlanish oksidlanish darajalari?

J: -3, 0, +3, +5

  1. Fosforni allotropik shakli?

J: oq fosfor, qizil va qora fosfor.

  1. Qaysi fosfor zaharli?

J: oq fosfor.

  1. Fosfor bevosita qaysi moddalar reaksiyaga kirishadi?

J: kislorod (O), oltingugurt (S), galogenlar, ayrim metallar (ishqoriy metallar)

  1. Oq fosforning fizik xossasi?

J: kristal, rangsiz, sarimsoq hidli, suvda eriydi, zichligi 1,8 g/sm3 t = 44C, zaharli molekulyar kristalli panjaraga ega.

10. 2 mol fosforni malekulyar soni nechaga teng?

J: 12,04 ·10 23

III.Yangi mavzuni bayoni

Reja:


  • 1.Fosforning kislorodli birikmalari

  • 2.Fosfor (V) oksidni olish va uning xossalari

  • 3.Ortofosfat kislotaning fizik va kimyoviy xossalari

  • 4.Ortofosfat kislota tuzlari

5.Fosforning biologik ahamiyati

  1. Fosforning kislorodli birikmalaring formulasi.

P2O5 yoki P4 O10 - Fosfor (V) oksid

P2O3 - P 4O6 Fosfor (III) oksid

HPO3 - Metafosfat kislota

H3PO4 - Ortofosfat kislota

H4P2O7 - Pirofosfat kislota

Ortofosfat tuzlari: Na3PO4 , Ca3(PO4)2, NaH2PO4, Na2HPO4


b)Fosfor (V) oksidning olinishi va xossalari

Fosforning yonishida kislorod yetarli miqdorda ishtirok etganda P4O10 ya`ni fosfor (V) oksidi hosil bo`ladi.Bu oksidning oddiyroq formulasi P2O5 ko`rinishda bo`ladi.

4P + 5O2 → 2 P 2O5

Fosfor (V) oksid oq rangli, gigroskopik(suvni shimib oluvchi) modda bo`lib,suvda yaxshi eriydi.

P2O5 ning erishidan oddiy sharoitda:

P 2O5 + H 2O → 2HPO3

Metafosfat kislota hosil bo`ladi.

Reaksiya harorat ta`sirida olib borilsa, ortofosfat kislota olish mumkin:

P 2O5 + 3H 2O → 2H 3PO4

Yoki birinchi tajribadagi metafosfat kislota harorat ta`sirida suv bilan reaksiyaga kirishib ortafosfat kislota hosil bo’ladi.

HPO3+H2O→H3PO4

Ortafosfat kislota ostida qizdirilsa pirofosfat kislota hosil bo’ladi.

2H2PO4→H4P2O7 + H2O

Qizdirish davom ettirilsa, fosfor (V) oksidigacha parchalanadi.

HPO3 , H4P2O7 larni hosil qilish muhim ahamiyatga ega.

Ortofosfat (fosfat) kislota labaratoriyada Ca3(PO4)2 konsentrlangan H2SO4 qizdirish yo`li bilan olinadi.

Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 → 3CaSO4 + 2H3PO4

Fosforni yetarli miqdordagi kislorodga yondirib, hosil bo`lgan P2O5 qizdirib turib suv ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi.



Ortofosfat kislota-H 3PO4.Ortofosfat kislota rangsiz kislota modda bo`lib,suvda juda yaxshi eriydi.Qaribki 42,3 °c suyuqlanadi.Fosfat kislota uch negizli kislota bo`lganligi sababli uch bosqichda dissotsiatsiyalanadi.

  • H3PO4 « H++H2PO4-digidrofosfat ioni

  • H3PO4- « H++HPO42- gidrofosfat ioni

  • HPO42- « H++PO43 ortofosfat ioni

Fosfat kislota dissotsiatsiyalanganda uch xil ion hosil bo`lganligi uchun uch qator moddalarni hosil qiladi.

Fosfatlar Na3PO4 , Ca3(PO4)2

Digidrofosfatlar NaH2PO4 ,Ca(H2PO4)2

Gidrofosfatlar Na2HPO4 , CaHPO4

Ortofosfat kislota ,kislotalar uchun xos bo`lgan barcha umumiy reaksiyalarni beradi:


  • 6Na + 2H3PO4 = 2Na3PO4 + 3H2

  • 3 NaOH + H3PO4=Na3PO4 + 3 H2O

  • 3CaO + 2H3PO4=Ca3(PO4)2 + 3 H2O

  • 3 NH3+ H3PO4 =(NH4)3PO4

  • 3 Na2CO3 + 2 H3PO4= 2 Na3PO4 + 3CO2 + 3H2O

Kumush nitrat bilan reaksiya kirishib o`ziga xos sariq cho`kma hosil qiladi:

3AgNO3 + H3PO4 =↓Ag 3PO4 + 3 HNO3

Kumush fosfat- sariq rangli cho`kma. Bu reaksiya fosfat ioni uchun reaktiv hisoblanadi.

Ortofosfat kislota tuzlari: Metalni M bilan belgilab ortofosfat tuzlarini quyidagicha yozishimiz mumkin :


Ortofosfat kislota tuzlari

Metall bir valentli

Metall ikki valentli

Metall uch valentli

Ortofosfatlar

M3PO4

M 3 (PO4) 2

MPO4

Digidrofosfatlar

MH2PO4

M(H2PO4)2

M(H2PO4)3

Gidrofosfatlar

M2HPO4

MHPO4

M2(HPO4)3

Metal o`rniga ammoniy ioni ham bol`ishi mumkin:

  • (NH4)3PO4 – ammoniy ortofosfat

  • (NH4)2HPO4 – ammoniy gidrofosfat

  • NH4H2PO4 – ammoniy digidrofosfat

Digidrofosfatlar suvda eriydi,qolgan fosfatlar esa erimaydi.Ishqoriy metallarning fosfatlari bilan ammoniy fosfitlar suvda eriydi.Kalsiy fosfat suvda erimaydi,ammo kuchli kislotada eriydi.

Ca3(PO4)2 + 4HNO3 = Ca(H2PO4)2 + 2 Ca(NO3)2



Fosfor va uning birikmalarining biologik ahamiyati:

Akademik olim A.Yu.Fersmen fosforning ahamiyatini yuqori baholab, uni “Xayot va tafakkur elementi” deb atagan.Darhaqiqat, fosfor azot,uglerod,vodorod elementlari singari tirik organizmlarning asosini tashkil etadi.

Odam va hayvonlar suyak to`qimalarining anorganik tarkibiy qismi Ca3 (PO4)2 tashkil etadi.Suyak mustahkamligini va qattiqligini ta`minlaydi.Tirik organizmdagi energiya almashinuvi P birikmasi –Adenozin tri fosfat(ATF) tomonidan amalga oshiriladi. Odamga bir kunlik fosfor sarfi taxminan 2 grammni tashkil etadi.

Odamlar fosforga bo`lgan ehtiyojini o`simliklar,chorvo va parranda mahsulotlaridan oladi.O`simliklar esa fosforni tuproqdagi fosforning mineral o`g`itlaridan qabul qiladi.



IV.Mustahkamlash:

Klassik uchlik orqali yangi mavzu mustahkamlanadi.O`quvchilar oltita guruhga bo`linadi.

SAVOL: Quyidagi atamalarga mos keladigan javoblarni yozing.

I-guruh. Fosfor oksidlari, H3PO4 , P2O5 , HPO3 , fosfor kislota, P4O6 , Na3PO4 , Ca(H2PO4)2 ,ortofosfatlar.

II-guruh. Ortofosfat kislotani olinishi, P2O5 ,3H2O+P2O5→2H3PO4,

P4O10, fosfor (V) oksidi, gidroortofosfatlar, HPO3 + H2OH3PO4 ,

Na 2HPO4, K2HPO4 .

III- guruh. Ortofosfat kislotani kimyoviy xossasi, 4P+3O2→2P2O3 ,

6K+2H3PO4→2K3PO4+3H2,digidrofosfatlar , 3NH3+H3PO4→(NH4)3PO4 , Na 2HPO4 , fosfor (III) okdsidi olinishi.

KH 2PO4 , 4P+3O2→P4O6

IV-guruh.Fosfat ioning sifat reaksiyasi H3PO4 « H++H2PO4 ,

H3PO4- « H++HPO42- , 3AgNO3 + H 3PO4 =↓Ag 3PO4 + 3 HNO3 ,

Ortafosfat kislotani disotsiatsiyalanishi Na3PO4+ 3AgNO3→Ag3PO4 + 3NaNO3, ortofosfat (V) oksidini, 2 moli 284 gramm,12,04.1023 molekula

V-guruh. Ortafosfat, 142 g/mol, 98 g/mol, fosfor(v) oksidi, P2O5 , Na 3PO4 ,tuzlar ,(NH4)3PO4 ,HPO42- « H++PO43

VI- guruh.Ammoniy ortofosfatlar (NH4)3PO4, (NH4)2 HPO4 ,H2 hosil bo`ladi,

3Mg + 2H3PO4 →Mg 3(PO4)2 + 3H2 ortofosfat kislota, 3 moli 294 g

P2O5 + 3H2O → 2H 3PO4 , 6Na + 2H 3 PO4→2Na3 PO4 + 3H2



(V) O`quvchilarni rag`batlash va baholash:

(VI) Uyga vazifa berish

Masala:

  1. 19,6 garamm H3PO4 olish uchun qancha kalsiy ortofosfat va sulfat kislota kerak.

  2. O`tilgan mavzuni takrorlash

  3. Yangi mavzuni tanishib chiqish.


I-guruh. Fosfor oksidlari, H3PO4 , P2O5 , HPO3 , fosfor kislota, P4O6 , Na3PO4 , Ca(H2PO4)2 ,ortofosfatlar.

II-guruh. Ortofosfat kislotani olinishi, P2O5 ,3H2O+P2O5→2H3PO4,

P4O10, fosfor (V) oksidi, gidroortofosfatlar, HPO3 + H2OH3PO4 ,

Na 2HPO4, K2HPO4 .

III- guruh. Ortofosfat kislotani kimyoviy xossasi, 4P+3O2→2P2O3 ,

6K+2H3PO4→2K3PO4+3H2,digidrofosfatlar , 3NH3+H3PO4→(NH4)3PO4 , Na 2HPO4 , fosfor (III) okdsidi olinishi.

KH 2PO4 , 4P+3O2→P4O6

IV-guruh.Fosfat ioning sifat reaksiyasi H3PO4 « H++H2PO4 ,

H3PO4- « H++HPO42- , 3AgNO3 + H 3PO4 =↓Ag 3PO4 + 3 HNO3 ,



Ortafosfat kislotani disotsiatsiyalanishi Na3PO4+ 3AgNO3→Ag3PO4 + 3NaNO3, ortofosfat (V) oksidini, 2 moli 284 gramm,12,04.1023 molekula

V-guruh. Ortafosfat, 142 g/mol, 98 g/mol, fosfor(v) oksidi, P2O5 , Na 3PO4 ,tuzlar ,(NH4)3PO4 ,HPO42- « H++PO43

VI- guruh.Ammoniy ortofosfatlar (NH4)3PO4, (NH4)2 HPO4 ,H2 hosil bo`ladi,

3Mg + 2H3PO4 →Mg 3(PO4)2 + 3H2 ortofosfat kislota, 3 moli 294 g

P2O5 + 3H2O → 2H 3PO4 , 6Na + 2H 3 PO4→2Na3 PO4 + 3H2
Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling