J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari
Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining asosiy
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3. Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot uchun afzalliklari
- 8.1-jadval TMKlar faolij
- Jadvcilning davomi
8.2. Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari Jahon xo‘jaligida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko‘ra vujudga kelgan transmilliy korporatsi- 192
yalar o‘ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo'lib, uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojla- nishida sezilarli rol o‘ynamoqda. Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tu- shuniladi. Transmilliy korporatsiyalarning quyidagi asosiy xususiyatli belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin21: — TMKlar jahon xo'jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lib, aynan ular glo- ballashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi; — milliy chegaralarda sodir bo‘layotgan jarayonlardan bir- muncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi; — dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida o‘zining operatsiyala- rini amalga oshirgan holda jahon xo‘jaligi munosabatlarini tar- tibga solishda ishtirok etishi; — TMKlar o‘z tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro maj- muasi bo‘lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo‘nalishini muvofiqlashtirib boradi; — aksionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta’sis etuv- chi mamlakat vakolatiga tegishli bo‘ladi; — xorijiy bo‘linma va sho‘ba korxonalar milliy ishtirok daraja- siga ko‘ra aralash bo‘lishi mumkin; — TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mam- lakatdagi sodir bo‘layotgan jarayonlardan erkin bo‘ladi; 21 P .M .X ac 6 yjiaT
0 B. M exA yH aponHbie oxoHOMHHecKne OTHomeHHa. y n e 6 -
. - M .: tOpaiiT, 2012
. C. 459
- 460
. 193
— TMKlar asosiy masalalar bo‘yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘linmalar, sho‘ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi; — TMKlar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko‘p mil- latli aksionerlik kapitaliga egalik qilishadi; — TMKlar dunyoning turli mintaqa va mamlakatlari o‘rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsim- lashni samarali tarzda amalga oshiradi; — TMKlar ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ish- lari, nou-xaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish so- halarida uzluksiz faoliyat olib borishadi. — mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko‘rsatadi; Korporatsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo'lgan holda transmilliy korporatsiya maqomini oladi. Hozirgi kunda faoliyat ko'rsatayotgan ko‘pgina korporatsiyalar mazkur xususi- yatli belgilarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida transmilliy va oddiy korpo- ratsiyalar o‘rtasidagi chegara yetarlicha farqlanmaydi, chunki iq- tisodiyot globallashuvining rivojlanishi orqali ta’minot bozorlari, ishlab chiqarish hamda mulkchilik munosabatlarida baynalmi- nallashuv jarayonlari kuchaymoqda. Shuning uchun tadqiqotchi- lar tomonidan TMKlarni ajratishda turli miqdoriy mezonlardan foydalaniladi. Dastlab 1960-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomoni- dan yillik aylanmasi 100 mln dollardan ortiq bo'lgan hamda kamida oltita mamlakatda o‘zining ftliallariga ega bo‘lgan korpo- ratsiyalar TMKlar jumlasiga kiritildi. Keyinchalik esa TMKlarni ajratishda bir qator mezonlar qo'llanila boshladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo‘lgan kor- poratsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi: 194
— markazlashgan boshqaruv tizimi asosida muvofiqlashtiril- gan iqtisodiy siyosatni yuritishi; — ishlab chiqarish bo‘linmalarining majburiyatlar hamda resurslar almashinuvida bir-biri bilan faol hamkorligi; — yillik savdo hajmi 1 mlrd dollardan kam bo‘lmasligi; — umumiy moliyaviy aylanma mablag‘larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to‘g‘ri kelishi; — xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo‘lmasligi; — flliallari oltitadan kam bo‘lmagan mamlakatlarda mavjud bo‘lishi. Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlari- ning rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalmi- nallashuvi hisoblanadi. Kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi xorijda ko‘p sonli boiinmalariga ega boigan yirik kompaniyalarni tash- kil etish va milliy korporatsiyalarning transmilliyga aylanishi orqali xo‘jalik aloqalarining ekspansiyasi xususiyatiga ega boiadi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko‘lamligini ta’minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko‘lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to‘planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yu- zaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi. TMKlar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin: Birinchi bosqich XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, bu bos- qichda TMKlar tomonidan iqtisodiy jihatdan kam rivojlan- gan xorijiy mamlakatlarning xomashyo tarmoqlariga investitsiya mablag‘lari yo‘naltirildi, shuningdek, ta'minot va sotuv bo‘linmalari 195
tashkil etildi. Bu paytda xorijda yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil qilish foyda keltirmasdi. Chunki bir tomon- dan qabul qiluvchi mamlakatlarda zaruriy malakali mutaxassis- lar yetishmasdi, texnologiyalar esa hali yuqori darajada avtomat- lashgan tizimga ega emasdi. Boshqa tomondan esa, korxonalarga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida ularning joriy ishlab chiqarish holatida yuzaga keladigan vaziyatni hisobga olish lozim edi. Ushbu davrda transmilliylashuv jarayoni turli mamlakatlar firmalarining birlashishi, ular tomonidan ta’minot bozorlarining bo‘lib olinishi hamda kelishilgan narx siyosatining yuritilishida namoyon boidi. Transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining ikkinchi bos- qichi XX asrning o‘rtalariga tegishli boiib, bu bosqichda nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki rivojlangan mamlakatlarda ham xorijiy ishlab chiqarish boiinmalari rolining kuchayishi so- dir boidi. Xorijiy ishlab chiqarish boiinmalari ham oldin TMK uchun asosiy mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshladi. Asta-sekinlik bilan TMKlar- ning xorijiy boiinmalari mahalliy bozorlardagi talabni qondirish- ga yo‘naltirilgan faoliyatini kuchaytirdilar. Oldin jahon xo‘jaligida xalqaro kartellar faoliyat yuritgan boisa, so‘ngra mustaqil tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshiruvchi yetarlicha yirik milliy kompaniyalar vujudga keldi. TMKlar soni va ular ahamiyatining ortishi ko'proq 1960-yil- larda fan-texnika inqilobining ta’siri ostida sodir bo‘ldi. Yangi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlab chiqarish operatsi- yalarining yanada soddalashtirilishi natijasida faoliyat ko'lamini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Transport va axborot tizimlarining rivojlanishi, o‘z navbatida mazkur imkoniyatni amalga oshirishga yordam berdi. Shuningdek, mazkur bosqichda TMKlar tomonidan ishlab chiqarish resurslari arzon bo'lgan mamlakatlarda bo‘linmalarni tashkil etishga qaratilgan strategiya amalga oshirilishi kuchay- tirildi.
196 XX asrning oxirida TMKlar rivojlanishining zamonaviy bos- qichi yuzaga keldi. TMKlar rivojlanishining mazkur bosqichiga xos bo‘lgan xususiyat ular tomonidan ishlab chiqarish tarmoqla- rini tashkil etishni global ko'lamda amalga oshirilishida namoyon bo‘ldi. TMKlar tomonidan xorijiy bo‘linmalarni tashkil etish strate- giyasida mamlakatlardagi ishlab chiqarish xarajatlari tahlili ham- da ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab darajasi muhim o‘rin tutadi. TMKlar o‘z faoliyati davomida xalqaro ishlab chiqarish bilan jahon savdosini o‘zaro birlashtirishga erishdilar. Ular o‘zlarining xorijiy bo‘linmalari va sho‘ba korxonalari orqali dunyoning o‘nlab mamlakatlarida yagona ishlab chiqarish va moliya strategiyasi bo‘yicha faoliyat yuritishadi. Zamonaviy jahon xo‘jaligida TMKlar rolini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ko‘rish mumkin: — TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi; — dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxminan 1/2 qismi TMKlar hisobiga to‘g‘ri keladi; — TMKlar bo‘linmalarida barcha ish bilan band aholining qariyb 10% faoliyat yuritadi; — jahondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi TMKlar tomonidan nazorat qilinadi. TMKlar faoliyati rivojlanishini rag‘batlantirishda davlat muhim rol o‘ynaydi. Bunda hukumat xalqaro shartnomalar, iqtisodiy va savdo birlashmalari, turli xildagi davlatlararo keli- shuvlarni tuzish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ta’minot bozorlari bilan ta’minlash orqali o‘z TMKlari faoliyatini rag'batlantiradi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining kuchayib borishida transmilliy korporatsiyalar muhim o‘rin tutadi, ya’ni 197
aynan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonlarini hara- katga keltiruvchi kuch sifatida qaraladi. Chunki transmilliy kor- poratsiyalar fiiiallarining dunyo mamlakatlari bo'ylab tarqalishi, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishning rivojla- nishiga hamda eksport hajmining oshishiga olib keladi. Eksport- import operatsiyalarining rivojlanishi esa, o‘z navbatida mam- lakatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlaydi. Transmilliy korporatsiyalarda kapitalning harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo‘layotgan jarayonlardan mus- taqil ravishda sodir bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar yirik inves- titsiya va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyaii, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tenden- siyasi ro‘y bermoqda. Transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi birlashish va qo‘shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, ishlab' chiqarishni kengaytirish hiso- biga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi birlashish va qo‘shib olish- lar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivoj- lanishiga ta'sir etuvchi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu holat o‘z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko'rsatishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi. Chunki aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo‘ylab inves- titsiyalar oqimi harakat qiladi. Transmilliy korporatsiyalar to- monidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xu- susan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyo- 198
dagi yetakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiya- lar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo'jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Chunki transmilliy korporatsiyalar bir vaqt- ning o‘zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro lizing mu- nosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o'zining ta’sirini o‘tkazadi. Mazkur munosabat- larning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o‘zida mujas- sam etadi. Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhim- ligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko‘lamda bir joyga to‘planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyo- tining muhim subyektlari bo‘lib hisoblanadi. Biroq ularning mil- liy va jahon iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bolishi mumkin. TMKlar quyidagi afzalliklarga ega: — o‘z tuzilmasida ta'minot, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, taqsimlash va sotish korxonalarini birlashtirgan barcha yirik kompaniyalar uchun muhim hisoblangan raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirish imkoniyati; — aktivlarni samarali boshqarish imkoniyati; — xorijiy mamlakatlarning resurslaridan foydalanish (qabul qiluvchi mamlakatlarning moliyaviy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, xomashyo resurslari hamda yuqori malakali ishchi kuchlaridan foydalanish) yo‘li bi- lan raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirish- ning qo‘shimcha imkoniyatlari; 199
— qabul qiluvchi mamlakatlardagi raqobatchilarning salohi- yati, bozorlarning istiqboli haqidagi ma’lumotlarni olish imkoni- yati hamda xorijiy bo‘linmalar mahsulotlarining iste’molchilarga yaqinligi. Shuningdek, TMKlar bo‘linmalari asosiy kompaniya va bo‘linmalarning boshqaruv va ilmiy-texnik salohiyatining yuqo- riligi natijasida qabul qiluvchi mamlakatlardagi korxonalarga qa- raganda muhim afzalliklarga ega bo‘ladi; — mamlakatlar bozorlariga kirishdagi turli xildagi proteksio- nistik to‘siqlarni tovarlar eksportini kapital eksportiga (jumladan, xorijiy filiallarni tashkil etish) almashtirish yo'li bilan oldini olish imkoniyati; — xorijiy bo'linmalarning ishlab chiqarish faoliyatiga asosiy kompaniya tomonidan yaratilgan yuqori texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning doimiy ravishda joriy etilishi; — dunyoning turli mamlakatlariga o‘zining ishlab chiqarish- larini joylashtirish orqali ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga ke- ladigan risklarni kamaytirish imkoniyati. Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan ijobiy tomonlari iqtisodiy adabiyotlarda yetarli darajada o‘rganilgan. TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun quyidagi ijobiy tomon- larini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: — aholi va sanoat uchun keng ko‘lamda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati; — milliy iqtisodiyotga yangi fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi; — iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barqaror rivojlanishni ta’minlash; — mamlakat mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; — yangi ish o‘rinlarini yaratish; — kadrlar malakasining oshishi; — resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga keli- shi;
200 — milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimoti- ga qo‘shilishini ta’minlash; — investitsion faollikni oshirish; — yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati va boshqalar. TMKlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan salbiy ta'siri ular afzalliklarining davom etishi bo‘lib, asosan, ularning juda yirik o‘lchamdagi moliyaviy resurslarni to‘plashi ularga bu- tun tarmoqlarni va alohida mintaqalarni nazorat qilish imkonini berishi, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga ta’sir qilishi bilan bogiiq. Shuningdek, TMKlarning milliy iqtisodiyot ho- latiga salbiy ta’sirlari quyidagilarda namoyon boiadi: — milliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini cheklab qo‘yilishi; — investitsion va ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanishida risklarning oshishi; — monopollashuv holatining yuzaga kelishi; 8.1-jadval TMKlar faolijr'atining natijalari Qabul qiluvchi mam- lakatlar uchun Kapitalni xorijga chiqaruvchi mam- lakatlar uchun Butun jahon xo‘jaligi uchun Ijobiy natijalar qo‘shimcha resurs- larni olish (kapital, yangi texnologiyalar, boshqaruv tajribalari, malakali mehnat); ishlab chiqarish va bandlik darajasining oshishi;
raqobatning kuchayi- shi;
davlat budjetiga qo‘- shimcha daromadlar- ning tushishi. iqtisodiy tartib- larning birxil- lashuvi;
boshqa mamlakat- lar iqtisodiyotiga ta’sir etish daraja- sining ortishi; daromadlarning oshishi.
globallashuv- ning kuchayi- shi; jahon xo‘- jaligida hamjihat- likning oshishi; ijtimoiy jahon xo‘jaligining yaxshilanishi uchun sharoit- lar yaratish. 201
Jadvcilning davomi Salbiy
natijalar jahon xo'jaligida rnam- lakatlar ixtisoslashuvini tanlashda tashqi nazorat- ning kuchayishi; milliy biznesning o‘rnini boshqa turdagi sohalar egallashi; milliy iqtisodiyot beqa- rorligining o'sishi; soliqlardan qochish ho- latlarining kuchayishi; korporatsiyalar tomoni- dan mablag‘larni asosiy mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlanti- rishga yo‘naltirilishi. davlat nazorati rolining pasayi- shi;
kapitalni inves- titsiyalar shaklida olib chiqilishi natijasida ish joylarining qisqa- rishi;
soliqlardan tushadigan mablag‘larning kamayishi. xususiy manfaat- larga xizmat ko'rsatuvchi iqtisodiy tizim
markazlar- ining paydo bo'lishi. — TMK tomonidan ichki narxlarning qo‘llanilishi tufayli budjet daromadlarining qisqarishi; — milliy iqtisodiyotning birmuncha istiqbolli va rivojlangan tarmoqlarini TMKlar tomonidan egallanishi tufayli milliy kor- xonalar faoliyatining sustlashuvi. Shuningdek, qabul qiluvchi, kapitalni xorijga chiqaruvchi mamlakatlar hamda butun jahon iqtisodiyoti uchun TMKlar faoliyatining ayrim oqibatlarini quyidagi jadval ma’lumotlarida ko‘rishimiz mumkin. Korporatsiyalar uchun faoliyatning transmilliylashuvi iqti- sodiy risklarni pasaytiradi, lekin qabul qiluvchi mamlakat- lar uchun bu holat aksincha bo‘ladi. Chunki transmilliy korporatsiyalar iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayot- gan mamlakatlarni tark etgan holda o‘z kapitalini mamlakat o‘rtasida ko‘chirishi mumkin. Tabiiy ravishda, bunday sharoit- larda transmilliy korporatsiya kapitali chiqib ketgan mamlakat- dagi holat yanada yomonlashishi, ishsizlik darajasining oshishi 202
va iqtisodiyot uchun boshqa salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Raqobat kurashida o‘z o‘rnini saqlashi uchun har bir TMK doimiy ravishda nazoratidagi kapital hajmini va faoliyat ko‘lamini oshirgan holda rivojlanib boradi hamda muayyan bosqichda uning faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsata bosh- laydi, chunki davlat manfaatlari bilan alohida tuzilmalarning manfaatlari doimo bir-biriga mos kelavermaydi. Yuzaga keluvchi muammolarni oldini olish uchun qanday sharoitlarda TMKlar- ning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin- ligini aniqlash hamda ularning faoliyatini tartibga solish me- xanizmlarini ishlab chiqish lozim. Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling