Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2020
Hajmi0.49 Mb.
#110318
Bog'liq
windows operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini ornatish


‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

 

MUSTAQIL ISH 

Mavzu: 

Windows operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini 

o’rnatish 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT 2017

 


Windows operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini o’rnatish 

     


Kompyuterlarning  o‘zaro  axborot  almashinish  imkoniyatlarini  beruvchi qurilmalar 

majmuiga  kompyuter  tarmoqlari  deyiladi.  Tarmoqning  asosiy  imkoniyatlari  tarmoqqa 

ulangan  kompyuterlar  va  axborot  ashyolariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Axborot  ashyolari 

deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi 

hujjatlar  yig‘indisi  tushuniladi.  Tarmoqdagi  kompyuterlarda  saqlanayotgan  axborot 

ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.  

      Windows operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini o’rnatish quyidagi ketma-ketlik 

asosida amalga oshiriladi: 



1. 

Windows operatsion tizimi ishga tushiriladi 

 

2.Kompyuter bo’limiga o’tilib, u yerda  СЕТ  tugmasi 



bosiladi

 


3 . Hosil  bo’lgan  oynada ” ИЗМЕНЕНИЕ ПАРАМЕТРОВ АДАПТЕРА “ 

tugmasi  bosiladi 

 

4 . So’ng   belgilangan  ilovaga  bosilib  hosil  bo’lgan  oynada  yana  belgilangan 



ilovaga  bosiladi 

 

5.  Shundan  so’ng  oynada  ko’rsatilgan  qatorlarga  qaysi  klassifikatsiyadagi 

tarmoq  turi  kerakligiga  qarab  IP  kodlar  beriladi  va ok tugmasini bosib 

tarmoq  sozlamasi  o’rnatiladi 

 

IP  adreslar 

IP  adres  o‘zi  nima ? 

Tarmoqdagi kompyuter (mashina)larni identifikatsiyalash yo‘li.Unikal 

identifikator 

IP  adresdan  foydalanish:  Boshqa  kompyuterga  ulanishda  foydalaniladi;  Fayl  hamda 

xabarlarni uzatishga ruxsat beradi. 

 

Tarmoqda  ikki  qurilma  bir-biri  bilan  ma’lumot  almashishi  uchun  maxsus  adreslardan 



foydalanishadi. 

 

IP adres har bir qurilmaga internet tarmog‘iga ulanish uchun beriladigan maxsus 0 va 1 



ketma-ketligidagi manzil. IP adreslar oktetlardan tashkil topadi. IP adreslarning uzunligi uning 

turiga qarab 32 bit yoki 64 bit bo‘lishi mumkin. Har bir oktet 8 bitdan tashkil topgan. 



-  IPv4 (internet protocol version 4)    -  IPv6 (internet protocol version 6). 

IP adres strukturasi  IP adres 4 ta qismdan tashkil topgan;  Har bir qism 8 bit uzunlikka ega 

(demak  uning  umumiy  uzunligi  32  bit!  ekan);    Har  bir  qism  0-255  diapazonda  bo‘ladi;  



Masalan,128.35.0.72    Ushbu  4  ta  qismlar  kompyuter  va  tarmoqning  o‘zini  tavsiflaydi;  Xost 

qismi  tarmoq  administratori  tomonidan  o‘rnatiladi.  IPv4  adres  maydoni              2



32

        yoki  

4,294,967,296 

IP-adres formatlari 

 

IPv4.  IP-adres  4-versiyada  32-bitdan  iborat.  4-versiya  IP-adreslarini  0  dan  255 

gacha bo‘lgan nuqtalar bilan ajratilgan 4 ta o‘nlik sonlar ko‘rinishida  yozish qulay, masalan, 

192.168.0.3. IPv4 32 bitli 4 oktetdan tashkil topgan maxsus adres. IPv4 ikki qismga bo‘linadi: 

chap  qismi  tarmoqni,  o‘ng  ismi  tugun  tugun  (host)  nomerini  belgilaydi.  Tarmoq  va  tugun 

qismlarini  ajratib  olish  uchun  tarmoq  osti  maskasi  ishlatiladi.  Uning  uzunligi  ham  32  bitdan 

iborat.  Tarmoq osti  maskasining vazifasi  adresdagi  tarmoq qismini ko‘rsatuvchi  bitlar sonini 

aniqlashdir. YAna shuni ta’kidlash  kerakki, avvalo sizning kompyuteringiz 127.0.0.1 adresga 

ega  bo‘ladi  (ya’ni,  kompyuteringiz  tarmoqqa  ulanmagan  va  sizga  IP-adres  berilmagan 

holatda). 

 

IPv6.  IP-adres  6-versiyada  128-bitdan  iborat.  Raqamlar  ikki  nuqta  bilan  ajratilgan 

(masalan,  2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334).  Adres  boshidagi  nollarni  tushirib 

qoldirish  mumkin.  Ketma-ket  kelgan  nollar  guruhini  tushirib  qoldirish  mumkin,  ularning 

o‘rniga  ikki  ikki  nuqta  yoziladi  (fe80:0:0:0:0:0:0:1  ni  fe80::1  ko‘rinishida  yozish  mumkin). 

Adresda bunday o‘zgartirishni bir marta bajarish mumkin. 

         IP-adres 32-bitli (IPv4) yoki 128-bitli (IPv6) ikkilik raqamidan iborat bo‘ladi. IP-adresni 

(IPv4) nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta o‘nlik raqamlar bilan yozish qulay, masalan, 192.168.0.1 

(yoki  128.10.2.30  –  adresning  o‘nlik  raqamlardagi  ko‘rinishi,  10000000  00001010  00000010 

00011110 – ikkilik raqamlardagi ko‘rinishi). 



 

IP-adres  adreslarning  asosiy  turi  bo‘lib,  uning  asosida  IP  protokolining  tarmoq  sathi 

paketlarni  tarmoq  o‘rtasida  uzatadi.  IP-adres  kompyuter  va  marshrutizatorlarni 

konfiguratsiyalash vaqtida administrator tomonidan belgilanadi. 



 

A klassdagi IP adreslar juda katta tarmoqqa mo‘ljalllangan. Bunda faqatgina birinchi 

oktet  tarmoq  identifikatsiyasi  uchun  ishlatiladi.  Qolgan  3  (uch)  oktet  tugunlarni  belgilash 

uchun. 

Birinchi 



oktetdagi 

eng 


kichik 

va 


eng 

katta 


qiymatlar 

va 



127.

 

00000000.XXXXXXXX.XXXXXXXX.X**X..0.Y.Y.Y.     



 

01111111.X**X.X***X.X***X                   127.Y.Y.Y 

 

B  klassdagi  IP  adreslar  o‘rta  kattalikdagi  tarmoqlarda  ishlatiladi.  Bu  holatda  birinchi 

ikki oktet tarmoqni, qolgan ikii oktet tugunni identifikatsiyalaydi.   Birinchi  oktetning  birinchi 

biti  har  doim  10  dan  boshlanadi.  Qolgan  olti  bit  1  va  0  raqamlarining  istalgan 

kombinatsiyasidan  tashkil  topishi  mumkin.  O‘nlik  sanoq  tizimida  eng  kichik  adres  128  dan 

boshlanib, eng katta chegarasi 191 da tugaydi:   10000000.X*X.X*X.X*X          128.Y.Y.Y                  

10111111.X*X.X*X.X*X           191.Y.Y.Y 

 

C klass IP adreslari eng ko‘p qo‘llaniluvchi adreslardan bo‘lib, kichik tarmoqlar uchun 

ajratilgan.  

Bu  klass  adresining  birinchi  okteti  110  dan  boshlanadi.  Oxirgi  chegarasi 

11011111, ya’ni 192 dan 223 gacha: 

11000000.X*X.X*X.X*X        192.Y.Y.Y   11011111.X*X.X*X.X*X         223.Y.Y.Y

 

 



Sinf 

A 

B 

C 

D 

E 

1-oktet qiymat 

diapazonlari 

1 - 126 


128 - 191  192 - 223 

224 - 239 

240 - 247 

Tarmoqlarning 

ehtimoliy soni 

126 


16382 

2097150 


--- 

--- 


Tugunlarning 

ehtimoliy soni 

16777214 

65534 

254 


268435456 

134217728 



IP-adres klasslari 

IP-adres diapazoni 

(birinchi oktetning o‘nlik raqamlari) 

A klass 

   1 dan 126 gacha (00000001 dan 01111111) 



B klass 

128 dan 191 gacha (10000000 dan 10111111) 



S klass 

192 dan 223 gacha (11000000 dan 11011111) 



D klass 

224 dan 239 gacha (11100000 dan 11101111) 



E klass 

240 dan 255 gacha (11110000 dan 11111111) 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling