Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANIQLADIM
- Arizani qabul qilish va fuqarolik ishini qo‘zg‘atish haqidagi ajrimdan namunalar A J R I M
- Ajrim qilaman
285
Ajrim qilaman: Da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootni javobgar hisobidan majburan buzish haqidagi da’vo arizasi berilmagan deb hisoblansin va da’vogarga qaytarilsin. Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga ushbu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sudya: imzo F.I.O.
(da’vo arizasini qaytarish haqida)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etib, javobgardan 10.000.000 so‘m yetkazilgan ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan. Da’vogar o‘zining da’vo arizasida mulkiy ahvolini inobatga olib, davlat boji to‘lovlaridan ozod etishni so‘ragan. Ammo, mulkiy ahvoli nochorligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan. FPKning 154-moddasida sudya ariza FPKning 149- va 150-moddalari talablarga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji to‘lanmaganligini aniqlasa, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qilishi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat berishi, agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq, FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza dastlab taqdim etilgan kuni berilgan deb hisoblanishi, aks holda ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytarilishi va bu haqda ajrim chiqarilishi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533- sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarorining 1-qismi “d” bandiga muvofiq, da’vogardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi lozim.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 286
Shu bois, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2007-yil 15- iyundagi ajrimiga ko‘ra, da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi harakatsiz qoldirilib, da’vogarga yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishi uchun 20 kun muhlat berilgan. Aks holda, da’vo arizasi berilmagan hisoblanib, qaytarilishi tushuntirilgan. Ammo, belgilangan muddat ichida da’vogar tomonidan sudning ajrimida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmadi. Bunday holatda, da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasini berilmagan deb hisoblab, uni da’vogarga qaytarishni lozim topdim. Yuqoridagilarga binoan, FPKning 110-, 149-, 151-, 154- va 237–238- moddalarini, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarorining 1-qismi “a” bandini qo‘llab,
Ajrim qilaman : Da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi berilmagan hisoblansin va da’vogarga qaytarilsin. Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sudya: imzo F.I.O.
Arizani qabul qilish va fuqarolik ishini qo‘zg‘atish haqidagi ajrimdan namunalar A J R I M (da’vo arizasini qabul qilish haqida)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 2014-yil avgust oyining 22-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 287
A n i q l a d i m:
Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2014-yil 7- avgustdagi ajrimi bilan da’vogarning davlat boji miqdorini to‘lamaganligi sababli uning da’vo arizasi harakatsiz qoldirilgan va da’vogarga davlat boji to‘lovini to‘lashi uchun 15 kunlik muddat berilgan. Da’vogar (F.I.O.) sudga 450 000 so‘m davlat boji to‘laganlik haqida kvitansiyani ilova qildi. FPKning 154-moddasiga muvofiq, sudya ariza FPKning 149 va 150-moddalarida bayon etilgan talablariga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji to‘lanmaganligini aniqlasa, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Mazkur qonun talabidan kelib chiqib, da’vogar (F.I.O.) ning da’vo arizasini qabul qilib, uni sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan deb hisoblashni lozim topaman. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 151-, 154-, 237–238-moddalarini qo‘llab,
Da’vogar (F.I.O.) ning da’vo arizasi qabul qilinsin va sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan deb hisoblansin.
Sudya: imzo F.I.O.
AJRIM (da’vo arizasini qabul qilish va fuqarolik ishini qo‘zg‘atish haqida)
2014-yil noyabr oyining 12-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 288
Aniqladim:
Da’vo ariza FPKning 31-, 141-, 145-, 149-, 150-moddalari talablariga javob beradi. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish yoki harakatsiz qoldirish uchun
FPKning 152- va 154-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud emas. Yuqoridagilardan kelib chiqib, da’vo arizasini qabul qilib, fuqarolik ishini qo‘zg‘atishni lozim deb topib, FPKning 151-, 237–238-moddalarini qo‘llab Ajrim qilaman:
Da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan zararni undirish haqidagi da’vo arizasi qabul qilinsin. Mazkur da’vo ariza yuzasidan 1-34/14-sonli fuqarolik ishi qo‘zg‘atilsin. Sudya: imzo
F.I.O. III BOB BO‘YICHA ILOVALAR
AJRIM (fuqarolik ishini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida)
Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 2014-yil noyabr oyining 20-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo ariza bilan murojaat qilgan. Da’vo ariza FPKning 149-150-moddalari talablariga javob berishligini inobatga olib, Fuqarolik protsessual kodeksining 160-, 237--238-moddalarini qo‘llab,
Ishni sud majlisiga tayyorlashda quyidagi harakatlar amalga oshirilsin: ________________________________________________________________ FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 289
____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ __________________________________________________________ Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida quyidagilar xabardor etilsin. a) ishda ishtirok etuvchi shaxslar (FPKning 33-moddasi); ________________________________________________________ b) vakillar va boshqalar; ________________________________________________________ v) Toshkent shahar ________________________ tuman prokurori.
Sud majlisiga quyidagi guvohlar chaqirtirilsin: ________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________ (Sud fuqarolik ishi holatidan kelib chiqib FPKning 160-moddasida ko‘rsatilgan harakatlarni bir yoki bir nechtasini amalga oshiradi)
Sudya:
imzo F.I.O.
oshiriladigan harakatlar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlardan namunalar
2014-yil “___” __________
Mazkur kelishuv bir tarafdan Toshkent shahar Yunusobod tumani 4-mavze 1- uyning 18-xonadonida yashovchi da’vogar – (F.I.O.) (bundan keyingi matnda “Da’vogar” deb yuritiladi) va ikkinchi tarafdan Toshkent shahar, Yunusobod tumani 15-mavze 11-uyning 59-xonadonida yashovchi – (F.I.O.) lar (bundan keyingi matnda - “Javobgar” deb yuritiladi) fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida bo‘lgan “Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi” asosiy da’vo ariza va “Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi” qo‘shimcha da’vo arizasi hamda “Ulushli mulkdagi ulushdorning ulushini FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 290
pul shaklida ajratib berish va ulushdorning mulk huquqini tugatish” haqidagi qarshi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishi hujjatlarini kelishuv bitimi bilan tugatish maqsadida quyidagilar to‘g‘risida tuzildi. Kelishuv bitimi quyidagi shartlarda tuzildi: Men, Toshkent shahar Yunusobod tumani 4-mavze 1-uyning 18-xonadonida yashovchi da’vogar – (F.I.O.) FPKning 40-, 180-moddalari tartibida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining ish yurituvida bo‘lgan mening javobgar (F.I.O.) ga nisbatan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi asosiy da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi hamda javobgar (F.I.O.) ning menga nisbatan ulushli mulkdagi ulushdorni ulushini pul shaklida ajratib berish va ulushdorni nizoli Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi qarshi da’vo arizasi yuzasidan 1-1081/14-sonli fuqarolik ishi bo‘yicha o‘zimning barcha da’vo talablarimdan voz kechaman, shuningdek, nizoli -- Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadondagi 1/8 ulushdagi mulk huquqimdan hamda ushbu nizoli uyga nisbatan foydalanish huquqimdan javobgar foydasiga voz kechaman. Evaziga javobgar mening AKSIYADORLIK-TIJORAT «AGRO BANK»dagi № 20606840699056706001 raqamli hisob raqamimga 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m to‘lab berishi shart. Men, Toshkent shahar Yunusobod tumani 15-mavze 11-uyning 59-xonadonida yashovchi javobgar – (F.I.O.) FPKning 40-, 180-moddalari tartibida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining ish yurituvida bo‘lgan da’vogar (F.I.O.) ning menga nisbatan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi asosiy da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi hamda mening da’vogar (F.I.O.) ga nisbatan ulushli mulkdagi ulushdorning ulushini pul shaklida ajratib berish va ulushdorni nizoli Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi qarshi da’vo arizam yuzasidan yuritilayotgan №1-1081/14 raqamli fuqarolik ishi bo‘yicha o‘zimning barcha da’vo talablarimdan voz kechaman, shuningdek, da’vogar (F.I.O.) ning nizoli -- Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadondagi 1/8 qism ulushi evaziga da’vogar – (F.I.O.) ning AKSIYADORLIK- TIJORAT «AGRO BANK»dagi № 20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘mni bir martalik naqd to‘lov orqali to‘lab beraman. To‘lov amalga oshirilishi bilan (to‘lov amalga oshirilgan kun, kechi bilan to‘lov amalga oshirilgan kunning ertasi kuni) da’vogar – (F.I.O.) nizoli -- Tashkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadondagi 1/8 qism ulushini javobgar – (F.I.O.) ning nomiga rasmiylashtirib beradi va da’vogar – (F.I.O.) nizoli -- FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 291
Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqi qo‘shimcha shartlarsiz tugatiladi. Sud xarajatlari, advokat xizmatlari uchun to‘langan xarajatlar va ushbu kelishuv imzolangunga qadar taraflar tomonidan qilingan boshqa xarajatlar taraflarning zimmasida qoladi. Ushbu kelishuvni sudga taqdim etamiz va sudning ish yurituvdagi da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi asosiy da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi hamda javobgar (F.I.O.) ning da’vogar (F.I.O.) ga nisbatan ulushli mulkdagi ulushdorni ulushini pul shaklida ajratib berish va ulushdorni nizoli Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi qarshi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida ish yuritishni tugatishni so‘raymiz. Taraflarga FPKning 100-102-moddalari mazmuni tushunarli. Kelishuv bitimi bir xil yuridik kuchga ega uch nusxada tuzildi va taraflar tomondan imzolanib tasdiqlandi. Bir nusxasi sudga taqdim etiladi, shuningdek, taraflarda bir nusxadan saqlanadi.
Taraflar imzolari: _____________________ da’vogar – (F.I.O.)
____________________ javobgar – (F.I.O.) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga
Toshkent shahar Yunusobod tumani 4-mavze 1-uyning 18-xonadonida yashovchi da’vogar (F.I.O.) dan
Toshkent shahar Yunusobod tumani 15-mavze 11-uyning 59-xonadonida yashovchi javobgar (F.I.O.) dan ARIZA (kelishuv bitimini tasdiqlash haqida) Sudning ish yurituvidagi da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 292
qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi asosiy da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi hamda javobgar (F.I.O.) ning da’vogar (F.I.O.) ga nisbatan ulushli mulkdagi ulushdorning ulushini pul shaklida ajratib berish va ulushdorni nizoli Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20- xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi qarshi da’vo arizasi yuzasidan fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida biz taraflar kelishuvga erishdik hamda o‘z kelishuvimizni kelishuv bitimi shaklida rasmiylashtirdik. Suddan kelishuv bitimini qabul qilib, tasdiqlab berishni hamda mazkur fuqarolik ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida ish yuritishni tugatishni so‘raymiz.
Ilova: Kelishuv bitimi uch nusxada.
____________________ da’vogar – (F.I.O.) ___________________ javobgar – (F.I.O.)
_____________ sana
(kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida)
2014-yil 10-may
Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi hamda javobgar (F.I.O.) ning da’vogar (F.I.O.) ga nisbatan ulushli mulkdagi ulushdorning ulushini pul shaklida ajratib berish va ulushdorni xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi qarshi da’vo arizasini sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida, taraflar tomondan taqdim etilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqib, quyidagilarni Aniqladim: Sudga da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 293
da’vo arizasi hamda javobgar (F.I.O.) ning da’vogar (F.I.O.) ga nisbatan ulushli mulkdagi ulushdorning ulushini pul shaklida ajratib berish va ulushdorni nizoli Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida taraflar sudga ariza bilan murojaat qilib, nizoni kelishuv bitimi tuzish orqali hal qilganliklarini ma’lum qilib, kelishuv bitimini tasdiqlab berishni so‘radilar. Sudga taqdim etilgan kelishuv bitimi mazmuni quyidagicha tuzilgan: Da’vogar (F.I.O.) barcha da’vo talablaridan voz kechadi, shuningdek, nizoli Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadondagi 1/8 ulushdagi mulk huquqidan hamda ushbu nizoli uyga nisbatan foydalanish huquqidan javobgar foydasiga voz kechadi. Evaziga javobgar da’vogarning AKSIYADORLIK-TIJORAT “AGRO BANK”dagi № 20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m to‘lab beradi. Javobgar o‘zining barcha da’vo talablaridan voz kechadi, shuningdek, da’vogar (F.I.O.) ning nizoli Toshkent shahar, Sirg‘ali tuman, Sputnik-4 mavzesi, 47-uyning 20-xonadondagi 1/8 qism ulushi evaziga da’vogar - (F.I.O.)ning AKSIYADORLIK- TIJORAT “AGRO BANK” dagi №20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m bir martalik naqd to‘lov orqali to‘lab beradi. To‘lov amalga oshirilishi bilan (to‘lov amalga oshirilgan kun, kechi bilan to‘lov amalga oshirilgan kunning ertasi kuni) da’vogar – (F.I.O.) nizoli - Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadondagi 1/8 qism ulushini javobgar – (F.I.O.) ning nomiga rasmiylashtirib beradi va da’vogar – (F.I.O.) nizoli - Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqi qo‘shimcha shartlarsiz tugatiladi. Sud xarajatlari, advokat xizmatlari uchun to‘langan xarajatlar va ushbu kelishuv imzolangunga qadar taraflar tomonidan qilingan boshqa xarajatlar taraflarning o‘z zimmasida qoladi. Sud taraflarning tushuntirishlarini tinglab, ish hujjatlari bilan tanishib chiqib, taraflar tomondan sudga taqdim etilgan kelishuv bitimi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaydi hamda qonun talablariga xilof emas deb hisoblab, kelishuv bitimini tasdiqlab ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
FPKning 40-moddasiga ko‘ra da’vo ishining taraflari protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqlidirlar, sud agar taraflarning kelishuv bitimi qonunga xilof bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa kelishuv bitimini tasdiqlaydi. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling