- TUZUVCHI: Fazliddinova F.
- TEKSHIRDI: Xolxo’jayeva Y.
1366-yili Amir Temur va Husayn o‘rtasidagi munosabatalar butunlay buzildi. Ular bir-birlariga yov bo‘lib qoldilar. - 1366-yili Amir Temur va Husayn o‘rtasidagi munosabatalar butunlay buzildi. Ular bir-birlariga yov bo‘lib qoldilar.
- Amir Husayn Amir Temur bilan kurashish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshladi. U Balx ko‘handizini qayta qurdi, shahar devorlarini mustahkamladi va ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ to‘pladi.
- 1370-yili amir Husayn qo‘shimcha askar to‘play boshladi. Amir Temur Husaynni ogohlantirishga qaror qildi. 1370-yilning kuzida u yaxshi qurollangan qo‘shin to‘plab, Keshdan Balx yurishiga otlandi. Shahar qamali ikki kun davom etdi. Amir Temur qo‘shinlari shahar devoridan tuynuk ochishga va shaharni eshallashga muvaffaq bo‘ldilar.
- Amir Husayn xun qasosi oqibatida mahalliy hokimlarning biri tomonidan o‘ldirildi. Balxning qulashi Movarounnahrning birlashuvi yo‘lida muhim voqea bo‘ldi.
1370-yilda qurultoy - qo‘shin boshliqlari, oqsoqollar va viloyat hokimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda Amir Temur Movaronunnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilindi. Amir Temur mamlakatda katta obro‘-e’tiborga ega edi. Shaxsiy sifatlari bo‘yicha unga teng keladigan raqib yo‘q edi. - 1370-yilda qurultoy - qo‘shin boshliqlari, oqsoqollar va viloyat hokimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda Amir Temur Movaronunnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilindi. Amir Temur mamlakatda katta obro‘-e’tiborga ega edi. Shaxsiy sifatlari bo‘yicha unga teng keladigan raqib yo‘q edi.
- Amir Temur musulmon ruhoniylari bilan mustahkam aloqa o‘rnatdi. Jumladan, mashhur shayx Sayid Baraka Amir Temurga hokimiyat va shohlik ramzi bo‘lgan nog‘ora va tug‘ - bayroq topshirdi va uning buyuk kelajagini bashorat qildi.
- 1370-yili Amir Temur Keshdan Samarqandga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda u ko‘handiz, saroy va mustahkam mudofaa devorlari qurishga kirishdi. Shahar mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingandan keyin o‘tgan 150-yil mobaynida Samarqand mustahkamlanmagan edi. Yangi davlat uchun mustahkam poytaxt va kuchli hokimiyat zarur edi. Amir Temur buni yaxshi bilardi.
Esda tuting! - Esda tuting!
- Amir Temur 1370-yili Movarounnahr hukmdori bo‘ldi.
- «Temur tuzuklari»dan
- Tuzuklar qimmatli tarixiy manba hisoblanadi. Uning muallifi - Amir Temur. Hujjat davlatni boshqarishda zarur bo‘ladigan qoidalar haqidagi ma’lumotlardan iborat.
- Amir Temur aytadi: «Men o‘z saltanatim binosini islom dini asosida barpo etdim, uni to‘ra va tuzuk asosida boshqardim va kundalik faoliyatimda nimaki ish qilgan bo‘lsam, to‘ra va tuzuk asosida ado etdim».
- «Raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish xazinaning kambag‘allanishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida sipohning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi, bu o‘z navbatida saltanatning kuchsizlanshiga olib boradi».
-
- «Agar har yer va elning oqsoqollari fuqaroga jabr-zulm qilsa, yetkazilgan zarar oqsoqoldan undirib berilsin».
- «Oddiy sipohiyga o‘z vazifasini o‘rinlatib bajarish sharti bilan oylik maoshi mingan otining bahosiga tenglashtirilsin. Bahodirlarning maoshi ikkitadan to‘rtagacha ot bahosida tayin qilinsin. O‘nboshilar oyligi oddiy sipohiylarnikidan o‘n barobar ortiq bo‘lsin. Yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda bo‘lsin».
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 8-9-SINF TARIXI INTERNET MA’LUMOTLARI GOOGLE.RU REFF.UZ - E`tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |