J. Xodjayev 2022-yil fevral O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yig‘ilishi bayoni
Download 263.88 Kb.
|
1 2
Bog'liq01. Bayon 04.02.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raislik qiluvchi: J. Xodjayev
- KUN TARTIBI: Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish
- QAROR QILADI: 1.
- 4-ilovaga
- 3 kun muddatda
- Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Muminov
“TASDIQLAYMAN” Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari _____________ J. Xodjayev 2022-yil ____ fevral O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yig‘ilishi BAYONI 2022-yil 4-fevral Toshkent shahri
KUN TARTIBI: Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (Xodjayev, Dadaxonov, Xolmaxmatov, Baxromov, Abdunazarov, Sharipov, Xodjayev) Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida respublikamizning barcha mahallalarida yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilish bayonida vazifalar aniq belgilab berilishiga qaramasdan ushbu yo‘nalishdagi ishlar markaziy hamda hududiy mas’ullar tomonidan samarali tashkil etilmagan. Bildirilgan taklif, fikr va mulohazalarni inobatga olib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yig‘ilish QAROR QILADI: 1. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2022-yil 25-yanvardagi yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining nazorat-rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida berilgan topshiriqlar 2-ilovaga, Sirdaryo viloyatida berilgan topshiriqlar 3-ilovaga, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev tomonidan berilgan topshiriqlar 4-ilovaga, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini joriy etish yuzasidan belgilangan vazifalar taqsimoti ijrosi 5-ilovaga muvofiq ijro uchun qabul qilinsin. 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i D.Dadaxonov: Agentlikning hududiy boshqarma boshliqlari bilan birgalikda 3 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarorining hududlardagi ijrosi hamda tashkil etilgan shtablar faoliyatini tanqidiy tahlil qilsin hamda takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan taklif kiritsin. Bunda, shtablar faoliyati yuzasidan har kunlik ma’lumot olish tartibini joriy etish nazarda tutilsin; joriy yilning 10-fevral kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan milliy dasturi yuzasidan hududiy boshqarma boshliqlarining shakllantirilgan takliflari belgilangan reja-grafik asosida taqdimotini tashkil etsin. 3. Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Muminov joriy yilning 10-fevral kuniga qadar hududlardagi vakant lavozimlarga nomzodlarni tayinlash ishlarini to‘liq yakunlasin. 4. Agentlikning Toshkent shahar (11 ta mahalla), Navoiy viloyati (6 ta mahalla) hamda Toshkent viloyati (1 ta mahalla) boshqarmasi boshliqlari tegishli hududlardagi mahallalarda yetakchilar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ymaganligi sababli qat’iy ogohlantirilsin; Download 263.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling