J. Xodjayev 2022-yil fevral O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yig‘ilishi bayoni


Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Muminov


Download 263.88 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi263.88 Kb.
#1162088
1   2
Bog'liq
01. Bayon 04.02.2022

Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Muminov ushbu topshiriq ijrosini 5 kun muddatda to‘liq ta’minlamagan mas’ullarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish yuzasidan taklif kiritsin.
5. Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Sh.Sharipov mahalladagi barcha yoshlar yetakchilarini moddiy-texnik baza (xona, jihoz, ish qurollari va h.k) bilan ta’minlash ishlarini joriy yilning 10-fevral kuniga qadar yakunlash choralarini ko‘rsin;
hududlarda yetakchilar faoliyatini namunali tashkil etish hamda mavjud muammo-kamchiliklar yuzasidan har kunlik ma’lumot kiritib borsin.
6. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Sh.Olimov (kelishuv asosida) Agentlik markaziy apparatining hududlarga biriktirilgan mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda har bir hududda namuna asosida tashkil etilayotgan bittadan mahalla bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish choralarini ko‘rsin hamda Agentlik direktoriga kunlik ma’lumot taqdim etib borsin.
7. Innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i F.Baxromov:
qisqa fursatlarda mahalladagi har bir yoshlar yetakchilarini tegishli ilovalarga ega planshetlar bilan ta’minlash;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Respublika komissiyasi yig‘ilishi bayonining (20.01.2022 y.) 24-bandida keltirilgan barcha topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlash choralarini ko‘rsin.
8. Axborot va media xizmati bosh mutaxassisi S.Taxirjonov:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarorining ijrosini yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini doimiy monitoring qilsin;
monitoring natijalari yuzasidan kunlik hamda haftalik malumot kiritib borsin;
yoshlar yetakchilari tomonidan OAVda berilayotgan intervyularni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish choralarni ko‘rsin;
9. Axborot tahlil va ijro nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdunazarov:
mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, jumladan yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish mexanizmini joriy etish bo‘yicha hududlarga xizmat safariga yuborilgan mas’ul xodimlarning kunlik vazifalarini belgilasin hamda monitoringini tashkil qilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarorining ijrosini yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kunlik ma’lumot kiritib borsin.
10. Xo‘jalik boshqaruv organlari va mahalliy hokimliklar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i X.Eshov vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda imzolangan O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish (5 muhim tashabbus) bo‘yicha hamkorlik dasturi ijrosi yuzasidan kunlik monitoring tashkil etsin hamda hududlar va sohalar kesimida tahliliy-ma’lumot kiritib borsin.
11. Agentlikning hududiy boshqarma boshliqlari:
mahalladagi Yoshlar yetakchilari faoliyatini tizimli va namunali tashkil etish, hududlarda Yoshlar yetakchilari bilan doimiy ravishda joylarga chiqqan holda muloqotlar o’tkazilishini nazorat qilsin;
Axborot tahlil va ijro nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdunazarov joriy yilning 20-fevral kuniga qadar hududlarda “Streetworkout” maydonchalarini foydalanishga topshirmagan mas’ullarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish yuzasidan taklif kiritsin.
12. Ushbu bayon ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.


Bayonlashtiruvchi G‘.To‘rayev
Download 263.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling