Mavzu: Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktablari Reja
Download 25.34 Kb.
|
Mavzu Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktablari Reja
Mavzu: Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktablari Reja: 1. Yunonistonda dastlabki falsafiy talimotlar. 2. Geraklit, Suqrot, Arastu va Pifagor falsafasi. 3. Eley falsafiy maktabi. 4. Sofistlar falsafasi. 5. G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi talimotining mohiyati. Yevropaliklar Uygonish davridan boshlab, besh yuz yil mobaynida Qadimgi Yunoniston tarixini «insoniyatning oltin asri», deb atab kelmoqdalar. Chindan ham, antik madaniyatda hozirgi zamon kishilarini ham rom etayotgan koplab jozibali jihatlar bor. Bular jamiyatning oqilona tuzilganligi, inson va tabiat uygunligi, kuchli diniy hissiyotdir. Yunonlar goyat dindor bolishgan. Ularda xudolar kop sonli bolib, bu xudolarga, misrliklardan farqli olaroq, insoniy xususiyatlar baxsh etilgandi. Bu xudolar magrur va hasadgoy, sadoqatli va dostparvar bolishgan. Bir soz bilan aytganda, ular ozlarini oylab topgan odamlarga oxshash bolishgan. Yunonlar ilmiy bilimlarni goyat qadrlashgan, bu holat hatto ularning avlodlarini ham hayratga solgan. Yunonlar, ayniqsa, astronomiya bilan qattiq qiziqishgan. Eng mashhur yunon olimlaridan biri Arximed bolgan. U jismlarning suzish qonunini kashf etdi va bu qonun keyinchalik uning nomi bilan «Arximed qonuni» deb yuritila boshlagan. Pifagor (sharqda Fisogurs) eng yirik matematik, yoki osha davr tili bilan aytganda, geometr bolgandi. Eramizdan avvalgi butun beshinchi asr davomida yunonlar orasida bilimga chinakam intilish mavjud bolgan. Geometriya va perspektiva qonunlaridan ibodatxonalar qurilishida foydalanilgan. Shuning uchun ham keyinchalik yashab otgan memorlar ularning ishlarini klassik, yani namunali ish deb etirof etishgan. Qadimgi yozuvchilar Esxil, Sofokl va Yevripidlarning ham asarlari mashhurdir. Ular oz pyesalari bilan shuhrat topishgan. Buyuk yunonlar orasida tarixchi Gerodot ham bor edi. Avlodlar unga «tarix fanining otasi» deb nom berishgan. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot (Sokrat) insoniyatga oz- ozini anglab yetishni tavsiya etgandi. Uning tadqiqotlarini shogirdi Aflotun (Platon) davom ettirgan. Arastu (Aristotel) ham qadimgi davrning Buyuk faylasufi bolgan. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunonislonga tegishlidir.Bu davrdagi falsafiy qarashlar - antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maklabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy - ilmiy, ijtimoiy - ahloqiy talimotlari o`rganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy talimotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bolib, o`z davrining yetuk siyosiy arbobi, geogrofi, faylasufi bo`lgan. Fales talimotiga ko`ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o`zgarishda bo`ladi, Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o`rtalarida yashab ijod etgan.U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo`ygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo - cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va ovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta'minlaydi, deb hisoblagan. Uning talimotni zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi yillar) havo olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa otov paydo bolgan. Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi yillar) Kichik Osiyoning G`arbiy qirg`og`idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg`unlik yo`q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat abadiy o`zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo`ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o`rtasida urushlarni targib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga o`tish jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson istemoli uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta'sir ko`rsatgan, Pifagor (eramizdan avvalgi yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. U qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsaily maktab, ya'ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o`zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko`chib kelgan, o`sha yerlarda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning talimotiga ko`ra, olamning asosida modda bam, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bolib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi, Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bolgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib». to`g`risidagi ta'limotini yaratib, faqat aristokratlar o`rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o`ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir. Suqrot chindan ham donishmand odam ideali hisoblanadi. Lekin Suqrotning ozi, chinakam donishmandlik ozining sariqchaqaga arzimasligini anglashdadir, deb uqtirgandi. U Yunonistonda, Afinada taxminan eramizdan avvalgi 470- yillarda tugilgan. Uning bolaligi va ota-onasi togrisida ma'lumot juda kam. U ozidan keyin hech qanday asar qoldirmagan. Biroq uning shogirdi, qadimgi yunon faylasufi Aflotun Suqrot ta'limoti va goyalarini ustozi hayotidan olingan lavhalar bilan uygunlashtirib, muloqot shaklida bayon qilib bergan. Aflotun ta'kidlashicha, Suqrot butun vaqtini Afina bozorlarida, oz sozlarini tinglashga rozi bolgan har qanday odam bilan gaplashib otkazardi. U, ayniqsa, biron-bir masalada ozining qat'iy fikriga ega bolganlar bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Suqrot bunday odamlarga yol-yolakay savollar berib, ularni gaplashishga majbur qilar, song esa ular bu qadar ishonch bilan fikr yuritayotgan masalada johil ekanliklarini korsatib berardi. Shu bois savollar berish orqali bahs olib borish uslubi Suqrot uslubi, degan nom oldi. Uning asosiy hayotiy qoidasi «Oz-ozingni anglab yet» qoidasi bolgan. Afinaliklar ozlaryning olam togrisidagi asosiy goyalarini Suqrot rad etganligi tufayli uni yoqtirishmasdi. Ular Suqrotga u xudolarga, haqiqatga va adolatga ishonmasligini aytishardi. Eramizdan avvalgi 399- yilda dushmanlar uni Afina yoshlarini buzishda hamda diniy majburiyatlarini mensimaslikda ayblab, sudga chaqiradilar. Bunday ayblovlarga hech kim ishonmasdi. Buni Suqrot ham yaxshi bilardi. Uning sudda ozini himoya qilib sozlagan, keyinchalik Aflotun tomonidan yozib olingan nutqi mardona, hazil va istehzoga boy edi. U oziga olim jazosini tayinlashlarini bilgani holda, ozini haqiqatni topishga bagishlab, avvalgidek yashayverishi darkorligini bayon etadi. Suqrot ozining songgi kunini ham dostlari bilan jonning abadiyligi togrisidagi masalani muhokama qilgan holda hibsda otkazdi. U oziga berilgan, ogu solingan idishni dadil qolga olib, aslo ikkilanmay, sipqarib yuboradi. Dostlari koz yosh qilishadi, ammo Suqrot ulardan sukut saqlashni iltimos qiladi hamda mamnun lablarida tabassum bilan jon taslim qiladi. Arastu (Aristotel) Qadimgi Yunonistonda buyuk kishilardan bolgan. U hamma davrlarda yashab otgan buyuk faylasuflar sirasiga kiradi. Arastu faylasuf Aflotun huzurida yigirma yilga yaqin ta'lim oladi. Aflotun vafot etgandan song Arastu oz ta'lim uslubini rivojlantira boshlaydi. U amalda inson duch keladigan barcha muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi? Haqiqat qayerda-yu yolgon qayerdaligini qanday ajratib olishimiz mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq? Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalillar toplagan holda bu savollarga javob topishga intildi. U har bir hodisa ozining mantiqiy izohiga ega deb hisoblagan hamda tadqiqotlar va kuzatuvlardan hu$sm chiqarib, uni ta'riflab bergan ilk olimlar qatorida turadi. ARASTUArastu oz maktabiga asos soladi va unga «Liseum» deb nom beradi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab otish imkoniyatini bilish yoli bilan olamda oz ornini egallashi mumkinligiga ishontirishga harakat qiladi. U yoshlik va qarilik oraligidagi umrga «oltin ortalik»ka ishonardi. Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, poeziya, zoologiya, notiqlik san'ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq ilmi boyicha tort yuzga yaqin asar yozgan. Arastu asarlarini butun jahonda odamlar yuzlab yillar davomida oqib- organishmoqda. Hyech bir olim shuncha uzoq davr mobaynida odamlar tafakkuriga bu qadar ta'sir kursatmagandi. Hozirgi olimlar Arastuning ikki ming yildan ziyodroq vaqt ilgari olib borgan kuzatishlari bugungi kun nuqtai nazaridan ham togri ekanligini tasdiqlashmoqda. U har bir fikr isbotlanishi darkorligini hamda bilimlar asosi dalillar ekanligini bizga anglatadi. Qadimgi Yunoniston koplab buyuk zotlar vatanidir. Ular orasida eng e'tiborlilaridan biri eramizdan avvalgi VI asrda yashab otgan mashhur olim Pifagordir. Pifagor goyaviy targibotchi ya'ni voiz; matematik va faylasuf bolgan. Oz goyalari va e'tiqodi tufayli u Yunonistonni tark etib, janubiy Italiyaga kochib ketishga majbur bolgan. Pifagor ta'limoti nimasi bilan bu qadar gayriodatiy bolgan? U ruhning olmasligi va «kochishi»ga ishongan. Boshqacha aytganda, uning fikricha, olimdan song jannatga kirmagan ruhlar boshqa odamlar va hayvonlar taniga otadi. Shu bois u oz shogirdlariga gosht yeyish hamda xudolarga jonliq qurbon qilishni taqiqlagan. Pifagor izdoshlari, pifagorchilar boshqa qat'iy qoidalarga ham rioya qilishgan. Masalan, ular sukut saqlashi va sharob ichmasligi shart edi. PIFAGOR Pifagor goyalarining ba'zilari sodda va hatto bema'niga oxshab korinishi mumkin, albatta. Biroq u fanga katta hissa qoshganini unutmaslik kerak. U torlar tovushining past-balandligi matematik jihatdan uning uzunligiga bogliqligini kashf etadi. Shundan kelib chiqib, uygunlik nazariyasini rivojlantirdi hamda koinotda mavjud bolgan jamiki narsa-hodisaning asosida sonlar yotadi, degan fikrni ilgari suradi. Pifagorchilar Quyosh sistemasiga oid nazariyani ham yaratishdi. Ularning bu sohadagi goyalari haqiqatdan yiroq emasdi. Ular Yer yoritqich atrofida aylanuvchi shardan iborat, deb hisoblashgandi. Albatta, Pifagorning togri burchakli uchburchak tomonlarining nisbatini belgilovchi mashhur teoremasini hamma biladi. Arximed qadimgi grek olimi, fizik va matematik bo`lib, fanga katta hissa qo`shgan. Arximed taxminan miloddan avvalgi 287 qadimgi yunon mustamlakasi bo`lgan Sirakuzadagi Sitsiliya orolida tug`ilgan. U juda mohir matematik bo`lib, Misrning Aleksandriya shahridagi Muzeume maktabida ta`lim olgan. U ko`pincha jismlarning suvda suzishi va suyuqliklarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur bo`lishiga olib keldi. Ko`pchilikka ma`lum bo`lgan Arximed kuchi yoki Arximed qonuni deb nomlangan qonun fizika fanida alohida o`rin egallaydi. U yana Richag qonunlarini ochgan. Miloddan avvalgi avvalgi 212 yilda Rimliklar Sirakuzani bosib olgandan so`ng Arximed o`ldirilgan. Arximed, itarib chiquvchi kuch jism hajmi qadarli suyuqlik og`irligiga teng, degan xulosaga qanday kelgani haqida afsona bor. U Sirakuza podshosi Gieron (eramizdan 250 yil oldin) tomonidan o`ziga berilgan masala ustida fikr yuritdi. Gieron podsho oltin toj yasagan ustaning to`g`riligini tekshirishni Arximedga buyurdi. Tojning og`irligi uni yasashga berilgan oltin og`irligiga teng bo`lsa ham, podsho tojni oltinda arzon metallar qorishmasidan yasalgan va uni unga berilgan sof oltin og`irligiga teng bo`lishi uchun kattaroq qilgan, deb shubhalangan. Arximedga esa tojni sindirmay uning takibida aralashma bor yoki yo`qligini aniqlash vazifasi berilgan edi. Arximedga qanday usuldan foydalanish aniq ma`lum emas edi. Dastlab u bir bo`lak oltinning og`irligidan 19,3 marta ortiqligini aniqladi. Boshqacha aytganda, Oltinning zichligi suv zichligidan 19,3 marta katta. Arximed toj yasalgan modda zichligini topishi kerak edi. Agar bu zichlik suv zichligidan 19,3 marta katta bo`lsa, u holda toj sof oltindan bo`ladi, aks holda undan katta yoki kichik qiymat chiqsa toj sof oltindan qilinmagan, degan xulosaga keladi. Tojni og`irligini topish oson, ammo uning hajmini qanday topish kerak? Toj shakli juda murakkab bo`lgani uchun Arximedni shu narsa qiynadi. Bu masalada Arximed ko`p kunlar bosh qotirdi. Kunlardan bir kun u hammomda suvga to`la vannaga tushganda bir qancha suv vannadan tashqariga to`kiladi, birdan masalani yechishga imkon beradigan fikr keladi. O`zining kashfiyotidan shodlangan Arximed: Evrika!!!, Evrika ya`ni Topdim ! Topdim ! deb xitob qiladi. Uning topgan narsasi shundan iborat edi: har qanday jism suvga botirganda o`zining hajmiga teng bo`lgan suvni siqib chiqaradi. Arximed dastlab tojni suvga to`la idishga botirib tojning hajmini aniqladi. tojning og`irligini shu tojning hajmiga teng bo`lgan suvning og`irligi bilan taqqosladi. Agar toj og`irligi uning hajmiga teng bo`lgan suv og`irligidan 19,3 marta katta bo`lsa u sof oltindan bo`lishi kerak. Boshqacha aytganda, tojning zichligini aniqlab, uni sof oltin zichligi bilan solishtirdi. Natijada podshoning savoliga javob topib, tojning zichligi sof oltin zichligiga teng emasligini aniqlagach. Shu bilan ustaning aldagani fosh etildi, fan esa ajoyib kashfiyot bilan boyidi. Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi VI V asr) shoir va faylasuf bolgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayobat qilib, umrining so`nggi yillarini Faley shahrida o`tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqfda» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. u ko`p xudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o`simlik dunyosiga daxlgor deb biluvchi ta'limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan, uning falsafiy ta'limotiga ko`ra, tabiat – o`zgarmas va harakatsizdir, «IIamma narsa erdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi», Biz hammamiz erdan tug`ilganmi va erga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo`lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoscologiyasining rivojiga turtki bo`ldi. Platonist, Aristotel, Stoynik, Epikuron va Skeptik falsafalar Qadimgi yunon falsafiyligi miloddan avvalgi 7-asrga qadar Rim imperiyasining boshlanishigacha, miloddan avvalgi 1 asrga qadar cho'zilgan. Bu davrda beshta buyuk falsafiy an'analar: Platonist, Aristotel, Stoik, Epikuriya va Skeptik . Qadimgi yunon falsafasi boshqa his-tuyg'ularga yoki tuyg'ularga qaramasdan, aqlga e'tibor berish uchun falsafiy va diniy nazariyaning boshqa erta shakllaridan ajralib turadi. Misol uchun, Zeno tomonidan taqdim etilgan harakatlarga qarshi bo'lganlarni aniq sababdan eng mashhur argumentlar orasida topamiz. Yunon falsafasining dastlabki shakllari. Miloddan avvalgi V asrning oxirida yashagan Sokrat, Platonning o'qituvchisi va Afina falsafasining yuksalishida muhim rol o'ynagan. Sokrat va Platon davridan oldingi davrda bir qancha raqamlar O'rta er dengizi va Kichik Osiyodagi kichik orollar va shaharlardagi faylasuflar sifatida o'zlarini namoyon qildi. Parmenides, Zeno, Pythagoras, Heraclitus va Thales bu guruhga tegishli. Yozma asarlarining ko'pi hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan; Platon davrida qadimgi yunonlar falsafiy ta'limotlarni matnga o'tkaza boshlaguncha bo'lmadi. Sevimli mavzularda haqiqat tamoyili (masalan, bitta yoki logotip ); yaxshi; hayotga ega bo'lgan hayot; tashqi ko'rinish va haqiqat o'rtasidagi farq; falsafiy bilim va soxta fikrning orasidagi farq. Platonizm Platon (mil. Avv. 427-347) - qadimgi falsafaning markaziy figuralaridan birinchisi va u juda ko'p miqdorda o'qishimiz mumkin bo'lgan eng qadimgi muallif. U deyarli barcha asosiy falsafiy masalalar haqida yozgan va, ehtimol, uning universal nazariyasi va uning siyosiy ta'limoti uchun mashhur. Afina shahrida u miloddan avvalgi IV asrga qadar ochilgan miloddan avvalgi IV asrning boshlarida Akademiyaga asos soldi. Platon so'ng Akademiyani boshqargan faylasuflar uning ismining ommalashishiga yordam berishdi, garchi ular doimo uning g'oyalarini rivojlantirish. Misol uchun, Pitansening Archesilaus boshqaruvi ostida miloddan avvalgi 272-yilda boshlangan akademiya akademik shubha bilan qarshi kurash markaziga aylandi. Shu sabablarga ko'ra, Platon va fransuz tarixida Platonist sifatida tanilgan yozuvchilarning uzoq ro'yxatlari murakkab va nozikdir. Aristotelizm Aristotel (384-322B.C.) Platonning shogirdi va hozirgi kungacha eng nufuzli faylasuflardan biri bo'lgan. U mantiqni rivojlantirishga (xususan, syllogizm nazariyasi), retorikani, biologiyani va boshqa narsalarni rivojlantirishga muhim hissa qo'shgan - moddiy va axloqiy axloqiy nazariyalarni shakllantirgan. Miloddan avvalgi 335 yilda Afina shahridagi Litsey maktabini asos solgan bo'lib, uning ta'limotlarini tarqatishga hissa qo'shgan. Aristotel keng jamoatchilik uchun ba'zi matnlarni yozgan ko'rinadi, biroq ularning hech biri omon qolmadi. Bugun biz o'qiyotgan asarlari ilk bor mil. Avv. 100 yillarda tuzilgan va to'plangan Ular nafaqat g'arb an'analariga, balki Hindiston (masalan, Nyaya maktabi) va arab (masalan, Averroes) an'analariga katta ta'sir ko'rsatdi. Stoitsizm Stoitsizm Afina shahridan 300y.dan atrofida joylashgan Citium shahrining Zeno bilan paydo bo'lgan. Stoynik falsafasi Hiraklit tomonidan ilgari ham ishlab chiqilgan metafizik printsipga asoslanadi: bu haqiqat logotiplar tomonidan boshqariladi va nima sodir bo'lishi kerak. Stoitsizm uchun inson falsafasining maqsadi - mutlaq xotirjamlik holatiga erishishdir. Buning iloji boricha ilg'or taraqqiyot yo'li bilan mustaqillikka erishish mumkin. Stoik faylasuf tana va ijtimoiy holatdan qo'rqmaydi, tana muhtojligiga yoki o'ziga xos ehtirosiga, tovarga yoki do'stlikka bog'liq emasligi uchun tayyorlangan. Bu stoik faylasuf zavq, muvaffaqiyat yoki uzoq muddatli munosabatlarni izlashni istamaydi, demoqchi emas: shunchaki u ular uchun yashamaydi. Stoitsizmning G'arb falsafasining rivojlanishiga ta'siri katta ahamiyatga ega emas; eng ishonchli sempatizorlar orasida Emperor Marcus Aurelius , iqtisodchi Hobbes va faylasuf Dekartlar bor edi. Epikurizm Filosoflarning ismlari orasida "Epikur", ehtimol, falsafiy bo'lmagan so'zlar ichida eng ko'p aytilganlardan biri hisoblanadi. Epikur hayotga arzigulik hayotni zavq olish uchun sarfladi; savol quyidagicha: zavqning qaysi turlari? Tarix mobaynida Epikuriyanizm ko'pincha yomon ruhiy zavq-shavqatlarga quloq solishni targ'ib qiluvchi ta'limot sifatida noto'g'ri tushunilgan. Aksincha, Epikurning o'zi odatdagidek ovqatlanish odatlari bilan va uning moddiyligi bilan mashhur edi. Uning nasihatlari do'stlikni rivojlantirishga, shuningdek, musiqa, adabiyot va san'at kabi ruhlarni ko'paytiradi. Epikürenizm ham metafizik tamoyillar bilan ifodalangan; ular orasida bizning dunyomiz ko'plab olamlardan tashqarida bo'lgan tezislar va sodir bo'layotgan voqealar tasodifan sodir bo'ladi. So'nggi doktrin Lucretius de Rerum Natura da ishlab chiqilgan. Skeptitsizm Elis Pirro (mil. Avv. 270-yillar) - bu qadimiy yunoncha skeptitsizmning eng qadimgi davri. yozib olish. U hech qanday matn yozmagan va hech qanday e'tiborga olinmagan holda umumiy nuqtai nazarga ega bo'lgan ko'rinadi, shuning uchun eng asosiy va instinktiv odatlarga hech qanday aloqasi yo'q. Ehtimol, uning davridagi buddaviy an'analar ham ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, Pirrho nafaqat bu baxtga olib kelishi mumkin bo'lgan buzilish erkinligiga erishish uchun hukmning to'xtatilishini ko'rgan. Uning maqsadi har bir insonning hayotini doimiy tekshiruv holatida saqlash edi. Haqiqatan ham, shubhasizki, hukmning to'xtatilishi. Akademik skeptitsizm deb ataladigan va avval Pittsening Archesilaus tomonidan ishlab chiqarilgan eng beqiyos shaklida shubhalanmaslik kerak emas, shu jumladan, hamma narsa shubhalanishi mumkin. Qadimgi skeptiklarning ta'limotlari Aenesidemus (mil. I asr), Sextus Empiricus (II asr), Mishel de Montaigne (1533-1592), Rene Descartes, David Hume, Jorj E Mur, Ludwig Wittgenstein. 1981 yilda Hilary Putnam tomonidan shubha bilan shubhalanishning zamonaviy yangilanishi boshlandi va keyinchalik The Matrix (1999) filmiga aylandi. Xulosa qilib, G`arb manaviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig`iga, uning o`zlikni anglash tuyg`usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o`zini o`zi kamol toptirishiga murojaat эtish ruhi bilan sug`orilgan bo`lib, bu G`arb xalqlarining turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni o`zlashtirish usullarida o`z aksini topgan. G`arb manaviy sivilizatsiyasi o`zgarishlarga, haqiqatning tagiga yetish yo`lidagi izlanishlarga ochiq bo`lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo`nalishlarda kechgan. Bu falsafalarni o`rganishda, Geraklit, Suqrot, Arastu va Pifagor qarashlari alohida muhim o`rin tutadi. Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan tasir ko`rsatgan. Download 25.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling