Test II chorak
1.XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat-Qo’qon xonligi tashkil topdi?
A) Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
B) Farg’ona vodiysi va Amudaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
C) Farg’ona vodiysi va Irtish radyosining quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
D) Farg’ona vodiysi va Norin daryosigacha bo’lgan hududlar
2. Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar qanday nom bilan atalgan?
A) “yarimchi” B) “chorikor” C) “muzoriy” D) “barzikor”
3. Xonliklarda aholining ishlab berishi , mehnat majburiyati…….deyilgan
A) obrok B) otlanuv C) begar D) hachi
4. Ahmad Donish qachon va kimning topshirig’i bilan “Manozir ul-kavokib” nomli astronomiyaga oid asarni yozdi?
A) 1857-yil, Amir Nasrullo B) 1865-yil, Amir Muazffar
C) 1866-yil, Amir Abdulahad D) 1891-yil, Amir Olimxon
5. Zullisonayn bu…..
A) ikki tilda ijod qilish
B) xalq og’zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui
C) darvishlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona
D) teatr yoki sirk artislari jamoasi
6. Pyotr I O’rta Osiyoga yuborgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan ekspeditsiya rahbari kim?
A) B.Cherkasskiy B) M.Murkfort
C) A.Byorns D) J.Abbot
7. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining III-bosqichida…..
A) Qo’qon xonligining shimoli-g’arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi
B) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi
C) Xiva va Qo’qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo’di.
D) turkmanlar bo’ysundirildi
8. Toshkentni bosib olish uchun harbiy harakatga kim qo’mondon etib tayinlandi?
A) Chernyayev B) Veryovkin
C) Romanovskiy D) Krijanovskiy
9. XIX asrning II-yarmida Toshkentning qancha darvozasi bo’lgan?
A) 4 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 12 ta
10. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil qilingan?
A) 1864-yil B) 1865-yil C) 1866-yil D) 1867-yil
11. Rossiyaning Buxoro amirligiga qarshi I-jangi qachon va qayerda bo’lib o’tgan?
A) 1866-yil 8-may-Erjar B) 1866-yil 17-24-may-Xo’jand
C) 1866-yil kuzi-O’ratepa D) 1866-yil-12-18-oktyabr-Jizzax
12. Rossiya tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda qanday viloyat tashkil qilindi?
A) Turkiston B) Sirdaryo
C) Farg’ona D) Amudaryo
13. Buxoro amiri qo’shini va Kaufman o’rtasidagi II-jang qayerda bo’lib o’tgan?
A) Cho’ponota B) Zirabuloq
C) Urgut D) Kattaqo’rg’on
14. Kaufman qachon va qayerda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi?
A) 1868-yil 2-iyun-Zirabuloq
B) 1868-yil 23-iyun-Samarqand
C) 1868-yil 12-oktyabr-Jizzax
D) 1866-yil 8-may -Erjar
15. Nima sababdan afg’on amiri Sheralixon Abdumalik to’raga yordam bermadi?
A) Abdumalik to’raning afg’on amiri Sheralixon bilan kelishmovchiligi uchun
B) Afg’on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni rejalashtirgani uchun
C) Buxoro va Afg’oniston o’rtasidagi azaldan davom etib kelayotgan adovat
D) Rossiyaning Afg’onistonga hujum qilishidan Sheralixonning xavfsiragani
16. Rossiya qaysi xonlikni bosib olish uchun 5 yil tayyorgarlik ko’rdi?
17. Mag’lub davlatning g’olib davlat foydasiga to’lagan pul tovoni nima deb ataladi?
18. . Buxoro bilan Rossiya imperiyasi qachon amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani imzoladi?
19. Rosssiya va Xiva o`rtasida Gandimiyon shartnomasi qachon imzolandi?
20. I-Turkiston-general gubernatori kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |