Milliy g’oya: O’zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 30.56 Kb.
Sana30.06.2020
Hajmi30.56 Kb.
#122403
Bog'liq
Milliy goya


Name: Farida To’lqinova

Group: 17.68

  1. Milliy g’oya: O’zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

.“G‘oya” tushunchasi malumki, inson o‘zinnig aql-zakovati iymon-e iqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.

Mafkura esa muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir.

Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va talimotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, tasirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

- G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.

- Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Malum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

- Ilmiy g‘oyalar;

- Falsafiy g‘oyalar;

- Diniy g‘oyalar;

- Badiiy g‘oyalar;

- Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;

- Milliy g‘oyalar;

- Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

Milliy g‘oya. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shunday ekan milliy g‘oyaning o‘zi nima?

Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi.

Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

U yoki bu g‘oyaning illiy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma’noda milliy g‘oya oxir oqibat ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdirligicha tasir qiladi. Shu ma’noda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo‘lgan g‘aolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g‘oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, “Manfaatli hamkorlik” g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o‘z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o‘zlarini tashkil etadigan,o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.

Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi:

- odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;

- shu g‘oyani atrofida uyushtirish;

- kishilarni ma

aviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;

- g‘oyaviy tarbiyalash;

- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

- harakat dasturi bo‘lish.

Malakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.

regulativ kommunikativ

tarbiyaviy

bilish g‘oyaviy bandlik

normativ qadriyatli himoya

safarbar etish, yo‘naltirish

Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo‘shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o‘zining eng sevimli tulporini bizga inom qilmasa, yurtinigga urush elon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, dea buyruq qilibdi. Shu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so‘ng o‘sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo‘lida kanizagini ham xada qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “Shohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo‘shni podsho o‘sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “Yo‘q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo‘lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o‘tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug‘ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o‘zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to‘g‘ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko‘rinib turibdiki har bir qarichni ezozlash falsafasining ildizi mujassamdir.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka davat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag‘ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.

Istiqlol g‘oyasining xalqimiz qalbiga yo‘l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo‘yiladigan asosiy maqsaddir. Shuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg‘or g‘oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko‘rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko‘rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O‘zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko‘p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog‘li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog‘liq. Prezident Islom Kariov takidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo‘lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.

Hozirgi paytda kimning g‘oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo‘lsa – o‘sha g‘alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o‘zida ifoda etadi, jamiyat azolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.

O‘zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko‘yning faroovnligini taminlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o‘z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml masuliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga davat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Shu bilan birga men milliy istiqlol g‘oyasi bugungi tez suratlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog‘i zarur, deb bilaman”[1]Milliy g‘oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo‘llari aniqlanadi.

Shu ma’noda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiri – milliy istiqlol mafkurasinng asoosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk nemat, ya’ni o‘z taqdiringni o‘zing belgilash, o‘z yurtingga egalik qilish, ajdodlar ananasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o‘zingga munosib o‘rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo‘lgan intilishini bo‘g‘ar eli, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo‘r berar edi. U mohiyatan g‘ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. Shu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bila milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixmiz chuqurroq o‘rganish, undan saboq olishga alohida e ibor berilishi bejiz emas. Chunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xo‘rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo‘lidagi ulug‘ ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo‘lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo‘lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o‘z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug‘ilgan”[2]Milliy mafkura o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mutahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-urt tinchligi, xalq faolvonligini taminlashni ko‘zda tutadi. Bunday ulug‘vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun masullikni his qilishn talab etadi. Erkinlik bo‘lmagan joyda masuliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqililk xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini xatto tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jaiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlashtiradi.



  1. Milliy g’oyaning nazariy kontseptual asoslari

Milliy G`oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylanishini ularning ijgimoiy faoliyat yo`nalishlariga mos ravishda turkumlashtirish mumkin. Ya`ni, birinchidan milliy g`oyaning ishonch va e`tiqodga aylanishi oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo`ladi. Xususan, o`zbek xalqi oilaviy munosabatlarda nisbatan barqarorligi, bolajonligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, umuman mehr-muruvvat ko`rsatishga moyil. Bu sifatlarning ko`proq oilada namoyon bo`lishi — millatning mentalitetini, tarixiy an`analarga sodiqligini ko`rsatuvchi mezonlardir. Mahalla milliy ijtimoiy fenomen sifatida milliy va umuminsoniy g`oyalarning xalq ishonchi e`tiqodiga aylanishida muhim institutlardan biri hisoblanadi. Negaki, insonlarning yashash muhiti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy muhiti barqarorligi milliy g`oyani xalq ishonch e`tiqodiga aylantirishda muhim ahamiyatga egaligi bilan boshqa ijtimoiy institutlardan ajralib turadi. Mahalla, Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, «demokratiya darsxona»si sifatida milliy g`oyani xalq ishonchi e`tiqodiga aylantirishda, bir tomondan, imkoniyat, vosita rolini bajarsa, ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g`oyasining xalq e`tiqodiga, ishonchiga aylanish darajasini ko`rsatuvchi dastlabki ijtimoiy makon hisoblanadi. Ana shu makonni vujudga keltirishda — «...uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg`or vakillari, kerak bo`lsa, mutafakkirlari, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini bag`ishlaydigan fidoyi ziyolilari mehnat qilishi lozim».

Milliy istiqlol g`oyasining xalq ishonchi, e`tiqodiga aylanishida mehnat jamoalari, ta`lim-tarbiya tizimi o`ziga xos faoliyat mezoni ekanligini qayd qilish lozim. Zero, mehnat jamoalari yoki ta`lim tarbiya muassasalari xodimlarining muayyan faoliyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari umumiyligi asosida tashkil topganligidan ma`lum g`oyaga nisbatan munoeaba.tini muvofiqlashtirish imkoniyati katta.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatda g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlapggarishning muhim demokratik tamoyillaridan biri fikrlar va mafkuralar xilma-xilligini ta`minlashdir. Zero, demokratik jamiyat fikr, so`z, matbuot, e`tiqod erkinligi uchun shart-sharoit hamda imkoniyat yaratadi. Shu nuqgai nazardan, ma`naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning demokratik tamoyillari: bir tomondan, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini e`tirof etishi; ikkinchi tomondan, millatning tarixiy shakllangan ma`naviy-ahloqiy me`yorlari va qadriyatlariga asoslanishi, milliy g`oyani xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirishi bilav umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi.

Jamiyat rivojlanishi bilan barcha sohalarni mutanosib erkinlashtirishning ijtimoiy makon hamda tarixiy zamondagi xususiyatlari o`zgarib, ularning maqsadlarida va vazifalarida ichki birlik vujudga kelayotir. Xususan, respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishning hozirgi bosqichida, ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish mazmunidagi o`zgarishlar — g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga umuminsoniy demokratik tamoyillar va andozalarni kengroq qo`llash bilan xarakterlanadi. Bu jarayonning samaradorligi, davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o`zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga, ularning mustaqilligini ta`minlash, har qaysi tarmoq o`z vazifa va burchini bajarish uchun amaliy mexanizmlarni hayotda tashkil qilib berish»59 bilan bog`liq.

Hozirgi davrda ma`naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning g`oyaviy-mafkuraviy asoslari va tamoyillari, uning an`anaviy shakllangan tarixiy qadriyatlaridan kelib chiqqan bo`lib, demokratik huquqiy davlatning tub siyosiy maqsadlarini ifodalaydi. Ya`ni, shaxs va jamiyat erkinliklarini kengaytirish; davlatning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vaqolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimlarga, mahalliy o`zini o`zi boshqarish tuzilmalariga o`tkazish; nodavlat, jamoat tashkilotlari — fuqarolik institutlarining g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqaruvchilik rolini oshirishdan iborat. Jamiyat ma`naviy-madaniy taraqqiyotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning demokratik xususiyatlari, milliy g`oya va jamiyat mafkurasini xalq ishonchi, e`tiqodiga aylantirish davlat o`z funktsiyalarini qanday usullar, vositalar bilan amalga oshirishiga bog`liq bo`ladi. Shu nuqtai nazardan, «davlat • ning kuch qudrati — avva^lo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko`rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro`yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o`lchanadi»60. Zero, jamiyatning g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini qayta qurishda davlatning bosh islohotchilik roli aynan shu vazifalarni qanday uddalashi bilan 'belgilanadi.

Xulosa qilib aytganda, umuman, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlar tizimiga, xususan, g`oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror topishi:




  • jamiyatning g`oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlarini keskinlashtiruvchi inqilobiy o`zgarishlardan, siyosiy qarashlardagi radikalqzmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari ustuvorligini e`tirof qilish orqali;


  • g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratiyalashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni ta`minlash, xalqaro huquq me`yorlariga qat`iy rioya etish tufayli;


  • millatlararo ma`naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruh va millatlarning mas`uliyat va imkoniyatlari tengligini ta`minlash natijasida;


  • g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g`oyalarning mavqelarini e`tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg`unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo`ladi.


O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish davrida bu vazifalarning izchil amalga oshirilishi tarixiy taraqqiyotning taqozosi bo`lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi islohotlar samarasini va jamiyatni erkinlashtirishning mazmunini belgilaydi. Zero, insonning, jamiyatning ma`naviy erkinligi, ishonch va e`tiqod erkinligi milliy istiqlol g`oyasining demokratik tamoyillarga asoslanganligini ko`rsatuvchi mezondir.



  1. Jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar

Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir.

Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi:

  1. Milliy;

  2. Diniy;

  3. Mintaqaviy;

  4. Umuminsoniy turlarga bo‘linadi.

Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi.

Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir.

Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida namoyon etadi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Umuminsoniy qadriyatlar biz istiqomat qiladigan kurrai zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishni nazarda tutadi. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bosh mezonidir.

Xulosa

Milliy madaniyat orkali xalqning tarixini urganish mumkin. Bu xalqning ma'naviy yuksaklik darajasini ham belgilovchi sifatdir.Milliy madaniyat boshka xalqlarda deyarli takrorlanmasligi bilan farklanar ekan. Mustakillik yillarida xalqka uning ma'naviy va madaniy boyliklarini kaytarish borasida kuplab ishlar qilinmoqda. Dastlabki, eng muhim qadam”O`zbek tili xaqidagi”konunning qabul qilinishi buldi. Bu bilan uzbek tilidagi xalqning beboxo madaniy va milliy boyligi makomi tiklandi. Buxoro va Xiva shaxarlaridagi me'morchilik yodgorliklarini ta'minlash borasida faol ishlar olib borilib, yodgorliklar shu davrda jahon ahamiyatidagi makomga ega buldi. Xalkka uz tarixi va xotirasi kaytarilmokda. Milliy va jahon madaniyati rivojiga ulkan xissa kushgan vatandoshlarimizning xizmatlari xaqida yubiley tan'tanalari utkazildi. Milliy an'analarni tiklash buyicha kuplab ishlar kilindi, Navruz, xayit kabi kadimgi xalq va diniy bayramlar rasman hayotga kaytdi. Xayr muruvvat udumlarini davom ettirish va yosh avlodni barkamol ustirish maksadida O`zbekiston Respublikasi Soglom avlod uchun jamgarmasini tashkil kilib, dastlabki ordenni ham shunday atadi, O`zbekistonda xalqaro kino , teatr va “Sharq taronalari”kabi musikali festivallar utkazish yaxshi an'anaga aylanib koldi. Sharq taronalari”kabi musikali festivallar utkazish yaxshi an'anaga aylanib koldi.




Download 30.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling