Morfemika va so’z yasalishi “A” test
Download 21.12 Kb.
|
Gulnoz morfemika a test 50 answr
MORFEMIKA VA SO’Z YASALISHI “A” test So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limini aniqlang. A) morfemika B) morfologiya C) sintaksis D) frazeologiya Odobli va adolatli insonning qalami baxt-saodat uchun xizmat qiladi, odamlarni yaqinlashtiradi, do’stlikni mustahkamlaydi. Berilgan gapdagi yasama so’zlar miqdorini aniqlang. A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta Tepada cho’ziq oshqovoqlar quyoshning so’nggi shu’lalari bilan oltinlanar edi. Gapdagi sodda yasama so’zlarning asosi qaysi turkumlarga mansub? A) ot, sifat, fe’l B) ot, ravish, fe’l C) sifat, ot, ravish D) fe’l, ravish, sifat
Qaysi javobda tarkibida fonetik o’zgarish bo’lgan sodda yasama so’z qo’llangan? A) Ko’klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. B) Izg’irindan ko’zlar yoshlandi. C) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik. D) Dalada mashinalar ko’paymoqda. Hindubek turkiy va forsiy tillarni mukammal o’rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi ekani uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. Gapda qo’llangan yasama so’zlar miqdorini toping. A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta So’z tarkibini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limini aniqlang. A) fonetika B) morfemika C) grafika D) leksika Asos haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) So’zning eng kichik ma’noli qismi asos deyiladi. B) Asos so’zning asosiy ma’nosini ifodalaydi. C) Asos mustaqil holda qo’llana oladi. D) Asos so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilgan sayin kengayib boradi. Qaysi fikr barcha qo’shimchalar haqida bildirilgan hukm sanaladi? A) so’zga yangi ma’no yuklaydi. B) so’zga qo’shimcha ma’no yuklaydi. C) mustaqil holda qo’llana olmaydi. D) so’zlarni bir-biriga bog’laydi. Qaysi javobda qo’shimchalarning qo’llanish o’rniga ko’ra ikki turi qo’llangan? A) sergaplik, noqonuniy C) kitobxonlar, iliqroq D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor Qaysi javobda qo’shimchalarning vazifasiga ko’ra ikki turi qo’llangan? A) sergaplik, noqonuniy B) dehqonchilik, temirchilik C) kitobxonlar, iliqroq D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor Qaysi javobda qo’shimchalarning tuzilishiga ko’ra ikki turi qo’llangan? A) sergaplik, noqonuniy B) dehqonchilik, temirchilik C) kitobxonlar, iliqroq D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor Qaysi javobda qo’shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra ikki turi qo’llangan? A) sergaplik, noqonuniy B) dehqonchilik, temirchilik C) kitobxonlar, iliqroq D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor Qaysi javobda so’z yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan? A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay Qaysi javobda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan? A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay Qaysi javobda sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan? A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay Qaysi javobda so’z yasovchi va shakl yasovchi shakldosh qo’shimchalar ko’rsatilgan? A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay Ayirmoq va qayirmoq fe’llariga qanday qo’shimcha qo’shilishi natijasida tovush tushishi sodir bo’ladi? A) zamon qo’shimchasi B) nisbat qo’shimchasi C) mayl qo’shimchasi D) shaxs-son qo’shimchasi Fe’llarning munosabat shakllari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. 1) zamon qo’shimchalari 2) shaxs-son qo’shimchalari 3) nisbat qo’shimchalari 4) mayl qo’shimchalari 5) bo’lishsizlik qo’shimchalari A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,4,5 Ismlarning munosabat shakllari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. 1) egalik qo’shimchalari 2) kelishik qo’shimchalari 3) erkalash qo’shimchalari 4) kichraytirish qo’shimchalari 5) bog’lamalar A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4 C) 1,2,5 D) 2,3,5 Nimani eksang, shuni o’rasan. Ushbu maqolda qo’llangan sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta To’qlikda ochlikni o’yla, boyiganda muhtojlikni o’yla. Ushbu maqolda qo’llangan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta Lipillab yonayotgan shamning qizg’ish shu’lasida Olimxonning iztirob qalqigan kulcha yuzi qorayib ko’rinmoqda edi. Ushbu gapda qo’llangan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta Qaysi qo’shimchalar uch xil talaffuz qilinadi va uch xil yoziladi? A) –gina, -gan B) –day, choq C) –boz, -bon D) –illa, -indi Qaysi javobda ma’nodosh qo’shimchalar berilmagan? A) –chi/-shunos B) –li/-kor C) –ona/-larcha D) –kor/-dosh Qaysi javobda zid ma’noli qo’shimchalar berilmagan? A) –li/-siz B) ser-/-mand C) bo-/be- D) no-/-li Qaysi javobda shakldosh qo’shimchalar berilmagan? A) –in, -oq, -ma B) –ay, -ar, -sa C) –gan, -ta, -jonD) –im, -dir, -ar Quyidagi hukmlarning nechtasi to’g’ri? 1) So’z yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 2) Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 3) Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 4) So’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 5) So’z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 6) Lug’aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi. A) oltitasi B) beshtasi C) to’rttasi D) uchtasi
Ma’lumki, odatdagi tartib bo’yicha so’zning ma’noli qismlari asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi shaklida o’rinlashadi. Qaysi javobda morfemalari ushbu tartib asosida joylashgan so’z berilgan? A)isitkichlarni B) anglamadi C) hamkasblarimga D) isitmalamoq Qaysi javobda asosdosh so’zlar berilgan? A) bordi, borsa, boray B) gulning, guldir, gulim C) sarg’ish, sarg’imtir, sariqroq D) suvsa, suvchi, sersuv Qaysi javobda tub so’z berilgan? A) ko’chki B) turtki C) tulki D) tepki Qaysi javobda yasama so’z berilgan? A) siyosiy B) axloqiy C) ijtimoiy D) madaniy Oyimga ko’maklashdim. Ajratib ko’rsatilgan so’z nechta morfema(ma’noli qism)dan tashkil topgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta Musobaqa sizsiz o’tmaydi. Musobaqaning g’olibi sizsiz. Berilgan gaplarda –siz qanday qo’shimcha sanaladi? A) so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimcha B) shakl yasovchi va so’z yasovchi qo’shimcha C) har ikkisi so’z yasovchi qo’shimcha D) har ikkisi shakl yasovchi qo’shimcha Bolaning xo’rsinib gapirganini ko’rgan do’sti uning bu uyda qiynalib yashaganini darrov angladi. Berilgan gapda qo’llangan yasama so’zlar miqdorini aniqlang. A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta Qaysi javobda morfemalarga bo’linmaydigan so’z berilgan? A) yutuq B) huquq C) buyruq D) uzuq Xatosi o’ziga ayon bo’lgach, gapira olmay g’uldirab javob berdi. Berilgan gapdagi yasama so’zlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta Qaysi javobda so’z yasovchi va shakl yasovchi shakldosh qo’shimchalar juftligi berilgan? A) o’roq—qo’rqoq B) opam—yozdim C) qizg’ish—yozish D) suvsa—yozsa Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan farqlanib turadi. Berilgan gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta Oybek domla nihoyatda ziyraklik bilan , ko’pchilik nomdor insonlarda uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg’uborlik bilan opaning gaplarini tasdiq etdi. Gapda qo’llangan yasama so’zlar va so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini toping. A) 7 ta/7 ta B) 5 ta/7 ta C) 6 ta/5 ta D) 5 ta/5 ta Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. Gapdagi yangi ma’no hosil qiluvchi, so’zning lug’aviy ma’nosini yangilovchi qo’shimchalar miqdorini toping. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. Gapdagi so’zning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklaydigan, so’zning ma’nosini biroz o’zgartiradigan qo’shimchalar miqdorini toping. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. Gapdagi o’zi qo’shilgan so’zni boshqa so’zga bog’laydigan qo’shimchalar miqdorini toping. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta Qaysi javobda bir yetakchi va uch ko’makchi morfemadan tashkil topgan leksema berilgan? A) terimchilik B) temirchilik C) dehqonchilik D) kulolchilik Qaysi javobda ikki asosli so’z berilmagan? A) darsxona B) xushfe’l C) kasbdosh D) belbog’ Asosi va yasalish asosi farqlanmaydigan so’zni toping. A) bo’yoqchi B) suvoqchi C) tinchlik D) do’stlik –ay qo’shimchasi yordamida qanday so’zlardan fe’l yasash mumkin? 1) ot 2) sifat 3) ravish 4) fe’l A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo’shimchalar vazifasiga ko’ra qanday qo’shimchalar sirasiga mansub? A) so’z yasovchi qo’shimchalar B) shakl yasovchi qo’shimchalar C) old qo’shimchalar D) ort qo’shimchalar Ozaytirma va qiyosiy daraja qo’shimchalari qo’llanish o’rniga ko’ra qanday qo’shimchalar sirasiga mansub? A) so’z yasovchi qo’shimchalar B) shakl yasovchi qo’shimchalar C) old qo’shimchalar D) ort qo’shimchalar Quyida qayd etilgan qo’shimchalarning fe’llarga qo’shilish ketma-ketligini aniqlang. 1) zamon qo’shimchalari; 2) shaxs-son qo’shimchalari; 3) nisbat qo’shimchalari; 4) bo’lishsizlik qo’shimchalari. A) 1,2,3,4 B) 3,4,1,2 C) 4,3,2,1 D) 4,2,3,1
Qaysi gapda yasama fe’l qo’llanmagan? A) Yuragim hayajondan gupullab urar edi. B) Pastda esa odamni oqizadigan katta suv shovullab oqyapti. C) Hamma yoq jim. Faqat pashsha g’ing’illaydi, bemor inqillaydi. D) Goho otning tuyog’i silliq toshda sirg’alib ketadi. Download 21.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling