Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniringi"
Download 15.78 Kb.
|
Ochilov Raufjon 10-hafta Fikr
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “KOMPYUTER INJINIRINGI” fakulteti “KOMPYUTER TIZIMLARI” kafedrasi “Fuqarolik jamiyati”
Bajardi:Ochilov Raufjon. Tekshirdi:Usmonov F.
AXBOROT SOHASINI RIVOJLANTIRISh, AXBOROT VA SO‘ZERKINLIGINI TA'MINLASh. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida jamoatchilik fikrining roli tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Fuqarolarning axborot vositalari orqali siyosiy qarorlarni qabul qilinishga ta'siri va keng ishtiroki natijasida dasturlarni amalga oshirish jarayonida OAVga murojaatlar oshib boradi. Bu esa ommaviy axborot vositalari yordamida fuqarolar va davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yanada yaqinlashuvi, rivoji uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida xolis, tezkor va to‘la-to‘kis xabardor qilishga, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qilib, bu organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Prezident I.Karimov tomonidan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish haqidagi taklifi ham bu muammoning yechimi jamiyat taraqqiyoti uchun nechog‘lik dolzarb ekanini tasdiqlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, qonunning qabul qilinishi natijasida, axborot vositalari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash orqali mediamakonni tezkor va mukammal axborot bilan to‘ldirish hamda ushbu ma'lumotlardan fuqarolarning erkin foydalana olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Download 15.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling