O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirshab
- Miroxo‘r
- Qozi kalon (katta qozi)
- Buxoro amirligi 27 beklik
- Xiva shahri xonlikning poytaxti hisoblangan.
- 1842- yilda Dishon-qal’a quri lib, devor bilan o‘rab olinadi.
- Qo‘ng‘irotlar sulosasi 1770–1920
- Xondan keyingi ikkinchi shaxs vazir hisob lanib
- Qo‘qonda Minglar sulolasi (1710–1876)
- 3. Xonliklarda o‘zaro va ichki kurashlarning avj olishi, uning oqibatlari
- Xiva xoni Olloqulixon Buxoro amirligiga qa rash- li
Devonbegi – moliya-xazina ishlarini boshqargan. So liq va jari- ma lar ning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amal ga oshir- gan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan.
batan do‘stona yoki dushmanlik munosabatida bo‘luvchilar haqidagi ma’lumotlarni to‘plab hukm dorga yetkazib turgan.
187 Mushrif lavozimida ishlagan amaldorlar amirga in’om etilgan bu yum larni hamda harbiy anjomlarni ro‘yxatga olish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan.
etuv chi mansabdor bo‘lgan, bularni kerak bo‘lsa, amir yoki qushbe- giga yet kazib turgan.
mo yishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga yet- kazishdan iborat bo‘lgan.
zo rat qilgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo‘lgan. Dasturxonchi – amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun ma s’ ul amaldor. To‘qsoba – amir tug‘i sohibi bo‘lgan harbiy mansabdor. Parvonachi – biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqi dagi yor liq ni o‘sha shaxsga yetkazuvchi amaldor. Sadrlar – vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muas sa sasining boshliqlari bo‘lgan mutavallilar sadrlarga bo‘y- sunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig‘i shartlarida qayd etib qo‘yilgan. Sadrlar vaqf xo‘jaligi daromadining ma’lum qis- mini olganlar.
da ham da kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo‘lib ham o‘tgan.
aralash maydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh», deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifa- si jinoiy ishlarni har tomonlama ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lgan.
qiy masalalar bo‘yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqar- gan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tas- diqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hu km chiqargan. Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og‘asi kabi e’tiborli unvonlar berilgan. Amirning, uning o‘g‘il- larining ham otalig‘i bo‘lgan. Amaldorlar harbiy yurishlarda ham qatnashgan.
188 Amir yig‘inida amaldorlarning amaliga qarab o‘z o‘rni bo‘lgan. Shun ga ko‘ra ular xonning o‘ng va so‘l tomonida, unga yaqinroq va uzoq roq yerda o‘tirgan. Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham katta mav- qega ega edi. Ular o‘zlarini Muhammad payg‘ambarning avlod lari- miz, deb hisob lovchi sayidlar hamda choryor xalifalar – Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlod lari danmiz, deyuvchi xo‘jalar dan ibo- rat edi. Ular katta yer-suvga, savdo do‘konlariga, hunar mandchilik ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo‘ybor shayxlari alohida mav qe- ga ega bo‘lib, XIX asrda ular Buxoroda 16 ma hal la bo‘lib yashagan.
lashda shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordam- chilari edi. Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblangan. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borgan. Ularni amirning o‘zi tayinlagan. Qozi din masa- lalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo‘yicha hukmlar qabul qilgan.
ota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog‘, G‘uzor, Boy- sun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Hisor, Ko‘lob, Qorategin, Dar voz, Baljuvon, Sho‘g‘non-Rushon, Qo‘rg‘ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo‘rdalik, Qobodyon bekliklaridan iborat bo‘lgan. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo‘yiladigan hokimlar – beklar idora qilgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilgan. Manbalar amir likda mahalliy ma’murlar soni 30 000 kishi- ni tash kil etganligidan gu voh lik beradi. Hokim va uning xizmatkor- lariga maosh davlat xazi na sidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli-tuman soliq va to‘lovlar hisobiga tirikchilik qilishgan. Hokimlar, soliq yig‘uv chilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini bel gilovchi qonun-qoidalar yo‘q edi. Ularning suiiste’ molchi liklari xalq gar daniga og‘ir yuk bo‘lib tushardi. XIX asrning 30-yillarida amir qo‘shinida 19 mingga yaqin yol- langan askar lar bo‘lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xiz- matni o‘taganlar. Qo‘shin askarlari asosan, o‘q-yoy, nayza, qilich, xan jar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir qo‘shinida pil tali miltiqlar va kichik to‘plar ham bo‘lganligidan guvohlik beradi. Amir qo‘shinining jangovarlik darajasi past edi. Askarlar harbiy ma shqlarga nisbatan ko‘proq mehnat bilan band bo‘lardi. Sipoh- likka 15 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan erkaklar olinardi, qo‘shin 189 safida keksayib qolganlar ham ko‘pchilikni tashkil qilgan. Amirlik- ning yillik daromadi 2 300 000 so‘m bo‘lgani holda, uning 1 mln 300 ming so‘mi qo‘shinni saq lashga sarflanardi. Sipohlarga oziq-ovqat yetish mas, ki yimi yupun edi. XIX asr o‘rtalarida askarlar soni, pil- tali miltiq va to‘p lar ham anchagina ko‘paygan. Qo‘shinda yuzboshi, mingboshi, sin gari harbiy lavozimlar bo‘lib, umumiy qo‘mondonlik- ni lash karboshi boshqargan. Amirlikning qo‘shini muntazam bo‘lmay, za ruri yat bo‘l ganda to‘planardi, ularni to‘plash qiyin kechardi. Bu amir lik ning zaif tomonlaridan biri edi. Xiva xonligi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligining hududi 19 ming kvadrat milni tashkil et gan. Xon lik janubda Eron bilan, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kas- piy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz, chek siz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini hududiy jiha- tdan bosh qa mamlakatlardan ajratib turardi. Quyi Amudaryo bo‘yi Xiva xon ligining markaziy qismini tashkil etardi. Amudaryo sohilla- rida joy lashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Hazorasp, Qo‘n g‘irot, Xo‘jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy) sha har lari xonlik- ning yirik shaharlari edi. O‘rta Osiyoning eng boy savdo markazla- ridan biri bo‘lgan Xiva shahri xonlikning poytaxti hisoblangan. Sha- har ikki qismdan – Ichan-qal’a (shaharning ichki qismi) va Dishon- qal’a (sha har ning tashqi qismi)dan iborat bo‘lgan. Ichan-qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joy lashgan bo‘ lib, ular asosan XIX asrda barpo etilgan. 1842-
hu nar mandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham isti- qo mat qilganlar. Xiva xonligida taxminan 800 mingga yaqin kishi yashagan . Aholi- ning ko‘pchilik qismi o‘zbeklar bo‘lib, ulardan eng kuchli va ko‘p son lilari qo‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, qangli, qip choq qabilalari edi. O‘zbek qabilalari, asosan, Amudaryo tarmoq yoy gan qismida, kanallar bo‘ylarida joylashgan. Aholining anchagina qismini (taxminan 1/4 qismi) turkman- lar tash kil etgan. Turkmanlar qadimgi o‘g‘izlarning avlodlari bo‘lib, fors cha gapla shuv chi mahalliy xalqlar, o‘zbeklar bilan qorishib ket- gan.
den gi zi ning janubiy qirg‘oqlari Xiva xonligi tasarrufida edi. Qora- qal poqlar bu hududdagi sho‘rxok yerlarni mashaqqatlar bilan o‘z -
190 lashtirib tirik chilik qilishgan. Dehqonchilik, chorvachilik, baliq chi- lik, ovchilik qoraqalpoq larning asosiy mashg‘uloti bo‘gan. Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar, shuningdek, qis man fors- lar, arablar va boshqalar ham yashagan. Muhammad Rahim I (1806–1825-yillar) davrida xonlikdagi o‘za- ro urush lar biroz tinchidi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga yet di. Qo ra qal poqlar hamda turkmanlarning chorvador qabilalari ham bo‘y- sundirildi. Mam lakatda o‘tkazilgan soliq islohoti, bojxona joriy etili- shi, oltin pul zarb eti li shi xo‘jalik ishlariga o‘zining ijobiy ta’siri ni ko‘r - satdi. O‘z vaqtida yig‘ib olingan soliqlar xonlik daromadini osh ir di. O‘rta Osiyodagi qo‘shni davlatlar singari Xiva xonligi ham mo nar - xiya tipidagi davlat edi. Davlat tuzumi Buxoro amirligiga o‘x shar- di. Oliy hokimiyat xon qo‘ li da bo‘lib, uning huquqi che ga ra lan ma- gan – hokimi mutlaq edi. Xi va xonligida qulchilik rasmiy jihatdan
cha ushlab turuv chi maxsus bino mavjud bo‘lgan. Qul savdosi ayrim toifadagi odamlar uchun daromadli edi, qul sotish bilan ko‘p roq turkmanlar shug‘ul lanar edi. Ular Eron, Afg‘oniston, Badax shon ga hujum qilib, qishloq aholi sini qul qilib, bozorda sotardi. Xonlikda eng nufuzli lavozim bosh vazir yoki qushbegi bo‘lib, u soliq larni to‘plash va xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug‘ul- langan.
Saroyda otaliq, rais, qozi kalon, shayx ul-islom, mirobboshi, mir- shab boshi, to‘pchiboshi, yasovulboshi kabi amaldorlar xon xizmatida bo‘ lgan. Devonbegi xon devonini boshqargan. Xazinachi xon likning kirim va chiqim hamda sarf-xarajatlarini yurtar, bu haqda xon yoki bosh vazirga hisob berar edi. Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq, biy hi sob - la ngan. Bunday lavozimga ko‘tarilganlar xonga eng yaqin odamlar bo‘lib, soliqlardan ham ozod qilingan. Bunday unvonlar xon farmoni orqali e’lon qilingan va yorliqlar berilgan. Saroyda mir zaboshi, mun- shiy, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat ko‘rsatgan. Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Hazorasp, Gurlan, Xon qa, Ko‘hna Urganch, Qo‘shko‘pir, Pitnak, G‘azovot, Qiyot, Shohab boz, Shovot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xo‘jayli, To‘man oy, Qo‘ng‘irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo‘lingan. Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni no ib- lar idora qilgan. Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi ko‘p- dan ko‘p amal dorlar bo‘lgan. 191 Qo‘ng‘irotlar sulosasi 1770–1920 ♦ Muhammad Amin Inoq ♦ Avaz Inoq ♦ Eltuzarxon ♦ Muhammad Rahimxon I ♦ Olloqulixon ♦ Rahimqulixon ♦ Muhammad Alimxon ♦ Abdullaxon ♦ Sayid Muhammadxon ♦ Muhammad Rahimxon II ♦ Asfandiyorxon ♦ Sayid Abdullaxon
1770–1790 1790–1804 1804–1806 1806–1825 1825–1842 1842–1845 1846–1855 1855–1856 1856–1864 1864–1910 1910–1918 1918–1920 Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo‘lgan. Sha har ichki tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko‘ rish va jazo ta yin lash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy hujum- lardan himoyalash To‘pchiboshi va Ichan-qal’a, Dishon-qal’a qut- lovi (komendanti) zimmasida bo‘lgan. Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo‘shin bo‘lib, qo‘ shin ga lashkarboshi qo‘mondonlik qilgan. Askarlik xizmati- da bo‘lganlar soliqlardan ozod etilgan. Yurishda qatnashgan har bir su vo riy 5 oltin tanga olgan. Xonning ko‘rsatmasiga binoan, o‘zini ko‘rsat gan harbiy lavozim dagilarga 10, 20, 50, 100 va undan ham ko‘ p roq miqdorda oltin tan ga berilgan. Biylarga 50–100 tanga, yuz- boshilarga 10–20 tanga maosh beril gan. Tinchlik paytlarida askar lar xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanganlar. Xon qo‘shinlari Buxoro qo‘shinlari kabi qilich, o‘q-yoy, nayza bi lan qurollangan. Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo‘lardi, oz miqdorda to‘plar ham bo‘lgan.
hu du diy jihatdan O‘rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo‘qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi bilan, shimolda uchala qozoq juzlarini batamom o‘ziga bo‘ysundirib olgan Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorate- gin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li hududlarni o‘z ichiga olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo‘lar, ular qo‘ldan qo‘lga o‘tib turgan. Qo‘qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan far qli o‘la roq, sersuv daryolari, so‘lim vodiylari, serhosil yerlari ko‘p edi. Xonlikning markazi Qo‘qon, Marg‘ilon, O‘zgan, Andijon, Naman-
192 gan kabi yirik shahar lar joylashgan Farg‘ona vodiysi edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyo ota, Pishpak, So‘zak, Oqmachit kabi yirik shaharlar ham Qo‘qon xonligi ta sar rufida bo‘lgan. Qo‘qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo‘lib, tax mi nan 3 million cha kishi yashardi. Xonlikning poytaxti Qo‘qonda 80 000, Toshkent shahrida 60 000 aholi yashagan. Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchilik qismini o‘zbeklar, shu- ning dek, tojiklar, qirg‘izlar, qozoqlar, uyg‘urlar, qoraqalpoqlar tash- kil qil gan. Bular bilan yonma-yon yahudiylar, tatar lar, hindlar va boshqa elatlar ning vakillari ham yashagan. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi Buxoro va Xivanikiga o‘x - shash bo‘lgan. Xon huquqi hech nima bilan chegaralanmagan ho kimi mutlaq bo‘lgan. Xondan keyingi ikkinchi shaxs vazir hisob lanib, u mu him davlat masalalarini xon bilan kelishgan holda hal etgan. Mar- kaziy davlat boshqaruvida qushbegi, otaliq, devon begi, ming boshi, shay xulislom, qozi kalon, parvonachi, shig‘ovul, sar kor, inoq, das- turxonchi, amin, yasovulboshi kabi amaldorlar xizmat qilgan. Saroy qoshida maxsus kengash tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga eng oliy mansabdor shaxslar kirgan. Xon – kengashning raisi, masa- lani hal qiluv chi shaxs bo‘lgan. Qo‘qon xonligida qo‘shinni, aslahaxonani, harbiy ishlarni ming- boshi bosh qargan. Qo‘shinda beshyuzboshi, yuzboshi va o‘nboshi harbiy lavo zimlari bo‘lgan. Qo‘shinning bir qismi muntazam xizmat- da bo‘lib, markaziy hokimiyat ixtiyorida bo‘lgan. Xon gvardiyasi deb atalgan bu harbiy qismda qipchoqlar, qirg‘izlar va tojiklar katta o‘rin tutgan. Urush paytlarida xon tajribali zobitni lashkarboshi qilib tayin- lagan. Harbiy xizmatdagilarga bir ot va egar-jabduq berilar edi. Yuzboshiga bir yilga 147 so‘m, ellikboshiga 98 so‘m, o‘nboshi- ga 65 so‘m, oddiy sarbozga 48 so‘m maosh to‘lanardi. Markaziy ho kimi yat ta sar rufida bo‘lgan 10 ming kishiga yaqin suvoriylar qis- mi harbiy xizmatchilariga davlat xazinasidan maosh to‘langan. Har- biy qo‘shin qi lich, nayza, piltali miltiq bilan qurollantirilgan. Shu- ningdek, qo‘ shinda to‘plar ham bo‘lgan. Qo‘qon xonligi 15 beklikka (harbiy okrugga) bo‘lingan bo‘lib, ular ning yarmidan ko‘piga xonning o‘g‘illari yoki qarindoshlari ho kimlik qilgan. Hokimlar o‘z hududidagi harbiy kuchlar qo‘mon- doni hamda fuqarolik boshqaruvining boshlig‘i bo‘lgan. Hokimlar xonning birinchi da’vatidanoq o‘z qo‘shinlari bilan belgilangan joyga yetib kelishi shart bo‘lgan.
193 Qo‘qonda Minglar sulolasi (1710–1876) ♦ Shohruxbiy ♦ Abdurahimbiy ♦ Abdulkarimbiy ♦ Abdurahmon ♦ Erdonabiy ♦ Bobobek ♦ Erdona (ikkinchi marta) ♦ Sulaymon ♦ Norbo‘tabiy ♦ Olimxon ♦ Umarxon ♦ Muhammad Alixon ♦ Sheralixon ♦ Murodxon ♦ Xudoyorxon ♦ Mallaxon ♦ Xudoyorxon (ikkinchi marta) ♦ Sulton Sayyidxon ♦ Xudoyorxon (uchinchi marta) ♦ Nasriddinbek 1710–1721 1721–1733 1733–1750 1750–1751 1751–1752 1752–1753 1753–1766 1766 1766–1801 1801–1810 1810–1822 1822–1841 1842–1845 1845 1845–1858 1858–1862 1863
1863–1865 1865–1875 1875–1876 Shu tariqa, xon ancha qo‘shin to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Qo‘qon xoni zarurat bo‘lgan da, oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo‘lgan 60 mingtacha sipohni (ask ar, jangchi)ni yig‘a olgan. 3. Xonliklarda o‘zaro va ichki kurashlarning avj olishi, uning oqibatlari Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1822–1841) taxtga o‘tirgandan bosh lab 1834-yilgacha Qorategin, Ko‘lob, Darvoz viloyatiga to‘x- tovsiz yurishlar qilib, ularni Qo‘qon xonligiga bo‘ysundirdi. 1826– 1831-yillar davomida esa bir necha marta Qoshg‘arga bostirib bordi, xitoyliklar bilan urush qildi, ming-minglab kishilarning qirilib keti- shiga sababchi bo‘ldi. Muhammad Alixon o‘z atrofidagilarning ta’siriga tushib, hatto o‘z otasining eng obro‘li a’yonlarini ta’qib qildi, xon hokimiyati bilan mahalliy amaldor-zodagonlar o‘rtasida tarkib topgan ittifoqni buzdi. Ularning ayrimlari qatl etildi, surgun qilindi, ba’zilari Buxo- roga qochib ketishdi. Omon qolganlar xondan norozi bo‘lganlar- ni o‘z atrofiga to‘plab, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana bosh-
194 ladilar. Xonning yengiltakligi, aysh-ishratga berilishi aholini o‘ziga qarshi qi lib qo‘ydi. Ruhoniylar xonni axloqsizlikda, shariatga qarshi ji noyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ‘ibot olib borishdi. Xondan norozi bo‘lganlar 1839-yilda o‘z elchilarini Buxoro ami- ri Nas rul lo huzuriga yuborib, yordam so‘raydi. Bu vaqtda Buxoro amiri bilan Qo‘qon xoni o‘rtasida Jizzax, O‘ratepa va Xo‘jand uchun urush bo ra yotgan edi. Amir Nasrullo Qo‘qon qo‘shinini tor-mor etib, Jiz zax, O‘ratepa va Xo‘jandni o‘z tasarrufiga kiritib Qo‘qon sari ot landi. Ayni paytda, 1841-yilda Muhammad Alixonning zulmi- ga qarshi Qo‘qon shahar aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Xon O‘rda- dan qo chib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar talabiga binoan bir necha aybdor shaxslar qatl etildi. Xalq Buxoro amiri Nasrulloning Qo‘qonga hujum qilmoqchi bo‘l - gan ligini eshitgach, qo‘zg‘olonni to‘xtatdi. Buxoro amiri o‘z qo‘ shin- lari bilan Qo‘ qonga yaqin joylashgan Beshariqqa kelganda, Mu ham- mad Alixon elchi lar orqali amir Nasrulloga qimmat baho sovg‘alar yuborib, Xo‘jandni amirga topshiradi va o‘zini Buxoro amiri ning noibi, deb tan oladi. Amir Nasrullo esa Buxoroga qaytib ketadi. O‘z taxtini saqlab qolgan Mu ham mad Alixon o‘ziga yoq magan kishilarni yana ta’qib etish, qatl qilishni davom ettirdi. Poy taxt da yana norozi- lik kuchayib, qo‘zg‘olon boshlanadi. Nihoyat, 1841-yil no yabr oyi- da Muhammad Alixon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ladi. Uning ukasi Sulton Mahmud xonlik taxtiga chiqadi. 1842-yili Buxoro amiri Nasrullo Qo‘qonga qarshi o‘z qo‘shin larini safarbar etadi. Qo‘qon qo‘shinlari tor-mor etiladi. Qo‘qon xonligi Buxoro amirligi- ga bo‘ysundirildi. Qo‘qonning taslim bo‘lishiga xon likdagi parokan- dalik va xalqning o‘z hukmdoridan noroziligi sabab bo‘ldi. Muham- mad Alixon o‘z a’yonlari bilan tutib olindi va amir Nasrullo buy- rug‘iga binoan qatl etildi. Hatto xalqning sevimli shoirasi Nodirabe- gimga ham shafqat qilinmadi. Amir Nasrulloning Qo‘qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho‘- zil madi. Amirning Qo‘qondagi noibi Ibrohim dodxohning Qo‘ qon xonligi aho li sini ilgaridan undirib kelingan soliqlarga qo‘shim cha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham majbur qilishi natijasida butun Qo‘qon xonligi hududida 1842-yili katta qo‘z g‘o- lon ko‘tarildi. Uning oqibatida amirning Qo‘qondagi noibi va bekla- ri hokimiyati ag‘darildi. Buxoro amirligi hokimiyatiga qarshi kurashda Qo‘qon aholi- sining qo‘zg‘olonini tashkil etgan mahalliy kuchlar Farg‘ona vodiy-
195 sida ko‘chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo‘qon xonligining mustaqil ligi tiklandi. Taxtga Norbo‘tabiyning jiyani She-
katta madad bergan qipchoq lar xonlik siyosiy hayotida katta mavqe- ga ega bo‘lib oldilar. Qipchoqlar yo‘lboshchisi Musul monqul qo‘ shin boshlig‘i, bosh vazir, bosh maslahatchi etib tayinlandi. Amalda davlat boshqaruvi ishlari uning qo‘lida to‘plangan edi. Eng mas’uliyatli dav- lat ishlari lavozim lariga qipchoq zodagonlari tayin landi. Qo‘qondagi mag‘lubiyatga chiday olmagan Buxoro amiri Nas rul- lo yana Qo‘qonga yurish qildi. Qo‘qon shahri 40 kun qamal qilin- di. Ayni paytda, Xiva xoni Olloqulixon Buxoro amirligiga qa rash-
majbur bo‘ldi. 1843-yilda Hazorasp yaqinida Buxoro va Xi va qo‘- shinlari o‘rtasida katta jang bo‘ldi. Amir Nasrullo mag‘lu biyat ga uch- radi. Bundan foydalangan Qo‘qon xonligi Xo‘jand bilan Tosh kent ni yana o‘z tasarrufiga kiritdi. Sheralixon hukmronligi davri aholidan soliq undirish kuchayishi bi lan ajralib turadi. Bu hol mehnatkash aholining noroziligini kel- tirib chiqardi. Bundan tashqari davlat ishlarida muhim lavozimlar- ni egallab olgan qipchoqlar davlat hayotining har bir sohasida o‘z hukm ronliklarini o‘tkazish ga, boshqa o‘zbek qavmlari, qirg‘iz va tojik larning mamlakat hayotidagi ta’sirini kamaytirishga urindilar. Qipchoqlarning Qo‘qonga ko‘chib kelishi yanada kuchaydi. Ular mahal liy aholining uy-joyini, mol-mulkini zo‘ravon lik bilan egal- lab ola boshladilar. Natijada xonlikda qipchoqlarga nisbatan noro zi- lik kuchayib bordi. Sheralixon Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling