O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov
Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘lbuloq
- Dastlabki mehnat qurollari
- Amir Temur g‘oridan
- So‘nggi paleolit mehnat qurollari
- 3. Mezolit va Neolit davri manzilgohlari
- Qo‘shilish
- Mezolit davri qurollari
- Chorvachilik va dehqonchilik vu jud ga keladi
- 4. Eneolit va bronza davri madaniyati
2. Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari Mamlakatimizning ilk paleolit davri geologlarning hisobiga ko‘- ra, tabiiy-geografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to‘g‘ri keladi. Ana shu sha ro itga mos ilk odamlar, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosi shakl lanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o‘z ga rib bordi. Ilk pale olitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni 26 muz lik qoplab, iqlim keskin soviydi, tez-tez yog‘ingarchilik bo‘ la di- gan bo‘lib qoladi. O‘lkamizda cho‘l va voha landshaftlari sha kl lanib, o‘simliklar va hayvonot dunyosi o‘zgarib bo radi. Odamlar ham jis- mo niy, ham aqliy jihatdan takomillashadi. O‘zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan man- zil gohlar Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi Selung‘ur g‘ori- dan va Tosh kent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko‘lbuloq makoni dan topilgan va o‘rganilgan. Selung‘ur g‘ori 1958-yilda arxeolog A.P. Okladnikov, 1980-yil- dan bosh lab arxeolog olim O‘. Islomov tomonidan o‘rganilgan. Tad- qi qotlar Selun g‘ur manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bos qich larida yashaganligini ko‘rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlari- miz ning suyak qoldiq lari, ularning toshdan yasalgan mehnat qurol- lari hamda ular ovlab tirikchi lik qilgan ayiq, qoplon, karkidon, sirt- lon, ohu va boshqa hayvonlarning su yak lari topildi. Olimlar Se lun- g‘ur g‘orida bundan 1,5 million yillar ilgari odam lar yashagan, de gan xu lo saga keldilar. Selung‘ur tadqiqotlarining aha miyati shun daki, u mam lakatimiz odamzod ilk bor paydo bo‘lgan mintaqa lardan biri ekanligini isbotlab berdi. Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Tosh - kent viloyati Chotqol tog‘ining janubiy-sharqiy yonbag‘ridagi Jar soy- ning qirg‘o g‘i dagi Ko‘lbuloq makonidir. 1963–1970-yillarda arxe o- log M.R. Qosimov rahbar ligidagi guruh Ko‘lbuloq makonida 10 dan ortiq qatlamni o‘rgandi. 730–830 sm chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichga to‘g‘ri keladi. Bu qatlam lardan yirik, dag‘al ishlangan tosh qurollari va hay von suyaklari topi ladi. Ko‘l buloq makonining yuqoriroq qismidan topib o‘r ganilgan bosh- qa madaniy qatlamlar bu yerdan odamlar paleolit davrining o‘rta va so‘ng gi bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi. Eng qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq qi la di. Ular ikki oyoqlab, oldinga engashgan, qo‘llarini tizzasigacha osil tirgan hol da yurganlar, qo‘llari oddiy ishlarni – biron narsa ni ush- lash, urish, yer kov lash kabilarni bajarishga qodir bo‘lgan. Qa dim gi odam larning peshonasi tor, mi ya si kichik bo‘lgan, hali gapira olma- gan, uzuq-uzuq ovozlar chiqariyb g‘a zab va qo‘rquv, yordamga chaqi rish alomatlarini bildirganlar. Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib-termachilab ozuqa topish uchun tosh dan, suyakdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasa gan lar. Shu tufayli ular «homo-habilis» – «bilag‘on odam» dey- di ladi. 27 Dastlabki mehnat qurollari ♦ O‘tkir qirrali, yassi, tuxumsimon tosh qurollari. Ular qo‘l cho‘qmori ham deyiladi. ♦ Daraxt shoxlaridan tayyorlangan yer kovlaydigan tayoq. ♦ Hayvonlarni zarb bilan uruvchi so‘yil. Ilk paleolit davrida odamlar to‘da-to‘da bo‘lib, asosan, g‘or lar da yasha ganlar, tabiatdagi tayyor narsalarni – daraxtlarning mevalarini, o‘sim lik ildizlar ini kovlab yeb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvon larni ovlab, ushlab yeganlar, shuningdek, mayda joni- vor lar ni, ularning tuxumlarini ham iste’mol qilganlar. Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari terib ozuqa topish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollar yasash va ularni mukammal- lash tirishdan iborat bo‘lgan. Mana shunday mehnat jarayonida odam- lar ning o‘zlari ham o‘zgarib, takomillashib borgan. Mamlakatimiz hududida o‘rta paleolit yoki mustye davri, av va lo, odam lar qiyofasining o‘zgarishi, neandertallarning 9 vujudga keli shi bilan farqlanadi. Ularning peshonasi va jag‘ tishlari bo‘rtib chiq ma- gan, miyasi kattaroq bo‘l gan, tik yura olgan. Surxondaryo viloyati - ning Boy sun tog‘idagi Teshiktosh g‘ori o‘rta paleolitga xos nean- der tal turidagi odamlarning manzilgohi ekan ligidan dalolat bera di. G‘or dan 8–9 yashar bolaning qabri, kalla suyagi, odam suyak lari- ning qol diq lari, ular ovlab tirikchilik qilgan hayvon suyak lari, tosh- dan yasal gan o‘choq, kul qatlamlari, hayvon va qushlarning suyak- lari topil gan. O‘rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqini da gi
g‘o na vodiysining Qay rag‘och qishlog‘idagi Boqir g‘on darasi, Pal- mon qishlog‘i yaqinidagi Xo‘ja xayr soyi, Buxoro viloyatining Qizil
gi o‘n g‘ur va buloq yoqalari dan topildi va o‘r ganildi. O‘rta Osiyoda bu davrga mansub 50 dan or tiq manzilgoh aniqlangan. Bu manzil- goh lardan turli xil tosh qurollari, hayvon shoxlari va su yaklari topil- gan. Odamlarning mehnat qurollari yasash uchun qulay, qat tiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq toshlarni Navoiy viloya ti dagi Ijond va Uch tutda, Farg‘onadan 40 km uzoqroqdagi Qap chig‘oy dagi tosh 9 Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan, bundan 100–40 ming yillar ilgari yashagan odamlarga berilgan nom. 28 kon laridan topilgani, toshga ishlov berish usta xo na lari dan foy da lan- gan ligi aniq langan. Chaqmoq toshdan o‘tkir qirra li pichoqlar, qo‘l chop qichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar ya salgan. Dastlabki odamlar hayvonlar kabi osmonda sodir bo‘ladigan mo - moqaldiroq va chaqmoq zarbidan, vulqon otilganda paydo bo‘la di- gan olov lava sidan, dahshatli yong‘indan qo‘rqar edi, keyinchalik undan foydalana bosh laydilar, olovni o‘chirmaslik uchun navbat- chilik qilib, olovga shox-shabba tashlab turishgan. O‘rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etgan-
gan, yirtqich hay vonlarni olov bilan qo‘rqitishgan. Olovni bilib olish odam lar hayotida, ular ning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘zbekiston hududidan so‘nggi paleolit odamlari yashagan an cha- gi na man zilgohlar topilgan. 1939-yilda Samarqand san’at va ma da - ni yat tarixi muzeyining xodimi N.G. Xarlamov Samarqand shahri- dan o‘tgan Siyobcha soyi yoqasidan so‘nggi paleolit davriga xos odam manzil gohini topadi. Bu man zilgohda Samarqand Davlat univer- siteti ning arxeologlari D.N. Lev va M. Jo‘ ra qulovlar tomonidan o‘t- ka zil gan izlanishlar natijasida uchta madaniy qat lam ochilib o‘rga- niladi. Bu makondan odam skeletlari, ikkita pastki jag‘ suyagi, hay- von suyak lari, chaylasimon kulba izlari, uning markazida o‘choq va kul qatlamlari, 10 mingga yaqin (tosh qurollari tosh pichoq, qirg‘ich, toshbolta) topilgan. Samarqand makonidan tasviriy san’at ning eng qadimgi namu nasi – hayvonning qovurg‘a suyagiga chizil gan beshta o‘yiq shakl, bir qancha suyak bezaklari topilgan. So‘nggi paleolit odamlarining manzilgohlari Toshkent va Sur xon - daryo viloya tlaridan ham topilgan. O‘rta Osiyo hududlaridan 30 dan ortiq bunday yodgorliklar topib o‘rganilgan. Mamlakatimiz ning so‘nggi paleolit manzilgohlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar bu davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush tarzi va dunyoqarashida, xo‘jalik yuritishida keskin o‘zgarish yuz bergan ligini ko‘rsatadi. Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashadi. Odamlar- ning yangi turi, hozirgi zamon odamlariga o‘xshash bo‘lgan kro- manyonlar 10 shakllanadi. Fanda bu odam «homo-sapiyens» – «aql- 10 L. Larte tomonidan Fransiyaning Dordon departamentidagi Kro-Ma- nyon g‘oridan topilgan, bundan 40–12 ming yillar avval yashagan odamlarga berilgan nom. 29 idrokli odam», deb ataladi. Ularning miya hajmi «homo-habilis»dan ikki baravar katta, bo‘yi baland, qomati tik bo‘lgan, nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan. Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar. So‘nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o‘zgarish ibtidoiy to‘da o‘rnida urug‘ jamoalarining vujudga kelishidan iborat bo‘ldi. So‘nggi paleolit mehnat qurollari ♦ arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qu rol lari. ♦ suyak va yog‘ochdan yasalgan tishli qar moq garpunlar. ♦ ignalar, nayza uchlari. Qon-qarindoshlikka asoslangan urug‘ jamoalari ona urug‘i doira - si da rasmiylashadi, u tarixda matriarxat, deb nom oldi. Bir urug‘ dan tar qal gan odamlar jamoasi katta bir g‘orda yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan, birgalikda mehnat qilgan, mehnat mahsulot lari butun urug‘ a’zolarining umumiy mulki hi sob langan. Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qi lishni
o‘rgatish ishlariga urug‘ oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug‘ning eng taj ribali va hurmatli a’zosi oqsoqol bo‘lgan. Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni, ayollar uchun turli be zak va taqinchoqlar, ayollarning haykalchalarini yasashni o‘zlash- tir ganlar. G‘orlarning devorlariga yirik hayvonlarning tashqi ko‘ri- nishini, ov manzaralarini tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning harakat larini namoyon etuvchi o‘yin-raqslar vujudga kel gan. Shu tariqa tasviriy va amaliy san’at paydo bo‘ladi. So‘nggi paleolit davridayoq odamlarning yevropoid, negroid, mongoloid kabi irqiy turlari paydo bo‘ladi. Bu irqlar odamlar taraq- qiyotining sifat ko‘rsatkichi bo‘lmay, tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Yevropoidlar Yevropada, negroidlar Afrikada, mon- goloid lar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda yashaganlar.
Katta muzliklarning erishi, yerning isiy boshlashi, ko‘plab daryo va ko‘l lar ning hosil bo‘lishi, yaylovlar, to‘qay va o‘rmon larning vu jud ga kelishi, yangi o‘simlik va hayvon turlarining shakllanishi natija sida o‘lkamizning barcha vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Buni arxeologlar tomoni dan topil gan odamlar yashagan yuzlab manzilgohlar ham ko‘rsatadi.
30 1970–1980-yillarda O‘. Islomov boshchiligidagi arxeologlar gu ru - hi Farg‘ona viloyati So‘x tumani yaqinidagi Obishir soyining ungur - lari da qi di ruv ishlari olib borib, Obishir, deb atalgan makon lar da mezolit davri urug‘ jamoalarining izlarini topdi. Bu guruh 1967-yil - da Toshkent shah ri ga yaqin bo‘lgan Bo‘zsuv soyining ikki tar mo g‘i qo‘shilgan jo yi da mezolit davriga oid manzilgohni topadi, bu yod- gorlikning yoshi milod dan avvalgi o‘n mingginchi yilliklarga to‘g‘ri keladi. Bu man zilgoh Qo‘shilish nomi bilan ataladi. Bu ma kon dan tosh qurollari, me zo lit davri jamoalari qoldiqlari topildi. Sur xon - daryo viloyatidagi Ko‘hitongning Machay soyi qirg‘ og‘idagi g‘or da olib borilgan tadqi qot lar natijasida bu g‘orda mezolit davri odam - lari uzoq yillar davomida yashaganligidan dalolat beruvchi ma da - niy qatlam ochildi. Machay manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurol lari, o‘choq va kul qatlamlari topilgan. Ma chay - liklar ov qilgan hay von lar asosan tog‘ arxari va jay ron lar bo‘l gan li- gi aniq landi. Machay liklar mayda hayvon larni xona ki lash ti ra bosh- lagan. Mam lakati miz ning boshqa hu dud laridan topilgan mezolit davri ga oid man zilgohlarda olib borilgan tadqiqotlar odamlarning mayda, tez harakat qiluvchi hayvonlarni ham tuta olganliklaridan guvohlik bera di. O‘q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahami- yatga ega bo‘lib, ovchilikni insonlarning hayot manbayiga aylan- tirdi, shu tufayli ov dan keladigan to‘plangan zaxiralar ko‘payib bor- gan. O‘q-yoydan foydalanib, odam yolg‘iz o‘zi hayvonlarni ovlashi, jamoadan ajralib ha yot kechirishiga imkoniyat yaratgan. Mezolit davri qurollari ♦ O‘q-yoy quroli (kamon va paykonlar). ♦ Tayoq uchiga o‘rnatilgan o‘tkir uchli nayzalar, irg‘ituvchi nayza qurollari. Odamlar o‘simliklar ildizlarini iste’mol qilishdan boshoqlarni, mevalarni iste’mol qilishga o‘tadilar. Ular asta-sekin it, qoramol, qo‘y, ech ki kabi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish, boshoqli o‘simliklar urug‘i ni ekib o‘stirish orqali don olish malakalariga ham ega bo‘ lib boradilar. Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili natijalari odamlar- da diniy e’ti qod shakllanganligi, u dunyoga ishonganini ko‘rsata- di. Ma chay qabristonida jasad chalqanchasiga yotqizilgani, ustiga qizil rang sep ilib, atrofiga tosh taqinchoqlar terib qo‘yilgani aniqlan-
31 gan. Ko‘hitong tog‘i dagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo vi lo ya ti) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning vujudga kelganligini ko‘rsa tadi. Qoyada yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi tasvir- lan gan. Bu manzarada ovchilar qoramollar podasi orqasidan o‘z itla- ri ga ergashib yugurib ketayotgani, barchasi o‘q-yoy, palax mon tosh- lar bi lan qurollangani tasvirlangan. Boshqa bir qoyada ikki guruh ovchilar buqani o‘rab olgan manzara tasvirlangan. Zarautsoy qoya la- ri da bu o‘sha davr rassomlarining fikr doirasi, di niy tasav vurlari tas- vi riy san’atda qanchalik darajada aks ettiril ganliklari haqida mu loha- za yuritishga asos bo‘ladi.
bo‘l di. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parma lash usullari ixtiro qilingan. Tosh qurollari orasida toshboltalar, pona lar, iskanalar, tosh teshalar paydo bo‘ldi. Neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi. Shundan so‘ng hunar mand chilikning sopol buyumlar yasash tar mo g‘i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham de yi shadi.
ni egallay di. Urug‘ jamoalari qo‘y, ech ki, va qo ra mollardan iborat chorva mollariga, hamda don-dun zaxiralariga ega bo‘la di lar. Neolit davrida xo‘jalik ishlab chiqaruvchi shakllanib bo‘ladi. Bu in soniyat erishgan katta yutuqlaridan biri bo‘lib, odamlar tabiatga qaram likdan deyarli qutiladilar. Urug‘ jamoalari ozuqa izlab ko‘ chib yurishdan o‘troq hayot kechirishga o‘tadilar. Doimiy yashay di gan kulbalar, uylar yasash odamlarning turmush tarziga aylanadi, qish- loqlar vujudga keladi. Neolit davrida odamlar hayvonlar terisidan tikilgan kiyimlar o‘rni ga jun va o‘simlik tolasidan to‘qilgan matolardan tikilgan kiyim- lar kiyadigan bo‘ladilar. Hunarmandchilikda to‘qimachilik, tikuv- chilik tarmog‘i ham paydo bo‘ladi. Neolit davri mehnat qurollari ♦ Toshbolta, pona, iskana. ♦ Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi. ♦ Chaqmoq toshga tig‘ o‘rnatilgan suyak o‘roq. ♦ Toshdan yasalgan don yorg‘uchoq. ♦ Loydan qo‘lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar. ♦ Zig‘ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato to‘quv dastgohlari yasalgan. Kiyimlar tikilgan. ♦ Yog‘och g‘o‘lalarni bir-biriga bog‘lab yasalgan suvda suzuvchi sol, qayiqlar. 32 Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko‘plab arxeologik yod gor liklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryo- ning qadimgi Oqchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqini- dan neolit davriga doir odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqo- ri Uzboy irmog‘i va Orol dengizining shimoli-sharqiy bo‘ylaridan yana ko‘plab makonlar topib o‘rganildi. Bularning hammasiga Kal-
xo‘jalik mashg‘u lot lari va turmush tarzini o‘rganish, uning milod- dan avvalgi 7–3-ming yilliklarga doir arxeologik madaniyat ekanli- gini ko‘rsatdi. Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri Jonbos-4 hisoblanadi. Jonbos-4 da o‘tkazilgan qazish ishlari natija- sida maydoni 300 m 2 keladigan g‘oyat katta turar joy yarim yer- to‘la shaklidagi kulba ochildi. Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qa mis h dan qurilgani, keyinchalik yonib ketganligini, odamlar foy- da langan barcha uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari yiqil- gan kulba ostida qolib ketganligini ko‘rsatdi. Kulba tomini ko‘ta- rib turgan bir necha ustunlar borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100–120 ga yaqin kishi istiqomat qilgan. Uning o‘rtasidan bitta katta o‘choq, atrofida yana 20 dan ortiq mayda o‘choqlar hamda ko‘mirga aylangan yo g‘och lar va qamishlar topildi. Har bir o‘choq atrofidan baliq, yov voyi cho‘chqa, bug‘u, qirg‘ovul, suv qushlari- ning suyaklari, o‘rdak va g‘oz tuxumi ning po‘choqlari, yovvoyi jiy- da danaklari topildi. Kat ta o‘choq o‘t og‘asi ixtiyoridagi otashka- da (altar) bo‘lib, Kaltaminor urug‘ jamoasi katta o‘choqdagi o‘tga topingan, bu odamlarning diniy e’tiqodini ko‘rsatadi. Kulbadagi mayda o‘choqlar esa ona urug‘i doirasida ko‘plab juft oila mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Jonbos-4 man zilgohidan chaqmoq toshdan yasalgan juda ko‘p mehnat qurol lari, keskich asboblar, suyak gar- punlari, turli xil naqsh lar, o‘yib solin gan sopol idish siniqlari va boshqa ashyolar topildi. Topilgan qoldiqlar ning deyarli ko‘pchiligi baliq va qush suyaklari bo‘lib, kalta minorliklarning baliqchilik va ovchilik bilan shug‘ullanganligini ko‘rsatadi. Kaltaminorliklar o‘q- yoydan keng foydalanganlar. 1950-yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G‘. G‘ulomov Zarafshon daryosi bo‘ylab qidiruv ishlari olib borgan va o‘nlab manzilgohlar- ni aniqlab, ulardan neolit davriga oid tosh qurollar va sopol parcha- larini topgan. Qidiruv ishlarini 1960-yildan boshlab arxeologlardan A. Asqarov va O‘. Islomovlar davom ettiradilar. Natijada, 100 dan 33 ortiq katta va ki chik manzilgohlar topildi. Ularda yashagan urug‘ jamoalarining baliq ovi bilan shug‘ullanganligi, termachilik xo‘ja- ligida tosh yorg‘uchoqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi. Zarafshon daryosining o‘rta havzalarida yana bir yodgorlik – Sazag‘on makoni (Samarqand viloyatining Sazag‘on qishlog‘ida) to pib o‘rganildi. Ko‘plab tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonla- ri suyaklari topildi. Sazag‘on jamoa si qoramollarni qo‘lga o‘rgatib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Zarafshon vodiysi urug‘ jamoalari sifatli toshlardan qurollar yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar. Neo lit dav- ri da Uchtut chaqmoqtosh konida 4–5 metrli shaxtalardan nam lan- gan toshlarni kovlab olib qurollar yasaganlar. Ular namlangan tosh- larni yo‘nish oson bo‘lganligini bilganlar. Zarafshon vodiysida yasha- gan urug‘ jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa, baliq ovlash alo hi da ahamiyat kasb etgan. 4. Eneolit va bronza davri madaniyati Insoniyat tarixining tosh davri o‘rnini metall qurollar egallay bosh ladi. Miloddan avvalgi to‘rt minginchi yillarda odamlar misdan qurol lar yasashni o‘rganadilar. Mis metall sifatida yumshoq bo‘lgan- ligi tufayli undan yasalgan qurollar mo‘rt, yumshoq va tez egiluv chan bo‘lgan. Shu sababli, toshdan mehnat qurollari yasash ham davom etgan. Bu davr eneolit, ya’ni mis-tosh davri, deb ataladi. Odamlar dast lab misni sof holda uchratib, undan meh nat qurol larini yasagan- lar. Keyinchalik, uning olovda erishini bilgan lar va un dan turli xil shakldagi qurollar va buyumlar yasaganlar. Ajdodlarimiz miloddan avvalgi uch minginchi yillardayoq mis- ga qalay aralashtirib bronza, ya’ni qattiq metall qotishmasi oli sh- ni, undan pishiq va qattiq mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro‘z- g‘or buyum lari, zeb-ziynat bezaklari yasashni o‘zlashtirib oladilar. Bu davr
lurg hu nar mandlari, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik kor xo- nalarini vujudga keltirdi. Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar o‘rta sida mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan bog‘lay- digan aloqa yo‘llarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bronza dav ri da yashagan ajdodlarimiz ho‘kiz, ot, eshak va tuyadan transport vosi- tasi sifatida foydalanganlar. Hayvonlar qo‘shilgan g‘ildirakli arava- 34 lar vujudga keladi. O‘zbekiston hududidan eneolit va bronza dav- ri odamlari hayotini tasvirlovchi ko‘plab manzilgohlar topib o‘r ga - nilgan, Buxoro viloyati Qorako‘l tumani markazidan 15 km shimo li- sharqdagi Zamonbobo ko‘li atrofida 1950-yillarda Ya.G‘. G‘u l o mov, 1960-yillarda A. Asqarov tadqiqot ishlari olib borib eneo lit va bron- za davri odamlarining makoni va qabristonini topib o‘rga na dilar. Bu
doni 170 m 2 bo‘lgan yerto‘la tipidagi uy, ikkita chayla, kulolchilik xumdoni va boshqa ashyolar topildi. Zamonbobo ma kon ining janu- bi-sharqiy tomoni suv toshqinidan himoyalanish maqsadida damba- ga o‘xshash de vor bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘ldi. Qazishlar vaq- tida yerto‘la va un ing atrofidan o‘choq o‘rni, ustunlar o‘rnatilgan chu qur chalar, qora mol, echki va yovvoyi hayvonlarning suyaklari, qorayib ketgan bug‘ doy va arpa donlari, qamish va poxol qoldiqla- ri, toshdan yasalgan yorg‘uchoq siniqlari, chaqmoq toshdan ya sal gan o‘roq parchalari, tosh dan yasalgan munchoqlar topildi. To pil malar zamon bobolik larning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullan- ganini ko‘rsatadi. Zamonbobo ko‘lining shimoliy sohilidan topilgan qadimgi qab- ris ton da 45 ta mozor ochilib o‘rganiladi. Mozorlar hozirgidek lahad shak lida bo‘lib, marhumlar o‘ng va chap yoni bilan ona qornida yot- gan chaqaloq singari g‘ujanak shaklida ko‘milgan. O‘lik lar yolg‘iz, juft, ba’zan uchtalab erkak, ayol va bola ko‘milganligi, bir go‘rga tak ror ko‘mish hollari bo‘lganligi aniqlandi. Erkaklar qabridan o‘q- yoy paykonlari, pichoqsimon qurollar, ayollar qabridan tosh mun- choq, oltin marjon, surma, toshoyna va boshqa buyumlar, bir qabrdan kichkina sopol haykalcha topiladi. Qazil malar da topilgan Badaxshon la’lidan ishlangan munchoqlar, sopol idishlar zamonbo boliklarning boshqa hududlardagi urug‘ jamoalari bilan iqtisodiy va madaniy alo- qalarda bo‘lganligini ko‘rsatadi. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling