2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1179118
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2(1)



2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda 
sanitariya-gigienik talablar 
Turar joy uylarini modernizatsiya qilishni loyihalash ishlari turar- joy rayoni
magistrallararo hududlar va turar joy guruhini rekonstruktsiyalash loyihalarini ishlab 
chiqish natijasida olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi. Loyihalashda 
muhandislik 
tadqiqotlari 
materiallaridan, 
xususan 
kapital 
ta’mirlashga 
mo’ljallangan binoni har tomonlama ko’rikdan o’tkazish natijalaridan foydalaniladi. 
Har bir tarixiy davrda turar joy binolarining ko’rinishi muayyan joyning etnografik 
va iqlimiy shart-sharoitlarini, ishlab chiqarish kuchlarining sotsial va iqtisodiy 
rivojlanish darajasini aks ettirib kelgan, jamiyatning estetik tamoyillarini ifodalagan. 
Turar joyga, kvartiralar va umuman uylarning rejalashtirilishiga, konstruktiv 
sxemalari va bino unsurlariga qo’yiladigan estetik talablar, bu unsurlarning maishiy 
qulayligi (komfortliligi) haqidagi tushunchalar zaminida aynan mana shu omillar 
yotadi. 
Azaldan turar joy tashqi muhit ta’sirlaridan himoya qilish uchun mo’ljallangan 
bo’lib, insonning hordiq chiqarish va asosan maishiy jihatdan foydali faoliyat olib 
borish maskani bo’lgan. Hozirgi paytda ham turar-joyning maishiy qulaylik darajasi 
aholi hayotining aynan shu jihatlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan baholanadi. 
Biroq qulaylik darajasiga qo’yiladigan talablar davr o’tishi bilan o’zgarib boradi, 
chunki jamiyatning texnikaviy imkoniyatlari taraqqiy etib borgan sayin “qulaylik” 
tushunchasining chegaralari ham o’zgarib, kengayib boradi. 
Hozirgi paytda maishiy qulaylik shunchaki uyda yashash qulayligi bilan bog’liq 
juz’iy muammolar to’plami sifatida olib qaralmaydi, balki “inson - muhit” tizimini 
optimallashtirish sifatida tushuniladi. Bu tizimni tadqiq etish asosida yangi fan - 
ergonomika yaratilgan. Bu fanning mohiyati insonning atrof muhit bilan o’zaro 
aloqasi to’g’risidagi ma’lumotlar majmuidan iborat. Muhit deganda, bu o’rinda 
insonga va uning hayotiga ta’sir ko’rsatadigan omillar yig’indisi, shu jumladan, u 
yashab turgan makon, qo’llayotgan mexanik qurilmalar, shuningdek amal qilish 
usullari tushuniladi. Bino devorlari bilan chegaralangan muhitning maishiy qulayligi 
mezonlari uch guruhga bo’linadi: gigiena, qulaylik va havfsizlik
Gigiena talablari turar joy xonalarida inson uchun eng maqbul muhitni ta’minlashga 
qaratilgan. Issiqlik va namlik rejimi, havoning tozaligi, ko’rish va eshitish organlari 
uchun qulaylik bu muhitning asosiy belgilari hisoblanadi. Bu omillarning optimal 
o’zaro birikuvi turar joy uylarining xonasida istiqomat qilayotgan insonning normal 
(me’yordagi) fiziologik holatini ta’minlaydi. 
Xonalarda issiqlik va namlik rejimi xona harorati, namligi va havoning harakatlanish 
tezligi kabi omillarga bog’liq. Bu omillarning nomuvofiq o’zaro birikuvi inson 
tanasining issiqlik almashinuvini qiyinlashtiradi, termoregulyatsiya faoliyatining 
tezlashuvini keltirib chiqaradi, insonning mushak va ruhiy faolligiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
Xonada issiqlik va namlik rejimi ichki va tashqi muhit o’rtasidagi issiqlik 
almashinuviga bog’liq. O’z navbatida issiqlik almashinuvi xonani o’rab turgan 
konstruktsiyalarning texnik issiqlik xususiyatlariga bog’liq. 


Xonadagi mikroiqlim parametrlarining sonda ifodalangan qiymatlari Qurilish 
me’yorlari va qoidalari (QMvaQ) me’yorlariga qarab tanlanadi, to’suvchi 
konstruktsiyalar esa 
≪Qurilish issiqlik-texnikasi≫ fanining “Qurilish fizikasi” 
bo’limida ko’rsatilgan usullar vositasida hisoblanadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling