2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1179118
1   2   3   4   5
Bog'liq
2(1)

 
 
 
2.1-rasm. Yonma-yon kvartiralarda insolatsiyaning buzilishi (γ —diskomfort 
zonalar) 
Xonalarning yoritilishiga bo’lgan ehtiyoj kishining maqsadiga bog’liq. Aktiv 
faoliyat uchun ancha kuchli yoruglik kerak, uxlash yoki xordiq chiqarish uchun esa 
tarqalgan mayin yoruglik etadi. Bunga xordiq chiqarish paytida turli pardalar, 


darpardalar, chiypardalar va h.k. yordamida erishish mumkin. SHunday qilib, aktiv 
faoliyat uchun zarur yoruglikni dastlabki qiymat sifatida qabul qilish kerak. Tabiiy 
yoruglik qurilish me’yorlarida tabiiy yoruglik koeffitsienti (qisqacha t.yo.k.)ning 
qiymati bilan belgilangan. Tabiiy yoruglik koeffitsientining qiymati kuzatilayotgan 
nuqtadagi yorulMik ochiq havodagi yoruglikning qanday miqdoriga teng ekanini 
ko’rsatadi. 
Yoritilganlik intensivligi deraza va darcha o’rinlarining maydoni hamda ularning 
soniga, shuningdek qo’shni binolarning joylashgani, ko’kalamzorlik darajasi va 
boshqa tabiiy omillarga bogliq. Bu omillarga ko’ra tabiiy yoruglik koeffitsienti 
qurilish yoruglik texnikasi uslublari bilan hisoblanadi. 
Rekonstruktsiya qilinayotgan binolarda deraza o’lchamlari — avvaldan berilgan 
qiymat bo’lib, ancha-muncha sarf-harajatlarsiz o’zgartirilmaydi. SHuning uchun 
kvartiralarni qayta loyihalashda odatda xona o’lchamlari mavjud deraza 
maydonlariga qarab o’zgartiriladi. Derazaning hisoblangan yoruglik maydonini 
oshirish maqsadida enlik ushlagichli deraza tabaqalari kam miqdordagi yoruglik 
to’suvchi detallarga ega bo’lgan derazalar bilan almashtiriladi. Masalan, agar eski 
binoda gorbilekli yog’och tabaqalar gorbileksizlariga almashtirilgan bo’lsa, xona 
yorug’ligi 1,6 marta ortadi. Metall tabaqalar o’rnatib esa yoruglikni 2,2 marta 
oshirish mumkin. 
Binolarni rekonstruktsiya qilish paytida deraza kesakilari va tabaqalari eskirgan 
bo’lsa, bu bino qismlarini almashtirish kerak. Aynan mana shu paytda oynalar 
yuzalari katta va ensiz bog’lamali derazalarni o’rnatish ko’zda tutilishi kerak. 
Eski binolarda barcha kvartira xonalarida me’yordagi yoruglikni ta’minlash imkoni 
bo’lmaydi. Bunday binolarni rekonstruktsiya qilish paytida birinchi navbatda 
yashash xonalarini uyning yorug’ old tomoni (fasadi)da joylashtirib, ularning 
normal yoritilishi ta’minlanadi. Oshxona va zinapoya maydonchalari binoning soya 
tomonida joylashtiriladi. 
Oshxonadagi derazalar yoritish manbaidan ko’ra, ko’proq havoni shamollatish 
manbai sifatida olib qaraladi. 
Xona devorlarining ranglari ham yorug’likni qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling