2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana09.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1179118
1   2   3   4   5
Bog'liq
2(1)

chegarasi
O’t olish darajasiga ko’ra konstruktsiyalar yonmaydigan, qiyin yonadigan va 
yonadigan turlarga ajraladi. Anorganik materiallardan tayyorlangan konstruktsiyalar 
yonmaydigan konstruktsiyalarga mansubdir, olovbardoshlikni oshirish uchun 
maxsus ishlov beriladigan yonadigan organik materiallardan tayyorlangan 
konstruktsiyalar yonadiganlariga kiritiladi. Qiyin yonadigan konstruktsiyalar 
yonmaydigan va yonadigan konstruktsiyalarning birikuvidan iborat bo’ladi. 
Olovbardoshlilik 
chegarasi 
deb 
o’t 
yoki 
yuqori 
temperaturalarning 
konstruktsiyalarga ular o’z yuk ko’tarish qobiliyatini yo’qotgunga qadar ko’rsatgan 
ta’sirining soatda o’lchangan davomiyligi, isimaydigan yuzalarda chuqur darzlar 
(teshiklar)ning paydo bo’lishi yoki bu yuzalarning temperaturasi 140°C dan 
oshishiga aytiladi. 
Olovbardoshlilik darajasi bo’yicha binolarning konstruktiv qismlari besh guruhga 
bolinadi. Bunda yuqori olovbardoshlilik chegarasiga ega yonmaydigan konstruktiv 
qismlar 1-darajaga mansub, agar bunday sifatlar qisman yoki butunlay bo’lmasa, 
konstruktiv qismlarga 2-dan to 5-gacha pastroq daraja belgilanadi. 
Binoning arxitektura-rejaviy yechimi undan foydalanish havfsizligiga ta’sir 
ko’rsatadi. Bu o’iinda nafaqat reja asosiga qo’yilgan umumiy tamoyillar, balki har 
bir alohida detal katta ahamiyatga ega. Masalan, aytaylik, zinopoyaning chiqishga 
juda yaqin joylashgan bittagina pillapoyasi ko’rinishidagi “mayda” detal 
kishilarning unga qoqilib yiqilishiga sabab bo’ladi. Koridorga ochiladigan eshik esa 
uning yonidan o’tib ketayotgan kishiga jarohat yetkazishi mumkin. 
To’g’ri loyihalashtirilgan evakuatsiya yo’llari havfsizlik nuqtayi nazaridan alohida 
ahamiyat kasb etadi. Bu tushunchaga binoning yo’laklar, o’tish xonalari, eshik 
o’rinlari, zinapoyalar kabi elementlari kiradi. Bu yelementlaming o’lchovlari 
kishilar oqimining fiziologik tavsiflarini hisobga olgan holda tanlanadi. Masalan, 
yo’laklar va eshiklarning eni kishilar bir-birining ketidan bir qator bo’lib 
harakatlanayotgan bittalik oqim yoniga nisbatan olinadi. Bunday oqimning eni 
kamida 500 mm ga teng bo’lishi lozim. Qatordagi kishilar o’rtasidagi masofa 
kishilar oqimining chiziqli zichligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Bu tushuncha 
bitta kishiga to’g’ri keladigan bo’sh yo’l uchastkasining uzunligini ifodalaydi. 
Evakuatsiya jarayoni maksimal zichlikdagi kishilar oqimini evakuatsiya qilish vaqti 
bilan tavsiflanadi. Evakuatsiya yo’llarining uzunligi ham aynan mana shu omilga 
bog’liq. 
Konstruktiv yechim bino havfsizligini ta’minlashda birinchi darajali ahamiyatga 
ega. Inshootning mustahkamligi va pishiqligi umumiy konstruktiv sxemani hamda 
har bir unsurning parametrini tanlab olishga bog’liq. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling